INGLIZ TILINI O‘QITISHDA O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI
Hamroyeva Muxlisa Farxod qizi
TerDPI, Tillar fakulteti
Muhlisaxamroyeva@gmail.com
ANNOTASIYA
Ushbu maqololada o‘qituvchining ta'lim jarayonini samarali va maqsadga muvofiq tashkil etish, o‘quvchilarning ehtiyojlarini inobatga olish, ularga kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rgatishda o‘zining professional yondashuvini namoyon qilish haqida ma’lumotlar keng yoritilgan. Jumladan: o`quvchilarni individual ravishda tushunish va ularga moslashtirish, pedagogik texnikalar va metodlarni to`gr`i tanlash, motivatsiya yaratish, tilni kommuniktiv yondashuvda o`rgatish, o`quvchilarga tinglash va so‘zlashni rivojlantirish, texnologiyalardan samarali foydalanish, doimiy professional rivojlanish, fikr va mulohazalarni taqdim etish, sinovlar va baholashni to‘g‘ri tashkil etish kabi usulardan foydalaniladi.
Kalit soʻzlar: Pedagogik mahorat, professional, individual, vizual, qobiliyat, audiovizual materiallar.
TEACHER'S PEDAGOGICAL SKILLS IN TEACHING ENGLISH
ABSTRACT
This article provides extensive information on how a teacher can effectively and purposefully organize the educational process, take into account the needs of students, and demonstrate their professional approach in teaching them the necessary knowledge, skills, and competencies. In particular, methods such as: understanding and adapting to individual students, choosing the right pedagogical techniques and methods, creating motivation, teaching language in a communicative approach, developing students' listening and speaking skills, effective use of technology, continuous professional development, providing feedback, and properly organizing tests and assessments are used.
Keywords: Pedagogical skills, professional, individual, visual, abilities, audiovisual materials.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ МАСТЕРСТВА УЧИТЕЛЯ В ПРЕПОДАВАНИИ
АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА
АННОТАЦИЯ
В статье представлена обширная информация о том, как педагогу эффективно и целенаправленно организовать образовательный процесс, учесть потребности учащихся, продемонстрировать свой профессиональный подход в обучении их необходимым знаниям, умениям и компетенциям. В частности, используются такие методы, как: понимание и адаптация к индивидуальным особенностям учащихся, выбор правильных педагогических приемов и методов, создание мотивации, преподавание языка в коммуникативном подходе, развитие навыков аудирования и говорения учащихся, эффективное использование технологий, непрерывное профессиональное развитие, предоставление обратной связи, правильная организация тестов и оценок.
Ключевые слова: Педагогические навыки, профессиональные, индивидуальные, визуальные, способности, аудиовизуальные материалы.
KIRISH
Ingliz tilini o‘qitishda o‘qituvchining pedagogik mahorati katta ahamiyatga ega. Pedagogik mahorat o‘qituvchining ta'lim jarayonini samarali va maqsadga muvofiq tashkil etish, o‘quvchilarning ehtiyojlarini inobatga olish, ularga kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rgatishda o‘zining professional yondashuvini namoyon qilishni anglatadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur maqola bo‘yicha tadqiqot davomida ingliz tilini o‘qitishda o‘qituvchining pedagogik mahoratini o‘rganish uchun turli ilmiy manbalar tahlil qilindi. Jumladan, Richards J. C.ning "Approaches and Methods in Language Teaching", Harmer J.ning "The Practice of English Language Teaching", Dörnyei Z.ning "Motivational Strategies in the Language Classroom", shuningdek, ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy metodlar va texnologiyalarning o‘rnini yorituvchi xalqaro ilmiy maqolalar ham o‘rganib chiqildi.
NATIJALAR
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda o‘qituvchining pedagogik mahorati samarali ta’lim jarayonining asosiy omili sifatida ko‘rib chiqildi. O‘qituvchining kasbiy mahorati o‘quvchilarning til o‘rganish jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni mustaqil fikrlashga va tilni amaliy qo‘llashga yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish o‘qituvchi mahoratini yanada oshirishga va ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
MUHOKAMA
Ingliz tilini o‘qitish 2012-yil 10-dekabrda PQ-1875-sonli O‘zbekiston Respublikasi “Ta`lim to‘g‘risida”gi qarori bilan 2013-2014-yildan boshlab 1-sinflarga ham ingliz tili darslari o‘tila boshlandi. Oliy ta’lim muassasalarida ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish chet tillarda olib borildi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining chet tillar o‘qituvchilari va muallimlariga qonun hujjatlari bilan belgilangan rag‘batlantiriluvchi to‘lovlar joriy etildi va qishloq joylarda joylashgan ta’lim muassasalarida ishlasa ularning tarif stavkalariga 30 foiz va boshqa ta’lim muassasalarida 15 foiz stavkalari miqdoridagi har oydagi qo‘shimchalar qo‘shib berishni belgilash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Yoshlarda ingliz tilini o‘rganishga qiziqish kundan kunga ortib bormoqda. Ingliz tilini samarali va qiziqarli o’rgatish uchun zamonaviy pedagogik metodlar va texnologiya mavjud.
O‘qituvchi har bir o‘quvchining o‘ziga xos ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olib, darsni shunday tashkil qilishi kerakki, har bir o‘quvchi o‘zining individual xususiyatlariga mos ravishda samarali ta'lim olish imkoniga ega bo‘lsin. Masalan, ba'zi o‘quvchilar vizual usullar orqali yaxshi o‘rganishadi, boshqalari esa tinglab yoki amaliy mashqlar orqali o‘rgatishni afzal ko‘rishadi. Shuningdek pedagogik texnikalar va metodlarni to`g`ri tanlash kerak. Ingliz tilini o‘qitishda turli pedagogik metodlar, uslublar va texnikalar mavjud. O‘qituvchi bu usullarni talabalar darajasiga, motivatsiyasiga va dars mavzusiga moslashtirib tanlashi kerak. Masalan, audiovizual materiallar, interaktiv o‘yinlar, guruhli ishlash, diskussiyalar yoki individual topshiriqlar orqali o‘quvchilarning tilni o‘rganish jarayonini jonlantirish mumkin. Til o‘rganish jarayoni ba'zida qiyin va uzoq bo‘lishi mumkin, shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarning motivatsiyasini yuqori darajada saqlab turish uchun turli xil usullarni qo‘llashi zarur. Darslarni qiziqarli va interaktiv qilish, o‘quvchilarga yutuqlari uchun mukofotlar yoki rag‘batlar taqdim etish, shuningdek, ularni o‘z muvaffaqiyatlarini baholashda qo‘llab-quvvatlash motivatsiyani oshiradi. Ingliz tilini o‘qitishda faqatgina grammatikani o‘rganish emas, balki tilni real hayotda qo‘llash, ya'ni kommunikativ yondashuvni rivojlantirish muhimdir. O‘qituvchi o‘quvchilarga tilni amaliyotda ishlatish imkoniyatini yaratishi, ular bilan real muloqotlar o‘tkazishi, turli vaziyatlarda tilni qo‘llashga o‘rgatishi kerak. O‘quvchilarga tinglash va so‘zlashni rivojlantirishga ham yordam beradi. Ingliz tilini o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarning eshitish (listening) va so‘zlash (speaking) ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratishi kerak. Bu uchun darslarda interaktiv mashqlar, suhbatlar, roliklar va audio materiallar yordamida o‘quvchilarga tilda erkin muloqot qilishga imkon yaratish zarur. Zamonaviy texnologiyalar ta'lim jarayoniga katta yordam beradi. O‘qituvchi ingliz tilini o‘rgatishda onlayn platformalar, mobil ilovalar, ta'lim uchun mo‘ljallangan veb-saytlar va boshqa interaktiv vositalardan foydalanishi, shuningdek, video va audio materiallar bilan ishlashni davom ettirishi kerak. Ingliz tili o‘qituvchisi doimiy ravishda o‘zining pedagogik va metodik bilimlarini yangilab borishi, yangi uslublar, texnologiyalar va metodologiyalardan xabardor bo‘lishi zarur. Bu o‘qituvchining o‘zining pedagogik mahoratini oshiradi va o‘quvchilar uchun yanada samarali ta'lim yaratadi. O`quvchilar o‘zlarining ishlari va yutuqlari bo‘yicha to‘g‘ri va konstruktiv fikrlarni olishlari kerak. Bu orqali ular o‘z xatolaridan saboq olib, yanada yaxshilanishga intilishadi. O‘qituvchining samarali fikr-mulohazasi o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini yanada kuchaytiradi. O`quvchilarning bilimlarini baholashda adolatli va ob'ektiv bo‘lish zarur. Baholash jarayonida turli xil usullar (testlar, yozma ishlar, og‘zaki imtihonlar) qo‘llanilishi mumkin. Baholash o‘quvchilarga o‘zlarini qayta ko‘rib chiqish va rivojlantirish uchun yordam beradi.
XULOSA
Shunday qilib, ingliz tilini o‘qitishda o‘qituvchining pedagogik mahorati darsni qiziqarli, samarali va o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos tarzda tashkil etish orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishga katta yordam beradi. O‘qituvchining malakali pedagogik yondashuvi til o‘rganish jarayonini ancha samarali va maqsadga muvofiq qilishga imkon yaratadi.
REFERENCES
1. Pegrum, M. (2014). Mobile Learning: Languages, Literacies and Cultures. Routledge.
2. Godwin-Jones, R. (2018). Emerging Technologies for Language Learning. Language Learning & Technology, 22(2), 1-17.
3. Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press.
4. Kumri Khamraevna Allaberdieva. Organizing integrated education in pre-school education// Youth, science, education: topical issues, achievements and innovations. 2023/10/14. Том 2. Номер 7. Страницы 19-25.
5. К.Х. Аллабердиева. Особенности развития творческих способностей в дошкольном возрасте// Вопросы педагогики, 2019. Страницы 19-22.
6. Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2014). Approaches and Methods in Language Teaching.
7. Harmer, J. (2015). The Practice of English Language Teaching.
8. Dörnyei, Z. (2001). Motivational Strategies in the Language Classroom. Cambridge University Press.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.