ORTIQOVA GULMIRA G’ANISHER QIZI
Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti 2- bosqich talabasi.
Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz tilidan o’zbek tiliga kirib kelgan va so’zlashuvda faol ishlatilayotgan bir necha neologizmlar haqida so’z boradi. Ushbu maqola esa namuna sifatida bir qancha o‘zbek tilidagi inglizcha neologizmlarning asli va hozirgi qo‘llanilish doirasi hamda shu kabi jihatlarini ochib beradi. Bunda maqola o‘rganish ob’ekti etib o‘zbek tili leksikasidagi inglizcha o‘zlashgan so‘zlar – neologizmlar olindi. O‘zbek tilidagi inglizcha o‘zlashmalarni tahlil qilish ishning predmeti hisoblanadi. Materiallar, asosan, eski va yangi nashrdagi o‘zbek tilining izohli lug‘atidan hamda bir necha turdagi lug‘atlardan to‘plandi. Ishga nazariy manba sifatida tilshunosligimizda bajarilgan monografiya va ilmiy maqolalardan foydalanildi. Kalit so’zlar: Neologizmlar , anglitsizmlar, texika , til , ingliz tili, o’zbek tili , texnologiya , lug’at . Аннотатция. В данной статье говорится о нескольких неологизмах, пришедших в узбекский язык из английского и активно используемых в разговорной речи. В данной статье на примере раскрывается происхождение и современное значение некоторых узбекско-английских неологизмов, а также подобные аспекты. В данном случае объектом исследования статьи стали англоадаптированные слова – неологизмы в лексиконе узбекского языка. Предметом работы является анализ англоязычных приобретений в узбекском языке. Материалы собраны в основном из толкового словаря узбекского языка в старых и новых изданиях, а также из нескольких типов словарей. В качестве теоретического источника для работы были использованы монографии и научные статьи, выполненные по нашему языкознанию. Kлючеые слова: Неологизмы, англицизмы, технология, язык, английский язык, узбекский язык, технология, словарь. Annotation. Several neologisms that have entered the uzbek language from english and are actively used in conversation are showed in this article. This article, as an example, reveals the origin and current scope of some uzbek english neologisms, as well as similar aspects. In this case, the object of this article is the English words in the lexicon of the uzbek language , neologisms . Analysis of english acquisitions in the uzbek language is the subject of the work. The materials were collected mainly from the explanatory dictionary of the uzbek language in old and new editions, as well as from several types of dictionaries. Monographs and scientific articles completed in our linguistics were used as a theoretical source for the work. Key words: Neologism , anglicisms , technology , language , uzbek language , English language , vocabulary.
KIRISH
Bugungi globallashuv davrida o’zbek tili lug’at tarkibida boshqa tillardan kirib kelgan ko’plab o’zlashmalarni uchratish mumkin . Ularni o’rganish borasida izlanishlar olib borgan tilshunoslar , o’zlashmalarni ekotizm, varvarizm, kalka, chet tili vkraplenyalari, ksenizmlar , aliyenizmlar va boshqa shu kabi turi nomlar asosida tasniflashga harakat qilishgan.
O’zlashmalarni o’rgangan bir qator olimlar o’zlarining ilmiy ishlarida yuqoridagi atamalarni sharhlashga harakat qilishgan.Shuningdek , bir tildan boshqa tilga kirgan o’zlashmalarni umumlashtirib , yagona nom bilan atash holatlari ham mavjud . Masalan : latinizm , germanizm, anglitsizm va boshqa.
Ingliz ilidagi so’zlar o’zbek tilida ko’p , ayniqsa , fan, texnika , musiqa, kin ova ingliz tili asosiy aloqa tili bo’lgan bosqa sohalarda qo’llaniladi. Bu hodisa anglitsizmlar deb ataladi. Ingliz ilidan o’zbek tiliga kirgan o’zlashmalar ustida tadqiqot olib borgan olim A.Xudayqulov anglitsizmlar atamasiga quyidagicha ta’rif beradi. Anglitsizmlar - chet til matnlarida o’zining asl shaklini saqlab qolish bilan yoki so’z oluvchi tilning ichki qonuniyatlariga binoan ishlatiladigan ingliz tilidan olingan so’z yoki turg’un birikmalardir. Ba’zi anglitsizmlar o’zbek tilida juda keng tarqalgan bo’lib, ular umumiy lug’atning bir qismiga aylandi va kundalik nutqda keng qo’llanilmoqda .
O’zbek tilidagi ba’zi anglitsizmlarga misollar tariqasida “ kompyuter” , “fleshka” , “marketing “ , “ modern” ,” burger” , “ mikser” , “ marker ” , “ bloknot , “ pista “ va boshqa shu kabi so’zlar kiradi. Tildagi anglitsizmlardan foydalanish ko’p fikrlar va tortishuvlarga sabab bo’lishi mumkin. Chunki ba’zilar bu o’zbek tilining madaniyati va sifatini pasaytiradi deb hisoblashsa , boshqalar bu global konteksda muqarrar hodisa va fikr almashish va xalqaro miqyosda muloqot qilish uchun foydali bo’lishi mumkin deb hisoblashadi . Tilda turi omillar , masalan , texnika taraqqiyoti , ijtimoiy o’zgarishlar , ommaviy madaniyat va boshqa ta’sirlarda paydo bo’ladigan yangi so’zlar yoki so’zlarning yangi ma’nolari neologizmlar deb ataladi .
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI.
Neologizmlar - ma’lum zarurat yoki modaga ko’ra tilga kiritilgan so’z, ma’no yoki yangi burilish. So’z , xuddi shunday , prefix bilan tuzilgan neo- , bu “ yangi” sifatini ko’rsatadi; yunoncha so’z ( logos ) esa “ so’z ” degan ma’noni anglatadi va qo’shimcha -izm .
Neologizmlar yangi haqiqatlarni belgilsh zarurati tufayi paydo bo’ladi , ma’lum bir lahzada , tilning lisoniy olamining bir qismini tashkil qila boshlagan narsalar yoki tushunchalardir. Neologizmlar asosan ixtisoslashgan , odatda ilmiy va texnika tillar orqali kiritiladi. Bunga texnalogiya o’zining yutuqlari va kashfiyotlari bilan ham yordam beradi. O’z navbatida neologizmlarning asosiy diffuzorlari ommaviy axborot vositalaridir. Ko’pchilik fikrliga ko’ra , keraksiz neologizmlar ham muhim neologizmlar ham mavjud, chunki keraksiz neologizmlarning o’rnini bosadigan yaxshi so’zlar mavjud. Qattiq disk , noutbuk , kompyuter va boshqalar kabi juda zarur bo’lgan so’zlar ham bor.
Neologizmlarning shakllanishi.
Neologizmlar turli xil shakllarda shakllanishi mumkin . Asosan , ular boshqa tillardan olingan qarz sifatida yoki boshqa ixtiro yoki ommabop ijod bilan , tarkibi bo’yicha , kelib chiqishi bilan paydo bo’ladi.
Tarkibi bo’yicha: ular avval tilda mavjud bo’lgan ikki yoki undan ortiq so’zlarning birlashuvidan hosil bo’lgan so’zlardir. Masalan: ko’p hududli , ekosotsializm , kiberterrorizm , Evro hudud.
Hosil qilish yo’li bilan: neologizmlarning hosilasi sifatida paydo bo’ladigan so’zlar. Shunday qilib , masalan, suhbat chat , suhbatdan kelib chiqadi.
Parasintez bilan: bir vaqtning o’zida kompositsiya va lotincha birlashtiradigan so’zlar. Masalan : tilanchi , o’rta sinf .
Qisqartma bilan: bir nechta so’zlarning bosh harflari bilan hosil bo’lgan so’zlar. Masalan: Noma’lum uchish ob’ekti ( NUJ ) , qisqartmasidan kelib chiqqan NUJ.
Kredit bilan: bu boshqa tillardan kelgan so’zlar , biz yangi haqiqatlarni belgilash uchun o’z tilimizga moslashtiramiz: futbol, viski, noutbuk, blog, gipermatn.
O’zbek tili leksikasi muntazam raivishda icchki va tashqi manbalar hisobiga boyib bormoqda . 19-20 – asrlarda jamiyat hayotida bo’lgan o’zgarishlar so’zlarning o’zlashish va iste’moldagi chiqish jarayonini tezashtiradi. Bu davrda nafaqat ruscha balki inglizcha , xitoycha , fransuzcha , ispancha so’zlar rus tili orqali kirib keldi. Bilamizki, o’zbek tilia inglizcha so’zlarning o’zashishi turlichadir. Agar tushuncha aynan o’zbekcha nomlanishga ega bo’lmasa yoki o’zining ijobiy va samarali ta’sirga ega bo’lsa to’g’ridan-to’g’ri o’zlashtirilmoqda. Masalan : chat (chat) – suhbat , bifshteks ( beefsteak ) –qovurilgan mol go’shtini qaylaga qo’shib beriladigan ovqat turi, xotdog ( hotdog ) – bir bo’lak nonning ichiga ko’kat , pamidor , bodiring, sasiska va mayaniz solib tayyorlab beriladigan ovqat turi, fastfud ( fastfood) - tez tayyor bo’ladigan ovqat turilari. Shu kabi so’zlarning o’zbek tilida aniq va lo’nda izohi yo’q. Shu sababli ham ular ingliz tilidan o’zbek tiliga erkin kirib kelgan. Ayniqsa mustaqilligizmizdan so’ng yangidan – yangi ko’plab so’zlar tilimizga kirib kela boshladi. Bular jumlasidan brifing – briefing , injenering – engineering , imidj – image , vijual – visual kabi so’zlarni misol qib keltirishimiz mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Hamda shunaqa neologizmlar ham borki , kundalik hayotda qo’llanilishi uchun ehtiyoj paydo qilgan , lekin “ O’zbek tilining izohli lug’ati” dan joy olmagan . Ularga misol qilib quyidalilarni aytishimiz mumkin : koka-kola , minimarket , gipermarket , chizburger , xot- dog , netbuk , sensor, fleshxotira , planshet va hokazo. Ijtimoiy o’zgarshlar bilan bog’liq bo’lgan neologizmlar ham mavjud bo’lib , ularga: gender , metropolis , onlayn , offlayn , paynet , promo-kod , realitishou , lider , link , comment , login , innovatsiya va boshqa so’zlarni misol qilib aytish mumkin. Yangi ped texnologiyalarning kirib kelishi bilan aynan til o’qituvchilari uchun ma’lum yangi so’zlar ham kirib kelmoqda .
Blended learning – aralash ta’lim , an’anaviy yuzma – yuz ta’lim va onlayn ta’limning kobinatsiyasi.
Edtech – ta’lim texnologiyasi , ta’limda texnologiyadan foydalanish.
Gamification - o’yinlashtirish , o’quv jarayonida o’yin elementlaridan foydalanish.
Learning analytics – o’quv ma’lumotlarini tahlil qilish , o’quv jarayonini optimallashtirish va o’qitish samaradorligini oshirish uchun ma’lumotlardan foydalanish .
Microlearning – mokro - ta’lim , qisqa darslar va bir necha daqiqalarda bajarilishi mumkin bo’lgan vazifalar.
Personalized classroom – shaxsiylashtirilgan ta’lim , har bir talabaga uning ehtiyojlari va qobiliyatini hisobga olgan holda individual yondashish .
Yumor ( ingl. Humour – hazil, kuli, kayfiyat ) – kamchiliklar , ayrim voqea va hodisalarni kulgili qilib , hazilomuz tasvirlash .
Kollej ( ingl. College – o’quv yurti ) – Fransiya , Belgiya , Shveytsariya ba ba’zi mamlakatlarda o’rta o’quv yurti . O’zbekistonda : o’rta maxsus kasb- hunar o’quv yurti.
Kokteyl ( ingl. Cocktail – aralashma ) – Meva sharbati , sut va shu kabilarga shakar , rezavor mevalar qo’shib tayyorlanadigan alkagolsiz ichimlik.
Mikser ( mixer ) – sovuq ichimliklarni tez aralashtirish , kokteyllar , kremlar , hamir , pyure va boshqa tayyorlash uchun ishlatiladigan elektr asbob .
Pleyer ( player ) – musiqa eshitish asbobi .
Trolleybus ( trolleybus ) – elektr tokini iste’mol qiluvchi elektr dvigateli yordamida harakatlanuvchi avtomobildir.
Menejment ( management ) – maxsus boshqarish faoliyati , boshqarish to’g’risidagi fan.
Miting ( meeting ) – muhim voqea , ko’pincha siyosiy masaalarni muhokama qilish uchun o’kaziladigan ommoviy yig’ilish.
Provayder ( provider ) – kompyuterlarni internet tarmog’iga ulash va axborotlar almashishni tashkil qilish bilan shug’ullanadigan vositachi tashkilot.
Nokdaun ( knockdown ) – boksda raqibning kuchli zarbasidan bokschining garangsib , o’z harakatlarini boshqara olmay qolishi va bir necha soniya jangi davom ettirishga qodir emasligi.
Park ( park ) – transportlar turadigan va ularga texnik xizmat ko’rsatadigan maxsus joy.
Trening ( training ) – trenirovka tizimi , mashq , mashg’ulot rejimi.
Prodyuser ( producer ) – rivojlangan mamlakatlarda film ishlashda g’oyaviy – badiiy va tashkiliy-moliyaviy jihatdan nazorat qilishni amalga oshiruvchi kino kompaniyaning ishongan kishisi.
XULOSA .
Umuman olganda , o’zbek tiliga kirib kelgan neologizmlar vaqt o’tishi bilan rivojlanishda va o’zgarishda davom etadigan hodisadir. Ulardan foydalanish ba’zi holatlarda foydali bo’lishi mumkin , masalan , yangi til urganuvchi kishilar uchun biroz bo’lsada yengillik bo’lishi tabiiy chunki yangi kirib kelayotgan so’zlarni o’z tillaridagi muqobil variyanti bilan o’rganish qanchadir bo’lsa ham vaqt va kuch talab qiladi , biroq muloqotning mazmuni va maqsadiga qarab ulardan oqilona va to’g’ri foydalanish muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Yo’lchiyeva M.., Abdihamitova S.., Omonova M.., Ingliz tilidan o’zbek tiliga kirib kelgan bir necha neologizmlar tahlil / Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies ( CARJIS ) Volume 2/ ISSNUE 1/ 2022./ISSN:2181-2454. 2. Xudoyberganov Sirojiddin , O’zbek tilidagi inglizcha so’zlar.Innovations in technology and science education Volume 2/ ISSUE 9 / ISSN : 2181-371X. 3.To’ychiyev N. Ingliz tilidan o’zbek tiliga o’zlashgan neologizmlar tahlili.”Pedagogs” international research journal Volume-8/ ISSUE-2 , ISSN : 2181-4027_SJIF:4.995. 4.https://uz.warbletoncouncil.org/neologismo-2196. 5. Eshquvvatova G.., “ Aliyenizm ” va “ Ksenizm “ tushunchalari tadqiqiga doir.websayt: www.tilvaadabiyot.uz. 2023-yil 1-son.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.