KIRISH: uzoq muddatli davolanish jarayonidagi bolalar uchun uzluksiz va sifatli ta’limni ta’minlash zamonaviy ta’lim tizimlarining dolzarb vazifasidir. Isroil tajribasida gospital ta’lim sog‘ayish jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi kompleks model sifatida shakllangan. MAQSAD: isroilda gospital ta’limning huquqiy, tashkiliy va pedagogik asoslarini tahlil qilish hamda uning samaradorlik omillarini aniqlash. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda Isroilning 2001-yildagi “Kasal bolalar uchun bepul ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va amaliy modeli nazariy tahlil qilindi. Ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari integratsiyasi,moslashuvchan jadval, virtual darslar va terapevtik metodlar o‘rganildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: isroil gospital maktablari akademik uzviylikni saqlash, psixologik qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy moslashuvni ta’minlashga qaratilgan. Ta’lim jarayoni bolaning sog‘lig‘iga moslashtiriladi, raqamli platformalar, VR, multisensor muhit va STEAM integratsiyasi qo‘llaniladi. Tibbiy masxarabozlik stressni kamaytirish va sog‘ayish jarayonini qo‘llab-quvvatlashda samarali vosita sifatida baholanadi. XULOSA: isroil gospital ta’lim modeli uzluksiz ta’limni ta’minlash bilan birga, bolaning psixologik barqarorligi va ijtimoiy moslashuvini mustahkamlaydi. Mazkur tajriba boshqa mamlakatlar uchun ham metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
INTRODUCTION: ensuring educational continuity for children undergoing long-term treatment is a key challenge of modern education systems. Israel has developed a comprehensive hospital education model. AIM: to examine the legal and pedagogical foundations of hospital education in Israel and assess its effectiveness. MATERIALS AND METHODS: a theoretical analysis of legislation, institutional models, and integrated medical-educational practices was conducted. DISCUSSION AND RESULTS: hospital schools ensure academic continuity, psychological support, and social adaptation. Digital tools, virtual learning, multisensory environments, STEAM integration, and medical clowning are widely applied. CONCLUSION: israel’s hospital education model promotes both academic progress and psychological resilience and may serve as a reference for other countries.