TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Yadgarov Sherzod Xolmurodovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti
Annotatsiya. Maqolada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining davlat budjeti tushumlaridagi o’rni, o’zgarish dinamikasi, mazkur soliq bo’yicha yuzaga kelayotgan qarzdorliklar va ularning sabablari, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblash va undirishni yanada takomillashtirish yo’llari o‘rganildi.
Kalit so‘zlar: jismoniy shaxslar, jismoniy shaxslarning daromadlari, jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish amaliyoti, davlat budjeti tushumlari, soliq qarzdorliklari, soliqqa tortish va undirishni takomillashtirish.
THE ROLE OF THE PERSONAL INCOME TAX IN STATE BUDGET
REVENUES AND WAYS TO IMPROVE IT FURTHER
Abstract. The article examines the role of personal income tax in the state budget revenues, dynamics of change, debts arising from this tax and their causes, ways to further improve the calculation and collection of personal income tax.
Keywords: individuals, incomes of individuals, practice of taxation of incomes of individuals, state budget revenues, tax debts, improvement of taxation and collection.
РОЛЬ ПОДОХОДНОГО НАЛОГА, ПОЛУЧЕННОГО ОТ ФИЗИЧЕСКИХ
ЛИЦ, В ДОХОДАХ ГОСУДАРСТВЕННОГО БЮДЖЕТА И ПУТИ ЕЕ
ДАЛЬНЕЙШЕГО УЛУЧШЕНИЯ
Абстрактный. В статье рассматривается роль подоходного налога с населения в доходах государственного бюджета, динамика изменения, задолженности, возникающие по этому налогу и их причины, пути дальнейшего совершенствования исчисления и сбора подоходного налога с населения.
Ключевые слова: физические лица, доходы физических лиц, практика налогообложения доходов физических лиц, доходы государственного бюджета, налоговая задолженность, совершенствование налогообложения и собираемости.
KIRISH.
Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyotida soliq yukining optimal holatini aniqlash muammosi doimo mavjud bo‘lib kelgan. Soliq tushumlarining darajasi nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida yuzaga keladi, balki soliq tizimidan samarali foydalanishga va uning o‘z vazifalarini qay darajada bajarishiga ham bogʻliq bo‘ladi. Bu funksiyalarning ta’siri haqida xo‘jalik subyektlaridagi soliq yuki orqali mulohaza qilish mumkin.
Soliq yukining umumiy darajasini belgilash orqali iqtisodiyotni tartiblashning ham ahamiyati tobora ortib bormoqda. Iqtisodiyotni tartiblashga soliqlar orqali ta’sir o‘tkazishda soliq yuki darajasi, uning iqtisodiy taraqqiyot jarayoniga aholining turmush darajasiga ta’siri ko‘pgina iqtisodchi olimlar tomondan o‘rganib chiqilgan. Soliq yukining muayyan davr uchun asoslangan, adolatli va real variantlarining qo‘llanilishi ko‘pgina rivojlangan davlatlarda iqtisodiyotning samarali rivojlanib borishini ta’minlamoqda. Iqtisodiyotni soliqlar orqali boshqarishda, xususan, tarmoqlar o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashda soha va tarmoqlarda soliq yukining tegishli holatini o‘rganish lozim bo‘ladi.
Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish amaliyotiga xos strategik vazifalardan biri aholining iste’mol talabini rag‘batlantirish bilan birgalikda, aholining ma’lum qatlamlari o‘rtasida daromadlarni tekis taqsimlash vazifasini ham bajaradi. Ushbu ikki muhim vazifani amalga oshirishda soliq mexanizmi elementlaridan foydalaniladi. Bunda soliqlar bo‘yicha belgilangan imtiyozlar tizimi markaziy o‘rinni egallaydi. Hozirda “mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali 2026-yil yakuniga qadar kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirish” masalasi Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasining 79-maqsadida muhim yo‘nalish sifatida belgilab berilgan [1].
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimida olib borilayotgan islohotlarda soliqlarning barqaror tushumini ta’minlash, soliq yukini izchil kamaytirish negizida aholi real daromadlarini oshirish orqali iqtisodiy o‘sishga pozitiv ta’sir etuvchi o‘zaro uyg‘unlashgan soliq tizimini shakllantirishga e’tibor qaratilmoqda va ushbu jarayon jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqni hisoblash va undirish, hamda imtiyozlar tizimidan foydalanish samaradorligining tahlili dolzarb, ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatli muammo hisoblanadi.
Adabiyotlar tahlili.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining optimal shkalasini aniqlash zamonaviy optimal soliq solish nazariyasining asosiy masalalaridir, uning rivojlanish asosi 1971-yilda Nobel mukofoti laureati J.Mirrlisning maqolasida o‘z ifodasini topgan (Mirrlees, 1971). Ushbu maqolada J.Mirrlis F.Ramseyning tahliliy ta’rifnomasini umumlashtirdi va kengaytirdi hamda bu sohadagi keyingi tadqiqotlarga asos bo‘lgan matematik modelni ilgari surdi. J.Mirrlis modelining daromad solig‘iga bergan ta’rifida hukumat maqsadi sifatida jamiyat farovonligini maksimallashtirish yotadi. Hukumat maqsadi – soliq shkalasini shunday tanlanishi kerakki, umumiy tushumning bir muncha berilgan miqdorini yig‘ishdir. Mirrlis ishidan keyin chop etilgan Y.Sadka (Sadka, 1976) maqolasida hayratda qoldiradigan darajada va bahsli natijalarni ifoda etadigan fikr bildirilgan, keyinchalik N.Stern (Stern, 1976) va J.Sid (Seade, 1977) tomonidan ularga mantiqiy tushuntirish berildi: daromad shkalasining eng yuqori nuqtasida soliq stavkasi nolga teng bo‘lishi kerak. Shubhasiz, ushbu sharoitda soliq shkalasini yaratish mumkin emas. Shu ma’noda, Mirrlis va uning izdoshlari ijtimoiy farovonlik bo‘yicha soliqlarning soddalashtirish tahlillarini olib borishgan. Ularning yondashuviga ko‘ra, jismoniy shaxslarning daromadlarini oshirish jarayonida soliqlarni chiziqli va proporsional shkalalarga ajratish muhimligiga urg‘u berilgan [2].
O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.V.Vaxobov va A.S.Jo‘rayevlarning fikrlariga ko‘ra, jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta taqsimlanishi e’tirof etilgan (A.V.Vaxobov va A.S.Jo‘rayev, 2009).
N.Haydarov jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni ikki turga ajratadi, ya’ni to‘liq ozod qilish va qisman ozod qilish. Uning fikricha, jismoniy shaxslarning ayrim daromadlarining soliqqa tortilishi mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etishini ta’kidlaydi. Xususan, jismoniy shaxslarning tijorat banklariga qo‘yilgan depozitlaridan, davlat zayomlaridan olgan daromadlari daromad solig‘iga tortilsa, aholi ortiqcha pul mablag‘larini tijorat banklariga depozit shaklda qo‘ymaslikka olib kelishini ta’kidlaydi.
M.Usmonova ilmiy maqolasida daromad solig‘ining fiskal ahamiyati ortmayotganligiga urg‘u beradi va bunga sabab o‘zini o‘zi band qilib, turli manbalar orqali daromad topayotgan jismoniy shaxslarning soliqqa tortishda aniq bir mexanizmlar mavjud emasligi, to‘lov manbaidan tashqarida topilgan daromadlar soliq organlari tomonidan to‘liq qamrab olinmayotganligini keltirib o‘tadi [3].
Sh.Qiyosov o‘zining “Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tizimidagi ayrim imtiyozlar xususida” nomli maqolasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha beriladigan imtiyozlarni yanada takomillashtirish yuzasidan fikrlarini ilgari surgan.
Tahlil va natijalar.
Soliqlar davlat budjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va fiskal siyosatning asosiy datsaklaridan biri hisoblanadi. Soliqlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri, asosan, ularning stavkalari darajasining miqdori bilan belgilanadi. Soliq stavkalari respublika va mahalliy budjetlar xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashda muvozanat darajasini hamda xo‘jalik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini belgilaydi. Demak, ular budjet-soliq munosabatlarini sog‘lomlashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Soliq stavkalari korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaganlari holda, moliya-budjet munosabatlarining pul muomalasiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siriga barham bera olishi ham kerak. Bu esa, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq islohotining muhim jihatini tashkil etadi.
Soliq turlari bo‘yicha 2023-yil davomida budjetga tushgan tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 1-rasmda keltirilgan. 2023-yilda davlat budjetiga tushumlar tarkibini soliq turlari bo‘yicha tahlil etsak, eng yuqori salmoqni foyda solig‘i, ikkinchi o‘rinni qo‘shilgan qiymat solig‘i va uchunchi o‘rinni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i egallagan. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i budjetga tushumlar tarkibida 2023-yilda 18,0 foizni tashkil etgan (1-rasm).
1-rasm. 2023-yilda budjet tushumlarida soliq turlarining ulushi (foizda) [4].
2023-yilda budjetga tushgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi 29,5 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu korsatkich 2022-yilda 24,3 trln. so‘mni tashkil etgan. Mazkur soliq tushumining o‘zgarish dinamikasini tahlil etadigan bo‘lsak, 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 5,4 trln. so‘mga yoki 28,4%ga, 2023-yilda esa 2022-yilga nisbatan 5,2 trln. so‘mga yoki 21,4 foizga oshgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlarning o‘sishiga bir qator omillar ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan:
- budjet sektorida eng kam ish haqini 2022-yilda 2021 yilga nisbatan o‘rtacha 14,7 foizga oshirilishi;
- iqtisodiyotning barcha sektorlarida xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondining legallashtirib borilishi.
Natijada 2022-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari soni 5018 mingtani tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 215 mingtaga yoki 8,0 foizga oshgan. Shuningdek, 2022-yilda mehnatga haq to‘lash fondi 156,9 trln. so‘mga yetib, 2021 yilga nisbatan 30,7 trln. so‘mga yoki 25,0 foizga oshgan.
Surxondaryo viloyatida budjet tushumlarida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasining ulushi va yillar kesimida o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot 1-jadvalda keltirilgan [5].
1-jadval.
Surxondaryo viloyatida budjet tushumlarida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasining ulushi va yillar kesimida o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot, mln. so‘mda
2022-yil 2023-yil
Jami
budjet
tushumi
Daroma
d solig‘i
Ulush
i (%)
Jami
budjet
tushumi
Daroma
d solig‘i
Ulush
i (%)
shahri 606 786,4 327
427,9 54,0 653 922,5 385 249,5 58,9 2. Angor 131 990,2 30 371,0 23,0 213 846,8 33 793,4 15,8 3. Oltinsoy 94 467,6 32 775,8 34,7 108 649,0 40 232,4 37,0 4. Boysun 98 201,5 43 543,7 44,3 121 368,7 50 346,8 41,5 5. Muzrabot 97 720,6 26 510,1 27,1 116 746,5 38 177,0 32,7 6. Denov 271 856,0 87 704,3 32,3 344 315,7 104 722,2 30,4 7. Jarqo‘rg‘on 151 431,9 43 827,3 28,9 192 873,0 65 545,8 34,0 8.
Qumqo‘rg‘o
n 135 884,0 43 303,0 31,9 149 010,1 48 024,7 32,2 9. Qiziriq 95 500,5 29 742,0 31,1 87 500,3 34 262,1 39,2 . Sariosiyo 189 087,7 47 541,7 25,1 166 235,9 55 903,1 33,6 .
tumani 110 157,2 43 639,5 39,6 126 533,8 51 543,3 40,7 . Sherobod 154 374,0 42 729,3 27,7 201 565,3 54 022,3 26,8 . Sho‘rchi 142 408,7 43 633,9 30,6 157 143,5 49 786,4 31,7 . Uzun 102 034,5 43 042,3 42,2 118 531,1 52 598,9 44,4 . Bandixon 63 152,9 15 809,5 25,0 71 242,7 19 688,0 27,6 Jami 2445
054,0
601,3 36,9 2829485,
1083895,
7 38,3
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, viloyatda 2023-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasi 1083895,7 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2022-yilga nisbatan 182294,4 mln. so‘mga yoki 20,2 foizga oshgan. 2023-yilda viloyatda daromad solig’ining jami budjet tushumlaridagi ulushi 38,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2022-yilda 36,9 foizni tashkil etgan. Demak, viloyatda jami budjet tushumlarida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ulushi oshgan.
Mazkur soliq turi bo‘yicha hal etilishi lozim bo‘lgan muammolardan biri – qarzdorlik summasining mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda oshayotganligidir. Surxondaryo viloyatida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qarzdorlik summasining ulushi va yillar kesimida o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumotlar 2- jadvalda keltirilgan [5].
2-jadval.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qarzdorlik summasining ulushi va yillar kesimida o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot, mln. so‘mda
2022-yil 31-dekabr 2023-yil 31-dekabr
Budjetdan
mavjud
soliq qarzi
Daromad
solig‘idan
qarzdorlik
Ulushi
(%)
Budjetdan
mavjud
soliq qarzi
Daromad
solig‘idan
qarzdorlik
Ulushi
(%)
shahri 20 457,1 2 216,6 10,8 13 387,1 2 629,6 19,6 3. Angor 3 357,7 718,0 21,4 3 564,8 786,8 22,1 4. Oltinsoy 6 301,8 1 787,6 28,4 3 993,4 1 848,2 46,3 5. Boysun 3 368,1 1 024,1 30,4 2 922,7 905,6 31,0 6. Muzrabot 3 690,1 936,8 25,4 4 624,6 1 145,7 24,8 7. Denov 7 050,4 2 250,0 31,9 7 153,1 2 175,1 30,4 8. Jarqo‘rg‘on 4 769,0 1 089,4 22,8 5 371,6 1 354,5 25,2 9. Qumqo‘rg‘on 4 811,2 1 078,9 22,4 5 001,6 1 150,8 23,0 10. Qiziriq 1 751,6 603,2 34,4 1 387,8 664,2 47,9 11. Sariosiyo 3 858,2 1 334,2 34,6 4 363,0 1 534,4 35,2 12.
tumani 3 781,8 1 008,0 26,7 5 183,4 1 013,6 19,6 13. Sherobod 4 028,2 1 127,0 28,0 5 201,3 1 547,5 29,8 14. Sho‘rchi 3 436,2 1 189,4 34,6 3 542,6 1 389,4 39,2 15. Uzun 3 459,4 1 366,9 39,5 5 179,6 1 728,5 33,4 16. Bandixon 1 017,6 336,6 33,1 904,9 358,3 39,6
22. DSB 351 725,4 34 918,6 9,9 503 118,8 50 513,7 10,0
Jami 426 863,7 52 985,5 12,4 574 900,1 70 746,0 12,3
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2023-yilda viloyatda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qarzdorlik summasi 70746,0 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, budjetdan mavjud soliq qarzi summasi tarkibida 12,3 foizni tashkil etgan. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qarzdorlik budjetdan mavjud soliq qarzi tarkibidagi ulushi biroz pasaygan bo‘lishiga qaramasdan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qarzdorlik summasining ushbu soliq turi umumiy summasidagi ulushi ortayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, 2023-yilda viloyatda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qarzdorlik summasi ushbu soliq turi bo‘yicha umumiy summaga nisbatan 6,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2022-yilda 5,9 foizni tashkil etgan. Mazkur qarzdorlikning yuzaga kelish sabablaridan biri – ayrim xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasining, yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy (daromad) soliq summasining o‘z vaqtida to‘lab berilmasligidir. Ushbu holatni inobatga olib, soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarining jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasini o‘z vaqtida to‘lashlarini ta’minlovchi mexanizmlarni joriy etish lozimligini anglatadi.
Bundan tashqari, olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatimizda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash va undirish bo‘yicha hal etilishi lozim bo‘lgan quyidagi muammolar mavjud:
• jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkini ijaraga berishdan olingan daromad solig‘ini har oyda to‘lashda amaliyotda muammolar yuzaga kelmoqda. Ya’ni, daromad olayotgan fuqaro daromad solig‘ini to‘lamasdan, qarzdorlikning oshishiga sababchi bo‘lmoqda;
• bugungi kunda daromad solig‘i stavkasi barcha darajadagi soliq to‘lovchilar uchun yagona 12 foizlik stavkada belgilangan. Xalqaro amaliyotni tahlil etadigan bo‘lsak, aholining ma’lum miqdordagi minimal daromadlari ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xarajatlarni amalga oshirishlari uchun soliq bazasidan chiqariladi. Mamlakatimizda ham 2019-yilgacha amalda bo‘lgan jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i stavkalarida eng kam ish haqining bir barobari miqdoridagi summa soliq bazasiga kiritilmagan. Bu esa aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam daromadli qismini moddiy qo‘llab-quvvatlash imkonini bergan. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hozirda amalda bo‘lgan stavkasi esa ushbu imkoniyatni bermaydi.
• bugungi kunda aholining kam ta’minlangan, xususan, uy-joyga muhtoj qatlamlarini daromad solig‘iga tortishda imtiyoz nazarda tutilmagan. Bundan tashqari, ijarada yashayotgan oilalarning ijaraga olingan turar joy uchun ijara to‘lovlarini to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlarini soliqqa tortishda chegirma yoki soliqdan ozod qilish ko‘zda tutilmagan.
• amaliyotda fuqarolarning yer uchastkalarining davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi, buzilishi (snos) munosabati bilan bir yo‘la to‘lab beriladigan daromadlariga soliq obyekti sifatida qaraladi va soliqqa tortiladi.
Bizning fikrimizcha, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash va undirish tartibini yanada takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
• mulkni ijaraga olayotgan fuqaro mulk egasiga ijara haqini berish jarayonida daromad solig‘ini ushlab qolgan holda, budjetga oldindan to‘lab berish va qolgan summani mulk egasiga berish lozim. Ya’ni, ijaraga oluvchi fuqaroni soliq agenti sifatida qarash, soliq agenti maqomini berish maqsadga muvofiq;
• aholi daromadlarining ma’lum qismini ularning ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim xarajatlarni amalga oshirishlariga imkoniyat yaratish maqsadida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i soliq bazasiga kiritmaslik;
• kam ta’minlangan, uyga muhtoj, ijarada yashayotgan oilalarning ijaraga olingan turar joy uchun ijara to‘lovlarini to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlarini soliqdan ozod qilish, bunda imtiyozni chegirma shaklida qo‘llash maqsadga muvofiq;
• yer uchastkalarining davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarning mulki bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda fuqarolarga ularni uy-joy bilan ta’minlashga qadar vaqtinchalik uy-joy ijarasi uchun beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi to‘lovlarini jismoniy shaxslarning jami daromadlariga kiritilmaydigan daromadlari tarkibiga kiritish lozim;
• jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni doimiy takomillashtirib borish zarur. Jumladan, sog‘liqni saqlash sohasida aholini xususiy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatilarini kengaytirish va tibbiy sug‘urta amaliyotini joriy etish maqsadida aholining sog‘liqni saqlash yuzasidan, asosliligi tegishli hujjatlar va nazorat tizimi orqali kafolatlangan, o‘ta zarur holatlarda qilinadigan tibbiy xarajatlari (xorijda yoki xorij mutaxassislarini jalb etish hisobiga tibbiy jarrohlik operatsiyalarining o‘tkazilish xarajatlari, yo‘l kira xarajatlari, tibbiy muolajada foydalanilishi zarur deb ko‘rsatilgan dori-darmon xarajatlari) summasining hech bo‘lmaganda ushbu sarfga muqobil tarzda tenglashtirilgan daromadga mutanosib tarzda hisoblangan soliq summasining asosiy soliq bazasidan chegirish, jismoniy shaxslarning tibbiy sug‘urta bilan bog‘liq to‘lovlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etish. Bu bilan inson kapitaliga qilinishi lozim investitsiyalar manzilli ishlatilishi, ijtimoiy ѐrdamning aniqliligi va inson salomatligi bilan bog‘liq obyektiv xarjatlarning jismoniy shaxslar daromadidan soliq bazasidan chegirish orqali ijtimoiy himoyaning hayotiy ko‘rinishi qo‘llanilishiga erishiladi;
• soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish orqali tadbirkorlik subyektlarining jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi o‘z vaqtida to‘lashlarini ta’minlovchi mexanizmlarni joriy etish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son.
2. Harley L. Lutz “The privilege of personal income taxation”. Source: The Bulletin of the National Tax Association, Vol. 23, No. 1 (October, 1937), pp. 11- 22. Stable URL: ttp://www.jstor.org/stable/41786912
3. Qiyosov Sh. Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tizimidagi ayrim imtiyozlar xususida. International Journal of Finance and Digitalization. Vol. 2 Issue 01, 2023
4. www.soliq.uz – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi rasmiy veb sayti.
5. Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi ma’lumotlari.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.