ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN POSTMODERNIZMNING PAYDO BO‘LISH XUSUSIYATLARI

Abstract

Ushbu maqolada ikkinchi jaxon urushidan so’ng yuzaga kelgan postmodernizm adabiy yo’nalishi, uning paydo bo’lish omillari, postmodernism xususiyatlari, jamiyatning turli soxalariga bo’lgan ta’siri hamda zamonaviy adabiyotshunoslar asarlarida postmodernizm g’oyalarining aks etishi taxlil etiladi.  


Full PDF Document

Related Articles

Full text

BO‘LISH XUSUSIYATLARI

M.Z.Djalaldinova,

Andijon davlat chet tillari instituti,

1-bosqich doktoranti

Annotatsiya

Ushbu maqolada ikkinchi jaxon urushidan so’ng yuzaga kelgan postmodernizm adabiy yo’nalishi, uning paydo bo’lish omillari, postmodernism xususiyatlari, jamiyatning turli soxalariga bo’lgan ta’siri hamda zamonaviy adabiyotshunoslar asarlarida postmodernizm g’oyalarining aks etishi taxlil etiladi.

Annotation

This article aims at analyzing postmodernism, the literary movement that emerged after the World War II, the factors influenced to its emergence, the main peculiarities of postmodernism and its impact on various areas of society and the reflection of the postmodernism in the works of contemporary writers have been investigated.

Аннотация

В данной статье анализируется литературное направление, постмодернизм, возникшее после второй мировой войны, факторы его возникновения, особенности постмодернизма, его влияние на различные сферы жизни общества, отражение идей постмодернизма в произведениях современных писателей.

Kalit so’z va iboralar

Postmodernizm, modernism, adabiy oqim, kinoya, pastish, metaadabiyot, noaniqlik, tartibsizlik, distopiya, fragmentatsiya, ziddiyat

Key words and phrases

Postmodernism, modernism, literary movement, irony, pastiche, black humor, metafiction, uncertainty, temporal disorder, dystopia, fragmentation, conflict

Ключевые слова и фразы

Постмодернизм, модернизм, литературное направление, ирония, пастищ, чёрный юмор, мета литература, временное расстройство, дистопия, фрагментация, конфликт

Kirish

Postmodernizm XX asrning so‘nggiga tegishli bo‘lgan san'at, me'morchilik va adabiy tanqidchilik uslubi xamda tamoyillariga ega bo‘lgan adabiy yo‘nalish bo‘lib, undan oldin hukm surgan modernizm adabiy yo‘nalishidan ajralib chiqqan, uning umumiy nazariya va ideologiyasini qattiyan rad etgan, xamda xar qanday turdagi san'at asarida muammoli vaziyat xosil eta olgan noananaviy adabiy yo‘nalish xisoblanadi. Postmodernizm san'at va adabiyotda mavjud bo‘lgan adabiy tur va yo‘nalishlarni modernizm yuzaga keltirgan dogmatik tamoyillariga qarama qarshi xolatda keskin rad etadi, ayniqsa bu me'morchilik xarakatida yaqqol ko‘rinadi va xalqaro uslubga ta'sir o‘tkazadi, tabiiyki bu tarixiy uslubning elementlaridan foydalanishni olg‘a suradi, shu bois murakkab, illyuziyaga boy, dekorativ asarlar yaratiladi.

Postmodernizm atamasi 1870 yillarda balki undan ham oldinroq jamiyatning turli jabxalarida foydalanib kelingan. Masalan, 19 asrda yashab ijod qilgan ingliz rassomi Jon Vatkins Chapman rassomchilikning postmodern uslubining g‘oyasini frantsuz impressionalizmiga qarshi olg‘a surgan.

Jahon adabiyotshunosligida postmodernizm atamasiga turlicha ta'riflar mavjud. Masalan, Rutledj adabiiy atamalar lug‘atida:-“ Postmodernizm 1945- yildan keyingi davrda modernizmning parchalanishiga falsafiy javob tariqasida yuzaga kelgan bo‘lib, intellektual munozaralarda madaniy maxsulotlar ishlab chiqish, baxolash va talqin qilishga juda katta ta'sir ko‘rsatgan”- [1:198] .

J. A. Kuddonning Adabiy atamalar va adabiyot nazariyasi lug‘atida:- “Postmodernizm umumiy, ba'zida baxsli atama bo‘lib, 1940-1950 yillardan beri adabiyot, san'at, musiqa, memorchilik, falsafa kabi soxalaridagi sodir bo‘lgan, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, rivojlanish va tendentsiyalarga murojaat qiladi. Postmodernizm modernizmdan farqli va xattoki unga qarshi reaktsiyadir”-[2:569] .

O‘zbek adabiyotshunosiligida postmodernizm atamasiga turlicha tariflar berilgan. Jumladan Dilmurod Quronov, o‘zbek adabiy tanqidchilik maktabi asoschilaridan biri, Adabiyotshunoslik lug‘atida quyidagicha tarif beradi: - “POSTMODERNIZM (fr. postmodemisme - modernizmdan keyingi) - o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan adabiyot va san'atda, umuman, ijtimoiy-gumanitar soxalarda kuzatila boshlagan oqim, ijodiy- metod. Frantsuz poststrukturalizmining dekonstruktsiya (J.Derrida), postfreydizmning «shizoanaliz» va «ongsizlik tili» (Lakan, J.Delyoz, F.Gattari) ta'limotlari xamda semiotikadagi kinoyaviylik kontseptsiyasi (U.Eko) P.ning falsafiy asosini tashkil kiladi”-[3:29] .

Sadulla Quronov, o‘zbek adabiyotshunosi, “Postmodern kayfiyat va ideal extiyoji” maqolasida postmodernizmga shunday ta'rif beradi:- “Postmodernizm o‘ta murakkab va serqirra yo‘nalish bo‘lib, u ifoda shakllari, mazmun-mohiyatiga ko‘ra rivojlanib bormoqda. Uning asosida olamni xaos deb bilish, parokanda va bema'ni dunyoda inson mavjudligining ahamiyatsizligi ifodasi yotadi. Hamonki shunday ekan, san'atkor ham o‘zi yaratayotgan asarda olamni bilish, uni tushunish va tushuntirishga bo‘lgan ehtiyojini unutadi, dunyoni yaxlit, maqsadli “metarivoyat”lar o‘rniga uzuqyuluq, tartibsiz “rivoya”lar asosida ifodalaydi” –[4:30] .

Yana bir o‘zbek adabiy tanqidchisi Qozoqboy Yo‘ldoshning Postmodernizm, mohiyat, ildizlar va belgilar maqolasida: –“ Postmodernizm bugungi ijodkor dardi va iztiroblarining ko‘ngil, tafakkur, qog‘oz, bino, kino va sahnada globallashgan sivilizatsiyaga uyg‘un holdagi ifodasidir” - deya tarif beradi[5:108].

Asosiy qism

Postmodernizm san'at, musiqa va adabiyotda modernizm va uning tendentsiyalariga qarshi qo‘llanila boshlangan va yangilangan, jonlangan tarixiy uslubning elementlari va texnikasini namoyon etadi.

So‘nggi yillarda yangi ijtimoiy, siyosiy va adabiy nazariyalar san'at, arxitektura, adabiyot, kino, muloqot va falsafa kabi ko‘plab mavzularni qamrab olgan postmodern munozaralari davomida shakllanib bordi va xattoki madaniy, estetik va intellektual mavzularni ham chetlab o‘tmadi. Postmodern adabiyoti namunalari dastlab ingliz adabiyotida emas, balki, Amerika va Frantsuz adabiyoti namoyondalari asarlarida bo‘y ko‘rsatgan. Postmodern atamasi Lotin-amerika adabiy tanqidchiligida va InglizAmerika yozuvchilari adabiy anjumanlarida 1930-1940 yillarda foydalanilgan, biroq ruminiyalik yozuvchi Marin Predaning aytishicha ushbu atamaning to‘laqonli tadbiqi 1970 yillarga borib taqaladi [6:53 ]

Postmodern adabiyoti fragmentatsiya, paradoks va savollarga to‘la yozuvchi kabi adabiy usullarga tayanadi va ko‘p xolatda ikkinchi jaxon urushidan so‘ng yuzaga chiqqan uslub, yo‘nalish deb qaraladi. Postmodern adabiyoti namunalarida ma'rifiy fikrlash va modernizm qarashlari va g‘oyalariga keskin qarshilik yaqqol ko‘rinadi.

Postmodern davri yozuvchilari tendentsiya tasirida bo‘lgani bois uning falsafasiga tayanib ijod qilgan. Masalan ular borliqni aniqlashtirish va nima ekanligini tushunish mumkin bo‘lmagan jarayon deb xisoblaydilar. Shu bois dalil va bilim xar qanday vaziyatda nisbiy xodisa sifatida talqin etilishini olg‘a suradilar. Natijada yozgan asarlarining yakunini tadqiq etish ya'ni yakunini o‘ylash, fikrlash va tugallash o‘quvchining o‘ziga qoldiriladi.

Badiiy asarlarda postmodernizm xususiyatlari quyidagi belgilarda namoyon bo‘ladi: Kinoya (xazil), qora xazil (black humor) Pastish ( Pastiche) postmodernizm adabiy usullaridan biri, turli uslub, janr va xikoya satrlaridan (story lines) foydalangan xolda yangi adabiy shaklni yaratish. Intertekstualizm ( badiiy asarda berilgan g‘oya oldin yozilgan asardagi g‘oyaga javob yoki munosabat tariqasida yoritiladi. Bir badiiy asarda boshqa badiiy asarga murojaat qilish). Meta adabiyot (Metafiction) adabiyotning shaxsga qaratilgan shakli bo‘lib, badiiy adabiyot va san'atning shaxsga yo‘naltirilgan tizimli yondashuvini ifoda etadi. Vaqtinchalik buzilish (Temporal distortion). Asardagi voqea xodisalarning tizimsiz ketma ketligi bo‘lib xususiyatiga ko‘ra minimalizm (asosiy bo‘lmagan, axamiyatsiz obraz va voqealarni yoritish) va maksimalizm( tartibsiz, uzundan uzoq, mayda chuyda detallarga to‘la asar)dan iborat bo‘ladi. Tilsimli realizm- mumkin bo‘lmagan, noreal voqealarning qay biri fakt va qay biri to‘qima ekanligining aniq emasligi. Kitobxon ishtiroki-kitobxonga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish orqali voqea-xodisalarning badiiy xususiyatlarini ochib berish kabi jihatlarni uchratish mumkin.

Postmodern adabiyoti noaniqliklar, izchillikka ega bo‘lmagan voqea xodisalar, oldin yozilgan adabiyotlarga murojaat, noreal voqeliklar, va albatta kitobxonning bevosita ishtiroki orqali asarning taxlili kabilardan iborat. Postmodernizm oqimining bir nechta jihatlari mavjud. Postmodern yozuvchilarining talqinicha, yangi g‘oya va muxokamalar quyidagi xususiyatlar asosida ifoda etiladi. Noaniqlik-postmodern adabiyotining yana bir hususiyati xisoblanadi. Voqealar rivoji uzuq-yuluq va norealliklardan iboratdir.

Ilmiylikda yangilik yaratilishiga shubxa bilan qarash ham ushbu oqimning bir bo‘lagi xisoblanadi. Amerika adabiyotshunoslaridan biri Dilnening fikricha;- “Postmodern oqimi tarafdorlari ijtimoiy tadqiqotlardagi ob'ektivlik nazariyasini rad etadi va bu o‘z-o‘zidan katta taboqda yozilgan va katta aqliy mehnat talab etgan asarlarni inkor etishni bildiradi”-[7: 263] .

Individuallik tamoyili asosida sub'ektivlikka urg‘u berish orqali olingan bilimni qo‘llab quvvatlash, reallikdan qochish. Xaqiqat tushunchasiga postmodern oqimi istiqbol sifatida qarab uni universalligini inkor etadi.

Postmodernizm g‘oyasi xech kim va xech narsani tafovutlamaydi, ya'ni insonlarni erkak yoki ayolga, irqchilikni oq va qoraga va shu bilan bir qatorda sharq va g‘arb xududlari kabi ajratishlarni keskin qoralaydi. Globallashuv va ko‘p madaniyatlilikning tezkor darajada rivojlanib ketishi natijasida, madaniyatlar to‘qnashuvi va qo‘shilishi yuzaga keldi va buning ta'siri bir qancha jabxalarda kuzatiladi, masalan memorchilik, oziq-ovqat, musiqa, adabiyot, ta'lim, moda va boshqalar.

Postmodern davrida ommaviy axborot vositalari orqali ma'lumot olish tezlashgani bois, bu bir qancha muammolar va turfaliklarni yuzaga keltirdi, jumladan postmodern olamining ijtimoy xayoti ommaviy axborot vositalariga chambarchas bog‘liklikda olamni o‘ta katta manzilga aylanishiga sabab bo‘ldi.

Yangi oqim yozuvchilari asarlarida qora hazil va istexzodan foydalangan holda jiddiy voqea-xodisalarni ustakorlik bilan hazil tariqasida o‘quvchiga yetkazib bergan.

Postmodern namoyondalari haqida fikr yuritilsa, Derrida, Lyotard, Jeymson hamda, o‘z zamonasining yorqin yozuvchilari Fokolt va Bodrilardlarni alohida e'tirof etish mumkin. Jak Derrida Jazoirda tug‘ilgan frantsuz faylasufi bo‘lib, dekonstruktiv qarashini qo‘llab quvvatlaydi. Dekonstruktiv qarash asarning mazmunini shaxsiyatdan kelib chiqib turlicha anglash, ya'ni asarni xar kim xar xil tushunishi mumkin. Xatto bir inson asarni ilk bor o‘qib olgan taassurotlarini 20 yil o‘tgach tamomila boshqacha anglashi va taxlil etishi mukin. Dekonstruktsiya elementlari farqlilik,tarqatish, taqdir chizgilari va geotalofatdir. Derridadan so‘ng bu ro‘yxatni Jan Bodrilard egallaydi. Uning fikricha xar bir shaxsning o‘zligi va sub'ektiv borlig‘i uning xarakatlari va yurish-turishida namoyon bo‘ladi. Demak shaxsning jamiyatdagi o‘rni u foydalanadigan avtomobil rusumi yoki u istemol qilayotgan maxsulotlar orqali belgilanadi. U o‘z fiklarini reallikga bog‘lasada, ilm olish yo‘llarini ham taxlil qilishga urinadi. Frantsuz faylasuflaridan yana biri Fokalt til va nutqga alohida axamiyat qaratib, xaqiqatni nisbiy deb xisoblaydi va u ijtimoiy jarayon orqali yuzaga kelishini ilgari suradi biroq, yana bir frantsuz faylasufi va postmodern yozuvchisi Jeyms Lyotard fanlararo bog‘liklikni ta'minlovchi mavzularda bir qancha asarlar yozgan. Jumladan, jamiyatning xozirgi xolati, kompьyuter asri, kibernetika, axborot texnologiyalari, aynan axborotni bir kompьyuterdan ikkinchisiga o‘tkazishdagi muammolarni yoritish kabi. Lyotard jamlash va umumlashtirishni tanqid qilib, turfalik va ko‘plikni qo‘llab quvvatladi. Katta xajmda yozilgan asarlardagi universal xaqiqatni asosiy tushuncha sifatida talqin etilganini inkor etadi, vaxolanki bu modern yozuvchilarining aynan xaqiqatni topib, asarni topilgan xotima bilan yakunlanishini bildiradi.

Amerikalik faylasuf Devid Reysman o‘zining Yolg‘iz to‘da asarida:- “Inson hayotida ommaviy axborot vositalarining ustunligi va jamiyatda insonlarning ichki boshqaruv (Bobo-buvi, ota-ona)dan tashqi boshqaruv (ommaviy axborot vositalari, do‘st-tanishlar)ga moslashib borayotganini takidlaydi. Ushbu fiklarni yana bir amerikalik olim Fredrik Jeymson qo‘llab, postmodernizmni kapitalizmning so‘nggi bosqichi bilan tenglaydi. Ushbu davrda iste'molchilik va ommaviy axborot vositalari madaniyat ustidan to‘la to‘kis xukmronlikni qo‘lga kiritgandi. Xayotning xar bir jabxasi masalan ijtimoiy munosabatlar, ta'lim va dam olish barcha barchasida insonlar OAVning ta’sirida edi”-[8:15].

Postmodernizm oqimi xam o‘ziga xos muammolardan xoli emasdi. Garchi vaqt va zamon talabi asosida yuzaga kelgan bo‘lsada, bir qancha tanqidlarga uchradi. Xattoki, ushbu yo‘nalish olimlari va yozuvchilari xam yangi oqim paydo bo‘ldimi yoki bu modern oqimining davomimi degan savollarga javob topishga qiynaldilar. Bunday savollarni paydo bo‘lishining sabablari xam bor edi.

Postmodern asarlarini tushunish qiyin, shakl va tili murakkab, turli hil jargonlardan foydalanilganligi mazmunni anglab yetishga to‘sqinlik qiladi. Asarlar noaniq, murakkab usulda yozilganligi bois xamma o‘quvchilar asarning g‘oyasi, mavzu va mazmuni, voqealar rivoji va yechimini anglay olmaydi.

Qaysi mavzuda yozilishidan qattiy nazar, asarning aniq shakl yoki qolipga solinmaganligi postmodern adabiyotining asosi, o‘zligini ko‘rsatib beradi.

Postmodern adabiyotining ko‘p qirralilik hususiyati uni tushinarsizligini ta'minlaydi, ya'ni kitobxon postmodernizm uslubida yozilgan asarni o‘qishni boshlashi bilan muayyan shakl va ko‘rinishga ega bo‘lmagan noananaviy asarni mutoala qilayotganini his etishi natijasida chalg‘ib, asarning mazmunini anglamay qoladi.

Yakuniy qism

Ingliz adabiyotidagi urushdan so‘nggi rivojlanish Britaniya imperiyasi istilo qilgan qilgan mamlakatlarning unga qarshi bosh ko‘tarishi va Britaniya imperiyasi tarkibida bo‘lgan mamlakatlarning mustaqil bo‘lish uchun qilgan xarakatlarida namoyon bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda Britaniya imperiyasi o‘zining durnyodagi mustamlakachilik bo‘yicha egallab turgan yetakchi o‘rnidan ayriladi, va bu tamomila Amerika va Rossiya davlatlarining ustunligida namoyon bo‘ladi. Mustamlakachilik davrini boshdan kechirgan va uni o‘z asarlarida yoritishga xarakat qilgan yozuvchilar Entoni Bedjes, Gram Grin, Alan Silito, Jerald Xanli, Devid Kot, Kolin Makkines kabilardir. Masalan, Entoni Bedjesning Clockwork orange , Zavodnoy apelьsin, xarakatga keltirilgan apelsin asari:- “Postmodernizm elementlari jumladan distopiya, fragmentatsiya va ziddiyat asosida shakllantirilgan bo‘lib, texnologik taraqqiyotni bosh qaxramon Aleks nigoxida tanqidga oladi”-[9:9].

Amerika adabiyotida, postmodernizm yo‘nalishida ijod qilgan yozuvchilar va ular yaratgan asarlar postmodernizm tamoyillari va uslublaridan chetga chiqmagan, ulardan unumli foydalangan holda yozilgandir. Masalan, Kurt Vonnegutning Molxona, Qushxona romani ikkinchi jaxon urushi vaximasi va qo‘rquvlarining yozuvchining urushda boshidan kechirgan voqea xodisalar, uzuq yuluq xotiralar asosida jonlantirilgan, avtobiografik hamda ilmiy fantastik janrda urushga qarshi yozilgan asari xisoblanadi. Asarning uslubi kinoya, qora xazil, raxm shavqat va nasixat kabilarga asoslangan bo‘lsada, postmodernizm nuqtai nazaridan esa urush daxshatlarini Vonnegut shaxsiy tajribalari asosida yopiq xolatda tasvirlaganini, dunyo xech qanday odob axloq normalariga bo‘ysunmaydigan ma'nosiz makon va sodir bo‘ladigan voqea xodisalar esa tasodifan sodir bo‘lishini ta'kidlaydi.

Ingliz adabiyotining yorqin namoyondasi bo‘lmish M.Sparkning asarlari ham postmodernizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan. Masalan, Memento Mori romanida sirli ovoz qariyalar uyida umr kechiruvchi, yoshlik davrlarida bir qancha laozimlarda ishlab kelgan shaxslarga qo‘ng‘iroq qilib: “Esingda bo‘lsin, sen o‘lishing kerak”- deb ogoxlantiradi va qariyalarni sarosimaga soladi. Asarda o‘lim vasvasasi insonlarni bir biriga ishonchsizligi, kutilmagan voqea xodisalarning sodir bo‘lishi orqali taqib qiladi. Asarda chalkashlik va noaniqliklar ko’p, qo’ng’iroq qabul qilgan asar qahramonlarining hammasi turli sabablar bilan o’lim topadi [10:10].

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Peter Childs, Roger Fowles, The Routledge Dictionary of literary terms, Routledge 2006, 198 bet

2. J. A. Cuddon, A Dictionary of Literary Terms and Literary Theory, fifth edition, A John Wiley & Sons, Ltd., Publication, The Estate of J. A. Cuddon, 2013, 569 bet

3. D. Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva, Adabiyotshunoslik lug’ati, Toshkent Akademnashr, 2013, 229 bet,

4. С.Қуронов Постмодерн кайфият ва идеал эхтиёжи, ЎзАС, 2012. 27 июл. №30 son

5. Қозоқбой Йўлдош, Постмодернизм, моҳият, илдизлар ва белгилар, “Жаҳон адабиёти”, 2015 йил, 10-сон, 108.b

6. Preda, Marin - Imposibila intoarcere

7. Dealney. Postmodernism vs Modernism: Features, Differences and Similarities. – USA: Public press, 2005, 263 bet

8. David Reisman, The Lonely Crowd, 2nd edition, Yale University Press, 2001, London

9. Anthony Burgess, A Clockwork Orange, William Heinemann, 1962, UK

10. M. Spark, Memento Mori, Macmillan Publishing, 1959

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.