ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ КЛАСТЕРОВ В СЕЛЬСКОМ
ХОЗЯЙСТВЕ В УСЛОВИЯХ ЛИБЕРАЛИЗАЦИИ ЭКОНОМИКИ
LEGAL BASIS OF ORGANIZING CLUSTERS IN AGRICULTURE IN THE
CONDITIONS OF ECONOMIC LIBERALIZATION
RAIMOV O’ROZALI QURBONALIEVICH
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 2-kurs magistri
So‘nggi yillarda zamonaviy turdagi klasterlarni shakllantirish bo‘yicha mamlakatimzda keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan YAngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida, 2022-yil 21-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida agrar sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish, qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyatini takomillashtirish agrar sektorda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan.
Paxta-to‘qimachilik sohasida tashkil etilgan yana bir dastlabki klaster O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-sonli qaroriga ko‘ra tashkil qilingan “BEK Cluster” MChJ qo‘shma korxonasidir. Hozirda klaster doirasida fan va ishlab chiqarish hamkorligini ta’minlash maqsadida ilk qadamlar sifatida Guliston Davlat Universitetida labarotoriya tashkil etilib, Markazni to‘liq tashkil qilib, faoliyatini yo‘lga qo‘yish va keyinchalik uni Institutga aylantirish maqsad qilingan.
1-rasm. Paxta-to‘qimachilik klasteri soning ortishi dinamikasi
Mazkur agrosanoat klasterlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 31-martdagi 253-son Qaroriga muvofiq tashkil etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mavjud paxta-to‘qimachilik klasterlari orasidan hududi jihatdan eng yiriklaridan biri “Buhoro Agro Klaster” MChJ bo‘lib, u 45700 ga maydonni egallaydi va 7 ta tumanni klasterga birlashtiradi. Buxoro viloyatida shuningdek, yana bir yirik agroklaster “WBM Romitex” paxta-to‘qimachilik klasteri ham joylashgandir. Singapurning “Indorama” MChJ xorijiy korxonasi Qashqadaryoning Kasbi va Nishon tumanlarida 25 ming ga, Sirdaryoning Sardoba va Oq-Oltin tumanlarida ham 25 ming ga teng yer maydonida agrosanoat klasteri tashkil etgan bo‘lsa, yana bir yirik paxtato‘qimachilik klasteridan bo‘lgan “Baxt textil” Navoiy viloyatida faoliyat olib boradi.
Meva-sabzavotchilik klasterlari faoliyatini rivojlantirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva- sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, mevasabzavot va uzun mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda klaster va kooperatsiya tizimini rivojlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Uzumchilik va vinochilik sohasida esa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5200 son Qarori asos bo‘lib, unga ko‘ra mamlakatimizda 2021-2024-yillarda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgan.
Klaster faoliyatining huquqiy va tashkiliy tomoniga nazar solsak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-yanvardagi “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 53-sonli qaroriga ko‘ra “Buhoro agro klaster” paxta- to‘qimachilik ishlab chiqarish jarayonining ishtirokchisi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash davlat fondi hisobidan paxta-xom ashyosini yetishtirish va yetkazib berishni moliyalashtirish uchun yillik 3 foiz miqdoridan ortiq bo‘lmagan stavkada kredit olish huquqiga ega. Klaster faoliyatida mahalliy hokimiyatning alohida o‘rni bo‘lib, u klasterga paxta yetkazib beruvchilarlarni aniqlaydi, yetkazib beruvchilar hamda agroklaster o‘rtasida shartnomani imzolashga ko‘maklashadi. Shuningdek, klaster o‘z faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan 22 turdagi tovarlarni bojxona chegarasidan boj to‘lamasdan olib kirish imkoniga ega. Shu bilan bir qatorda, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-martdagi «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga ko‘ra klaster tasdiqlangan agrotexnologik xarita doirasida tadqim etilgan lgotali kredit vositalaridan erkin foydalanish huquqiga ega hamda agroklaster tomonidan fermer xo‘jaliklariga taqdim etilgan yoqilg‘i-moy maxsulotlari, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qiluvchi vositalar, defoliantlar va boshqa kimyoviy vositalar soliq solish obyekti sanalmaydi. Umumiy qilib aytganda, hukumat tashabbusi
orqali tashkil etilgan mazkur agrosanoat klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ko‘plab imtiyozlar berilgandir.
Mamlakatimizda klasterlashtirish keng joriy qilinayotgan yana bir yo‘nalish meva-sabzavotchilik sohasidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra 2018- yilda har bir hududda 1-2 ta meva-zabzavot klasterlari tashkil etish va meva- sabzavot yetishtirishga ixtisoslashgan barcha tumanlarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning klasterli shakliga jalb etish belgilangan. Shuningdek, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasiga muvofiq yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida meva-sabzavot klasterlari tashkil etilmoqda.
2-rasm. Meva-sabzavotchilik klasterlarining quvvatlari (2022-yil)
Bugungi kunda bu turdagi klasterlar 10 ming nafar fermer xo‘jaliklari bilan 85,5 ming gektar yer maydonlarida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha fyuchers shartnomasi asosida ish olib borilmoqda. 48 ta klasterlarda quvvati 927,8 ming tonna bo‘lgan qayta ishlash zavodlari, 27 ta klasterlarda quvvati 265,9 ming tonna bo‘lgan mahsulotni saralash va qadoqlash, 18 ta klasterlarda quvvati 203,2 ming tonnalik mahsulotni quritish, 7 ta klasterda 32,2 ming tonnalik mahsulotni shok usulida muzlatish hamda 126 ta klasterlarda quvvati 265,7 tonnalik oddiy va muzlatkichli omborxonalar mavjud (2.2-rasm).
Shuningdek, klasterlarda 24,5 ming ga mahalliy, 10,8 ming ga intensiv bog‘ va 25,6 ming ga tokzorlar mavjuddir285. Mazkur klasterlar tomonidan 2020-yilda 114 mln.AQSH dollarlik 124 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Ta’kidlash kerakki, meva-sabzavotchilik klasterlarini tanlash jarayoni bir qancha masalalarni qamrab olib, mahsulotlarni eksportga yo‘naltirganlik ko‘rsatkichi, infratuzilmaning mavjudligi (omborxona, sovutgichlar, q/x texnikasi va sh.k.), bilim va malaka (boshqaruv, f/x bilan kooperatsiya) inobatga olinsa, klaster bilan ishlash mexanizmi klasterlarni fermer xo‘jaliklari bilan kooperatsiya tamoyili bo‘yicha birlashtirish, o‘quv kurslarini tashkil etish, bog‘, uzumzorlar, sabzavot-poliz ekinlar joylashtirish xaritalarini tuzish hamda klasterlarni yangi bozorlarga chiqishi bo‘yicha aniq dasturini ishlab chiqish va joriy etish kabi ishlarni o‘z ichiga oladi. Mevasabzavotchilik klasterlari faoliyatini olib borishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tuman hokimliklari hamda fermerlar bilan 3 tomonlama
shartnomani imzolaydilar. Shartnomada tomonlarning hamkorlik shartlari va asosiy majburiyatlari ham keltirilgan bo‘lib, dissertatsiya ishining 4-ilovasida shartnoma shartlari yoritilgan. Undan xulosa qilish mumkinki, meva-sabzavotchilik klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi umumiy qo‘llabquvvatlash tizimini tashkil etsa, tuman hokimliklari klasterlar va fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi bo‘g‘in vazifasini bajaradi. O‘z o‘rnida fermer xo‘jaliklari meva-sabzvotlarni shartnomada ko‘rsatilgan tartibda yetishtirib bersa, klasterlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish ishlarini amalga oshiradilar. Shu qatorda ta’kilash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra agroklasterlarni shakllantirish bo‘yicha yangi tartib belgilangan. Umumiy qilib aytish mumkinki, meva sabzavotchilik va uzumchilik klasterlari faoliyatini tashkil qilishda ham boshqa agrosanoat klasterlari singari mahalliy hokimiyat organlarining ishtiroki katta bo‘lib, ular klasterlar va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlaring shakllanishi, klasterning eksport imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etadi.
3-rasm. G‘allachilik klasterlari quvvatlari (2022)
O‘zbekistonda klasterli yondoshuv qo‘llanilayotgan uchingi yirik soha bu g‘allachilikdir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Boshoqli don qaroriga ko‘ra, 2020-yil hosilidan boshlab boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik xo‘jaliklari va boshoqli don mahsulotlarini qayta ishlovchi tashkilotlar tomonidan boshoqli donni yetishtirish yoki shartnoma asosida xarid qilish orqali g‘allachilik klasterlarini bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi.
O‘zbekistonda g‘allachilik klasteri ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)ning zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda, boshoqli don yetishtirish yoki uni shartnoma asosida sotib olish, saralash, saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorga yetkazib berishni ta’minlaydi.
ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF60-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF5285-son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Mevasabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-martdagi «Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Boshoqli don qarori.
6. Yu M., Calzadilla J., Lopez J., Villa A. Engineering agro-food development: The cluster model in China // Agricultural Sciences. –Rome, 2013. –P.37.
7. https://www.clustermapping.us/cluster#clusters-list;
8. https://www.austrade.gov.au/australian/export/exportmarkets/countries/united-states-of-america/industries/agri- business-to-the-unitedstates
9.https://agriculture.gouv.fr/les-poles-de-competitivite
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.