ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

IRSIYATNING HULQ- ATXOR XUSUSIYATIGA PSIXOLOGIK TASIRI

Abstract

Ushbu maqolada talabalarda  Irsiyatning hulq-atvor xususiyatiga psixologik tasiri ko'nikmalarini shakllantirishda motivatsiya va motivatsiyaning o'rni va ularni amaliyotga tatbiq etishning ahamiyati  va hulq-atvor sifatlarini tarbiyalash jarayonida qanday bilim,ko`nikma va malakalarga ega bo`lishlari mumkinligi qayd etiladi.Bu maqoladan pedagogika va psixologiya yo`nalishi bo`yicha tahsil oluvchi talaba  va magistrlar shu yo`nalishda faoliyat yurutayotgan o`qituvchilar hamda sohaga oid izlanishlarini olib borayotgan tadqiqotchilar va shular singari soha vakillari foydalanishlari mumkin.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

IRSIYATNING HULQ- ATXOR XUSUSIYATIGA PSIXOLOGIK TASIRI

Nizomiy nomidagi TDPU

Umumiy psixologiya

kafedrasi o`qituvchisi

Mullaboyeva Diyora Soib qizi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada talabalarda Irsiyatning hulq-atvor xususiyatiga psixologik tasiri ko'nikmalarini shakllantirishda motivatsiya va motivatsiyaning o'rni va ularni amaliyotga tatbiq etishning ahamiyati va hulq-atvor sifatlarini tarbiyalash jarayonida qanday bilim,ko`nikma va malakalarga ega bo`lishlari mumkinligi qayd etiladi.Bu maqoladan pedagogika va psixologiya yo`nalishi bo`yicha tahsil oluvchi talaba va magistrlar shu yo`nalishda faoliyat yurutayotgan o`qituvchilar hamda sohaga oid izlanishlarini olib borayotgan tadqiqotchilar va shular singari soha vakillari foydalanishlari mumkin.

KALIT SO`Z VA IBORALAR

Hulq-atvor sifatlari,irsiyat,psixologik xususiyatlar,psixika,miya asab tizimi,neyro`nlar,reflekslar

АННОТАЦИЯ

данной статье отмечается роль мотивации и мотивации в формировании психологического влияния наследственности на поведение студентов, важность применения их на практике, а также какие знания, навыки и квалификации они могут приобрести в процессе воспитания качеств поведения.Статья может быть использована студентами и магистрами, обучающимися в области педагогики и психологии, преподавателями, работающими в этой области, исследователями, проводящими исследования в этой области, и другими представителями области.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА И ФРАЗЫ

Поведенческие качества, наследственность, психологические особенности, психика, нервная система головного мозга, нейроны, рефлексы

ABSTRACT

This article notes the role of motivation and motivation in the formation of the psychological influence of heredity on the behavior of students, the importance of applying them in practice, as well as what knowledge, skills and qualifications they can acquire in the process of developing behavioral qualities. The article can be used by students and masters studying in the field education and psychology, educators working in the field, researchers conducting research in the field, and others in the field

KEYWORDS AND TERMS

Behavioral qualities, heredity, psychological characteristics, psyche, brain nervous system, neurons, reflexes.

Zamonaviy jamiyatimizda bugungi kunda Hulq-atvor va irsiyatning psixologik xususiyatlari kabi tushunchalar noaniq tushunchalar emas Hulq-atvor – bu tirik organizmning tashqi muhit ta’sirlariga javoban yuzaga keladigan murakkab reaksiyalar majmuasi hisoblanadi. Tirik mavjudotlar psixikasi rivojlanganligining darajasiga ko‘ra, murakkabligi turlicha bo‘lgan hulq-atvorga ega ekanliklarini alohida ta’kidlab o‘tish zarur. SHunday qilib, yuqoridagi fikrlar asosida, tirik organizmlar psixikasi rivojlanganligining to‘rt asosiy darajasini ajratish mumkin, bular: ta’sirchanlik, sezgilar (his-tuyg‘ular), yuqori tuzilgan biologik turning xulq-atvori (tashqi belgilangan hulq-atvor), inson ongi (sababiy hulq-atvor)dir. Ushbu darajalarning har biri o‘z rivojlanish bosqichlariga ega ekanliklarini ta’kidlab o‘tish zarur. Psixika rivojlanishining yuqori darajasi faqat insonga xosdir.Har bir insonning ko’rinishi turlicha: uning ovozi, tili turlicha, insonlarni bir-biridan farq qiladigan shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, madaniy va oilaviy sharoitlari mavjud.

Shuningdek, biz bir daraxtning barglarimiz. Bizning insoniy oilamiz nafaqat bizni ajratgan va qonga singib ketgan umumiy biologik meros, bundan tashqari umumiy xulq-atvorlari hamdir. Bizning shaxsiyatimiz faqatgina genlarimizning mahsuli ekanligini taxmin qila olamizmi? Yo’q, chunki gen va atrof-muhit, tabiat va tarbiya xuddi ikki qo’lning qarsagi kabi birga ishlaydi.

Bizning o’xshashliklarimiz ichida eng muhimi – turlarimizning xarakterli tamg’asi – bu bizning ulkan moslashuvchanlik imkoniyatimizdir. Ba’zi inson fe’latvori ikki ko’zga ega bo’lish kabi har muhitda hayolan bir xil rivojlanadi. Ammo boshqa fe’l-atvorlar aynan maxsus muhitlarda ifodalanadi. Yozda yalangoyoq yurib siz qattiqlikni rivojlantirasiz, qadoq oyoqlar – ishqalanishga moslashgan biologik holatdir. Ayni paytda sizning qo’shningizning taqasi – yangi kelgan odam bo’lib qoladi. Ikkingiz orangizdagi farq, albatta atrof-muhitning natijasidir. Lekin bu shuningdek biologik mexanizmning mahsuli – moslashish hamdir. Bizning bo’lishgan biologiyamiz bizning rivojlangan farqimizni osonlashtiradi Instinktga asoslangan hulq-atvor – biror bir turga mansub hayvonlarning barchasida bir xil yo‘naltirilgan turga xos bo‘lgan hulq-atvor hisoblanadi. Qoidaga ko‘ra, instinktga asoslangan hulqatvor biologik maqsadga muvofiqlik bilan belgilanadi va biror turning ma’lum vakilini yoki yaxlit turni yashab qolish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Ammo, hayvon hulq-atvori faqat irsiyat tomonidan belgilangan va uning hayoti davomida o‘zgarmasligi haqidagi fikrni juda ham to‘g‘ri deb bo‘lmaydi.Hayvon hulq-atvorini qo‘zg‘atuvchi va yo‘naltiruvchi jismlar ta’sirining biologik mohiyati muntazam bo‘lmasdan, organizm yashash tarzining aniq sharoitlari va muhit xossalariga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi va rivojlanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Masalan, agar och qolgan baqa chuvalchanglar bilan oziqlantirilgandan so‘ng oldiga gugurt va bir siqim yo‘sin (mox) qo‘ysak, baqa chuvalchanglarga o‘xshash uzunchoq shaklga ega bo‘lgan gugurtni tutib oladi. Ammo baqa o‘rgimchaklar bilan oziqlantirilsa, u gugurtga e’tibor bermay, yo‘singa tashlanadi. Endi dumaloq shakllar uning uchun ozuqaviy mohiyatni kasb eta boshlaydi. Taxminan XVII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda ko‘pchilik inson va hayvonlar o‘rtasida tanasining ichki tuzilishi va hulq-atvorida, shuningdek, kelib chiqishida ham hech qanday umumiylik bo‘lishi mumkin emasligi haqida fikr yuritgan edi. So‘ngra tana mexanikasining umumiyligi tan olinib, inson psixikasi va hulq-atvori o‘rtasidagi tafovutlar saqlanib qoldi (XVII-XVIII asr.).

1872 yilda CH. Darvin o‘zining «Odam va hayvonlar hissiyotlarining ifodalanishi» kitobini chop ettirdi, bu kitob biologik va psixologik hodisalar o‘rtasidagi aloqani tushunib etishda burilish yasadi. O‘zining bu asarida Darvin evolyusiya tamoyilining hayvonlarning faqat biologik rivojlanishiga emas, balki ularning psixologik, hamda, hulq-atvor rivojlanishiga ham qo‘llanilishi mumkinligini isbotladi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida umumiylik ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘zining bunday nuqtai nazarini u hayvonlar va odamlarda turli emotsional holatlarning tashqi ifodalanishi ustidan olib borgan kuzatishlaridan kelib chiqqan holda asoslab berdi. SHu davrdan boshlab, inson va hayvonlar psixikalarini tadqiq etish ishlari jadallik bilan boshlab yuborildi. Boshlang‘ich davrda Darvinning ta’siri ostida bu ishlar hissiyotlar va tashqi reaksiyalar ustida olib borilgan bo‘lsa, keyinchalik amaliy fikrlash sohasiga ham yoyildi. XX asrda hayvonlar o‘rtasidagi temperamentlarning alohida tafovutlari tadqiqotchilarda qiziqish uyg‘otdi (I.P. Pavlov), so‘ngra odam va hayvonlar kommunikatsiyasida, hulq-atvorning guruhli shakllarida va bilish mexanizmlaridagi o‘xshashliklarni izlash ishlari boshlab yuborildi.

Inson va hayvonlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan tafovutlarni aniqlashdan avval shunga o‘xshash tadqiqotlarning natijalarini bilish pedagog uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligi haqidagi savolga javob topish zarur.

Hayvon psixologiyasi va hulq-atvoriga tegishli barcha mavjud bo‘lganlar egallanishi mumkin bo‘lgan ikki usuldan biri orqali: irsiyat tomonidan berilishi yoki tabiiy bilish jarayonida o‘zlashtirilishi mumkin. Irsiyat tomonidan o‘tkaziladigan belgi va xususiyatlar ta’lim-tarbiyaga bo‘ysunmaydi; hayvonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan xususiyat odamda ham maxsus ta’lim-tarbiya jarayonisiz yuzaga kelishi mumkin. Insonni o‘rganishda uni hayvonlar bilan qiyoslashtirish orqali bir xilda anatomik va fiziologik kurtaklarning mavjudligida inson o‘z psixologiyasi va hulqatvorida hayvonga nisbatan yuksakroq rivojlanish darajasiga erishgan ekan, u holda bu yutuq ta’lim va tarbiya orqali ongli ravishda boshqarish mumkin bo‘lgan bilishning natijasidir. SHunday qilib, inson va hayvonlarni qiyosiy psixologik-hulq atvor jihatdan tadqiq etish bolalarga ta’lim-tarbiya berish mazmuni va metodlarini to‘g‘ri, ilmiy asoslangan ravishda aniqlash imkonini beradi.[1]

Insondagi kabi, hayvonlarda ham bilish xususiyatiga ega, ularga olamni oddiy hissiyotlar ko‘rinishida idrok qilib, axborotni eslab qolish imkonini yaratuvchi tug‘ma boshlang‘ich layoqatlar mavjud. Barcha asosiy bo‘lgan his-tuyg‘ular: idrok, ko‘rish, eshitish, sezish, hid va ta’m bilish, teri sezuvchanligi va boshqalar odam va hayvonlarda dunyoga kelishlari bilan tarkib topgan bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г. С.-75-79.

2. Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“ TDPU, 2013 y.

3. David G. Mayers “Psychology” Hope College Holland, Michigan 2010 y. p.-15-47

4. Mangal S.K.: “General Psychology” 2013y. p.28-44.

5. Abdullayeva R.M. Psixodiagnostika. Uslubiy qo’llanma. T. 2021. 183 b.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.