ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

Ingliz tilidagi bisnes atamalar va ularning o’zbek tilidagi ekvivalenti

Abstract

Biznes dunyosida muvaffaqtiyatli bo’lish uchun juda ham ko’p atamalar va ularning qo’llanish vaziyati va sharoiti borki bu so’zlar har qanday gullab yashnayotgan biznes asoslarini tashkil etadi. Biznes uchun har doim kerakli bilimni bo’lishi talab etiladi aks holda siz chuv tushib qolishingiz yoki yangi hamkorlarni hafsalasini pir qilishingiz mumkin.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

Ingliz tilidagi bisnes atamalar va ularning o’zbek tilidagi ekvivalenti

I.A.Jabborov Angren Universiteti “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi

Ingliz tili o’qituvchisi

Annotatsiya. Biznes dunyosida muvaffaqtiyatli bo’lish uchun juda ham ko’p atamalar va ularning qo’llanish vaziyati va sharoiti borki bu so’zlar har qanday gullab yashnayotgan biznes asoslarini tashkil etadi. Biznes uchun har doim kerakli bilimni bo’lishi talab etiladi aks holda siz chuv tushib qolishingiz yoki yangi hamkorlarni hafsalasini pir qilishingiz mumkin.

Kalit so’zlar: Atamalar, salomlashish, tarjima, foyda, kompaniya, pul oqimi, Invesititsiyani foydasi, marketing, branding, inson resurslari, ta’minot tizimi, liderlik, strategic rejalashtirish.

Abstract. In the business world, there are so many terms and contexts for success that these words form the basis of any thriving business. For business, it is always necessary to have the necessary knowledge, otherwise you can get lost or disappoint new partners.

Keywords: Terms, greeting, translation, profit, company, cash flow, return on investment, marketing, branding, human resources, supply system, leadership, strategic planning.

Абстракт. В деловом мире существует так много терминов и контекстов успеха, что эти слова составляют основу любого процветающего бизнеса. Для бизнеса всегда необходимо обладать необходимыми знаниями, иначе можно потеряться или разочаровать новых партнеров.

Ключевые слова: Термины, приветствие, перевод, прибыль, компания, денежный поток, рентабельность инвестиций, маркетинг, брендинг, человеческие ресурсы, система снабжения, лидерство, стратегическое планирование.

Bugungi kunda globallashuv dunyoning turli burchaklaridagi insonlarni birlashtirish bilan birga ularni suhbatini tushunishni osonlashtirish uchun butun dunyo xalqlari orasida yagona bo’lgan bir tilga ehtiyoj yuzaga keldi. Bu til aynan Ingliz tili bo’lib chiqdi va u hozir dunyodagi eng asosiy muloqot tili bo’lib xizmat qilyapti. Xitoy tili va hind tilida ham ko’p gaplashiladi, ammo ular ingliz tili kabi global miqyosda gaplashilmaydi aynan mana shu ustunligi sababli dunyo biznesi tili ham Ingliz tili hisoblanadi. Kembrij Lug’ati tomonidan har yili e’lon qilib boriladigan yangi atamalar ham ko’p hollarda biznesga oid so’z bo’lib qolyapti. Bu atamalar xalqaro biznesdagi insonlar tomonidan ishlatiladiki oddiy insonlar ularni tushunishi ham qiyin ba’zi paytlarda. Tilde erkin muloqot qila olish biznesni 70 foizga foydaliroq bo’lishiga o’z hissasini qo’shadi. Agarda biznesga oid so’zlarni chiroyli tarzda yetkazib berilmasa, u holda biznes olamida muvaffaqiyat aniq deyish qiyin. Har qanday brend misol uchun Toyota ham o’z mahsulotini muvaffaqiyatli startini boshlash uchun unga ingliz tilidagi ravon va tushunarli reklama hamda bozorni chayqash uchun kuchli brend siyosati muhim. Bu siyosat ingliz tilida olib borilmasa Toyotani Yaponiyani o’zidan boshqa davlatda sotishi mushkul ish hisoblanadi. Brend siyosatini ham olib boruvchi inson ingloz tilida puhta va lo’nda gapira oladigan va har bir so’zini dona dona talaffuz qiladigan odamga ehtiyoj har doimgidan ham ko’proq. Bu inson esa biznes tilidagi atamalarni yaxshi tushunadigan va tahlil qilib bozorga munosib reaksiya bildiradigan shaxs bo’lishi kerak. Misol tariqasida quyidagi atamalarni keltirishimiz mumkin:

ABAC

Business advisory council. O’zbek tiliga biznes maslahat kengashi deya tarjima qilinib, bu tashkilotga 1995 yilda asos solingan. ABAC doimiy faoliyat yurituvchi kengash boʻlib, har bir aʼzo firma yoki kompaniyadan uchtagacha yuqori martabali ishbilarmonlardan iborat boʻlib, ABAC harakat rejalarini amalga oshirish va biznes sektorining boshqa ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha maslahatlar beradi. ABAC aynan holda ishlatilib ko’pincha hollarda boshqa tillarga tarjima qilinganda ham shu holda ishlatiladi1.

Muloqotda esa siz uni albatta qisqartmasi bilan ishlatganingiz foydali chunki ko’p biznesmenlar ABAC ni yoyma ko’rinishini ishlatishmaydi va siz ham ta’rif berishingizni o’rni qolmaydi.

Ability to pay: Qarz oluvchining qarzlar bo'yicha foizlar va asosiy qarzlarni to'lash qobiliyati. Bunda har qanday investor yoki bank qaysidir biznesga pul tikar ekan avvalo bu biznesni pul qaytara olish imkoniyatini ko’rib chiqadi. Agarda siz ingliz tilida savdo qilar ekansiz yokida biznesingizni yuritar ekanisz xalqaro maydonga chiqishingiz uchun sizga albatta ability to pay so’zi yordam beradi2. 1 https://dtiwebfiles.s3-ap-southeast-1.amazonaws.com/elibrary/Growing+a+Business/Glossary+of+Business+Terms+and+Concepts+Handbook.pdf 2 https://www.workspace.co.uk/content-hub/business-insight/glossary-of-business-terminology

Ability to pay gapda quyidagi tarzda ishlatiladi: I am able to pay the interest rate yoki: The company is able to pay the all the taxes demanded by the state

Account balance. Bu so’z hisob balansi deya tarjima qilinib, kompaniyaning kirim chiqimlari va qarzlarini o’rtasidagi muvozanatga nisbatan aytiladi hamda bu muvozanatni bir meyorda ushlab turish uchun ham foydalaniladi. Account balance bu ma'lum bir moliyaviy hisobda mavjud bo'lgan mablag'lar miqdori; tekshirish yoki omonat hisobi kabi. Berilgan qoldiq kreditlar va debetlardan keyin mavjud bo'lgan sof summani aks ettiradi. Account balance is a noun and can be used as an object, too.

Account balance of the company had a downward trend. They lost $ 2 million.

Accural basis. Marketingda accural basis qachonki kompaniya o’tkazilishi mumkin bo’lgan va kirim qilish imkoni bor bo’lgan holatga nisbatan ishlatiladi. Tassavur qiling kompaniya allaqachon mahsulotni sotishni kelishib qo’ygan hamda haridor ombordagi mahsulotni olib ketmagan holatda ham hisobga kiritib qo’yishi mumkin holat. Misol uchun pepsi co. ning omborida Venesuelaga yetazib berishi lozim bo’lgan lekin hali hisobga to’lov qilinmagan holatda ham ular bu sotilishi hali nomalum mahsulotni yillik hisobotga kiritib qo’yib uni sof foydasini o’z hisoblariga yozib qo’yishlari mumkin. Aynan mana shu holatga nisbatan accrual basis deb ataladi.

Accumulation.

Bu so’z biznesda ko’p ishlatiladigan atamalardan biri bo’lib unda asosaan narxi oshayotgan narsalar uchun ishlatiladi. Agarda kompaniya rahbari biror brend narxi ko’tarilib ketishini oldidan ko’ra bilsa va haridni amalga oshirish imkoniga ega bo’lsa kelajakda o’sha kompaniyalarni aksiyalari juda katta foyda olib kelishi mumkin. Biror narsaning ortib borayotgan miqdorini sotib olish. Faktorlarning to'planishi, ayniqsa kapital iqtisodiy o'sishning asosiy mexanizmi hisoblanadi3.

Misol uchun ingliz tilida: The accumulation the company had a go would be the best way to earn enough savings to have a reliable resource.

Agricultural loans: Qishloq xo'jaligi kreditlari

Ish hayvonlari, qishloq xo'jaligi texnikasi va sotib olishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlarni ifodalaydi texnika, qishloq xo'jaligi mahsulotlari (ya'ni, urug'lar, o'g'itlar, ozuqalar), parrandachilik, chorva mollari va shunga o'xshash 3 Principles of Management Professor Dr. Md. Mainul Islam University of Dhaka Dr. Abdul Awal Khan Ex. Professor & Ex. Dean School of Business Bangladesh Open University narsalar; ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va sotish uchun ob'ektlarni qurish va (yoki) sotib olish; va saqlanadigan yoki qayta ishlangan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini samarali va samarali sotish ichki va tashqi savdoda yuqorida ko'rsatilgan obyektlar tomonidan.

The farmer had to get an agricultural loan in order to plant cotton more.

Amortization: Amortizatsiya

Bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan tugatish; bir muddat davomida majburiyatni bosqichma-bosqich to'lash jarayoni vaqt. Amortizatsiya bu biror mahsulotni sotib olganda tan narxini oyma oy yoki berilgan muddatda bo’lib to’lash majburiyatiga nisbatan olinadi4.

The firm had a contract with powder making firm and the transfer would be in amortization.

Assessment of risk: Xavfni baholash

Biznes-reja maqsadlari va vazifalariga erishish uchun potentsial xavflarni va muqobil strategiyalarni aniqlaydi. Bu holat firmalar va tijoriy kompaniylar rivojida katta o’rin tutadi va menejer yoki kompaniya rahbarini assessment riskni yaxshi baholay olishi juda katta ro’l o’ynaydi. Masalan rahbar sotib olinayotgan yoki sotuvga chiqarilishi mumkin bo’lgan narsani bozorga chiqarishdan oldin sotuv jarayonidagi xavflarni ko’ra bilishi va ularni baholay olish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Aks holda firma yoki kompaniyani bankrotlik holati kutmoqda. Ayni damda xitoy kompaniyalari vaziyatga juda yaxshi baho bergan holda dunyo bozorlariga arzon elektron avtomobillarni ishlab chiqarishyapti va bozorni eggalashyapti. Rivojlangan mamlakatlardagi ishchi kuchi qimmatligi ularning mahsulotni arzon sotishi qobiliyatini deyarli yo’qqa chiqaradi. Bu esa ishchi kuchi nisbatan arzon bo’lgan janubi-sharqiy osiyo mamlakatlari ularni yaqin orada juda katta xavfga qo’yadi agarda ular xitoy avtomobillariga nisbatan katta bojlarni amalda qo’llashmasa. Shunday holatda ham xitoy avtomobillari yevropa hamda amerikaning elektrcar laridan arzonroqqa tushmoqda. Mana shu xitoyliklarni Assessment risk xavfni baholashni qanday go’zal amalga oshirayotganligidan dalolat beradi.

The General Motors company wanted to produce cheaper electro cars but they worked on the assessment risk and decided to put it off. 4 The Ultimate MBA Book Get the Edge in Business; Master Strategy, Marketing, and Finance; Enjoy a Business School Education in a Book Alan Finn, Stephen Berry, Eric Davies, Roger Mason, Roger Mason Ltd

References

1. https://dtiwebfiles.s3-ap-southeast-1.amazonaws.com/e-

library/Growing+a+Business/Glossary+of+Business+Terms+and+Concepts+H

andbook.pdf

2. https://www.workspace.co.uk/content-hub/business-

insight/glossary-of-business-terminology

3. Principles of Management Professor Dr. Md. Mainul Islam

University of Dhaka, Dr. Abdul Awal Khan, Ex. Professor & Ex. Dean, School

of, Business, Bangladesh Open University.

4. The Ultimate MBA Book Get the Edge in Business; Master

Strategy, Marketing, and Finance; Enjoy a Business School Education in a

Book, Alan Finn, Stephen Berry, Eric Davies, Roger Mason, Roger Mason Ltd

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.