ISSIQXONADA LIMON YETISHTIRISH BÒYICHA TAVSIYALAR
Nomozov Sanjar Mamanazar o’g’li
+998997465973sanjarnomozov2002@gmail.com Termiz Agrotexnologiyalar va Innovatsion Rivojlanish instituti Meva-sabzavotchilik
va texnologiyalar fakulteti Issiqxona xo’jaligini tashkil etish va yuritish ta’lim
yo’nalishi 4-bosqich talabasi Annotatsiya: Respublikamizda o‘stirilayotgan mevali o‘simliklar orasida sitrus o‘simliklari alohida o‘rin tutadi. Dunyoda sitrus o‘simlikliklar juda xilma-xil bo‘lib, ular orasida apelsin, mandarin, limon, greypfrut eng ko‘p tarqalgan.Sitrus o‘simliklarning kelib chiqqan eng asosiy markazi Shimoliy Hindiston va Shimoliy Birma hisoblanadi. Kalit so’zlar:Meyer, Greypfrut, Pampelmus, Gamlin,
Limonni hosildorligini oshirish 1966 yilda akademik M.Mirzayev (sobiq R.R.Shreder) nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida sitrus o‘simliklaridan limon, apelsin, mandarin, greypfrut va pampelmus turlarining navlari ekilib, ularning o‘sibrivojlanishi va hosildorligi o‘rganilib, 2015 yildan Davlat reyestiriga limonning Meyer navi, apelsinning Gamlin, mandarinning Klementin navlari respublikamizning barcha mintaыalarida issiqxona va handaklarida o‘stirish uchun tavsiya qilindi. FAOning 2011 yildagi ma’lumotiga ko‘ra, 13,861 ming tonna dunyoda limoni ishlab chiqarilgan bo‘lib, shu jumladan Hindiston – 2 108 ming tonna, Meksika – 2 147,7 ming tonna, Argentina – 1 228,7 ming tonna, Xitoy – 1 313,4 ming tonna, Brazilya – 1 126,7 ming tonna, AQSh – 8 346,1 ming tonna va Turkiya – 790,2 ming tonna, Ispaniya – 700 ming tonna va Italiya – 483,1 ming tonna limon mahsuloti eksport qilingan. O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda 1 200 gektar issiqxonalarda 60 ming tonna limon yetishtirilib, shundan 2 400 tonnasi eksport qilingan. Limon koʼchatlarini oʼtqazish uchun issiqxona tuprogʼi yaxshilab tekislanadi hamda 50-60 sm chuqurlikda ishlanishi lozim. Bunda gektariga 60-80 t chirigan goʼng, 600 kg superfosfat va 150 kg kaliyli oʼgitlar solinadi. Issiqxonada limon koʼchatlarini 3×4 m sxemasida oʼtqazish maʼqul. Koʼchat oʼtqazish joylari rejalangandan keyin 60 sm chuqurlikda oʼralar kovlanadi. Koʼchat oʼtqazish paytida har qaysi chuqurga yana 10- 15 kg chirigan goʼng, 100-150 g superfosfat va 50 g dan kaliy oʼgʼitlari solinadi. Ildizlari yaxshi rivojlangan bir va ikki yillik limon koʼchatlarida 3- 4 tagacha birinchi tartib novdalar boʼlishi, tanasining yoʼgʼonligi 0,7-0,8 sm, ikki yilliklarida esa ikkinchi tartib novdalari va tanasining yoʼgʼonligi kamida 1 sm boʼlishi shart. Limon mevalarning shifobaxshlik xususiyatlari Sitrus o‘simliklari mevasining tarkibida ko‘p miqdorda vitaminlar, mineral moddalar, organik kislotalar, inson organizmi uchun zarur bo‘lgan davolovchi ozuqa moddalari mavjud. Jumladan, O‘zbekistonda sitrus o‘simliklaridan eng ko‘p yetishtiriladigani limon hisoblanib, u eng qimmatli shifobaxsh va tetiklashtiruvchi mevalardan biri. Mevasining tarkibida 2 foizga yaqin shakar, 6–8% turli kislotalar (asosan limon kislotasi), 1 foizdan ko‘proq pektin moddalari, 0,5 foizga yaqin har xil mineral tuzlar, 60–90 mg S vitamini, ma’lum miqdorda A, V1, V2, RR vitaminlari bo‘ladi. Tabobatda limon turli yurak-tomir tizimi kasalliklari, singa, sil, angina, organizmda moddalar almashinuvi buzilishi, bod kasaligini davolashda qo‘llaniladi. Bundan tashqari limon tarkibidagi RR guruhi vitaminlari qon bosimi pasayishiga yordam beradi va miyada qon quyulib qolishining oldini oladi. Bundan tashqari, limon mevalarini uzoq saqlanganda va qayta ishlanganda ham tarkibidagi vitaminlarning yaxshi saqlanishi uning qimmatli xususiyatlaridan biridir.
Limon o‘simligini agrobiologik xususiyatlari Limon o‘simliklari issiqsevar bo‘lganligi bois, u sovuqqa chidamsiz, shu sababli uning mevalarining yetilishi uchun juda ko‘p miqdorda foydali issiq harorat yig‘indisini talab qiladi. Shuning uchun respublikamizda limon o‘simliklarini himoya qilingan joylarda, ya’ni issiqxona va handaklarda ekib o‘stiriladi (lekin, ushbu inshootlarning usti yoz faslida ochib qo‘yiladi). Limon o‘simliklari qulay o‘sib-rivojlanishi va hosil tugishi uchun 4000ºS dan ortiq foydali harorat yig‘indisini talab qiladi. Biroq, limon mevalari -2,5°S, barg va bir yillik novdalari -3–4°S da zararlanib, haroratning -5–6°S gacha pasayishi qariroq shoxlarning halok bo‘lishiga olib kelib, -8–9oS da esa o‘simlikni butunlay sovuq uradi. Issiqxona va handaklarda ob-havo sharoitlariga, o‘simlik yoshiga, meva berish darajasiga va boshqa omillarga qarab sutkalik havo harorati +12ºS bo‘lib, tuproq harorati +5ºS da limon o‘simliklarining kurtaklari ochilib novdalari o‘sa boshlaydi. Fevral boshlarida plastik moddalar ajralib chiqadi, shuningdek, ko‘p miqdorda gulkurtaklar vujudga keladi, bular yuqori hosil olish uchun katta ahamiyatga ega. Issiqxona xamda handaklarda o‘rtacha havo harorati 16–18ºS va tuproq harorati 14– 17ºS bo‘lganda limon gulining g‘unchalari shakllanadi. Mart-aprel oylarida issiqxona va handakda havo harorati 18–22ºS va tuproq harorati 21ºS bo‘lganda gullari qiyg‘os ochilib, gullash davomiyligi 20–25 kunni tashkil etadi. Meva tugunlarini shakllanib va tutib qolishi uchun ushbu haroratni ushlash maqsadga muvofiqdir. Limon o‘z-o‘zidan va chetdan changlanadigan o‘simlik bo‘lganligi sababli asalarilarda foydalanish tugunchalarning ko‘proq hosil bo‘lishiga yordam beradi. Aprel oxiri may boshlarida sutkalik o‘rtacha harorat 22ºS bo‘lganida mevalarning shakllanish bosqichi boshlanadi va iyunning birinchi o‘n kunligida havo harorati 25,4ºS bo‘lganida tugaydi. Meva tugishi va ularning rivojlanishi uchun birinchi o‘n kunlikda havo 20–25ºS gacha qizishi va nisbiy namlik 70–80% bo‘lishi zarur. Bunday sharoitda limon o‘simligi ancha yaxshi gullab mo‘l hosil tugadi. Havo quruqligi va haroratning keskin oshishi tugunlarning ko‘plab to‘kilib ketishiga olib kelishi mumkin. May-iyunda oylarida limon mevasi tez rivojlanadi, keyin o‘sishi bir oz sekinlashadi. Shu bilan birga, oktyabr oyigacha po‘sti sarg‘ayguncha yiriklashaveradi. Noyabr-dekabr boshlarida meva pishib, noyabrda limon o‘simligi tinim davriga kiradi. Ushbu davrda issiqxona va handakda harorat o‘rtacha +8ºS dan oshmasligi kerak. Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda bir qator xo‘jaliklarni tajribasi shuni ko‘rsatdiki, mamlakatimizda faol haroratning yuqori bo‘lishi limon navlari ichida eng ko‘p ekilgan Meyer navidan yaxshi sifatli mo‘l va muntazam hosil olish imkonini berdi. Bu nav nisbatan kichikligi va erta meva bera boshlashi bilan farqlanib, (ko‘chati o‘tqazilgandan so‘ng 2-yili), u mahalliy sharoitga ko‘proq moslashgan.
Ozuqa moddalarining yetishmasligi Azot yoki fosfor barglarning barchasi och-yashil yoki sarg‘ish-yashil tus oladi, daraxt o‘sishi sekinlashadi, hosil kamayadi. Azot yetishmasligi geografik tarqalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi.Kaliy mevalar kichik, ularning qobig‘i yupka va g‘ayrioddiy sillik bo‘lib qoladi. Kalsiy boshqa tashqi belgilar mavjud bo‘lmagan holda, daraxt o‘sishi juda sekinlashadi va hosil kamayadi.Mis yosh novdalar keragidan ortik uzayib, barglar kattalashib ketadi; poyada yelim hosil bo‘lishi va novdalar uchidan boshlab nobud bo‘lishi mumkin. Kasalliklarga qarshi ekinga tarkibida mis bo‘lgan fungitsidlar purkaladigan joylarda mis yetishmasligi kuzatilmaydi. Limon (fors tilida “tilla daraxt” degan maʼnoni anglatadi) – rutadoshlar (sitruslar turkumi)ga kiradigan doim yashil ko‘p yillik daraxtlar turi, mevali ekin. Vatani – Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo. O‘rta Yer dengizi, AQSH, Meksika, Argentina kabi mamlakatlari subtropiklarida, Kavkazning Qora dengiz bo‘ylarida, O‘zbekiston va Tojikistonda issiqxona va transheyalarda ekiladi. Limon qalamchasidan va payvandlash yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Issiqsevar, yorug‘sevar va namga talabchan o‘simlik. O‘zbekistonda 1949-yildan limonni transheyada o‘stirish ishlari boshlangan, lekin bu usulda limon daraxtlari hosil bermagan. 1960-yillar boshidan limonni issiqxonalarda va transheyalarda o‘stirishga o‘tildi va O‘zbekistonda bog‘dorchilikning yangi tarmog‘i – limonariyalarda limonchilik gurkirab rivojlandi.
Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida limonning 4 ta navi yetishtiriladi. Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan limon mahsuloti Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda
Foydalanilgan adabiyotlar 1.Mirziyoyev Sh.M. “Limonchilik tarmog’ini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar tog’risida”. 2.Faxriddinov N.Z. Sitrus o’simliklar yashil qalamchalarning turli muddatlarda ildiz olishi.Toshkent davlat agrar unversiteti ilmiy asarlar to’plami. 3. Gulyamov B.X., Ismoilov S.Y., Normurodov I.T., Sitrus ekinlarini yetishtirish texnologiyasi. 4.Faxriddinov M.Z. Limonchilikning o’ziga xos sir-sinoatlari, “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat milliy nashriyoti 5.Ribakov A.A., Ostrouxova S.A., Plodovodstvo O’zbekiston. 6. Mirzayev M.M., Sobirov M.K. Bog’dorchilik. 7.Boyqo’ziyev R., Hoshimov N. Limon- keltirar million. 8.B.A.Xasanov, Ochilov R.O., Xolmurodov E.A., Gulmurodov R.A. Mevali va yong’oqli mevali daraxtlar, sitrus, rezavor mevali butalar hamda tok kasalliklari va ularga qarshi kurashish.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.