Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, o‘quv dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish hamda yosh avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Zero, Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish bevosita ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq. Bu borada milliy pedagogika tariximizga nazar tashlash va undagi eng ilg‘or tajribalarni qayta kashf etish muhim ahamiyat kasb etadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida paydo bo‘lgan jadidchilik harakati nafaqat siyosiy, balki kuchli pedagogik fenomen edi.
На сегодняшний день коренное улучшение качества образования, совершенствование учебных программ на основе международных стандартов, а также воспитание молодого поколения в духе национальных и общечеловеческих ценностей стали приоритетными направлениями государственной политики нашей страны. Ведь возведение фундамента Третьего Ренессанса в Новом Узбекистане напрямую связано с модернизацией системы образования.