ILK MIGRATSIYA JARAYONLARI
Aliqulov Bekmurod Tolibjon oʻgʻli
Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” o‘qituvchisi
Annotatsiya. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, doimiy tarixiy-madaniy aloqalar jarayoni va ishlab chiqarish faoliyatini ixtisoslashuvi mehnatning umumiy hajmi va mahsulot o‘sishini ta’minlab, ehtiyojlar tartibining xilma-xil bo‘lishiga olib keladi. Bu jarayon esa ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy hamda tarixiy-madaniy aloqalar zaruratini keltirib chiqaradi. O‘rta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli davrlardagi migratsiya jarayonlari ushbu yaqinlikni yanada chuqurlashtirib borgan.
Kalit so‘zlar: ibtidoiy davr, migratsiya, paleolit, neolit, bronza davri, tarixiy jarayon, qit’alararo migratsiya jarayonlari.
Аннотация. Согласно результатам исследований, процесс постоянных историко-культурных связей и специализация производственной деятельности способствуют увеличению общего объема труда и росту продукции, что, в свою очередь, приводит к многообразию потребностей. Этот процесс обуславливает необходимость социально-экономических, культурно-бытовых и историкокультурных взаимодействий. В регионах Средней Азии историко-культурные, социально-экономические и политические процессы, происходившие в древние времена, были тесно взаимосвязаны, и миграционные процессы различных периодов ещё более углубляли эту взаимосвязь.
Ключевые слова: первобытный период, миграция, палеолит, неолит, бронзовый век, исторический процесс, межконтинентальные миграционные процессы.
Abstract. According to research findings, the process of continuous historical and cultural interactions and the specialization of production activities contribute to the overall volume of labor and product growth, leading to a diversification of needs. This process, in turn, necessitates socio-economic, cultural-domestic, and historical-cultural relations. In the regions of Central Asia, the historical-cultural, socio-economic, and political processes that occurred in ancient times were closely interconnected, and migration processes during different periods further deepened this closeness.
Key words: prehistoric period, migration, Paleolithic, Neolithic, Bronze Age, historical process, intercontinental migration processes.
Zamonaviy odamning ilk vatanini qidirish masalasi tarixning qiziqarli kashfiyotlarga boy antropologik topilmalarning solnomasi bo‘lib qoldi. Tabiashunoslarning e’tiborini avvalo, Osiyo qit’asi, jumladan, Janubiy-Sharqiy Osiyo o‘ziga tortgan va bu yerdan Dyubua keyinchalik xomo yerektus deb nomlangan dastlabki gominid qoldig‘ini topgan (Homo erectus-tik yuruvchi odam). So‘ngra 1920– 1930-yillarda Markaziy Osiyo Shimoliy Xitoydagi Chjoukoutyan g‘oridan bundan 460–230 ming yillar avval yashagan 44 ta odam skeletining qoldiqlari topildi. Sinantroplar deb nom olgan ushbu odamlarni bir vaqtlar odamning shajarasidagi eng qadimgi bo‘g‘in, deb hisoblaganlar.
Ibtidoiy odamning ko‘plab izlari Qozog‘iston va O‘rta Osiyodan ham topilgan. Xususan, Kaspiyning qurg‘oqchil Sharqiy sohillaridan o‘n minglab primitiv tosh qurollar topilgan: faqat Mugodjari tog‘laridan 1 m2 joydan o‘nlab qadimgi qo‘l cho‘qmorlarini - bifaslarni yig‘ib olish mumkin.
Bugungi kunda odamning kelib chiqishi muammosi bilan shug‘ullanuvchi arxeologlar, genetiklar va boshqa mutaxassislar ko‘plab yangi ma’lumotlarni to‘plashdiki, ular asosida turli g‘oyalar, hatto diametral qarama-qarshi gipotezalarni ham ilgari surish mumkin. Hozirda bu masalani sinchiklab muhokoma qilish vaqti yetdi, faqat bitta shart bilan: odamning kelib chiqishi muammosi - multidissiplinar muammo va yangi g‘oyalar natijalarning turli soha mutaxassislari tomonidan qo‘lga kiritilgan kompleks tahlillariga asoslanishi lozim. Faqat shu yo‘l bilan asrlar davomida odamlarni qiziqtirib kelayotgan eng munozarali masalalardan biri - inson tafakkurining shakllanishi muammosini yechimini topishga olib kelishi mumkin.
O‘rta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli davrlardagi migratsiya jarayonlari ushbu yaqinlikni yanada chuqurlashtirib borgan. Bu migratsiya jarayonlari bir necha bosqichda, qo‘shni hududlarni ma’lum ketma-ketlikda egallab, o‘zlashtirib borish tarzida amalga oshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Avstraliya va Yangi Zellandiya hududlari bundan 35-40 ming yil ilgari, Yangi Gvineya esa 25 ming yil ilgari osiyoliklar tomonidan o‘zlashtirilgan. Avstraliya qirg‘oqlari yaqinidagi hozirgi Zond arxipelagi hududi so‘nggi paleolit davrida bir-biri bilan tutashgan orollardan, ya’ni, Avstraliyaga o‘tish uchun o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajargan quruqlik hududidan iborat bo‘lgan. Osiyodan Avstraliyaga aholi migratsiyasi aynan ana shu quruqlik orqali bo‘lib o‘tgan. Osiyoliklarning Alyaska va Shimoliy Amerikaga migratsiyasi esa Osiyo va Amerika qit’alarini bog‘lab turgan hozirgi Bering bo‘g‘ozi o‘rnidagi quruqlik orqali amalga oshgan (Alekseyev A., Peris L, 1990. – S. 176–177).
Ushbu qit’alararo migratsiya jarayonlarining boshlanishida Markaziy Osiyo hududi asosiy o‘rin tutganligi ehtimoldan holi emas. Chunki, ayrim tadqiqotlarda Markaziy Osiyo hududi insoniyat paydo bo‘lgan hududlarda biri sifatida e’tirof etilayotgani, qadimgi odamlarning va ba’zi hayvon turlarning yer sharining katta qismiga tarqalishi mintaqamizdan boshlanganligi haqidagi fikrlarning mavjudligi (Kraxmal K.K, 2003. – S. 3–11) bunga asos bo‘ladi.
Tarixiy tadqiqotlardan bizga ma’lumki, bronza davri mil.avv. 3–2 m.y. O‘rta Osiyo xalqlarining etnik tarixi uchun muhim davr hisoblanadi. Bu davrda mahalliy aholining boshqa hududlardan kirib kelgan qabilalar bilan o‘zaro aloqalari yanada jadallashadi. Ayrim olimlarning fikricha, bu davrdagi doimiy etnomadaniy aloqalar jarayoni va ishlab chiqarish faoliyatining ixtisoslashuvi mehnatning umumiy hajmi va qo‘shimcha mahsulot o‘sishini ta’minlab, ehtiyojlar tartibining murakkablashuviga olib keladi (Sayko E, 1981. – S. 48).
Fikrimizcha, bu jarayon esa o‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy hamda tarixiy-madaniy aloqalarning keyingi tabaqalanishi va rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, bronza davrida Osiyoning dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi aholisi o‘zlarining madaniy xo‘jalik yutuqlarini o‘zaro almashgan holda doimiy uzviy aloqada bo‘lganlar. Har ikkala turmush tarzi yurituvchi aholining doimiy etnik, iqtisodiy va tarixiy-madaniy aloqalari natijasida keyingi davr jamiyati nisbatan rivojlanish pallasiga kiradi. Har ikkala hudud aholisining madaniy xo‘jalik faoliyati, shubhasiz, chetdan ta’sir qabul qilgan va qo‘shnilar madaniyatining rivojlanishiga ham mana shunday ta’sir o‘tkazgan. Ushbu jarayonlarning barchasi ayrim hollarda tinchlik (qadimgi yo‘llar, o‘zaro almashinuv va boshq.) ayrim hollarda harbiy-siyosiy (ko‘pincha ko‘chmanchilarning o‘troq vohalarga hujumi) orqali bo‘lib o‘tgan.
Ushbu o‘troq va chorvador qabilalarning aloqalari oxir-oqibatda jamiyatning jadallik bilan taraqqiy etishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bronza va ilk temir davri jamiyat taraqqiyotining asosiy belgilari sun’iy sug‘orish tartibi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan agrar xo‘jalik va hunarmandchilikdagi yutuqlar, chorvadordehqonchilik xo‘jaligidan yaylov chorvachiligiga, yarim ko‘chmanchi turmush tarziga o‘tish hisoblanadi (Masson V.N, 1986. – S. 48–54).
O‘rta Osiyoning janubida joylashgan Baqtriya va Marg‘iyona hududlari o‘lkamizdagi sivilizatsiya o‘choqlaridan hisoblanib, ular madaniyatining kelib chiqishi xususida ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, bu haqda bir qator fikrlar mavjud. Tadqiqotchilarning katta ko‘pchiligi ushbu sivilizatsiyalarning genezisini migrasion jarayonlar bilan bog‘laydilar. Misol uchun, V.Massonning fikricha, Murg‘ob havzasidagi dastlabki qishloqlarning paydo bo‘lishi, Kopettog‘ tog‘ oldi tekisliklaridagi rivojlangan madaniyatining sharqqa ekspansiyasi bilan bog‘liq. Tadqiqotchining ta’kidlashicha, Marg‘iyonadagi Kelleli majmui Oltintepa madaniyatiga xos bo‘lib, olim shimoli-sharqiy Erondan kelib mahalliy aholi bilan tezda aralashib ketgan Marg‘iyona va Baqtriyadagi aholi guruhlarining paydo bo‘lish oqibatlarini ham inkor etmaydi (Masson V. N, 1989. – S. 172–173).
I.Masimov (Masimov I. S, 1986. – S. 70–71) va A. Asqarovlar (Askarov A.A, 1977. – S. 105) ham V.Massonning aholining Kopettog‘ tog‘ oldi tekisliklaridan Marg‘iyonaga, keyin esa Baqtriyaga bo‘lgan migrasion jarayonlar haqidagi fikrlarini e’tirof etadilar.
I.V.Sarianidi esa Janubiy Turkmaniston qabilalari Murg‘ob havzasini o‘zlashtirishni boshlab berganliklarini e’tirof etgan holda, Baqtriya – Marg‘iyona arxeologik majmuidagi o‘ziga xoslik Janubiy Turkmanistondagi Namozgoh V madaniyati bilan emas, balki, Erondagi, shu davr madaniyati bilan nisbatan o‘xshashlik topadi, deb hisoblaydi (Sarianidi V.I, 1987. – S. 46–47). P. Amyetning fikricha, Elam aholisining ko‘chmanchi qismi o‘ziga xos jamoalarni tashkil etib, ayrim hududlar bilan etnik aloqalarda muhim rol o‘ynaganlar. Shuning uchun ham tadqiqotchi Baqtriya va Marg‘iyonada ko‘chmanchm-hunarmandlarga yaqin bo‘lgan zodagonlar guruhlari paydo bo‘lgan bo‘lishlari mumkin, degan taxminni ilgari surib, mustahkamlangan qal’alar yoki qo‘rg‘onlar aynan shu toifaga tegishli bo‘lgan (Amiyet A, 1988. – P. 190– 191), deb hisoblaydi.
V. Alyokshinning fikricha, O‘rta Osiyoning dasht hududlarida paydo bo‘lgan o‘ziga xos madaniyat migratsiya va etnomadaniy aloqalar tufayli Marg‘iyona va Kopetdog‘ tog‘ oldi tekisliklariga yoyiladi (Alyokshin V.A, 1980. – S. 114–118).
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning xulosalarini qiyosiy tahlil etish natijasida shunday fikrga kelish mumkinki, Baqtriya va Marg‘iyona madaniyatining ko‘pgina yo‘nalishlari mahalliy sharoitda paydo bo‘lgan bo‘lib, mahalliy sivilizatsiyalarning mahsuli hisoblanadi. Bu jarayonlarga boshqa hududlarda paydo bo‘lib rivojlangan madaniy an’analarning ma’lum ma’nodagi ta’sirini hamda mahalliy aholi tomonidan o‘zlashtirilib, o‘ziga xos yangi asoslarda rivojlanganligini ham alohida ta’kidlash joizdir.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, mil.avv. 2 ming yillikning boshlarida Baqtriya va Marg‘iyona janubi-g‘arbiy Osiyoni qamrab olgan keng miqyosdagi qabilalar migratsiyasi to‘lqinlaridan biri o‘tgan asosiy markaz edi (Sarianidi V.I, 1990. – S. 54– 55). Aynan mana davrda sharqiy Eron vohalarida, O‘rta Osiyoning janubida, Balujiston va qisman Hind vohalaridagi katta hududlarda bir-biriga o‘xshash, ayrim hollarda aynan bir xil bo‘lgan madaniyat paydo bo‘ladiki, ularning ildizlari Gʻarbga, Kichik Osiyogacha boradi.
Tadqiqotchilarning fikricha, bronza davri O‘rta Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ko‘pgina o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadiki, ushbu o‘zgarishlar Yenisey va Ural daryolari oralig‘ida yashagan aholi (Andronovo madaniyati) hamda Volga va Don daryolari oralig‘ida yashagan ko‘chmanchi chorvadorlarning (Yog‘ochband madaniyati) kirib kelishi bilan ham bog‘liq edi.
Bronza davridagi migrasion jarayonlar tufayli shimoldan kelgan bu qabilalar O‘rta Osiyoning mahalliy aholisi bilan etnik jihatdan aralashib ketadi va aynan mana shu davrda O‘rta Osiyo shimolidagi aholisining bir qismi janubga tomon ko‘chadi. Ushbu ko‘chishlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bir qatorda aholining etnik tarkibiga ham ma’lum darajada ta’sir o‘tkazganligi tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, janubdagi dehqonlar va shimoldagi chorvador o‘rtasidagi tobora o‘sib borayotgan o‘zaro munosabatlar (migratsion jarayonlar, etnomadaniy aloqalar, bosqinchilik urushlari) butun mil.avv. 2 ming yillik davomida O‘rta Osiyodagi tarixiy-madaniy jarayonlarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi hamda bu hududlarda yashovchi qabilarlar taqdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
So‘nggi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, O‘rta Osiyoning janubiga Old Osiyo aholisining migratsiyasi va Midiya ekspansiyasi mumkinligi haqidagi taxminlarga ko‘pchilik tadqiqotchilar xayrixohlik bildirmoqdalar. Ko‘p hollarda migratsiyalar madaniy, texnik va iqtisodiy taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar yaratib berganligi (Rtveladze E.V, 2005. – S. 32). O‘rta Osiyoning qurilishdagi me’moriy-rejaviy an’analarida, arxeologik majmualar ashyolarida kuzatiladi.
Migratsiya jarayonlari aholining savdo-sotiq faoliyati bilan ham uzviy bog‘liqligini alohida ta’kidlash joizdir. Misol uchun, tadqiqotchilarning fikricha, mil.avv. 2 ming yillikning boshlarida Ossuriyaning savdo karvonlari uzoq Afg‘onistondagi qalay manbalariga borganlar (Adams R, 1986. – S. 14.). Eng qadimgi yo‘llarning rivojlanishi natijasida qadimgi Sharq xalqlari o‘rtasida migratsiya jarayonlari, etnomadaniy aloqalar va savdo-sotiqning taraqqiy etishi kuzatiladi. Dastlabki transport vositalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ham chekka hududlarda qishloq xo‘jalik va hunarmandchilik mahsulotlarini taqsimlash jarayonini kuchaytirish bilan birga aholining etnomadaniy aloqalari hamda migratsiya jarayonlari samaradorligining oshishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratgan edi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mavlonov O‘. M. Markaziy Osiyoning qadimgi yo‘llari: shakllanishi va rivojlanish bosqichlari. – Toshkent: Akademiya, 2008. – B. 8–68.
2. Алексеев А., Перщиц Л. История первобытного общества. – М., Высшая школа, 1990. – С. 176–177.
3. Крахмаль К. К. К истории возникновения гипотезы о центральноазиатском центре происхождения человека // Oʻzbekiston tarixi. – 2003. – №2. С. 3–11.
4. Сайко Э. Предпосылки и условия формирования древних отношения народов Востока // Советская археология. – 1981. – №2. – С. 48.
5. Массон В.Н. Древние культуры Средней Азии: динамика развития, основание экологических ниш, культурные связи (с древнейших времён до эпохи раннего железа)// Инф. бюллетень. – 1986. – Вып. 2. – С. 48–54.
6. Массон В.Н. Первые цивилизации. – Л., 1989. – С. 172–173.
7. Масимов И. С. К вопросу об освоение долины Мургаба. – М., 1986. – С. 70–71.
8. Аскаров А. А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга Узбекистана. – Ташкент: Фан, 1977. – С. 105.
12. Сарианиди В. И. Юго-Западная Азия: миграции, арии и зароострийцы // ЦБ МАИКЦА. – Вып 20. – М., Наука, 1990. – С. 54–55.
13. Ртвеладзе Э. В. Цивилизации, госуцдарства, культуры Центральной Азии. – Ташкент, 2005. – С. 32.
14. Адамс Р. Изучение бронзового века Месопотамии и соседних регионов // Древнейшие цивилизации Востока. – Ташкент, 1986. – С. 14.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.