XXI asrda ta’lim tizimi raqamlashtirish va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlanib, inklyuziv ta’lim konsepsiyasi ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Inklyuziv ta’lim barcha o‘quvchilarning teng huquqli ta’lim olishini ta’minlash bilan birga, pedagoglardan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish kompetensiyalarini talab etadi. Ayniqsa, bo‘lajak pedagogika fani o‘qituvchilarining AKT kompetensiyalarini shakllantirish inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
in the context of digital transformation, inclusive education has become a key priority in modern pedagogy. The successful implementation of inclusive education requires future pedagogy teachers to possess well-developed information and communication technology (ICT) competencies that support diverse learners’ needs.