Hayvonlar sistematikasi tarixiy rivojlanishi va xilma xillikning o’zgarishi.
Turopova Shahnoza Olim qizi
Termiz agratexnalogiyalari va innovatsion rivojlanish intituti talabasi.
Qobilova Gulchiroy Bobaqul qizi
Termiz agratexnalogiyalari va innovatsion rivojlanish intituti talabasi.
Annotatsiya: Ushbu maqolada hayvonlar sistematikasi rivojlanish tarixini va kelib chiqishini o’rganish mumkin.
Kalit so’z: Hayvonlar sistematikasi, hayvonot dunyosi, tur, urug’ binar (nomenklatura) zoofitlar.
Hayvonlar sistematikasi -sistematikasi bir boʻlimi. Hayvonlar sistematikasini ilk bor Aristotel (miloddan avvalgi 4-asr) ishlab chiqqan. U hayvonlarning 252 turiga tavsif berib, ularni 2 ta katta guruh: qonlilar (hozirgi umurtqalilar) va qonsizlar (hozirgi umurtqasizlar)ga va 8 ta kichik guruhlarga ajratgan. Aristoteldan soʻng 2 ming yil davomida Hayvonlar sistematikasida deyarli hech qanday oʻzgarish boʻlmadi. Faqat ingliz biologi J.Rey (1693) sistematikaning asosiy birligi — tur tushunchasini fanga Kiritadi.Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasini shved olimi K.Linney yaratgan. Uni "Tabiat sistemasi" deb atashimiz mumkin va (1735) asarida 4200 turdan ortiqroq (jumladan 1222 tur umurtqali va 1936 tur umurtqasiz) hayvonlarga tavsif bergan. K.Linney hayvonlarni oʻzaro kategoriyalar: tur, urugʻ, turkum va sinfga boʻlishni, turni 2 nom: urugʻ va tur nomi bilan atash (binar nomenklatura)ni taklif etdi. Lekin Linney ishlab chiqqan sistema mukammal emas edi. Masalan sodda hayvonlar, boʻshliqichlilar, iborat bir-biridan uzoq hayvonlarni zoofitlar — hayvon-oʻsimliklar guruhiga birlashtirgan. Fransuz olimlari J.Kyuvye va J.Lamark K. Linney sistemasini takomillashtirishdi. J. Lamark "Umurtqasizlar sistemasi" (1801) va "Zoologiya falsafasi" (1809) asarlarida hayvonlarni umurtqasizlar va umurtqalilarga, umurtqasizlarni infuzoriyalar, poliplar, nurlilar, chuvalchanglar, hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar, qisqichbaqasimonlar, halqalilar, moʻylovoyoqlilar va mollyuskalar sinflariga ajratgan. J.Kyuvye "Hayvonot dunyosi va uning klassifikatsiyasi" (1817) asarida hayvonlarni 4 ta asosiy shoxga ajratgan. Keyinchalik bu shoxlarga fransuz zoologi A.Blenvil (1825) tip (nurlilar, boʻgimlilar, mollyuskalar, umurtqalilar) nomini bergan.J.Lamark va J. Kyuvye sistemasini ingliz zoologi R.Grant (1826) yanada takomillashtirib, nurlilar tipidan gʻovaktanlilar tipini ajratib chiqardi. Nemis zoologi K.Zibold esa nurlilar tipini 3 ta mustaqil: eng sodda hayvonlar, zoofitlar va chuvalchanglar tiplariga ajratadi. U zoofitlarga koʻpchilik nurlilarni, chuvalchanglarga halqalilarni kiritadi. Boshqa halqalilar esa boʻgʻimoyoqlilar tipiga kiritildi. Nemis olimi K.Foxt (1825) chuvalchanglar tipini yassi, toʻgarak va halqali chuvalchanglarga ajratadi. Ingliz anatomi E.Rey Lankester (1877) bu guruhlarni tip nomi bilan atashni taklif etadi. Nemis zoologi K.Klaus (1874) hayvonlarni 9 tipga boʻladi. Bu sistema ancha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Vaqt oʻtishi bilan olimlarning faqat tiplar soniga emas, balkiularning tarkibiy qismiga nisbatan ham tushunchasi oʻzgarib bordi. Masalanumurtqalilar (keyinchalik xordalilar) tipiga qobiqlilar (19-asr oxirigacha mollyuskalarning bir xili sifatida qaralgan) va ichak bilan nafas oluvchilar kiritilgan. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sari faqat yangi turlar, urugʻlar, oilalar emas, hatto ancha yuqori taksonomik darajadagi guruhlar (turkum, sinf, hatto tip)lar ham kashf etildi. Mas, 1955-yilda rus olimi A.V.Ivanov pogo-noforalar tipini kashf etdi.Hayvonot dunyosi, odatda, 2 kenja olam: bir hujayralilar va koʻp hujayralilarga; koʻp hujayralilar esa parazoylar va haqiqiy koʻp hujayralilarga ajratiladi. Parazoylarga gʻovaktanlilar, haqiqiy koʻp hujayralilarga boshqa barcha tiplar kiritiladi. Haqiqiy koʻp hujayralilar oʻz navbatida nurlilar (boʻshliqichlilar, taroqlilar) va ikki tomonlama simmetriyalilar hamda birlamchi ogʻizlilar (chuvalchanglar, mollyuskalar, exiuridlar, boʻgʻimoyoqlilar, sipunkulidlar, paypaslagichlar) va ikkilamchi ogʻizlilar (chalaxordalilar, ignaterililar, xordalilar)ga boʻlinadi. Ayrim zoologlar parazoylar va haqiqiy koʻp hujayralilar bilan birga ularga teng mavqega ega boʻlgan fagotsitellasimonlar guruhini ham taklif etishadi. Oxirgi guruh eng tuban tuzilgan koʻp hujayralilar — plastinkasimonlar tipini oʻz ichiga oladi.Hayvonot dunyosining turli xil sistemasida tiplar soni 10 dan 33 tagacha, hatto undan ham koʻproq koʻrsatiladi. Koʻpchilik zoologlar maʼqul-lagan va oʻquv adabiyotlarida keltiriladigan sistematikaga asosan bir hujayralilar kenja dunyosi 5 tip: sarkomastigoforalar, mikrosporidiyalar, miksosporidlar, sporalilar, infuzoriyalarga boʻlinadi. Qolgan hayvonlar plastinkasimonlar, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar, yassi chuvalchanglar, toʻgarak chuvalchanglar, nemertinalar, tikanboshlilar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar, chalaxordalilar, pogonoforalilar va xordalilar tiplariga boʻlinadi. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sayin koʻplab yangi turlar kashf qilinmoqda. Yer yuzida hayvonlarning 1,5 mln. (ayrim maʼlumotlarga koʻra 3,0—3,5 mln.)ga yaqin turi maʼlum.Bugungi kunda hayvonot dunyosi — organik olam sistemasidagi yirik boʻlim. Hayvonlarning bundan 1,5 milliard yil ilgari . Hayvonlarning eng qadimgi qazilma qoldiq yoshi 0,8 milliard yildan oshmaydi. Kembriy davri boshlarida (miloddan 570—490 million yil avval) tashqi mineral skeletli (chigʻanoqli yoki xitinli) dengiz umurtqasizlarining koʻpchilik guruxlari (trilobitalar, jabraoyoqlilar, mollyuskalar, arxeotsiatlar) rivojlangan. Kembriyning oxirida tashqi skeletga ega boʻlgan umurtqasizlar (toʻgarak ogʻizlilartsht qadimgi ajdodlari) kelib chiqqan. Silurda (miloddan 445—400 million yil avval) hayvonlar oʻsimliklar bilan bir vaqtda quruqlik yuzasini egallay boshlaydi. Silurning keyingi davrida, dastlabki chayonlar, devon oxiridan boshlab (miloddan 400—345 million yil avval) dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqalilar — suvda hamda quruqlikda yashovchilar rivojlangan. Karbon davrida (milloddan 345—280 million yil avval) quruqlikda umurtqasizlardan hasharotlar, umurtqalilardan tuban tuzilishga ega boʻlgan sudralib yuruvchilar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar, Mezozoyning trias, yura va boʻr davrlarida (milloddan 230—66 million yil avval) sudralib yuruvchilar hukmronlik qilgan. Trias oʻrtalarida (mil.dan 230—195 million yil avval) dinozavrlar, bu davr oxirida sut emizuvchilar kelib chiqqan. Qushlar yura davrining oxiridan (milloddan 195—136 million yil avval) maʼlum. Boʻr davrining oxiriga kelib (milloddan 136— 66 million yil avval) koʻpchilik dengiz umurtqasizlari, dengiz va quruqlikda yashovchi sudralib yuruvchilar, jumladan. dinozavrlar qirilib ketadi; ular oʻrnini qushlar va sut emizuvchilar egallaydiю Hayvonlar — geterotrof organizmlar, yaʼni ular tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Hayvonlarda metabolizm faol kechishi tufayli ularning oʻsishi cheklangan. Evolyutsiya jarayonida har xil organlar funksional sistemasi: muskul, ayirish, nafas olish, qon aylanish, jinsiy va nerv sistemalarining shakllanishi hayvonlar uchun xos boʻlgan eng muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Hayvonlar hujayrasi qattiq sellyuloza qobiqning boʻlishi bilan oʻsimliklardan farq qiladi. Biroq hayvonlar bilan oʻsimliklar oʻrtasidagi farq nisbiy. Masalan, bir hujayrali hayvonlarning muskul, nerv va boshqa sistemalari boʻlmaydi; koʻp hujayrali hayvonlar orasida ham oʻtroq yashaydiganlari koʻp (masalan, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, mshankalar, assidiyalar, koʻp tukli chuvalchanglar). Ayrim organizmlarni oziqlanish usuli fotosintez va harakatlanishiga binoan bir vaqtning oʻzida hayvonlarga ham, oʻsimliklarga ham kiritish mumkin (masalan, evglenasimonlar, volvokslar va boshqalar).Hayvonlar va oʻsimliklarning hujayralardan tuzilganligi, ular tanasida boradigan moddalar almashinuvi jarayonining umumiyligi, irsiyat va oʻzgaruvchanlik qonuniyatlarining oʻxshashligi va boshqa ana shundan dalolat beradi.Hayvonlar hujayraviy tuzilishga binoan bir hujayra (bir hujayralilar) va koʻp hujayralilarga ajratiladi. Bir hujayralilarda bitta hujayraning Hujayra oʻzi tirik organizm uchun xos boʻlgan deyarli barcha xususiyatlarga ega. Tuban koʻp hujayralilar plastinkasimonlar tanasi bir necha funksiyani (harakatlanish, qoplash, oziqlanish) bajaradigan, kam ixtisoslashgan hujayralardan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Movlonov.O, Xurramov Sh, Umurtqasizlar zoologiyasi, Toshkent 1998. 2. T. X Ikromov “ Chorvachilik asoslari”Darslik 1996. 3. Do’stqulov S, I.M Maqsudov “Chorvachilik asoslari” fanidan amaliy mashg’ulotlar
o’tgazish uchun uslubiy qo’llanma Toshkent 2013.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.