ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SIRG’ALI TUMAN SUDINING SUDYASI

Abstract

Ushbu maqolada jinoyat protsessining sudgacha bo’lgan bosqichi, ya’ni jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida axborot texnologiya vositalaridan foydalanishning protsessual jihatlarini o’rganishga bag’ishlangan. Ishda axborot texnologiya vositalaridan foydalanish qoidalarini tartibga soluvchi milliy va xalqaro qonunchilik normalarini o’rganish natijasida tergov harakatlarini o’tkazish amaliyotiga bir necta takliflar berib o’tilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

JINOYAT ISHLARI BO’YICHA SIRG’ALI TUMAN SUDINING SUDYASI

Kaxarov Oybek Naqshband o’g’li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Advokatlik faoliyati” yo’nalishi talabasi

Do’smurodova Dildora Vali qizi

Jinоyаt ishlаrini tergоv qilishdа аxbоrоt texnоlоgiyа vositalaridan foydalanishning

protsessual jihatlari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jinoyat protsessining sudgacha bo’lgan bosqichi, ya’ni jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida axborot texnologiya vositalaridan foydalanishning protsessual jihatlarini o’rganishga bag’ishlangan. Ishda axborot texnologiya vositalaridan foydalanish qoidalarini tartibga soluvchi milliy va xalqaro qonunchilik normalarini o’rganish natijasida tergov harakatlarini o’tkazish amaliyotiga bir necta takliflar berib o’tilgan.

CRIMINAL COURT JUDGE OF SIRGALI DISTRICT COURT

ANNOTATION

This article is dedicated to the study of the procedural aspects of the use of information technology tools during the pre-trial phase of criminal proceedings, that is, during the investigation of criminal cases. As a result of the study of the national and international legal norms regulating the use of information technology tools, several suggestions were made for the practice of investigative actions.

СУДЬЯ УГОЛОВНОГО СУДА СИРГАЛЬСКОГО РАЙОННОГО СУДА

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена исследованию процессуальных аспектов использования средств информационных технологий на досудебной стадии уголовного судопроизводства, то есть при расследовании уголовных дел. В результате изучения национальных и международных правовых норм, регулирующих использование средств информационных технологий, было сделано несколько предложений по практике проведения следственных действий.

Axborot texnologiyalari atalmish elektron vositalarining yaratilishi, ulardan foydalanish borasidagi bugungi yangi imkoniyatlar dunyo e’tibori markazda ekanligi sir emas. O‘z ortidan jamiyat, iqtisodiyot va huquqiy munosabatlarning o‘zgarishiga yetaklayotgan raqamli axborot sohasidagi bunday jadal rivojlanish va takomillashishga “Axborot texnologiyalari davri” sifatida qaralmoqda. Axborot texnologiyalari huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini samarali tashkil etishda ham muhim o‘ringa ega. Shuning uchun ham jinoyat-protsessual munosabatlarda “elektron jinoiy-huquqiy statistika”, “elektron jinoyat ishi”, “protsessual harakatlarni amalga oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish”, “videokonferensaloqa”, “hujjatlarning idoralararo elektron aylanmasi” va “elektron nazorat” kabi yangi tushunchalarni kirib kelishi hamda amaliyotga tadbiq etilishiga omil bo‘lmoqda.

Hozirda jamiyatni axborotlashtirish borasida nazariya va amaliyotda ko‘plab tushunchalar, ta’riflar vujudga kelgan. Kundalik hayotda ham ularni bevosita qo‘llovchi mutaxassislar tomonidan foydalanilishi allaqachon tabiiy tus olgan. Qolaversa, bu tushunchalar bosqichma-bosqich tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan ham tartibga solinib borilmoqda. Huquqiy adabiyotlar, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarning axborot-huquqiy bazalari tahlili kundalik hayotida teztez uchrab turadigan “raqamli axborot”, “axborot texnologiyalari”, “telekommunikatsion texnologiyalar”, “kompyuter texnologiyalari”, “axborot kommunikatsion texnologiyalar”, “elektron axborot texnologiyalari” va boshqa shu kabi tushunchalarni o‘rganishga imkon beradi. Qayd etilgan tushunchalar o‘zaro o‘xshash, ma’nodosh va sinonim jumlalar bo‘lsada, ulardan ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash singari turli ma’nolar va maqsadlarda foydalanish mumkin.

Bundan tashqari, aksariyat mualliflar jinoyat protsessida “ma’lumot tashuvchi” va “axborot tashuvchi” tushunchalarining nomutanosibligi1, shuningdek, jinoyatprotsessual munosabatlarda axborot-kommunikatsion sohasi to‘liq huquqiy tartibga solinmaganligi bilan izohlab, mazkur omil huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini ishni yuritish jarayonida axborot texnologiyalaridan to‘liq foydalanish 1 Григорьев А. Н. Теоретические аспекты информации и ее защиты в предварительном расследовании преступлений: Дис. ... канд. юрид. наук. Калининград, 2017. С. 24; Зуев С. В. Информационное обеспечение уголовного процесса: Дис.... канд. юрид. наук. Омск, 2015. С. 6. imkonini cheklashi va o‘z navbatida huquqni qo‘llash amaliyotida ulardan foydalanishda ayrim muammolariga olib kelishini ko‘rsatadilar2.

Jinoyat protsessida axborot texnologiyalaridan foydalanishning huquqiy asosini yaratish uchun, avvalo jinoyat protsessida ushbu sohada qo‘llaniluvchi tushunchalarning doirasini belgilash, ularning jinoyat protsessida tutgan o‘rni va ahamiyatini aniqlashtirish zarur.

“Axborot” tushunchasi xorijiy adabiyotlarda “informatsiya” shaklida qo‘llanilib, (arabcha “خبر – xabar”, lotincha “Informātiō” so‘zidan olingan va “tushuntirish, taqdimot, biror narsaning konsepsiyasi”, “أخبار – axbar”, “informare”, – “xabar (forma) berish, taqdim etish; o‘ylash, shakllarni tasavvur qilish”3,4) ularning tasavvur etilish shaklidan qat’iy nazar ma’lumot, xabar ma’nosini anglatadi. Keng qo‘llanilishiga qaramay, axborotning tushunchasi fanda eng ziddiyatli bo‘lishi bilan birga, atama sifatida turli sohalarda qo‘llashda har xil ma’nolarga ega.

O‘zbek tilining izohli lug‘atida “axborot” so‘zi ish, voqea-hodisalar haqida tushuncha beruvchi xabar, ma’lumot ma’nolarini anglatishi ko‘rsatilgan5.

O‘zbekiston Respublikasi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra, axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ekanligi ko‘rsatilgan6.

Ijtimoiy sohalarning axborotlashuvi va axborot texnologiyalari imkoniyatalaridan tobora keng foydalanila boshlanishi, ushbu integratsiyalashgan jarayonlarni huquqiy jihatdan tartibga solish zarurati paydo bo‘lishiga olib keldi. 2 Егоров В.А. Организация правоохранительной деятельности с использованием информационных технологий: Автореф. дис. ... д-ра юрид. наук. Саратов, 2007. С. 7; Калиновский К. Б. Проблемы правового регулирования информационного пространства в сфере уголовного судопроизводства // Актуальные проблемы безопасности информационного пространства: материалы Всерос. науч.-практ. конф. Санкт-Петербург, 5-8 окт. 1999 года / Под общ. ред. В. П. Сальникова. СПб., 1999. С. 63-65. 3 https://en.wiktionary.org/wiki/%D8%A3%D8%AE%D8%A8%D8%A7%D8%B1 (мурожаат вақти: 23.06.2023) 4 https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%98%D0%BD%D1%84%D0%BE%D1%80%D0%BC%D0%B0%D1%86%D0%B8%D1%8F (мурожаат вақти: 01.09.2021) 5 Ўзбек тилининг изоҳли луғати: [Текст]: 80 000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси: 5 жилдли / ЎзР ФА А. Навоий номидаги Тил ва адабиёти ин-ти; А. Мадвалиев таҳрири остида; таҳрир ҳайъати Э. Бегматов [etc.]. - Тошкент : Ўзбекистон миллий энциклопедияси, [2006-2008]. - 25 Qarang; ISBN 978-9943-07-051-6. 1-Жилд. // https://n.ziyouz.com/books/uzbek_tilining_izohli_lugati/O'zbek% 20tilining%20izohli%20lug'ati%20-%20A.pdf (мурожаат вақти: 23.06.2023) 6 Ўзбекистон Республикасининг 12.12.2002 йилдаги 439-II-сон Қонуни // https://lex.uz/docs/52268 Buning natijasida, huquqiy maydonda “axborot huquqi” tushunchasi va tarmog‘ining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.

Elektron dalillar tushunchasiga yuridik fanda va qonunchilikda nazariyhuquqiy jihatdan yetarlicha ta'rif berilmaganligi hamda elektron dalilning mohiyati va mazmuni yuzasidan olimlar o‘rtasida yagona yondashuv shakllanmaganligini ta'kidlash lozim. Bitiruv malakaviy ish davomida elektron dalillarning yuridik tabiatini tahlil qilib quyidagicha ta'rif berish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. “Elektron dalil – bu axborot texnologiyalari orqali yaratilgan, uzatilgan, qayta ishlanadigan, saqlanadigan va hamda uni identifikasiya qilishimkoniyatini beradigan raqamli ma'lumot”.

JPK 106-moddasining 2-qismiga ko‘ra, so‘roq jarayonida bayonnoma yuritish bilan bir qatorda ovozni yozib olish, videoyozuv va kinotasvirga olish ham qo‘llanilishi mumkin. Bizning fikrimizcha so‘roq qilish tergov harakati to‘liq elektronlashtirilishi va so‘roq jarayoni uchun ham maxsus xonalar kerakli axborot texnologiyalari bilan ta'minlangan holda tashkil etilishi lozim va bayonnoma yuritilmasligi uning o‘rniga so‘roq jarayoni videosi maxsus disk va fleshkalarda saqlanishi lozim va ish hujjatlariga qo‘shib qo‘yilishi kerak . Xorijiy mamlakatlar tajribasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Koreyada prokuratura va polisiya idoralarida so‘roq jarayoni uchun alohida xonalar ajratilib, xonalarga video, ovoz yozish moslamalari o‘rnatilgan hamda so‘roq jarayonini kuzatish xonasi tashkil etilgan. Shu bilan birga, so‘roq jarayoni yoziladigan kompyuterning monitori bir vaqtning o‘zida so‘roq qilinuvchi va uning advokatiga ko‘rinib turishi, xato yozilgan so‘zlar yoki holatlarga tuzatish kiritish uchun joyning o‘zida fikr bildirish imkoni yaratilgan. Tergov organi raxbari kuzatuv xonasidan so‘roq jarayonini bevosita kuzatib borishi mumkin. Shuningdek, tergovchiga so‘roq vaqtida yana qaysi holatlarga e'tibor qaratish lozimligi, qo‘shimcha berilishi zarur bo‘lgan savollar yuzasidan yordam ko‘rsatilishi mumkin. Mazkur xonadan tergov harakatlarini amaliy jihatdan o‘rganish, tajriba oshirish maqsadida ish o‘rganuvchilar, malaka oshiruvchilar ham kuzatishi, shu bilan birga tergovchining harakatlari qonuniyligi va bilim darajasini baholab borishda ham foydalanilishi mumkin.

Yuqorida keltirib o‘tilgan tergov harakatlarini takomillashtirib ish bo‘yicha to‘plangan dalillarni elektronlashtirish orqali ko‘plab qulayliklarga ega bo‘lamiz va ish samaradorligi bir necha barobarga oshadi. Birinchidan, tergovchi zudlik bilan tergov harakatlarini masalan, ko‘zdan kechirish tergov harakatini o‘tkazishi lozim bo‘lsa, kelishini kutishi kerak bo‘ladi aks holda dalillar to‘g‘ri olinmaydi va dalil o‘zining prosessual kuchini yo‘qotadi, ko‘zdan kechirish tergov harakatidan olingan dalillarni elektronlashtirish xususan videotasvirga olish uchun esa kerakli texnikalarning o‘zi yetarli. Bundan tashqari JPKning 75-moddasiga ko‘ra, xolis sifatida chaqirilgan shaxsning ish joyidagi o‘rtacha oylik maoshi uning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud huzuriga chaqirilishi munosabati bilan ketgan hamma vaqt uchun saqlanadi. Ishlamaydigan shaxslarga ular kundalik mashg‘ulotlari bilan shug‘ullana olmaganliklari uchun haq to‘lanadi. Bundan tashqari ko‘rsatilgan hamma shaxslar chaqirilish munosabati bilan qilgan sarfxarajatlarini undirish huquqiga egadir. Texnik vositalardan foydalanib dalillarni elektronlashtirish orqali biz xolislarga davlat tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni ham tejab qolaolamiz. Ikkinchidan tergov harakatlari davomida taftish qilish orqali olingan elektron dalillarni qog’ozga chiqarib olish sarf xarajatlarni ko’paytirish va ortiqcha vaqt sarf qiladigan jarayon hisoblanadi va o’zining haqiqiylik xususiyatini yo’qotadi, chunki elektron xujjatlarda maxsus elektron raqamli imzolar, boshqa sayt va bazalarga kiruvchi maxsus ilovalar bo’lishi mumkin. Tergovdan olingan natijalarni ko’zdan kechirmoqchi bo’lgan sudya, prokuror va jinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ularni to’liq tahlil qilaolmasligi mumkin. Uchinchidan, so‘roq jarayonida olingan ko‘rsatuvlarnini videotasvirga olish va maxsus ovoz yozuvchi apparatlardan foydalanish orqali keyinchalik ko‘rsatuvlarni o‘zgartirish yoki ularni soxtalashtirish bilan bog‘liq muammolarning oldini olamiz chunki ularning xesh qiymati xam bayonnomalarda qiritilgan bo‘ladi va agar ularga biror o‘zgartirish kiritilsa qiymatlar soni ham o‘zgaradi.

JPKning 352-moddasiga ko‘ra olib qo‘yish, tintuv o‘tkazish, ko‘zdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment o‘tkazish, tanib olish uchun ko‘rsatish, ko‘rsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, ekspert tadqiqotini o‘tkazish uchun namunalar olish, murdani eksgumasiya qilish kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi. JPKning 91-moddasi 4-qismida esa o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti, shaxsni ushlash, himoyachidan voz kechish; shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish videoyozuv orqali qayd etilishi shart7. Ushbu ikki moddani tahlil qilib shuni aytishimiz mumkinki, tintuv, ko‘zdan kechirish, eksperiment, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatlarida ham xolislarning ishtiroki ta'minlanishi, ham ushbu tergov harakatlari videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Bizning taklifimiz shundan iboratki, videoyozuv orqali qayd etilgan tergov harakatlarida holislarning ishtirokini ta'minlash shart emas. Xorijiy davlatlarning tajribalarida ham bu usul keng tarqalgan. Xususan, Koreyada tergov harakatlari video yozuv bilan qayd etilayotgan bo‘lsa, xolislar ishtirok etishi talab etilmaydi. Tergov jarayonlarining asosiy qismi elektronlashtirilgan bo‘lib, deyarli barchasi video yozuvlar orqali qayd qilinadi. Masalan, hodisa joyini ko‘zdan kechirishda murakkabligiga qarab, dronlar orqali yoxud hodisa joyi markaziga o‘rnatilib, 360 gradusda fotosuratga yohud videoga oluvchi kameralardan foydalaniladi. Bu hodisa joyininng asl holatini o‘zgarib ketmasdan oldin qayd etishda samarali yordam beradi. Ushbe tergov harakatlari orqali olingan dalillar to’liq elektron xisoblanadi va maxsus texnologiyalarda, masalan “blockchain” tizimi orqali shifrlanadi. Bu esa olingan dalillarning maqbul, ishonchli va aloqadorligini baholashning eng qulay va to’g’ri usuli hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasining 12.12.2002-yildagi 439-II-son Qonuni //

2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 30.04.2023-yil. //

3. О внесении изменений и дополнений в Уголовно-процессуальный кодекс РСФСР: Указ Президиума Верховного Совета РСФСР от 31.08.1966 // КонсультантПлюс: официальный сайт. URL: http://www.consultant.ru (дата обращения: 17.09.2019).

4. Federal rules of criminal procedure. December 1, 2020 / TITLE II, TITLE

III, TITLE IV, TITLE VIII and TITLE IX. P. 6, 9, 16, 53, 58.

7 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. Rasmiy nashr – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – Toshkent: “Adolat”, 2020. – 672-bet. https://lex.uz/docs/111460

5. Григорьев А. Н. Теоретические аспекты информации и ее защиты в предварительном расследовании преступлений: Дис. ... канд. юрид. наук. Калининград, 2017. С. 24;

6. Зуев С. В. Информационное обеспечение уголовного процесса: Дис.... канд. юрид. наук. Омск, 2015. С. 6.

7. Abdulaziz М. К, Drake Е. Building the “Paperless” Court И Proceedings of the Court Technology Conference 8. kansas City, 2003. Р. 46.

8. R. Susskind. Online Courts and the Future of Justice. Oxford University Press (December 14, 2019), 368 p

9. Werkwijze van de Rechtspraak na 6 april. URL: rechtspraak/Nieuws/Paginas/Werkwijzevan-de-Rechtspraak-na-6-april.aspx

10. Cуды мира во время пандемии COVID-19. Справка //РАПСИ, 2020.

URL

http://rapsinews.ru/incident_publication/20200413/305702705.html

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.