KIRISH: mazkur tadqiqotda innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida qashqar rubobini o‘rgatishning nazariy-metodik asoslari hamda pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, modulli o‘qitish, differensial yondashuv va kompetensiyaviy model asosida cholg‘u ijrochiligini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Qashqar rubobi ijrochiligini o‘rgatishda raqamli platformalar, vizual-audio materiallar, multimedia vositalari hamda refleksiv baholash mexanizmlaridan foydalanishning samaradorligi ilmiy-pedagogik jihatdan asoslab beriladi. MAQSAD: mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi - innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida Qashqar rubobini o‘rgatish jarayonining pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, o‘quvchilarning ijrochilik mahoratini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim yondashuvlarining samaradorligini asoslash hamda milliy cholg‘u asbobini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritishdan iborat. Shuningdek, tadqiqot Qashqar rubobini o‘rgatishda o‘quvchilarning musiqiy tafakkuri, estetik didi, ijodiy qobiliyati va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion metodlarni ishlab chiqishni ham ko‘zda tutadi. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida pedagogika, musiqa ta’limi metodikasi va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha ilmiy adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, davlat ta’lim standartlari hamda ilg‘or pedagogik tajribalar tahlil qilindi. Quyidagi metodlardan foydalanildi. Nazariy tahlil va umumlashtirish, kuzatish va taqqoslash, tajriba-sinov ishlari, interfaol metodlar (klaster, aqliy hujum, “ustoz-shogird”, kichik guruhlarda ishlash), axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (multimedia darslari, audio-video yozuvlar, onlayn platformalar) foydalanish, amaliy mashg‘ulotlar va ijro tahlili. Tajriba jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar an’anaviy usullar bilan olib borilgan mashg‘ulotlar bilan qiyosiy o‘rganildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash Qashqar rubobini o‘rgatish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Xususan, o‘quvchilarning darsga qiziqishi va faolligi ortadi, cholg‘u ijrochiligi texnikasi tezroq va puxta shakllanadi, musiqiy eshitish qobiliyati va ritm tuyg‘usi rivojlanadi, mustaqil mashq qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalari mustahkamlanadi, milliy musiqa merosiga hurmat va qiziqish kuchayadi. Multimedia vositalaridan foydalanish orqali rubob chalish texnikasini vizual va eshitish asosida o‘zlashtirish imkoniyati kengaydi. Interfaol metodlar esa o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi va sahna madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi. Tajriba-sinov natijalari innovatsion yondashuv asosida ta’lim olgan guruh o‘quvchilarining ijro sifati, texnik tayyorgarligi va musiqiy ifodaviyligi yuqoriroq ekanligini ko‘rsatdi. XULOSA: innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida Qashqar rubobini o‘rgatish ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi muhim omil hisoblanadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning musiqiy ijrochilik mahoratini rivojlantirish, ularning ijodiy salohiyatini ochish hamda milliy cholg‘u san’atiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishda muhim pedagogik imkoniyatlarni yaratadi. Shu bois, Qashqar rubobini o‘qitishda an’anaviy usullar bilan bir qatorda innovatsion pedagogik texnologiyalarni tizimli ravishda joriy etish maqsadga muvofiqdir.
INTRODUCTION: national musical art reflects a people’s spiritual heritage, aesthetic values, and cultural traditions. The Qashqar rubab occupies a special place in the system of Uzbek national musical instruments due to its expressiveness, melodic richness, and extensive performance traditions. In the context of globalization, teaching national musical instruments using modern pedagogical technologies has become a pressing issue. Contemporary educational paradigms are learner-centered, interactive, and competency-oriented. In this context, the use of innovative pedagogical technologies in teaching the Qashqar rubab contributes to the development of students’ performance skills, the formation of musical thinking, and the support of independent creative activity. AIM: the main purpose of this study is to identify the pedagogical potentials of teaching the Qashqar rubab using innovative pedagogical technologies, to justify the effectiveness of modern educational approaches in developing students’ performance skills, and to reveal theoretical and practical aspects of using interactive methods in teaching a national musical instrument. Furthermore, the study aims to develop innovative methods that promote the development of musical thinking, aesthetic taste, creative abilities, and independent working skills of students. MATERIALS AND METHODS: the study involved the analysis of scientific literature on pedagogy, music education methodology, and innovative technologies, as well as educational-methodical guides, state educational standards, and best pedagogical practices. The following methods were employed: theoretical analysis and generalization, observation and comparative analysis, pedagogical experimental research, interactive methods (cluster, brainstorming, “mentor-student”, small group work), use of information and communication technologies (multimedia lessons, audio and video recordings, online platforms),practical lessons and performance analysis. In the experiment, lessons organized using innovative pedagogical technologies were compared with traditional teaching methods. Results were evaluated using both qualitative and quantitative indicators. DISCUSSION AND RESULTS: the results demonstrated that the use of innovative pedagogical technologies significantly enhances the effectiveness of teaching the Qashqar rubab. Specifically: students’ interest and engagement in lessons increased, instrumental performance skills developed faster and more effectively, musical hearing and rhythm perception improved, independent practice and self-monitoring skills were strengthened, respect for and interest in national musical heritage grew. Multimedia tools expanded the possibilities of visual and auditory learning of rubab techniques. Video analysis, audio comparisons, and reflective assessments enabled students to identify and correct errors independently. Interactive methods fostered creative thinking, stage culture, and teamwork skills. Experimental group students who received instruction with innovative methods demonstrated higher performance quality, technical proficiency, and musical expressiveness compared to the control group. CONCLUSION: teaching the Qashqar rubab using innovative pedagogical technologies is a significant factor in increasing the effectiveness of the educational process. The use of modern ICT tools, interactive methods, and a competency-based approach creates substantial pedagogical opportunities for developing students’ performance skills, unlocking their creative potential, and fostering interest in national musical art. Therefore, it is advisable to systematically and purposefully implement innovative pedagogical technologies alongside traditional teaching methods when instructing students in playing the Qashqar rubab.