--⊱⊱ 640 ⊰⊰--
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA
Normatova Maftuna, Yoqubova Feruza, Bozorova Gulnora, Xabibullayeva Feruza,
Qochqorova Nigora
Toshkent viloyati pedagogik
mahorat markazi tinglovchilari:
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inkluziv va noinkluziv tarbiya tizimlari oʻrtasidagi asosiy farqlar, ularning maqsadi, pedagogik yondashuvlari, bolalar rivojlanishiga taʼsiri hamda Oʻzbekiston taʼlim siyosatida inkluzivlik tamoyillarining joriy etilishi yoritiladi. Shuningdek, defektolog, psixolog, logoped hamda tarbiyachi pedagoglarning oʻrni, muhitning moslashtirilishi, ijtimoiy-emotsional qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari va ota-onalar bilan hamkorlik masalalari ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi.
Kalit soʻzlar: Inkluziv taʼlim, noinkluziv taʼlim, bolalar rivojlanishi, maxsus ehtiyojlar, maktabgacha taʼlim, pedagogik yondashuv, integratsiya, differensial taʼlim, adaptiv muhit, psixologik qoʻllab-quvvatlash.
Annotation: This article examines the main differences between inclusive and non-inclusive education systems in preschool institutions, explaining their purposes, pedagogical approaches, impact on childrenʼs development, and the implementation of inclusive principles within Uzbekistanʼs education policy framework. The role of specialists such as defectologists, psychologists, speech therapists, and educators, as well as environmental adaptation, socioemotional support mechanisms, and family cooperation, are analyzed from a scientific and theoretical perspective.
Keywords: Inclusive education, non-inclusive education, child development, special needs, preschool education, pedagogical approach, integration, differentiated instruction, adaptive environment, psychological support.
Аннотация: В данной статье рассматриваются основные различия между инклюзивным и неинклюзивным воспитанием в дошкольных образовательных организациях, их цели, педагогические подходы, влияние на развитие детей, а также внедрение принципов инклюзивности в системе образования Узбекистана. Анализируются роли дефектолога, психолога, логопеда и воспитателя, адаптация образовательной среды, механизмы социально-эмоциональной поддержки и сотрудничество с родителями.
Ключевые слова: Инклюзивное образование, неинклюзивное образование, развитие детей, особые потребности, дошкольное образование, педагогический подход, интеграция, дифференцированное обучение, адаптивная среда, психологическая поддержка.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inkluziv va noinkluziv tarbiya tizimlari oʻrtasidagi farqlarni tahlil qilish zamonaviy pedagogika va taʼlim siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir, chunki jamiyatda tenglik, inklyuzivlik va barcha bolalarning taʼlim olish huquqini taʼminlash borasida tub oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Inkluziv tarbiya deganda barcha bolalar – shu jumladan, jismoniy, psixologik, aqliy yoki sensor rivojlanishida muayyan cheklovlari boʻlgan bolalar uchun umumtaʼlim makonida bir xil sharoitlar yaratish. Ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda moslashtirilgan oʻquv dasturlari va pedagogik yondashuvlardan foydalanish tushuniladi, noinkluziv tarbiya esa
--⊱⊱ 641 ⊰⊰-- anʼanaviy taʼlim modeli boʻlib, unda bolalar teng rivojlanish darajasiga ega deb qaraladi va maxsus ehtiyojli bolalar alohida muassasalarda tarbiyalanadi. Inkluziv tarbiyada “har bir bola qadrlanadi” tamoyili asosiy mezon hisoblanadi
Shu bois taʼlim jarayoni bolaning individual xususiyatlari, qobiliyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, tarbiyachi, defektolog, logoped va psixolog kabi mutaxassislarning hamkorlikdagi faoliyati taʼlim jarayonining ajralmas qismi sifatida qaraladi; noinkluziv tarbiyada esa koʻproq bir xil standartlarga asoslangan oʻquv-tarbiyaviy jarayon ustuvor boʻlib, maxsus pedagogik yordam talab qilinuvchi bolalar uchun alohida sharoitlar yaratilmaydi yoki ular maxsus bogʻchalarga yuboriladi. Inkluziv yondashuvning asosiy afzalligi shundaki, bunday muhitda bolalar turli rivojlanish darajalariga ega boʻlgan tengdoshlari bilan muloqot qiladi.
Ijtimoiy moslashuv darajasi yuqori boʻlib, nutq, xulq-atvor, emotsional barqarorlik kabi koʻplab rivojlanish koʻrsatkichlari tezroq shakllanadi, ijtimoiy stereotiplar kamayadi va empatiya kuchayadi; noinkluziv tizimda esa bolalar kamroq ijtimoiylashadi, doira tor boʻladi, tengdoshlari bilan muloqotda cheklanish kuzatiladi, shu bilan birga pedagoglarning individual yondashuvi kamroq talab qilinadi. Maktabgacha taʼlimda inkluziv muhit yaratish jarayoni oʻquv-didaktik materiallar, oʻyinmuhit, jismoniy makon, kommunikatsiya vositalarini moslashtirishni talab qiladi, bunda har bir bolaning xavfsizligi, mustaqil harakatlanishi, faol ishtiroki taʼminlanishi zarur; noinkluziv tizimda esa makon standart koʻrinishda boʻlib, faqat sogʻlom bolalar uchun moʻljallangan boʻladi. Inkluziv tarbiya muassasada koʻp tarmoqli qoʻllab-quvvatlash tizimini talab etadi: psixolog bolaning emotsional rivojini baholaydi, defektolog oʻquv jarayonini moslashtiradi, logoped nutq rivojini qoʻllab-quvvatlaydi, tarbiyachi esa guruhdagi kundalik faoliyatni inklyuziv prinsiplar asosida tashkil qiladi; noinkluziv muassasalarda esa bunday mutaxassislar koʻpincha mavjud boʻlmaydi yoki ular faqat maxsus muassasalarda faoliyat yuritadi. Inkluziv taʼlimda ota-onalar bilan hamkorlik muhim boʻlib, ular pedagogik jarayonning faol subyekti sifatida qaraladi, bolaga beriladigan yordam kompleks ravishda rejalashtiriladi, uy va bogʻcha muhiti oʻrtasida uzviylik yaratiladi; anʼanaviy (noinkluziv) tizimda esa ota-onalar faqat kuzatuvchi va tashqi tamoyillarni bajaruvchi sifatida koʻriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida inkluziv taʼlim boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, xususan “Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari toʻgʻrisida”gi qonun, Maktabgacha taʼlim vazirligining inklyuziv taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan dasturlari ushbu tizimning tobora kengayib borayotganidan dalolat beradi, bugungi kunda koʻplab maktabgacha taʼlim tashkilotlarida eksperimental va bosqichma-bosqich joriy etilayotgan inkluziv guruhlar tashkil qilinmoqda. Inkluziv va noinkluziv tarbiya oʻrtasidagi farqlar nafaqat tashkiliy-pedagogik, balki psixologik, ijtimoiy va maʼnaviy mazmunga ham ega: inkluziv taʼlim bolaning shaxsiy qadrqimmati, imkoniyatlar tengligi, ijtimoiy moslashuvi va jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi, noinkluziv tizim esa koʻproq standartlashtirilgan taʼlim jarayoniga yoʻnaltirilgan boʻlib, maxsus ehtiyojli bolalarning potensialini toʻliq ochib bera olmaydi.
Shu sababli zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasalarida inkluziv yondashuv ustuvor yoʻnalish boʻlib, pedagoglarning malakasi, psixologik xizmatning samaradorligi, muhitning moslashganligi, jamoaning ijtimoiy tayyorgarligi va ota-onalarning ongli ishtiroki ushbu tizimning muvaffaqiyatini belgilaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi. Inkluziv taʼlim boʻyicha metodik qoʻllanma.
--⊱⊱ 642 ⊰⊰--
3. UNESCO. Inclusive Early Childhood Education Guidelines, 2021.
4. Booth, T., Ainscow, M. Index for Inclusion: Developing Learning and Participation in Schools.
5. Florian, L. The SAGE Handbook of Special Education.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha taʼlimni rivojlantirishga oid qarorlari va dasturlari.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.