TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Boymatov Bahrom Eshmamatovich
Termiz davlat universiteti “Geografiya” kafedrasi magistranti
Annotatsiya
Maqolada umumiy oliy ta’limda geografiya fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishning zaruriyati bayon qilingan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan biri bo’lgan “Keys-stady” usuli atroflicha tahlil qilingan va tegishli xulosa qilingan.
Kalit so’zlar: maktab, geografiya, zamonaviy ta’lim, keys stady, innovatsiya, o’qituvchi, blits savol.
Kirish. O‘quv mashg‘ulotlarini pedagogik va axborot texnologiyalar asosida tashkil etishda fan, texnika, texnologiyaning yutuqlari, respublikada joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari ortasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashi, oliy ta’limda uzluksiz o‘qitiladigan fanlarda mavzularning mantiqiy ketma-ketligi, oddiydan murakkablikka, xususiydan umumiylikka o‘tib borish tamoyillariga amal qilinishi shart.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Ta’lim va tarbiya sohasidagi tub islohatlarni yuksak bosqichga ko‘tarish muhim vazifamiz va muqaddas burchimizdir deb takidlaganidek shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Demokratik jamiyat qurilishni va uning taraqqiyotini ta’lim va tarbiya sohasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu ta’lim-tarbiya sohasini milliy madaniy meros va umumiy e’tirof etilgan demokratik prinsiplarga asoslanishi bilan bog‘liq. Shu ma’noda bu sohada chuqur islohatlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda ilm-fan va ta’lim inson faoliyatining barcha sohalariga yangi texnologiyalarni joriy etish, mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirish, turmush darajasini ko‘tarishning muhim shartiga aylanib bormoqda. Ilm-fan va ta’lim sohasidagi institutsional o‘zgarishlar, birinchi navbatda, o‘qitish sifati, ilmiy salohiyat darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchidan, innovatsiyalarni rivojlantirish negizida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu jihatdan oilb qaralganda oliy ta’limning sifati va samaradorligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Metod. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy qilish, o‘quv jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash, ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish ta’lim oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Ana shunday vazifalarni amalga oshirishda jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan hisoblangan “Keys-stadi” texnologiyasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
“Keys-stadi” texnologiyasining asosiy maqsadi o‘quvchilarning bilim olish jarayonini faollashtirish, mavjud muammoli vaziyatlarni hal qilish orqali ularning ilmiy–ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek, Keys-stadi texnologiyasi talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarini hamkorlikda qo‘llashga, taklif qilingan yechimlarni tahlil qilish orqali muqobil yechimini izlashga o‘rgatuvchi ta’lim texnologiyasidir
“Keys-stadi” texnologiyasining mazmun-mohiyati shundaki, uning asosini aniq vaziyat yoki hodisa tashkil etadi (“case” - hodisa). Shuning uchun, birinchidan, tahlil etilayotgan hodisada real hayotiy vaziyat aks etishi kerak, ikkinchidan, bu vaziyatda hali oxirigacha hal qilinmagan, yashirin muammo yoki bir nechta muammolar bo‘lishi zarur
“Keys-stadi” texnologiyasi muammoli o‘qitish texnologiyalaridan bir hisoblanadi. Bu texnologiyaning muammoli ta’lim texnologiyasidan farqi shundaki, “Keys-stadi” texnologiyasida aniq vaziyat va xodisalar muammoli tarzda beriladi. Mazkur texnologiya aniq o‘quv materiallar asosida maxsus ishlab chiqilgan muammoli aniq vaziyatlarning yechimiga yo‘naltirilgan bo‘lib, oldindan dars mashg‘uloti mavzusi asosida tuziladi va talabalar bilan birgalikda bu muammoni tahlil qilish maqsadini ko‘zlaydi.
Bunda o‘qituvchi ko‘p variantli muammoni bayon qiladi, talabalar bu muammoni yechimini topish uchun o‘z fikr va mulohazalarini aytadi, bu jarayonda o‘qituvchi talabalarda muammoni yechishda yetishmayotgan bilimlarni aniqlab, muammoni yechimini izlash va topishga kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berib boradi. Bunda talabalar mustaqil faoliyatga yo‘naltirilib, shu kungacha olgan bilimlarni umumlashtirib, o‘z tajribasidan foydalangan holda muammoning o‘ziga xos yechimini topish yo‘llarini izlaydi. Bunday vaziyatda talabalardan darsda egallagan bilimlaridan tashqari qo‘shimcha ma’lumotlar, kundalik axborotlar ham kerak bo‘ladi. Turli manbalardan qo‘shimcha ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va axborotlar bilan ishlash jarayonida talabalar mustaqil ravishda xulosa chiqaradi, muammoli vaziyatni hal etish bo‘yicha o‘z takliflarini beradi.
Biz quyida “Jahon siyosiy kartasi” mavzusini o‘qitishda Keys-stadi texnologiyasidan foydalanish metodikasini ko’rsatib o’tmoqchimiz.
Amaliy mashg‘ulot mavzusi: Jahon siyosiy kartasi. (2 soat)
Darsning ta’limiy maqsadi: Talabalarning jahonning siyosiy xaritasi, uning shakllanish bosqichlari, ulardagi o’zgarish to’g’risidagi ma’ruzada egallagan bilimlarini amaliy topshiriqlarni bajarish va keyslarni muhokama qilish orqali kengaytirish va mustahkamlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Talabalarni vatanparvarlik, baynalminal, ekologik, estetik, ahloqiy, ruhda tarbiyalash, tabiiy resurslardan oqilona fodalanish va ularni muhofaza qilishga o‘rgatish, milliy qadriyatlarimizni e’zozlashga o‘rgatish, ajdodlarga hurmat, iftixor, g‘urur tuyg‘usini shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarning jahonning siyosiy xaritasi yuzasidan ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, darslik, qo‘shimcha adabiyot, atlas va yozuvsiz xarita, jadval va statistik ma’lumotlar ustida mustaqil ishlash, tahlil qilish ko‘nikmalarini hamda nutq va muloqat madaniyatini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: Jahonning siyosiy xaritasi, jahon mamlakatlari atlasi, mintaqalarning va O’zbekistonning siyosiy xaritasi, siyosiy globus, o‘quv qo‘llanmalar yoki ma’ruza matnlari, Jahon mamlakatlariga oid jadvallar, rasmlar va tarqatma materiallar, shuningdek proektor va prezentasiya materialllari.
Darsda qo‘llaniladigan texnologiya: “Blis-savol”, kichik guruhlarda “Keysstadi” texnologiyasi, kartografik, “Kim chaqqon” o’yini.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Talabalarning mashg‘ulot mavzusi, maqsadi, borishi va mustaqil bajariladigan o‘quv topshiriqlari bilan tanishtirish.
II. O‘tilgan darsni takrorlash. Blis-savollarga javob bering
Blis-savollarga javob bering.
3-rasm. Jahon siyosiy kartasini o‘qitishda “Blis-savol”lar
BLITS-SAVOL
1. “Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kursining maqsadi nima?
2. “Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”kursi qanday vazifalarni hal
qiladi?
3. “Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kursi qaysi fanlar bilan
aloqa qiladi?
III. Asosiy qism. Yangi mavzuni o‘rganish.
a) Talabalarni kichik guruhlarga ajratib, guruhlar tomonidan belgilangan va o‘quv topshiriqlarini mustaqil ravishda, sifatli bajarishga erishish.
b) o‘quv materiali asosida oldindan ishlab chiqilgan keyslarni muhokama qilish va ularni yechimiga qaratilgan o‘quv faoliyatini amalga oshirish.
1-muammoni shakllantirish: Yangi davr siyosiy kartasi shakllanishida Buyuk geografik kashfiyotlar alohida o‘rin egallaydi. 1492-yilda Xristofor Kolumb tomonidan Yangi Yer – Amerika qit’asiga uyushtirilgan ekspeditsiya natijasida boshlangan Buyuk geografik kashfiyotlar siyosiy kartada bir qator o‘zgarishlarning yuz berishiga sababchi bo‘ldi. Qit’aning shimoliy qismi asosan Angliya va Frantsiya, janubi esa Ispaniya va Portugaliyaning mustamlaka hududlariga aylandi. Shuningdek, bu davrda butun dunyoda mustamlakachilik tizimi avj oldi. XVIII-XIX asrga kelib mustamlakachilik tizimiga qarshi koloniyalarda milliy ozodlik harakatlari boshlandi. Bunday harakatlarning sodir bo’lishiga qanday omillar sabab bo’lgan?
1. Nima sababdan yirik davlatlar dunyo bo’ylab mustamlaka hududlarini ko’paytirgan?
2. Qaysi mintaqalarda mustamlakachilik tizimi avj olgan?
3. Mustamlaka hududlar nega qudratli davlatlar ta’siri ostidan chiqishga harakat qilgan?
4. Dastlabki ozodlik harakatlari qaysi hududlarda boshlangan?
5. Mustamlaka hududlarning ozodlikka erishishi natijasida yangi shakllangan davlatlar qanday rivojlanmoqda?
2-muammoni shakllantirish: Jahon siyosiy xaritasining shakllanishida XX asrda sodir bo’lgan harbiy-siyosiy jarayonlarning yuz berishi juda muhim hisoblanadi. Bu davrda yirik imperiyalarning paydo bo’lishi hamda ularning parchalanishi asosiy siyosiy voqealardan biri bo’ldi. Natijada jahon siyosiy xaritasida eng ko’p davlatlar shu davrda yuzaga keldi? Buni sabablarini izohlang.
1. XX asr davomida qanday imperiyalar paydo bo’ldi va qanday imperiyalar parchalandi?
2. XX asrning birinchi yarmida qanday davlatlar mustaqillikka erishgan?
3. Nima sababdan XX asrning ikkinchi yarmida mustaqil davlatlar soni keskin ko’paygan?
4. Jahon siyosiy xaritasining shakllanishida BMTning ahamiyati qanday?
5. XX asrning so’ngi o’n yilligida jahon siyosiy xaritasida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?
3-muammoni shakllantirish: Jahon siyosiy xaritasining so’ngi yillardagi (XXI asrdagi) o‘zgarishi ko‘p millatli mamlakatlarda etnik-milliy jarayonlarning siyosiy tus olishi, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy, diniy munosabatlarning keskinlashuvi natijasida yuz bermoqda. Bunday geosiyosiy jarayonlar qaysi mintaqalarda avj olmoqda?
1. Ko‘p millatli mamlakatlarda etnik-milliy jarayonlarning siyosiy tus olishiga sabab nima?
2. So’ngi yillardagi etnik-milliy siyosiy jarayonlar natijasida jahon siyosiy xaritasida qanday davlatlar paydo bo’ldi?
3. Turli xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy, diniy munosabatlar asosan qaysi hududlarda keskinlashib bormoqda?
4. Jahon siyosiy xaritasidagi bahs-munozarali, siyosiy nizoli hududlar haqida nimalarni bilasiz?
5. Shu kunlarda jahonda sodir bo’layotgan siyosiy voqea va hodisalar to’g’risida nima deya olasiz?
IV. Mavzuni mustahkamlash. “Kim chaqqon” o’yinida faol qatnashing.
Jadvalni to’ldiring
(Har bir qit’aga 10 tadan davlatni poytaxti bilan yozing) T/R Yevropa Osiyo Afrika Amerika
1 Italiya-Rim
V. Dаrsni yakunlаsh vа bаholаsh.
VI. Uygа vаzifа bеrish. Jahon siyosiy xаritаsini ёzuvsiz xаritаgа tushirib, so’ngi yillarda ikkiga ajralgan davlatlarga oid “Vеnn diаgrаmmаsi”ni tuzing. (Sudan va Janubiy Sudan, Serbiya va Chernogoriya va hokazo)
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Yuqoridagi kabi amaliy mashg‘ulot darslarida keys-stadi texnologiyasini qo‘llagan holda, kreotiv topshiriqlarni berish, ularni bajarish davomida, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun lozim bo‘lgan ko‘rsatma va tavsiyalarni berib borish maqsadga muvofiq. Keyslar bilan ishlashda talabalarga erkinlik berish, egallangan bilimlar negizida yangi bilimlarni o‘zlashtirishlari uchun qulay sharoitlar yaratish ularda mustaqil fikrga ega bo‘lish, o‘z fikrini to‘la bayon qilib berish kabi xislatlarni shakllantiradi. Talaba ma’ruzada egallagan bilimlarini keys-stadi texnologiyasi asosida mustahkamlab olganidan so‘ng amaliy topshiriqlarni bajarilganda, birinchidan, talabalar topshiriqning mazmunmohiyatini to‘liq anglagan holda bajaradi, ikkinchidan, topshiriqni tez va oson bajaradi, uchinchidan yuqori natijalarga erishadi. Natijada talabalar kreotiv va mustaqil fikrlash, tahlil qilish, taqqoslash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. Sh.M. Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” Toshkent-«O‘zbekiston» - 2016. 56 bet
2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim xamda oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni attestasiyadan o’tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi № 365 sonli Qarori.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil. 11-12-son, 295-modda.
4. Rajabov F.T. Abdimurotov O.U. Табиий география курсларида амалий машғулотларни ташкил қилишда янги педагогик технологияларни қўллаш услубиёти. Academic research in educational sciences (ares) 2020/12 issn 2181-1385 volume 1, issue 4 december 2020
5. Abdimurotov O.U. “Yevrosiyo materigi”ni o'qitishda “keys stadi” metodidan foydalanish usullari. Academic research in educational sciences (ares) issn 2181-1385 volume 2, issue 1. 2021
6. Xodiyev B, Golish L “Keys-stadi texnologiyasi iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarida zamonaviy taʼlim texnologiyalarini qo‘llash” –T.: “Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti” 2009.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.