TA’SIRI VA OQIBATLARI
Karoboyev Suxrob Mustafoqulovich
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti o‘qituvchisi
Qumiriddinova Marjona Samarqand qizi
Zarmed universiteti sirtqi ta’lim Tarix yo’nalishi 1-kurs 101-guruh talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy raqamli makon - internet va ijtimoiy tarmoqlarning O‘zbekiston yoshlariga ta’siri, xususan, salbiy jihatlari yoritilgan. Muallif internet va blogerlik faoliyatining ijtimoiy ong, ma’naviyat va psixologik holatga bo‘lgan ta’sirini statistik ma’lumotlar, xalqaro tajribalar va ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qiladi. Internet foydalanuvchilari sonining keskin ortgani va yoshlar orasida ko‘ngilochar kontentga qaramlik holatlari, diqqatning pasayishi, ruhiy tushkunlik, noto‘g‘ri qadriyatlarning targ‘iboti kabi muammolar ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada media savodxonlik darajasining pastligi salbiy axborot oqimiga qarshi immunitetning sustlashuviga olib kelayotganini ta’kidlash barobarida, yoshlarni raqamli xavfsizlik va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish zarurligi ilgari suriladi. Yakunda esa milliy qadriyatlar, ma’naviyat va ijobiy axborot muhitini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi.
Kalit so'zlar: internet, ijtimoiy tarmoqlar, media savodxonlik, yoshlar, virtual dunyo, blogerlik, axborot xavfsizligi, psixologik ta’sir, tanqidiy fikrlash, ma’naviyat, internet qaramlik, axborot manipulyatsiyasi.
Аннотация. В данной статье рассматривается влияние современных цифровых платформ - интернета и социальных сетей - на молодежь Узбекистана, в частности их негативные стороны. Автор анализирует, как рост числа интернетпользователей, особенно среди молодежи, влияет на общественное сознание, моральные ценности и психологическое состояние. На основе статистических данных и международных исследований выявлены такие проблемы, как интернет-зависимость, снижение концентрации внимания, распространение деструктивных идей и снижение способности критически оценивать информацию. Особое внимание уделяется низкому уровню медиаграмотности, что делает молодежь уязвимой перед фейковыми новостями и манипуляциями. В заключение подчеркивается необходимость развития цифровой культуры и критического мышления среди молодежи, а также важность укрепления национальных духовных ценностей в условиях глобальной информационной среды.
Ключевые слова: интернет, социальные сети, медиаграмотность, молодежь, виртуальный мир, блогерство, информационная безопасность, психологическое воздействие, критическое мышление, духовность, интернетзависимость, информационные манипуляции.
Annotation. This article explores the impact of modern digital platforms - particularly the internet and social media - on the youth of Uzbekistan, with a focus on negative consequences. The author analyzes how the rapid growth in internet users, especially among young people, influences public consciousness, moral values, and mental well-being. Drawing on statistical data and international research, the article highlights key issues such as digital addiction, reduced attention span, exposure to harmful content, and a lack of critical thinking skills. The low level of media literacy among youth is identified as a major factor contributing to vulnerability to misinformation and manipulation. The article concludes by emphasizing the need to promote digital literacy, critical thinking, and the preservation of national spiritual values in an era dominated by global information flows.
Key words: internet, social media, media literacy, youth, virtual world, blogging, information security, psychological impact, critical thinking, spirituality, internet addiction, information manipulation.
Bugungi zamon shiddati hayotimizni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarsiz aslo tasavvur etib bo‘lmasligini namoyon etayotir. Aksariyat odamlarning faoliyati internet, ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali dunyoda sodir bo‘layotgan kundalik yangiliklardan xabardor bo‘lish, ularni bir-biriga uzatish bilan bog‘liq.
Mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqeahodisalar, yangiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo‘lishda esa internet tizimi, mobil telefonlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ko‘plab imkoniyatlarni bermoqda. Bundan tashqari, o‘zaro ma’lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o‘z fikrini bayon etish yoki o‘zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir.
Bugungi kunda blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari va inflyuenserlar faoliyati jamiyatimiz axborot maydonida katta ahamiyatga ega. Ular axborot tarqatish orqali yuz minglab, millionlab kuzatuvchilarga maʼlumot yetkazadilar va u yoki bu holat toʻgʻrisida jamoatchilik fikrining shakllanishiga hissa qoʻshadilar. Pirovardida, jamiyatda ochiqlik, shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda blogerlikning va xalq jurnalistikasining oʻrni muhim.
Tarixga nazar tashlasak,1968 yillarning oxirlarida [DARPA] tomonidan Arpanet nomli loyiha boshlandi bu dunyodagi birinchi kompyuter tarmogʻi boʻlib hozirgi zamonaviy internetning asosi boʻldi.
Internet avvaliga ilmiy izlanishlar va harbiy maqsadlar uchun yaratilgan edi hozirgi kunda esa ijtimoiy tarmoqlardan koʻngil ochar videolar, muloqol, doʻstlar orttirish, ta'lim, biznes kabi sohalarda faol foydalanilmoqda.
Ilmiy izlanishlar, olimlarning yangiliklardan xabardor boʻlishi uchun yaratilgan tarmoq bugungi kunda ochiqchasiga faqatgina koʻngilochar tarmoqgina boʻlib qolmadimi?
Hozirgi kunda milliard foydalanuvchisi bor ijtimoiy tarmoqlar [ instagram, fasebook, tik tok, twitter, you tube ] yoshlarga qanday ta'sir qilmoqda ular Internet va ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanishyaptimi degan savol tugʻiladi.
Hozirda 16-24 yoshdagi aholi orasida 42% asosan instagramdan foydalanishadi, bu ularga nima beradi!
Oʻtkazilgan soʻrovnomalar shuni koʻrsatadiki tarmoqlardan foydalanish asosan koʻngilochar kantentlar va qisqa roliklardan iborat. Bundan qisqa 30 sekund 1 daqiqalik har xil mavzudagi roliklar odamda dofamin ishlab chiqaradi va bunga qaramlikka olib keladi e'tibor qilinishi kerak boʻlgan joyi ham aslida shu.
Hozirgi kunda internetdagi ijtimoiy tarmoq, qidiruv tizimlari va axborot saytlarning foydalanish va ta’sir doirasini 2018-2021 yillardagi statistikasiga nazar tashlasak quyidagi diagramma hosil bo‘ladi.
2,1
3,4 3,7
5,7
2,4 2,7 2,8 3,1
1,7 1,9 2,4
3,7
2018 YIL 2019 YIL 2020 YIL 2021 YIL
ijtimoiy tarmoqlar qidiruv tizimlari
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish keskin oshib bormoqda. Bu esa insonlarni ijtimoiy hayotdan begonalashib ijtimoiy tarmoqlardagi virtual olamga berilib ketmoqda va hatto uning qurboniga aylanmoqda.
2011 yilda Xitoyda internetga oʻtirib qolgan yoshlar miyyasining tuzilishida oʻzgarish borligi, psixologik, akademik va samaradorlik darajasi pasayib ketgani haqidagi xulosani olishadi. Rostan ham atrofdagi yoshlarni kuzatsangiz ularda xotira pasayishi, eslab qolish qobiliyatining foizlari tushayotganini, asabiylikni kuzatishingiz mumkin.
2009 yil Stenford universitetida oʻtkazilgan ( cognitive control in media multitasking) tajribada ham "aqliy susayish va tez chalgʻishga moyillik kuzatilgan"
Germanyada 2019 yilgi (Accelerating dynamics of collective attention)tajriba ham har xil kantekstga toʻla kantentni koʻrish ( Attention spain ) ya'ni e'tibor doirasini toraytirishi hawidagi natijani olishgan umuman olganda bunday tajribalar juda koʻp Texas, Germaniya, Xitoy, Yaponya, Kanada kabi mamlakatlarda oʻtkazilgan va bu tajribalarga kamida 14, 9, 5 yildan oshgan. Shuncha yildan beri bu kantentlar qanchalik sayozlashdi ekan.
Har holda bu kantentlarning saviyasi oʻsmagani aniq! Hozirgi kunda shu kantentlarni yaratuvchi va ommaga taqdim etuvchi, oʻzini bloger deb atuvchi shaxslar yaxshigina daromad evaziga yoshlar onggiga qanday ta'sir oʻtkazmoqda. Kuzatuvlar shuni koʻrsatmoqdaki, minglab blogerlarning ichida eng mashxur millionlab obunachilari bor blogerlarda ya'ni koʻproq yoshlar jamoasiga ega blogerlarda asosiy mavzu ichkilik, benikoh munosabatlar, chekish, zino, oila degan maskanni oʻyindek koʻrsatish, haqiqiy erkakni ishida deya yomon illatlarni tadbiq qilish koʻproq. Siz oʻylashingiz mumkin oilada tarbiyasi yaxshi boʻlsa bu ta'sir qilmaydi deb, shuni unutmasligimiz kerakki bir qopga solingan qurtlagan olmalar ichiga butun chiroyli olmani solsangiz vaqt oʻtib uni ham yaroqsiz holga kelib qurtlaganini koʻrasiz.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarning hayotimizga faol kirib kelishi natijasida fuqarolar tomonidan oʻz fikr-mulohazalarini erkin bildirish imkoniyati kengaydi. Ayni paytda ushbu mulohazalarni koʻpchilik koʻrishini ham hisobga olish kerak. Shunga koʻra, shaxsiy fikr ham koʻpchilik koʻradigan manbalarda yozilganida, qonunchilik talablariga muvofiq, shaxsning shaʼni va qadr-qimmatiga daxl qilmaydigan, tuhmat va yolgʻondan xoli tarzda ifodalanishi lozim. Qonunchilik talablarida shaxs qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolgʻon axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda tarqatish mumkin emasligi belgilangan. Axborot tarqatilayotganda axborot tarqatuvchiga uning haqqoniyligini tekshirib koʻrish majburiyati qonun bilan yuklangan. Bu butun dunyoda tan olingan standartdir.
AOKA ma’lumotiga ko‘ra, 2017-2025-yillarda O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 14,7 mlndan 32,7 mlnga oshgan. Eng ommabop platformalar orasida:
📱 Telegram — 28 mln;
📱 Odnoklassniki — 19,2 mln;
💻 Facebook — 2,3 mln;
💻 “VKontakte” — 1,5 mln;
🔹 LinkedIn — 850 ming;
🖥X (Twitter) — 250 ming nafar o‘zbekistonlik foydalanuvchi mavjud.
(https://t.me/daryouz_dunyo_yangilillar_uz/106112 )
Statistikadan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari sonining so‘nggi yillarda keskin oshgani – 2017-yildagi 14,7 milliondan 2025-yilda 32,7 millionga yetgani – raqamli makonning yoshlar hayotidagi o‘rnining kuchayganini ko‘rsatadi. Aholining deyarli 90 foizini tashkil qiluvchi foydalanuvchilarning Telegram (28 mln), Odnoklassniki (19,2 mln) va boshqa platformalarda faol ekani, ayniqsa yoshlar orasida media kontentni iste'mol qilish hajmi yuqoriligini anglatadi.
Biroq media savodxonlik darajasi past bo‘lgan yoshlar bu axborot oqimida tanqidiy fikrlash, ishonchli manbani ajrata olish va axborotni tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lmasligi oqibatida turli salbiy ta’sirlarga duch kelmoqda. Jumladan:
- soxta axborot va yolg‘on xabarlarga ishonish,
- ommaviy psixologik manipulyatsiyalarga berilish,
- zo‘ravonlik, ekstremizm yoki noto‘g‘ri hayotiy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kontentga moyillik,
- vaqtdan samarasiz foydalanish va psixologik bog‘liqlik (internet qaramlik) kabi muammolar kuzatilmoqda.
Shu sababli, yoshlar orasida media savodxonlikni oshirish, ularni raqamli dunyoda xavfsiz va ongli ishtirok etishga o‘rgatish dolzarb masalaga aylangan. Aks holda, internetning salbiy oqibatlari butun jamiyat ongiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Yoshlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «...biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuksak ma’naviyat xazinasi bo‘lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz». Binobarin, bugungi davr bizdan dunyo miqyosida bo‘hton va uydirmalarni tarqatish orqali yoshlarimizni aldab, o‘z qarmog‘iga ilintirishga intilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy holatlarga hech qanday imkon bermasligimizni talab etmoqda. Zero, milliy ma’naviyatimizni asrash orqali yoshlarimizni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, o‘z xalqiga, yurtiga bo‘lgan muhabbatini oshirish asosiy vazifamizdir. 1. B.S.Abdullayeva, Y.Z.Ro‘ziyev, K.V.Ismoilova. Mediasavodxonlik va axborot madaniyati. Darslik. Toshkent. «Donishmand ziyosi». 2024 2. N.Muratova. Jurnalistika media va axborot savodxonligi. Jurnalistlar va media sohasidagi ta’lim beruvchilar uchun qo‘llanma. Baktria press. T.,2019. 3. Ya.Mamatova, S.Sulaymanova. O‘zbekiston mediata’lim taraqqiyot yo‘lida. O‘quv qo‘llanma. Extremum-press, 2015. 4. Shermuxamedova N. Texnika falsafasi (o‘quv-uslubiy majmua) –T.: 2019. 5. Axborot asrida ta’lim-tarbiya / – Toshkent: Akademnashr, 2012. 6. Falsafa ensiklopedik lug‘at. M.Abdullayeva tahriri ostida –T.: 2010. 7. Постноклассик фалсафа ва фанлар методологияси муаммолари. Mонография. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2011. 141 – б 8. Носов Н.А.Виртуальная психология.- М.: Аграф. 2000. 9. htt//www.virtualistika.ru/vip7ap.html 10. https://t.me/daryouz_dunyo_yangilillar_uz/106112
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.