--⊱⊱ 64 ⊰⊰--
OMMALASHTIRISH
Nabiyeva Nazira Ismoilovna
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar, 7-
DMTT direktori
ANNOTATSIYA
Maqolada MTTda ilgʻor ish tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish pedagoglarning kasb mahoratlarini takomillashtirish, taʼlimiy faoliyatni tashkil etish, tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya berishning yangi zamonaviy usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan.
Kalit soʻzlar: pedagog, pedagogik faoliyat, ijodkorlik, kuzatish, tarbiyalanuvchi, ish tajriba, metodik ish.
Ilgʻor ish tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish pedagoglarning kasb mahoratlarini takomillashtirishning va oʻquv uslubiy jarayonlarni tashkil etish va muvofiqlashtirishda eng qulay shaklidir. Ilgʻor ish tajriba bu pedagog(tarbiyachi)ning oʻz pedagogik faoliyatiga ijodkorona va novatorlarcha yondashib, tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya berishning yangi yoʻli izlab topiladi
Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarni oʻrganish, barcha ilgʻor tajribalarni taxlil qilish va amaliyotga joriy etish Maktabgacha taʼlim tashkiloti metodik ishining asosi boʻlishi kerak.
Butun pedagoglar jamoasi ishining samaradorligi har bir tarbiyachining ish samaradorligiga bogʻliq boʻladi, shuning uchun MTT metodisti barcha guruhdagi ishlar sifatini va xususiyatini yaxshi bilishi zarur. Eng yaxshi tarbiyachilar tajribasini barchaning mulkiga aylantirish kerak. Inson yolgʻiz holda maʼlum chegaragacha, juda arzimagan darajada rivojlanishi mumkin, keyin uning tajribasi boshqalar tajribasi hisobiga boyib borishi kerak.
Tajribani umumlashtirishda katta tajribaning roli ulkan, tarbiyachilarning koʻzga koʻrinmas kundalik mehnatlaridagi bu ilgʻor tajribani aynan u koʻra bilishi, uni tushunib yetishi, yaxshi natijalarga qanday vositalar bilan erishilganligini tahlil qilishi lozim.
Tajribani oʻrganish va umumlashtirish guruhlardagi taʼlim-tarbiyaviy ishlar holatini muntazam tahlil qilinishini nazarda tutadi. Tajribani oʻrganishning asosiy yoʻllaridan biri guruxlarga rejali tarzda kirish va pedagogik jarayonni hamda kun tartibidagi turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xatti-harakatlari va xilmaxil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib topadi.
Metodistning kuzatishlari maxsus daftarida foto yozuv, tanlab yozish va shu kabilar tarzida qayd etiladi, videokassetalarga, fotosuratlarga olinadi.
Bunda quyidagi jihatlarga eʼtibor berish tavsiya etiladi:
1. Tarbiyachi ishining rejaga koʻra mazmuni.
2. Ishdagi ijobiy natijalarga qanday erishiladi (tadbirlarni oʻtkazish uchun material tanlash, moddiy muhitii uyushtirish, mazkur masalaga doir metodik adabiyotni oʻrganish, ishni rejalashtirishdagi aniqlik, bolalar imkoniyatlari va «ular rivojlanishining eng yakin zonasini oʻrganish»; bolalar bilan ishlashning eng samarali metod va usullarini tanlash; tarbiyaviy ish
--⊱⊱ 65 ⊰⊰-- barcha jihatlarining oʻzaro aloqasi; mazkur masala boʻyicha tarbiyachining ish tizimi; bolalar bilan ishni tashkil qilish shakllarining xilma-xilligi va xokazo),
3.Tarbiyachiga kuzatishlar yakunlari yuzasidan chiqarilgan xulosalar asosida ishni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar.
Tarbiyachilar ishining eng yaxshi tajribalarini oʻrganish va umumlashtirishda tarbiyachilar bilan bolalar, ularni rivojlantirish jarayoni, taʼlim-tarbiya metodlari haqida suhbatlashish katta ahamiyat kasb etadi. Individual suhbatlar tarbiyachining metodik adabiyotni va undagi masalalardan xabardorligini, pedagogika va metodikaning biror boʻlimiga qiziqishini aniqlash imkonini boradi, chunki aynan mana shu qiziqish koʻp jihatdan bolalar bilan olib borilayotgan ishlar darajasini aniqlaydi va eng yaxshi tajribani umumlashtirish imkonini beradi. Suhbatlar ham tarbiyachilar ishidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishda yordam beradi.
Bolalar bilan suhbatlashish qiziqarli material beradi. Ular egallangan bilimlarni tushunishi, ularni hayotda qoʻllash koʻnikmasini, bolalarning axloqiy rivojlanganlik darajalarini, burch hissini, doʻstlik, rostgoʻylik va haqqoniylikni tushunishni, bolalar xatti-harakatlari va qiziqishlari motivlarining ahlokiy yoʻnalganligi va hokazolarni aniqlash imkonini beradi.
Tarbiyachilar ish tajribasini oʻrganishda pedagogik hujjatlar: rejalar, konspektlar, kundaliklarni tekshirish va oʻrganishning ham ahamiyati kam emas. Bu quyidagilarni: mazkur boʻlim boʻyicha oʻquv dastur butun oʻrganish davrida oʻtilgan-oʻtilmaganligini, faoliyat turlarining qanchalik xilma-xilligini, ularning bilim,malaka va koʻnikmalarining ”Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari”, “Ilk qadam” davlat dasturiga talablariga muvofiqligini, bolalarning rivojlantiruvchi markazlardan tashqari faoliyatlari mazmunliligi, faoliyatning boshka turlari bilan oʻzaro aloqasi kuzatiladi hamda ishlarni xisobga olish yangi vazifalarni belgilashda qanchalik yordam berishini aniqlash imkonini beradi.
Uslubchi tahlil qilinayotgan jarayonni bolalar bilan olib boriladigan taʼlim-tarbiyaviy ishdan ajratish mumkin emasligini unutmasligi kerak. Shuning uchun agarda rivojlantiruvchi markazlardagi taʼlim jarayonlarini tahlil qilinayotgan boʻlsa, ular faqat taʼlim faoliyatining boshqa boʻlimlari bilan qanday bogʻlanganligini emas, balki olingan taassurotlar oʻyin va bolalarning badiiy mustaqil faoliyatlarida qanday aks etishini ham kuzatish muhimdir.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.