ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

INTERFAOL O'QITISH METODLARI VA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA KREATIVLIK QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHI

Abstract

Maqolada o‘quvchilarning boshlangʻich sinf davridagi o‘qish faoliyati bilan bog‘liq ta’limiy va fiziologik jarayonlar uyg‘unligi, bu jarayonda bolaning idrok etish qobiliyatini to‘g‘ri rivojlantirish masalalari to‘g‘risida ilmiy-amaliy ma’lumotlar taqdim etilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

KREATIVLIK QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHI

Shavkatova Nilufar Erkinovna

Buxoro Innovatsiyalar Universiteti 2 kurs magistranti

Annotatsiya: Maqolada o‘quvchilarning boshlangʻich sinf davridagi o‘qish faoliyati bilan bog‘liq ta’limiy va fiziologik jarayonlar uyg‘unligi, bu jarayonda bolaning idrok etish qobiliyatini to‘g‘ri rivojlantirish masalalari to‘g‘risida ilmiyamaliy ma’lumotlar taqdim etilgan.

Kalit so‘zlar: individual, qobiliyat, iqtidor, mantiq, tafakkur.

Ta’limning asosiy vazifalari shaxsni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi. Ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o’stirishdir. Ta’lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to’plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko’nikma va malakalar hamda e’tiqodlar shakllanadi. Ta’lim o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o’qituvchi va o’quvchi faol ishtirok etadi. O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab reja va dastur asosida bilim, malaka va ko’nikmalarni singdiradi, o’quvchi esa uni faol o’zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o’ynaydi. Ularda ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ya’ni haqiqatni ocha olishga qodir bo’lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.

Bugungi jadal rivojlanayotgan zamonaviy globallashuv va axborotlashuv davrida ta’limni yanada rivojlantirish va takomillashtirishni dars jarayonida innovatsiyalarning turli shakllaridan tatbiq etmasdan turib amaiga oshirish mumkin emas. Innovatsion ta’lim ta’limda , birinchi navbatda, ijodiy qobilyatlar, o’z-o’zini rivojlantirish va kreativ fikrlash ehg muhim motivatsiyalardan hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijodiy imkoniyatlarini aniqlashda, ularning kreativ fikrlash motivatsiyalarini rivojlantirishda ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan to’g’ri va o’rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Kreativlik—lotincha so’z bo’lib, “ijod” yoki “yo’q narsadan yaratish” kabi ma’nolarni anglatadi. Kreativlik –shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo’lib, u o’zida muayyan yangilikni, yangi g’oyalarni aks ettirishi kerak.Kreativlik tushunchasi o’zida xilma-xillik, qiziquvchanlikni, tafakkur va noan’anaviylikni aks ettiradi. Bugungi kun boshlang’ich sinf o’qituvchisida ijodkorlik va kreativlik bo’lishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu jixati uning ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarda ham ushbu sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativlik fikrlash qobilyati va ijodkorlik xususiyati uning ta’lim jarayonidagi muloqotida,tafakkurida, his-tuyg’ularida va muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi.Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Patti Drapeau nuqtai nazariga ko’ra kreativ fikrlash , ehg avvalo ,muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlashdir. Darhaqiqat, har tomonlama fikrlash o’quvchilardan berilgan turli topshiriq, masala va vazifalarni bajarishda ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Ya’ni topshiriqni bajarish , masalani yechishda o’quvchi yechimning bir necha variantlarini izlaydi, so’ngra ular orasidan eng maqbul birgina to’g’ri yechimga to’xtaladi. Oqituvchining ham dars jarayoniga kreativ yondashuvi o’quvchilarning darsda berilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishlari, qo’llay olishlari uchun muhim omil sanaladi. O’qituvchining kreativligi darsda ikki holatni kafolatlaydi:

-Past o’zlashtiruvchi o’quvchilarni , darsda “bir xillik”dan zerikkan o’quvchilar e’tiborini dars jarayoniga jab etish va qiziqtirish

-O’quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyatni aniqlash va rivojlantirish, rag’batlantirish uchun imkoniyat yaratadi. Xulosa qilib aytganda, har bir kreator va ijodkor boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z o’quvchilarining kreativ fikrlash qobilyatlarini o’z vaqtida aniqlashi va doimo rivojlantirib borishi shart va zarur.

O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishda didaktik o’yinlardan foydalanish ham katta samara beradi. Didaktik o’yinlar bolada o’qish motivini rivojlantirishga yordam beradi. O’yinsiz aqliy rivojlanish bo’lishi mumkin emas, o’yin jarayonida bolada muomala madaniyati shakllanadi. Didaktik o’yin jarayonida bolada o’z kuchiga ishonch shakllanadi, erkin harakat qilishga o’z fikrini erkin bayon qilishga o’rganadi, mustaqil fikrlar bildira boshlaydi.

Masalan: “Matndan ortiqchasini top” o’yinida. O’quvchi matnni o’qiydi matn, tahlil qiladi. Matn tahlil qilayotganida mustaqil fikrlab, ortiqcha gapni topib uni olib tashlaydi. Shu joyda mustaqil ishlaydi, xulosa chiqaradi. Yana darslikdagi rasm ustida ishlashda o’quvchilarni mustaqil fikrlashda o’rgatadi. Rasmni kuzatadi fikrini bildiradi, savol javobda ishtirok etadi, rasmga qarab hikoya tuzadi, o’z fikrini bayon etadi. “Meni tushun” o’yinida o’quvchiga qog’ozda yozilgan so’z ko’rsatiladi yoki rasm ko’rsatiladi. O’quvchi o’sha so’zni o’qib shu so’zni sarlavha qilib mustaqil matn tuzadi. Rasm ko’rsatilsa shu rasmga qarab ham matn tuzadi. Boshlang’ich sinf ona tili, o’qish, matematika darslarida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatishning imkoniyatlari keng va undan foydalanish oqilona samara beradi. Matn ustida ishlashga yo’llash mustaqil fikrlashga o’rgatishning eng imkoniyatli usullardan biridir.

Darsliklarda berilgan hikoya, she’rlarni o’qib o’quvchilar bilan o’tkaziladigan savol-javoblar ham yaxshi samara beradi. Masalan: “Sizga qaysi qahramon yoqdi?” “Siz shu hikoyada kimni o’rnida bo’lishni istar edingiz?” kabi savollar o’quvchilarni mustaqil fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi.

Bolada mustaqil fikrlash malakasini shakllantirishda kitob katta rol o’ynaydi. Mustaqil fikrlash malakasini ona tili, o’qish darslarida emas, balki matematika darslarida ham shakllantirish kerak. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida matematika darslarida fikrlash qobiliyatini shakllantirish uchun darslik bilan ishlash, darsda o’yinlar, mantiqiy topshiriqlar, muammoli, yarim izlanishli topshiriqlar o’quvchilarga berish juda ham yaxshi natijalar beradi. Boshlang’ich sinflarda mustaqil fikrlash malakasini shakllantirib rivojlanishning samarali yo’li o’quvchining o’zi masalani mustaqil o’qib, o’zi tahlil qilib, o’zi yechishidir.

Masalan, «Davom ettir» o‘yini: O‘qituvchi matn mazmunini hikoya qilishni boshlaydi, bir o‘quvchi uni davom ettiradi. Shu taxlitda barcha o‘quvchilarni matn hikoyasiga qatnashtirish mumkin. «Zanjir» o‘yini: matndagi bir nеcha so‘zlar vositasida bu o‘yinni o‘ynash mumkin. O‘qituvchi boshlab bir so‘z aytadi, so‘zning tugagan harfidan boshlanadigan so‘zni bir o‘quvchi aytadi, shu taxlitda hamma o‘quvchilarni o‘yinga qatnashtirish mumkin. «Tеz javob»: O‘qituvchi yoki boshlovchi o‘quvchilar qatori oralab yurib, o‘quvchilardan birini turg‘izadi va biror tur nomini aytadi. O‘quvchi shu turga kimvchi so‘z topib aytishi lozim. Javob uchgacha sanaguncha aytilishi kеrak. Javob bеrolmagan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. O‘yin toki bir o‘quvchi qolguncha davom еttiriladi. Bunday o‘yin davomida o‘quvchilarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash malakasi rivojlanib, atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga o‘rganadi, atrofdagi sodir bo‘ladigan voqеa va hodisalarga qiziqishi ortadi. Bu o‘yindan dars davomida o‘tilgan mavzuga bog‘lab, darsning mustahkamlash qismida yoki dam olish daqiqalarida foydalanish mumkin. Bu dars yangi bilim bеrish darsining algoritmi bo‘lib, uni boshqacha tarzda ham tashkil qilish mumkin. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning talim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o‘yinlar metodlarini qo‘llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o‘quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, talim vositalaridan o‘rinli foydalanish talab etiladi. Ta'lim bеrish o’qituvchidan izlanishni, pеdagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy salohiyatga boy bo’lgan ustozgina mavzuni pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘quvchilarga mahorat bilan etkazib bеradi.

Oʼqitish tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini va uning ta'lim tizimidagi o'rnini taʼlim mazmunida, oʼqitish metodlarida, oʼqitish turlari, dars shakli, oʼqitish vositalarida va ulardan olinayotgan natijalarda yaqqol koʼrishimiz mumkin.Ilm-fan taraqqiyoti rivojlanayotgan texnika davrida ta’limdagi bunday yangiliklar dolzarb masalaga aylandi. Kompyuter texnikalaridan foydalanish maktabgacha ta'lim muassasalarida, maktablarda, an'anaviy holga aylandi. Axbarot texnologiyalardagi turli qiziqarli dasturlar bolalarda matematika va o'qishga qiziqishni shakllantirish, mantiq va xotirani rivojlantirishga yordam beradi. Zamonaviy kompyuter dasturlari o'qituvchiga bolalar bilan birgalikda turli xil hayotiy vaziyatlarga baho berish, ularni hal qilish yo'llarini izlashga yordam beradi degan fikrdamiz. Axbarot texnologiyalarga oid birgina misolni ko'rib chiqamiz. Maktablar tizimda yo'lga qo'yilgan elektron jurnallar va elektron kundaliklar orqali sinf yoki ma'lum bir fan bo'yicha o'quv natijalarini kuzatishimiz mumkin. Bu erda baholar qo'yiladi va uy vazifasi yoziladi, eng muhimi ota-onalar bolaning o'qish jarayonini ballari va topshiriqlar mavjudligini uyda turib ham nazorat qilib turishlari mumkin. Bundan tashqari shaxsga yo'naltirilgan ta'lim ham samarali hisoblanadi bunda o'quvchiga fanni o'rganishda bosh qahramon sifatida qaraladi. Maqsad - o'quvchining shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda, uning shaxsiyatini rivojlantirish. Shunga ko‘ra, ta’lim tizimi va o‘qituvchi uslubiga moslashuvchi o‘quvchilar emas, balki o‘qituvchi o‘z mahorati va bilimidan foydalanib, sinfning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra o‘qitishni tashkil qiladi.

Biz hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonida va pedagogik adabiyotlar va tadqiqot ishlarida, “mustaqil ta’lim”, “mustaqil ish” tushunchalarining mohiyatini yoritishga harakat qildik. Ba’zan mustaqil holda o‘qish va mustaqil ta’lim tushunchalari adashtiriladi. Mustaqil holda o‘qish rasmiy o‘quv jarayonidan tashqarida kechishi mumkin, ya’ni muayyan ta’lim muassasiga bormay turib, uyda o‘zi o‘quv materiallari asosida mustaqil, individual holda o‘qishi va o‘rganish. Hozirgi kundagi muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning asosiy maqsadi ham o’quvchi va yoshlarning o’ziga xos kreativ qobilyatlarini aniqlash va rivojlantirishga va ularning bo’sh vaqtini mazmunli, samarali tashkil etishga qaratilgan. Ozod va obod Vatanimizning ertangi kelajagi bugungi o’quvchi yoshlarning qo’lida ekan, buni biz o’qituvchi pedagoglar doimo yodda tutishimiz va o’z kasbimizga sidqidildan yondashishimiz kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ziyomuhammadov B., Tojiеv M. Pеdagogik tеxnologiya. T:, 2009-yil

2. Tolipov O‘, M.Usmonboyеva. Pеdagogik tеxnologiya: nazariya va amaliyot. T. 2005-yil

3. Sayidaxmеdov N.S. Yangi pеdagogik tеxnologiyalar: Nazariya va amaliyot – Toshkеnt, «Moliya», 2003-yil

4. M.E.Zufarova: Umumiy psixologiya. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati.

Toshkent 2010- yil.

5. Turdiyevna, K. Z., & Ruzimovna, K. G. (2021). The role of zoonyms in the expression of axiological content. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 1430-1434.

6. Shukrulloevich, T. J., & Subxanovich, A. A. (2022). THE RISING OF THE

INEQUALITY ON THE EDUCATION SYSTEM OF PRESCHOOLS IN

UZBEKISTAN.

7. E. G'oziyev: Umumiy psixologiya 1- kitob.Toshkent. 2002-yil.

8. Xolmanova, Z. (2020). Kompyuter lingvistikasi. Nodirabegim:.-Toshkent, 247.

9. I.A. Karimov:“Yuksak manaviyat yengilmas kuch” Toshkent; 2008 yil.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.