ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

INSON QADRI TUSHUNCHASINING TAHLILI

Abstract

Ushbu maqolada insonning jamiyatdagi oʻrni, shaʼni va huquqlari haqida fikr yuritiladi. Muallif inson qadrining ijtimoiy, huquqiy va axloqiy asoslarini tahlil qilgan holda, uni qadrlash tamoyillari va bugungi kunda unga berilayotgan e’tibor masalalariga toʻxtaladi. Maqolada inson qadri tushunchasining tarixiy taraqqiyoti va uning turli davrlardagi talqini yoritiladi. Shu bilan birga, maqola bugungi global muammolar kontekstida inson qadrining himoyasi zarurligini asoslab beradi. Tadqiqot ishi, ilmiy va axloqiy jihatdan muhim manba hisoblanadi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

INSON QADRI TUSHUNCHASINING TAHLILI

Xodjayorova Bahora Akromovna

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti

Islomov Muxiddin Numonxonovich

Samarqand davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Isaxonova Kiboro Abdumutallib qizi

Samarqand Zarmed universiteti talabasi

Аnnоtаtsiyа. Ushbu maqolada insonning jamiyatdagi oʻrni, shaʼni va huquqlari haqida fikr yuritiladi. Muallif inson qadrining ijtimoiy, huquqiy va axloqiy asoslarini tahlil qilgan holda, uni qadrlash tamoyillari va bugungi kunda unga berilayotgan e’tibor masalalariga toʻxtaladi. Maqolada inson qadri tushunchasining tarixiy taraqqiyoti va uning turli davrlardagi talqini yoritiladi. Shu bilan birga, maqola bugungi global muammolar kontekstida inson qadrining himoyasi zarurligini asoslab beradi. Tadqiqot ishi, ilmiy va axloqiy jihatdan muhim manba hisoblanadi.

Kаlit sо‘zlаr: inson qadri, shaʼn, huquq, axloq, qadriyat, jamiyat.

АНАЛИЗ ПОНЯТИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО ДОСТОИНСТВА

Аннотация. В данной статье рассматриваются место, честь и права человека в обществе. Автор, анализируя социальные, правовые и моральные основы человеческого достоинства, обращает внимание на принципы его ценности и на вопросы, связанные с вниманием, которое ему уделяется в современном мире. В статье освещается историческое развитие понятия человеческого достоинства и его интерпретация в разные исторические периоды. Также статья обосновывает необходимость защиты человеческого достоинства в контексте современных глобальных проблем. Исследование является важным источником как с научной, так и с моральной точки зрения.

Ключевые слова: человеческое достоинство, честь, права, мораль, ценности, общество.

ANALYSIS OF THE CONCEPT OF HUMAN DIGNITY

Abstract. This article discusses the place, honor, and rights of a person in society. The author analyzes the social, legal, and ethical foundations of human dignity, focusing on the principles of valuing it and the issues related to the attention it receives in today's world. The article highlights the historical development of the concept of human dignity and its interpretation in different periods. Furthermore, the article justifies the necessity of protecting human dignity in the context of current global issues. This research work is considered an important source from both scientific and ethical perspectives.

Key words: human dignity, honor, rights, ethics, values, society.

Inson qadri – odam zotining Allohning eng buyuk moʻjizasi sifatida ulug‘lanishi, har tomonlama munosib qadr-qimmat topishini anglatadigan tushuncha [1]. Inson uchun qadriyatlar mezonini anglashda dastlab oila muhiti, ota-ona, qarindosh-urug‘, o‘qituvchilar muhim o‘rin tutadi. Aynan ana shu omillar negizida inson kamol topib boradi. Insonning butun umri o‘zida shaxsiy qadriyatlarni takomillashtirish, o‘z qadrini kamolga yetkazish, jamiyat, zamonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar qadrini anglashga intilishdan iboratdir. O‘zi va boshqaning qadrini anglab yetish uchun insonning ma’naviy dunyosi ezgulikka xizmat qilishi, yuksak ijtimoiy sifatlarga ega bo‘lishi, uning o‘zi esa hayotning mohiyati va maqsadini to‘g‘ri anglaydigan darajada tarbiyalangan bo‘lmog‘i lozim.

Bu ma’noda, Suqrotning "O‘z-o‘zingni anglab yet!" – degan da’vati g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. O‘z qadrini anglashning obyektiv, subyektiv, ijtimoiy va shaxsiy jihatlari mavjud bo‘lib, doimiy ravishda o‘zaro aloqadorlikda yashaydi, inson tabiatining turli jihatlarini aks ettiradi. Har qaysi shaxsning qadri u yashayotgan zamon, undagi jarayonlar, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar ko‘zgusida namoyon bo‘ladi. Muhit va davrning talablari shaxsning qadrini shakllantirib, yuksaltirib boradi. Uning o‘zi ijtimoiy munosabatlar sub’yekti sifatida, o‘z qadrining shaxsiy talablari, ehtiyoj va maqsadlari bilan naqadar bog‘liq ekanini tobora ko‘proq anglab boradi. Inson va uning qadri muammosi – falsafaning azaliy mavzularidan biri.

Odam naslining dunyoga kelishi, boshqa jonzotlardan farqi, tabiat va jamiyatdagi o‘rni, insoniy fazilatlari, shaxsiy xususiyati to‘g‘risidagi masalalar hamma davr faylasuflarining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Ma’lumki, odamning jismoniy tuzilishi, tabiiy-biologik xususiyatlarini o‘rganish ilmfan olamida hamon davom etmoqda. Ijtimoiy fanlarda esa shaxs kamoloti, uning ijtimoiy, ma’naviy qiyofasi bilan bog‘liq masalalari tadqiq qilinmoqda. Xullas, odamzod uchun o‘ziga o‘xshagan boshqa kishilar, ularning xususiyatlari, jamiyatdagi o‘rni, qadri, o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq muammolar qadimdan eng asosiy tadqiqot va kuzatish obyekti bo‘lib kelgan.

Insonning o‘zini qadriyat sifatida talqin qilish bilan uning qadri va shaxsiy darajadagi qadriyatlar tizimi to‘g‘risidagi masalalar bir-biridan farq qiladi. Bu borada uch yo‘nalishda fikr yuritish mumkin. Inson qadri – ulug‘. U ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o‘z hayotidan rozi va mamnun bo‘lib yashashi kerak [2;3]. Birinchidan, har bir insonni qadriyat sifatida qarash mumkin. Bunda insonning o‘zi, uning tabiiy-tarixiy jarayondagi mavjudligi, tirik jonzotlar orasida yagona ijtimoiy vujud ekani e’tiborga olinadi. Bu yo‘nalishdagi tahlil aniq insonga qaratilgan bo‘lib, uni maxsus tadqiqot mavzusi obyektiga aylantiradi. Ikkinchidan, insonning qadri, ya’ni uni ijtimoiy jarayonlardagi o‘rnini, atrof-muhit va boshqa kishilar uchun ahamiyati, jamiyatdagi mavqei kabi masalalarni tadqiq qilish ham mumkin. Bunday tahlil insonning ijtimoiy-tarixiy ahamiyatini o‘rganishga asoslanadi. Uchinchidan, shaxsning ma’naviy olami, qiyofasi, qiziqishlar dunyosi, talab va ehtiyojlari, faoliyati bilan bog‘liq qadriyatlar tizimini ham tahlil qilish mumkin. Bunda asosiy e’tibor qadriyatlarning shaxsiy (alohida, yakka) darajada namoyon bo‘lish shakllari va xususiyatlariga qaratiladi.

Hozirgi davrda har qaysi odamning qadri – avvalo, uning tabiatga, tashqi olamda ro‘y berayotgan jarayonlarga, bu jarayonlardagi o‘rni va faoliyatiga, turli irq, millat, ijtimoiy qatlamlarga mansub bo‘lgan, rang-barang maqsad va qadriyatlarga intiladigan kishilarga, o‘ziga, oila, turmush, jamoa va jamiyatdagi mavqeiga nisbatan munosabatida yaqqol ko‘rinadi. Shuningdek, mehnat, ishlab chiqarish va iqtisodiyot borasidagi jarayonlardagi ishtiroki, jamiyatdagi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va moddiy boyliklarni yaratish jarayoniga qo‘shayotgan hissasi ham inson qadrini belgilaydi. Qolaversa, siyosiy o‘zgarishlar, jamiyatni demokratlashtirishda qatnashishi, bu jarayonda qanday maqsadlarni ko‘zlayotgani hamda qadriyatlar tizimi tez o‘zgarib borayotgan bugungi kunda qanday pozisiyani egallashi, o‘zini qanday tutishi bilan bog‘liq faoliyati ham bu borada muayyan ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, qadr-qimmat insonning ma’naviy barkamolligi, bilimi, qobiliyati, iste’dodi, iqtidori va ulardan qanday maqsadlarda foydalanayotgani; o‘zining shaxsiy, milliy, diniy, irqiy, sinfiy va boshqa sohalardagi manfaat hamda maqsadlari, talab-ehtiyojlari, intilish va faoliyatini umuminsoniy talablarga moslashtira olgani bilan bog‘liq sifatlarda ifodalanadi. Bu borada uning turli buzg‘unchi g‘oyalar, vayronkor mafkura va boshqa bid’atlarning mohiyatini to‘g‘ri anglab olgani, ularga nisbatan munosabati ham muhimdir. Ana shu jihatlarning barchasini hisobga olgan holda inson qadrini baholash va shu asosda shaxslarning tiplarini aniqlash mumkin.

Inson manfaatlari – ijtimoiy manfaat shakllaridan biri, jamiyatdagi o‘zgarishlar va taraqqiyotning asosiy maqsadini insonga yo‘naltirish, inson haqhuquqlari ustuvorligini ta’minlashni anglatadigan tushuncha. Inson manfaatlari inson ehtiyojlari, manfaatlari, huquq va erkinliklarining ustuvorligi, uning eng katta boylik sifatida jamiyatdagi alohida o‘rni va ahamiyatini ta’minlash, jamiyat, davlat va inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni oqilona yo‘lga qo‘yish tamoyillariga tayanadi. Ma’lumki, 1997 yil yurtimizda inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi. Inson manfaatlari yilida inson omiliga yanada ulkan ahamiyat berildi. Keyingi yillarga nom berish va mamlakatimiz uchun ustuvor yo‘nalishni belgilab olishda ham, avvalo, inson manfaatlari ustuvor masala sifatida e’tiborga olinmoqda.

Inson qadri – bu insonning daxlsizligi, huquqlari, erkinliklari va ijtimoiy roli bilan bog‘liq tushuncha bo‘lib, uning shaxsiy va jamiyatdagi ahamiyatini ifodalaydi. Inson qadri uning shaxsiyatini va hayotini hurmat qilish, uning jamiyatdagi o‘rni, erkinligi, huquqlari va axloqiy mas’uliyatlarini qadrlashni anglatadi. Inson qadri xususiyatlari quyidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga oladi:

Daxlsizlik. Inson qadri tushunchasining birinchi xususiyati uning daxlsizligidir. Har bir insonning hayoti, shaxsiyati va huquqlari daxlsiz hisoblanadi, ya’ni uning erkinligi va xavfsizligi himoya qilinishi kerak. Daxlsizlik insonning jismoniy va ruhiy salomatligi, uning tanasi va aqlining to‘liq daxlsizligi bilan bog‘liqdir. Jamiyat, davlat yoki boshqalar tomonidan uning shaxsiy hududiga aralashish, hurmat qilinmaslik inson qadri va erkinligini buzadi.

Erkinlik. Inson qadri erkinlik bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson o‘z fikrlash, harakat qilish va qarorlar qabul qilishda erkin bo‘lishi kerak. Erkinlik insonning tanlovlar qilish huquqini anglatadi, bu esa uning axloqiy va ijtimoiy mas’uliyatlariga asoslanadi. Inson erkinligi uning o‘zini tanlashi, hayotini shakllantirishi va o‘zining shaxsiy qadriyatlariga amal qilishi uchun zarurdir.

Huquqlar va tenglik. Inson qadri huquqlar va tenglik bilan bog‘liqdir. Har bir insonning tabiiy huquqlari – hayot, erkinlik, ta’lim olish, so‘z erkinligi, ishga joylashish, va boshqalar – himoya qilinishi kerak. Inson qadri, shuningdek, jamiyatda barcha shaxslar uchun tenglikni ta’minlashni anglatadi. Har bir inson huquqlariga teng e’tibor berish, uni jamiyatda teng huquqli deb hisoblash orqali uning qadri to‘liq amalga oshadi.

Axloqiy mas’uliyat. Inson qadri shaxsning axloqiy mas’uliyati bilan bog‘liqdir. Bu, o‘zining va boshqalar huquqlarini hurmat qilish, adolatli bo‘lish, boshqalar bilan muomala qilishda axloqiy me’yorlarga amal qilishni anglatadi. Axloqiy mas’uliyatning mavjudligi, insonning qadriyatlarini rivojlantirish va uni jamiyatda to‘g‘ri yo‘nalishda amalga oshirishga yordam beradi. Inson qadri, shuningdek, o‘zining axloqiy xulqatvorlari va boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlarining sifatiga ham bog‘liq.

Ijtimoiy mas’uliyat. Inson qadri nafaqat shaxsiy, balki jamiyatga nisbatan ijtimoiy mas’uliyatni ham o‘z ichiga oladi. Insonning qadri jamiyatdagi o‘rni, uning boshqalarga yordam berishi, ijtimoiy qadriyatlarni hurmat qilishi va adolatli muomala qilishi bilan aniqlanadi. Shaxsning jamiyatdagi mas’uliyati uning qadriyatlarini to‘liq shakllantirishga yordam beradi.

Go‘zallik va Estetika. Inson qadri estetik va go‘zallik bilan ham bog‘liqdir. Bu faqat tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq emas, balki ichki go‘zallik, insonning ruhiy holati, hissiy tajribalari va axloqiy fazilatlari bilan ham bog‘liqdir. Estetik jihatdan, insonning go‘zalligi va uning axloqiy xulq-atvori o‘rtasida muvozanat bo‘lishi kerak. Go‘zallik orqali insonning qadri uning ichki va tashqi sifatlarining uyg‘unligini aks ettiradi.

O‘zini anglash. Inson qadri uning o‘zini anglash jarayoni bilan ham bog‘liqdir. O‘zini anglash, ya’ni insonning o‘ziga nisbatan tushuncha va tasavvurlari, uning o‘ziga bo‘lgan hurmatini belgilaydi. O‘zini anglash jarayoni orqali inson o‘zining daxlsizligi, erkinligi, axloqiy va estetik qadriyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan muhim jihatlarni anglaydi. Bu jarayon uning jamiyatdagi o‘rnini va qadriyatlarini shakllantirishga yordam beradi.

Taraqqiyot va o‘sish. Inson qadri uning shaxsiy o‘sishi, rivojlanishi va taraqqiyotiga asoslanadi. Shaxsning hayoti davomida o‘zini yangilash, yangi tajribalarni qabul qilish va yaxshilanishi uning qadriyatlarining o‘sishiga yordam beradi. Insonning ma’naviy va intellektual rivojlanishi uning qadriyatlari va o‘ziga bo‘lgan hurmatini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.

Umuman olganda inson qadri – bu uning daxlsizligi, erkinligi, huquqlari, axloqiy mas’uliyati, estetik qadriyatlari, ijtimoiy roli va taraqqiyoti bilan bog‘liq keng va ko‘p qirrali tushuncha. Har bir inson o‘zining qadriyatlarini hurmat qilish va o‘zgalar bilan adolatli, axloqiy va hurmatli munosabatda bo‘lish orqali o‘zining haqiqiy qadriyatlarini amalga oshiradi. Inson qadri nafaqat shaxsiy, balki jamiyatdagi hamda madaniy muhitdagi o‘rni bilan bog‘liq bo‘lib, har bir shaxsning jamiyatdagi roli va ijtimoiy mas’uliyatlari orqali to‘liq ifodalanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. https://oyina.uz/uz/teahause/1674 2. Инсон қадри – улуғ // Халқ сўзи. – 2018 йил. 29 июнь, № 131 (7089).

3.АЗИЗКУЛОВ А. А., РУЗИМУРОДОВ С. М. ФИЛОСОФСКОЕ НАСЛЕДИЕ

ИБН СИНЫ В ТРАКТОВКЕ ЗАРУБЕЖНЫХ УЧЕНЫХ //К ЧИТАТЕЛЯМ. – С.

40. 4.Ruzimurodov S. M. Ethnomadanian, Ethnoestetic Aspects Of The Formation Of A Healthy Lifestyle In Society //The American Journal of Social Science and Education Innovations. – 2021. – Т. 3. – №. 05. – С. 188-194.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.