MUSIQA PEDAGOGIKASI. 2025, №3 MUSIQA PEDAGOGIKASI. 2025-yil, 3-son Jurnal 2025-yildan chiqa boshlangan “KAMOLOT” nashriyoti BUXORO – 2025 Muassis: “Musiqa san’ati va madaniyati” MCHJ Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2025-yil 04-aprel №738018-sonli guvohnoma bilan roʻyxatga olingan. Bosh muharrir: Hamroyev Alijon Roʻziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Bosh muharrir oʻrinbosari: Mustafoyev Baxtiyor Ibragimovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor Mas’ul kotib: Sidiqova Dilora Shavkatovna, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Omonova Dildora Nekmurod qizi, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Jurnal 2025-yilda tashkil etilgan, 2 oyda bir marta o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladi. Tahririyat manzili: 200100, Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro shahri Piridasgir koʻchasi, 12-uy Jurnal sayti: www.musicjournal.uz Maqolada keltirilgan faktlarning to‘g‘riligi uchun muallif mas’uldir. TAHRIR HAY’ATI Хаmidоv Оbidjоn Хаfizоvich, iqtisоdiyоt fаnlаri dоktоri, рrоfеssоr. Buxoro davlat universiteti. 13.00.00-PEDAGOGIKA FANLARI Adizov Baxtiyor Raxmonovich professori, pedagogika fanlari doktori. Buxoro davlat universiteti. Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor. OʻzRFA akademigi. Mustafayev Shomurod Normuminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. Samarqand davlat Panjiyev Qurbonniyoz Berdiyevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Xalqaro Nordik Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor. Buxoro davlat universiteti. Qiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professori. Samarqand davlat Rajabov Toʻxtasin Ibodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Buxoro davlat universiteti. Safaraliyev Bozor Safaraliyevich, pedagogika fanlari doktori, professor. Chelyabinsk davlat madaniyat instituti. Rossiya. Оlimоv Shirinbоy Shаrоfоvich, реdаgоgikа fаnlаri dоktоri (DSc), рrоfеssоr. Buxoro davlat universiteti. Qoʻldoshev Rustambek Avezmurodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Buxoro davlat Ahmadov Olim Shodmonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. Buxoro davlat pedagogika instituti. Ruziyev Davron Yuldashevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor. Buxoro davlat universiteti. Aripbayeva Lyazzat Sharipovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. Qozog‘iston Respublikasi M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti. Muxametzyanova Liliya Renatovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor. Kazan Federal universiteti. Farmonova Shabon Muhamadovna, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) , dotsent. Buxoro Umurov Zarif Latifboyevich pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Buxoro davlat Husenova Aziza Sharipovna, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Buxoro davlat Togʻayeva Umida Shavqi qizi, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Buxoro davlat Abdullayeva Feruza Nurulloyevna, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Buxoro davlat pedagogika instituti. Jumayeva Habiba Gʻafforovna, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). Buxoro davlat Qayumov Laziz Mirzo oʻgʻli, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). Buxoro davlat 07.00.00-TARIX FANLARI Hayitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor. Buxoro davlat universiteti. Toʻrayev Halim Hojiyevich, tarix fanlari doktori, professor. Buxoro davlat universiteti. Vohidov Shodmon Husenovich, tarix fanlari doktori, professor. Marmara universiteti, Turkiya. Maxmudova Nigora Barotovna, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dotsent. Buxoro davlat Joʻrayeva Nafisa Olimovna, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dotsent. Buxoro davlat 09.00.00-FALSAFA FANLARI Teshayev Nutfillo Nasrulloyevich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent. Buxoro davlat universiteti. Muzaffarov Feruz Davronovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor. Buxoro davlat universiteti. Turdiyev Behruz Sobirovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent. Buxoro davlat universiteti. Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor. Buxoro davlat universiteti. 10.00.00-FILOLOGIYA FANLARI Oʻrayeva Darmonoy Saidaxmedovna, filоlоgiyа fаnlаri dоktоri, рrоfеssоr. Buxoro davlat universiteti. Rаdjаbоv Dilshоd Zаriроvich, filоlоgiyа fаnlаri dоktоri(DSc), рrоfеssоr. Buxoro davlat universiteti. Yusupova Alfiya Shavketovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. Kazan Federal universiteti. Nosirov Otabek Timurovich, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Buxoro davlat Jumayev Ruzokul Xoliqulovich filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Buxoro davlat 17.00.00-SAN’ATSHUNOSLIK FANLARI Moroz Viktor Dmitriyevich, professor. Chelyabinsk davlat madaniyat instituti, Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist. Tashmatova Azatgul Raximovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi. Abdullayev Rustambek Samig‘ovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi. Ashurov Baxtiyor Shokirovich, san’atshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi. Boltayev Rustam Qurbonovich, san’atshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dotsent. Urganch 22.00.00-SOTSIOLOGIYA FANLARI Karimov Bobir Sharopovich, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi. Qayumova Aziza Toshpoʻlatovna, sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dotsent. Buxoro Amonov Azizbek Amonovich, sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dotsent. Buxoro davlat Jumayev Rustam Gʻaniyevich, siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori, (PhD) professor. Buxoro davlat 19.00.00-PSIXOLOGIYA Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor. Buxoro davlat universiteti. Ganjiyev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. Buxoro davlat universiteti. Rustamov Shavkat Shuxratovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. Buxoro davlat universiteti. Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor. Buxoro davlat universiteti. MUNDARIJA 1 Amridinova Dilrabo. ILK UYG‘ONISH DAVRI MUTAFAKKIRLARI IJODIDA KOMIL INSON G‘OYASI 8 2 Inoyatxon Tuychiyeva. TA’LIM MUASSASALARIDA YOSHLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA O‘QITUVCHINING TUTGAN O‘RNI 12 3 Анвар Xикматов. К ВОПРОСУ РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ ВОЕННОЙ РАЗВЕДКИ АМИРА ТЕМУРА (исторический анализ) 18 4 Yadgarova Ozoda. BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH JARAYONIDA PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK BILIMLAR INTEGRATSIYASINING AHAMIYATI 22 5 Шохида ЮСУПОВА. ИННОВАЦИОННАЯ ДЕЯТЕЛНОСТ ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ ПРИ ФОРМИРОВАНИИ ТЕХНИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ В ТЕХНИЧЕСКИХ ВУЗАХ 27 6 Hasanova Zebo. BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA AXLOQIY- ESTETIK DUNYOQARASHNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI 32 7 FARSAXONOVA Dilafruz. PEDAGOGIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHNING SHAKL VA METODLARI 41 8 БОЛТАЕВА Зулфия. ЦЕЛЕВЫЕ ОРИЕНТИРЫ ПОСТРОЕНИЯ СОВРЕМЕННОГО УРОКА НА ОСНОВЕ ЛИЧНОСТНО- ОРИЕНТИРОВАННОГО ПОДХОДА В УСЛОВИЯХ КОЛЛАБОРАТИВНОЙ СРЕДЫ 49 9 Alkarova Feruza. O‘QUVCHILARNING AMALIY KO‘NIKMALARINI FAOLLASHTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN VAZIYATLAR SAMARADORLIGI 54 10 Adhamjon ZIYAEV, Ulug‘bek MAQSUDOV.O‘QUVCHILARDA FUQAROLIK TUYG‘USINI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK JIHATLARI 58 11 Murodova Zarina. ILMIY-AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING JADAL RIVOJLANISHIDA INTELLEKTUAL SALOHIYATNING SHAKLLANISHI 62 12 Гулжан КУТТИБЕКОВА. ИННОВАЦИОННАЯ МОДЕЛ ПРИМЕНЕНИЯ ТЕХНОЛОГИЙ АРТПЕДАГОГИКИ И АРТТЕРАПИИ В ПРОЦЕССЕ ЭСТЕТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ МЛАДШИХ ШКОЛНИКОВ 67 13 Doniyorov Shokir. O‘QUVCHILAR JAMOASI BILAN ISHLASHDA BOSHQARUV USLUBLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI 72 14 Jabborova Dilafruz. MASOFAVIY TA’LIM – PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLARNING MUHIM TARKIBIY QISMI SIFATIDA 77 15 Ma’mura YoDGOROVA. BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING IJODIY FIKRLASHLARINI SHAKLLANTIRISHDA MUAMMOLI O‘QITISH TEXNOLOGIYASINI QO‘LLASH METODIKASI 82 16 Xalikova Umida. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR – MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING AQLIY SALOHIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA SIFATIDA 88 17 Bobokeldiyeva Aziza. BOLA QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA IJODIY O‘YINLARNING AHAMIYATI 96 19 Karshiyev Jahongir. DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARDA TALABALAR DUNYOQASHINI SHAKLLANTIRISH JARAYONINI LOYIHALASH 100 20 Mirzayev Mutalib. KITOBXONLIK – MA’NAVIY TARBIYANI SHAKLLANTIRUVCHI OMIL SIFATIDA 108 21 Saidkulova Feruza. TALABALARDA IQTISODIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY- ME’YORIY ASOSLARI 114 22 Qodirova Buzulayho. BADIIY ASARLAR VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TARIXIY ONGNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI 120 23 Yusupova Gulshiraxon. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIV FAOLLIKNI TARKIB TOPTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI 124 24 Madina FARMONOVA. BIOLOGIYA O‘QITUVCHISINING METODIK TAYYORGARLIGIGA QO‘YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR 129 25 Baxranov Sherzad Tashtursunovich. O‘ZBEKISTON SSRDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA ILMIY – TADQIQOT INSTITUTLARNING FAOLIYATI TARIXIDAN 137 26 Amonova Zilola, Qurbonova Gulbahor. SHEKSPIR TRAGEDIYALARINING UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA O‘RGANILISHI 143 27 Bakayev Najmiddin. LOTIN TILI AMALIY MASHG‘ULOTLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI 150 28 Zebo SALIMOVA. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR TASNIFI 157 29 Farrux NURULLAEV. MUSIQA TA’LIMIDA BUXORO FOLKLOR QO‘SHIQLARIGA QO‘YILADIGAN METODIK TALABLAR 163 30 Nurmuhamedjanov Ahmadjon Maxmudovich. YOSHLAR MA’NAVIYATIDA MUSIQIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI 170 13.00.00-PEDAGOGIKA FANLARI ILK UYG‘ONISH DAVRI MUTAFAKKIRLARI IJODIDA KOMIL INSON G‘OYASI Amridinova Dilrabo Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand KIRISH maqolada Markaziy Osiyoda ilk uyg‘onish davri mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi yetuk ilm-fan namoyandalarining falsafiy qarashlari va ulardagi komil inson g‘oyasining namoyon bo‘lishi xususiyatlari tahlil qilingan. MAQSAD ilk uyg‘onish davri mutafakkirlari ijodida komil inson g‘oyasini o‘rganish. MATERIALLAR VA METODLAR mutafakkirlarning falsafiy qarashlarining insonparvarlikka yo‘naltirilganligi uning insoniy o‘zaro munosabatlar asoslari sifatidagi axloqiylik va jamoaviylik, bilimlarning inson husniga ta’siri haqidagi qarashlarida o‘z aksini topgan bo‘lib, ushbu fazilatlarni egallagan kishilar mukammal axloqqa ega bo‘lgan komil insonlardir. ХULOSA biz yosh avlodni o‘tmishimizga hurmat, ma’naviy merosimizga e’tiqod ruhida tarbiyalash vazifasini qo‘yar ekanmiz, ta’kidlash joizki, bu hurmat, bu e’tiqod aslo ko‘rko‘rona, yuzaki bo‘lmasligi, aksincha, teran bilimga aqliy yetuklikka, erkin fikrlash va ma’naviy poklikka asoslangan munosabat bo‘lmog‘i lozim. KALIT SO‘ZLAR: falsafiy meros, shaxsiy sifatlar, ijtimoiy g‘oyalar, odob-axloq tamoyillari, axloqiy tushuncha va tasavvur. ВВЕДЕНИЕ в научной статье анализированы философские взгляды и воззрения крупных представителей Реннего эпохи Реннесанса в Центральной Азии ал-Фараби, Бируни, Ибн Сино, о всесторонной развитой личности, его нравственных качествах. ЦЕЛЬ Изучение идеи идеального человека в трудах мыслителей раннего озрождения МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ Гуманистическая направленность философских воззрений мыслителей находит отражение в их взглядах на мораль и коллективизм как основы человеческих отношений, а также на влияние знания на красоту человека. Люди, обладающие этими качествами, – это совершенные люди с совершенной моралью ЗАКЛЮЧЕНИЕ Поскольку мы ставим перед собой задачу воспитания молодого поколения в духе уважения к нашему прошлому и веры в наше духовное наследие, стоит отметить, что это уважение, эта вера никогда не должны быть слепыми или поверхностными, а должны быть отношением, основанным на глубоких знаниях, интеллектуальной зрелости, свободе мышления и духовной чистоте КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА философское наследие, личные качества, социальные идеи, духовно-нравственные принципы, этические понятия и представления. INTRODUCTION the scientific article analyzes the philosophical views and views of large Renaissance Renaissance in Central Asia al-Farabi, Biruni, Ibn Sino about a comprehensively developed personality, its moral qualities. AIM Studying the idea of the perfect person in the works of early Renaissance thinkers MATERIALS AND METHODS The humanistic orientation of the thinkers' philosophical views is reflected in their views on morality and collectivism as the foundations of human relationships, and the impact of knowledge on human beauty. People who possess these qualities are perfect people with perfect morality CONCLUSION As we set ourselves the task of educating the younger generation in a spirit of respect for our past and faith in our spiritual heritage, it is worth noting that this respect, this faith should never be blind or superficial, but rather should be an attitude based on deep knowledge, intellectual maturity, free thinking, and spiritual purity. KEY WORDS philosophical heritage, personality attributes, social ideas, ethical principles, ethical concepts and imaginations; O‘zbek xalqi mustaqilikka erishgani tufayli o‘tmish avlodlar qoldirgan boy ma’naviymadaniy merosni o‘rganish va qayta tiklashga musharraf bo‘lmoqda. Fan va madaniyat namoyandalarining asarlarida ifodalangan ma’naviy-axloqiy g‘oyalar insonlar ruhiyati va ma’naviyati taraqqiyotida, ayniqsa, yoshlarda ezgulik va iftixor tuyg‘usini rivoj topishida muhim vosita bo‘la oladi. Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bizning ulug‘ ajdodlarimiz o‘z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlarini eslash o‘rinli. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yilllar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andisha, sharmu xayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg‘u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi” [1]. Ushbu tarixiy va hikmatli so‘zlarni yanada chuqurlashtirib Prezidentimiz Sh.Mirziyoev “Biz ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal qilib, ularning g‘oyalarini anglagan holda qat’iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo‘lidan bormoqdamiz” [2] deb ta’kidlaydilar. Eramizdan uch ming yil oldin yozilgan asar “Avesto”-zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki sharqona falsafiy qarashlarni o‘zida aks ettiruvchi ta’limiy-tarbiyaviy manbadir. Unda insonni kamolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik, soflik, bag‘rikenglik kabi sifatlarning ahamiyati chuqur ifodalangan. “Avesto”da insoning barkamol bo‘lib yetishishida uning so‘zi, fikri hamda ishi bir bo‘lishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g‘oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida yaratilgan komil inson muammolariga bag‘ishlangan Sharq falsafiy fikrlari mazmunining shakllanishiga asos bo‘lgan desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Zero, unda odamning inson sifatida ma’naviy va moddiy kamol topishi uchun zarur bo‘lgan muayyan talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq balki G‘arb xalqlarining ham muqaddas ma’naviy merosiga aylangan. Komil inson haqida gap ketganda, axloq-odob tamoyillariga urg‘u berilishi bejiz emas. Nainki, odamning insonligi, uning ongli mavjudot sifatida hayot kechirishi va turmush tarzi, tabiat, jamiyat va odamlarga bo‘lgan turli-tuman munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Uning axloq-odobi ana shu insoniy axloq chegarasida turib muomila qilishi, tarixan o‘z axloqiy tushuncha va tasavvurlarini boyitib, kengaytirib va rivojlantirib kelganidan dalolat beradi. Lekin odamzot va uning ma’naviy dunyosi shunchalik keng va murakkabki, u ayrim insoniy fazilatlar, ko‘nikish va salohiyatlari bilan chegaralanib yoki belgilanib qolmaydi. U murakkab jismoniy, aqliy va ruhiy mushtaraklikni taqazo etadi. Markaziy Osiyoda ilk uyg‘onish davri buyuk mutafakkirlari-Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalarning Ma’mun akademiyasi olimlarining axloqiy-ma’rifiy, axloqiy tarbiya, o‘z-o‘zini takomillashtirish, “bilim-jamiyat ravnaqi uchun” kabi fikr va qarashlarida aks etdi. Quyidagi axloqiy o‘gitlarga bu xislatlarniyaqqol ko‘rish mumkin: “Bilimdan tashqari yaxshi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lgan kishigina aqllidir” (Forobiy); “Oqil kishi o‘zida zamondoshlarini eng yaxshi sifatlarini mujassam etadi”, “Qanchalik aqlli bo‘lmasin agar u jamiyat uchun foyda keltirmasa, u komil inson emas” (al-Masixi); “Kim o‘zining his-tuyg‘usini boshqara olsa, o‘z qalbini tarbiyalay olsa, o‘sha oqildir” (Beruniy). Ushbu hikmatlarda insonni komillikka erishuvi haqidagi g‘oyalar o‘z aksini topgandir. O‘rta asrlar Sharq fani va madaniyati yetakchilari orasida shubhasiz, o‘z davrida zamondoshlari tomonidan “Muallim Us-soniy” (“Ikkinchi muallim”) deb nom berilgan Abu Nasr Forobiy (870-950) birinchi o‘rindan joy oladi. Forobiyning falsafiy - ijtimoiy g‘oyalari nihoyat darajada taraqqiyparvar va insonparvardir. U insonni ijtimoiy hodisa sifatida qaraydi va odamlar orasida insonparvar munosabatlar ularning qiziqishlari, xohish-istaklari va o‘zaro yordam berishlarining birlashuvi asosida yuzaga chiqadi, deb hisoblaydi. “Fozil odamlar shahri” asarida olim hukmdor timsolida o‘zida aql, iroda, ilm-fanga qiziqish, adolatparvarlik, mulohazakorlik, uddaburonlik kabi sifatlarni jamlovchi komil insonga xos jihatlarni mujassamlashtiradi [3]. Inson muammosi va uning rivojlanishi Forobiy falsafiy tizimining eng muhim va murakkab tarkibiy qismini o‘zida aks ettiradi. Buning sababi, uning falsafiy, ijtimoiy-siyosiy ta’limoti markazida har tomonlama barkamol inson va insoniyat ularning umumiy baxti, yuksak fozillika erishuvi yo‘llari va usullari muammosi turadi. Bularning barchasi olim dunyoqarashi yuksak insonparvarlikka asoslanganidan guvohlik beradi. Mutafakkir axloq, inson xulq-atvori va uning ta’lim-tarbiyasiga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, inson ma’naviyatining yuqori darajasi qalbi, aqli va fikrlashida aks etadi. Mutafakkir “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishuv haqida kitob” kabi asarlarida olim odamlar va davlatning taqdirida diniy ta’limotlarda oldindan belgilab qo‘yilganiga qarshi o‘laroq, taraqqiyot va rivojlanish manbai sifatida ijodiy faoliyatning muhimligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, insonning bilimlarni egallashi, o‘zida hissiy va ma’naviy ehtiyojlar orasida keraklilarini tanlab olish ko‘nikmasini hosil qilishda yordam beradigan irodaning roli katta ekanligini alohida ajratib ko‘rsatadi. Sharq Uyg‘onish davrining buyuk qomusiy olimi Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘z vaqtida barcha bilim sohalarini egallagan edi, shu sababli o‘ziga xos falsafiy tizimni yarata oldi. Afsuskim, haqiqat yo‘lida va odamlarga qilgan buyuk xizmatlari Ibn Sino uchun dahshatli qiyinchiliklar keltirganligi tarixdan bizga yaxshi ma’lum. Ibn Sino qat’iylik bilan xotirjamlik hamda a’zolarining o‘zaro munosabatlarida uyg‘unlik va o‘zaro bir-birin tushunish mavjud bo‘lgan jamiyat zarurligi haqida gapirgan edi. Insonparvar olim bunday jamiyatni o‘zi juda qiziqarli asoslab bergan edi: odamlar bir-biri bilan muloqot qilmasdan, hamkorliksiz, o‘zaro yordamsiz, bir-biriga xizmat qilmasdan, bir-biriga nisbatan yaxshilik qilmasdan, mavjud ham bo‘lolmaydi, yashay ham olmaydi. Shuning uchun olim o‘zining “Kitob ash-ishorat va tanbihot” asarida mana bunday yozadi. “Inson xuddi odamzod urug‘ining boshqa vakillari bilan muloqotdagi kabi ehtiyojlarini qanchalik qondirmasin, biroq o‘zining shaxsiy ehtiyojlari mustaqilligi mazmunida alohidalilikni ifoda etmaydi. Odamlar orasida tashkil etilgan o‘zaro aloqadorlikdagi ayirboshlash jarayonida har biri boshqasini qandaydir g‘am-tashvishdan qutqarib qoladi. Agar har biri alohida bajarganda edi, qo‘lidan keladigan ish bo‘lganida ham, uning yelkasiga og‘ir mashaqqat tushgan bo‘lar edi. Shu sababli odamlar orasida o‘zaro kelishuv, adolat va qonunlarning aniqlangan me’yorlari zarur” [4]. Insonparvarlik an’analarining rivojlanishida Abu Rayhon Beruniy (973-1048) muhim hissa qo‘shdi. Insonni o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy mavjudot deb hisoblangan olim axloqiylik va mehnatsevarlikni shaxs insoniy qadr-qimmatining asosiy mezonlari sifatida belgilab berdi. Beruniy merosi o‘zida ta’lim va tarbiya mazmuni, ilm-fanga oid qimmatli g‘oyalarni o‘z ichiga olgan mislsiz ilmiy nazariyalar to‘plamini qamrab, ular orasida olingan bilimlarning amaliy qo‘llanilishi muhimligi, motivatsiya va bilishga ehtiyoj, insonning o‘z dunyoqarashini o‘stirishga asosiy urg‘u berilgan. Uning fikricha, “Komil” narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi, ya’ni hamma narsa o‘z me’yorida bo‘lgani ma’quldir. Beruniy qarashlari ilm-fan, ta’lim va ma’rifatparvarlik masalalari bilangina chegaralanmaydi. Balki yoshlarda tarbiyalash lozim bo‘lgan yaxshilik, ziyraklik, ko‘ngilchanlik, haqiqatparvarlik, adolatli bo‘lishga intilishni-eng muhim sifatlar, deb hisoblaganligi bilan ham qadrlidir. Uningcha olijanob va insonning yuksak ma’naviy o‘y – fikrlari: – bu tug‘ma insoniy xususiyat ham, temperamentning psixologik o‘ziga xosligi ham emasligini, aksincha oliyjanoblik axloqiy ish va xatti - harakatlar natijasida tarbiyalanishi va egallanishi mumkin ekanligi haqidagi fikrlarni ilgari surilgan. Olimning kelgusi avlod tarbiyasi haqida bildirgan fikrlari o‘sha davr uchun juda katta jasorat edi. Uning fikricha komil insonning asosiy sifatlaridan mehnatsevarlik, barcha davrlar uchun xos ijobiy xislat bo‘lib, insonning moddiy farovonligi va ma’naviy yuksakligini ta’minlaydi. Hozirgi davrda, jamiyatimizda ma’naviy-axloqiy muhit yuksalib, milliy qadriyatlar, inson huquqi va erki, ijodiy kuch-quvvati namoyon bo‘layotgan bir sharoitda barkamol inson o‘zida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy xislatlar majmuini mujassamlashtirgan, jamiyatda o‘zligini va o‘z qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, aqlan yetuk, jismonan sog‘lom, axloqan pok shaxsni tarbiyalash bugungi ta’lim-tarbiya muassasalarining asosiy va muhim vazifasi bo‘lib qolishi zarurdir. Darhaqiqat, hozirgi davrda insoniyat oldida turgan barcha umumbashariy muammolar yechimi avvalambor inson omili rolining faollashuvi, uning sog‘lom fikri yuksak ma’naviyati va ma’rifati bilan bog‘liq bo‘lib qolayotganligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Zero, XXI asr insoniyat tarixida yangi bir davrni – sivilizatsiyamiz oldida turgan barcha muammolarni va ziddiyatlarni yuksak ma’naviyat, teran aql – idrok, bilim va tafakkur kuchi, o‘zaro hurmat va kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi ustuvor bo‘lgan davrni boshlab berdi. 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 74-b. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning BMT Bosh assamblemiyasining 72 – sessiyasida so‘zlagan nutqi. – T.: O‘zbekiston, 2017. -184-b. 3. Buyuk yurt allomalari.Tuzuvchi U.Uvatov. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2018.- 424 b. 4. Choriyev A. Inson falsafasi: inson to‘g‘risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoti. – T.: “O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati, 2007. 244 - 246 s. TA’LIM MUASSASALARIDA YOSHLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA O‘QITUVCHINING TUTGAN O‘RNI Inoyatxon Tuychiyeva Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona KIRISH ushbu maqolada ta’lim muassasalarida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda o‘qituvchi shaxsining ahamiyati, u bajaradigan vazifalar haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, ta’lim oluvchilar ijtimoiy faolliklarini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarga ta’sir etuvchi bir qator o‘ziga xos omillar mavjudligini o‘qituvchi, albatta, nazarda tutishi, yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishi kerakligi bayon qilingan. MAQSAD ta’lim muassasalarida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda o‘qituvchining tutgan o‘rnini aniqlash. MATERIALLAR VA METODLAR ta’lim oluvchilar ijtimoiy faolliklarini oshirishda o‘qituvchi qator pedagogik muloqot shart-sharoitlariga rioya qilishi zarur: birinchidan, o‘qituvchi o‘zi kunda munosabatga kirishadigan kishilarning turli psixofiziologik, ijtimoiy holatini inobatga olib, o‘quvchilar, ota-onalar va sinf rahbarlari bilan muloqotning mazmuni, usuli, ritmi va xarakterini belgilab ola bilishi zarur. Ikkinchidan, o‘qituvchi muloqot motivlari, obyekti, predmeti, vazifalari, va nihoyat, natijalarini oldindan bashoratlash layoqatini egallashi zarur. O‘qituvchining maslahatlari quruq nasihatdan, fikrlari avvaldan yodlab olingan iqtiboslardan, o‘qitish usuli an’anaviy metodlardan iborat bo‘lib qolsa, o‘quvchiga umuman ta’sir ko‘rsatmasligi, balki, hatto aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin. ХULOSA o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy, madaniy va axloqiy rivojlantirish murakkab, ko‘p qirrali pedagogik faoliyatni talab qiladi. Bu jarayon jamiyat hayoti, uning o‘ziga xos jihatlari, mavjud ziddiyatlardan ayri holda amalga oshirilmaydi. U oila, jamiyat, madaniyat, insoniyatning xayotiy, tarixiy rivojlanish bosqichlari bilan bevosita aloqadorlikda modellashtiriladi. Shundagina insonning hayoti va uning rivojlanish jarayonini aks ettiradi. KALIT SO‘ZLAR: ta’lim muassasalari, ijtimoiy faollik, o‘qituvchi shaxsi, ta’lim oluvchi, o‘quvchi-yoshlar, tashabbusni yo‘naltirish, muloqot madaniyati, mustaqil fikrlash, xarakter, temperament, ijtimoiylashish, xamkorlik, qo‘llab-quvvatlash. ВВЕДЕНИЕ в данной стате рассматривается значение личности учителя в повышении социалной активности молодежи в образователных учреждениях, задачи, которые он выполняет. Также было отмечено, что учител должен обязателно предусмотрет наличие ряда специфических факторов, влияющих на педагогические процессы, направленные на повышение социалной активности обучающихся, обратит внимание на интеллектуалное развитие молодежи и ее талант и способности в полной мере. ЦЕЛЬ Определить роль педагогов в повышении социальной активности молодежи в образовательных учреждениях МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ Для повышения социальной активности учащихся учитель должен соблюдать ряд педагогических условий общения: во-первых, он должен уметь определять содержание, способ, ритм и характер общения с учащимися, родителями и классными руководителями, учитывая различные психофизиологические и социальные условия людей, с которыми он ежедневно взаимодействует. Во-вторых, учитель должен уметь прогнозировать мотивы, объект, предмет, задачи и, наконец, результаты общения. Если советы учителя состоят из сухих советов, его мысли – из заранее заученных цитат, а метод обучения – из традиционных приемов, то это может вообще не подействовать на ученика или даже оказать противоположное воздействие ЗАКЛЮЧЕНИЕ Духовное, культурное и нравственное развитие учащейся молодежи требует сложной, многогранной педагогической деятельности. Этот процесс не может осуществляться в отрыве от жизни общества, его конкретных сторон, существующих конфликтов. Он реализуется в непосредственной связи с семьей, обществом, культурой, жизненными этапами, историческими этапами развития человечества. Только тогда он отражает жизнь человека и процесс его развития КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА образователные учреждения, социалная активност, личност учителя, образование, учащаяся молодеж, ориентация на инициативу, култура общения, независимое мышление, характер, темперамент, социализация, сотрудничество, поддержка. INTRODUCTION this article discusses the importance of the teacher's personality in increasing the social activity of young people in educational institutions, the tasks that he performs. It was also noted that the teacher must necessarily provide for the presence of a number of specific factors that affect the pedagogical processes aimed at increasing the social activity of students, pay attention to the intellectual development of young people and their talent and abilities to the full. AIM To determine the role of teachers in increasing the social activity of youth in educational institutions MATERIALS AND METHODS In order to increase the social activity of students, the teacher must adhere to a number of pedagogical communication conditions: firstly, the teacher must be able to determine the content, method, rhythm and character of communication with students, parents and class teachers, taking into account the different psychophysiological and social conditions of the people with whom he interacts daily. Secondly, the teacher must be able to predict the motives, object, subject, tasks and, finally, the results of communication. If the teacher's advice consists of dry advice, his thoughts consist of previously memorized quotes, and the teaching method consists of traditional methods, then it may not affect the student at all, or even have the opposite effect CONCLUSION The spiritual, cultural and moral development of students and young people requires complex, multifaceted pedagogical activity. This process cannot be carried out in isolation from the life of society, its specific aspects, existing conflicts. It is modeled in direct connection with the family, society, culture, vital, historical stages of development of humanity. Only then does it reflect the life of a person and the process of his development. KEY WORDS educational institutions, social activity, teacher personality, education, student youth, initiative orientation, communication culture, independent thinking, character, temperament, socialization, cooperation, support. Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi asosida yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi [1] ham bu borada istisno bo‘lmadi. Unda alohida bo‘lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag‘ishlangan. U O‘zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini tashkil etish zarurati hayotning o‘zi tomonidan belgilab qo‘yildi, u tashkilotdan yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni talab etadi, ayniqsa, uyushmagan yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish shular jumlasidan[2]. O‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolliklarini oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llabquvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish aksariyat hollarda ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. “Ijtimoiy faollik” shaxsning o‘ziga xos sifati bo‘lib, u insonda birdaniga paydo bo‘lmaydi, balki uzluksiz ta’lim va mehnat jarayonida vujudga keladi. Shuning uchun ham faollikning dastlabki elementlari bolalik davrida shakllanadi. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim jarayonida bolalarda psixik jarayonlar rivojlanadi. Bu esa ularning insoniy qiyofasi shakllanishi, atrofdagilar va o‘ziga nisbatan munosabatlarning tarkib topishiga asos bo‘ladi. Bola ijtimoiy munosabatlarga kirishishi, tartib va qoidalarni o‘rganishi, faoliyatning har xil turlarini o‘zlashtirishi bilan kamolotga erishadi. Kamol topish jarayoni albatta atrofdagilar bilan faol munosabat tufayli amalga oshadi. Bola faolliksiz hech narsaga erisha olmaydi, axloqiy me’yorlarni o‘zlashtira olmaydi. Shuning uchun uning faolligi maktabda o‘quvchilik paytlaridanoq ijtimoiy tus olishi juda muhimdir. Shunday qilib, ijtimoiy faollikning shakllanishi shaxsning tarbiyalanishida, unda jamiyat talablariga xos xususiyatlar va fazilatlarning shakllanishida muhim o‘rin tutadi [3; 103-b.]. Ijtimoiy faollikni oshirish va rivojlanishini tahlil qilish uchun shaxsning ijtimoiy kamol topishi asosiy tushuncha hisoblanadi. Pedagogik-psixologik adabiyotlarda e’tirof etilishicha, ijtimoiy kamol topish ajdodlarimiz to‘plagan ijtimoiy tajribani bola tomonidan o‘zlashtirish jarayonida amalga oshadi. Bu o‘zlashtirish avval boshdanoq insonning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro faol munosabati tarzida namoyon bo‘ladi. Yosh avlodda ijtimoiy faollikni tarbiyalash jarayonining samaradorligi ta’minlash uchun quyidagilarni hisobga olish lozim: - pedagoglarning yoshlar bilan birgalikda amalga oshiradigan faoliyatini o‘zaro hamkorlik asosida tashkil etish; - pedagogik muloqot prinsipi doirasida talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy bilimlar, madaniyat yutuqlari, an’analarga bo‘lgan ijobiy munosabatini shakllantirish; - har bir shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari, madaniy boyliklarni o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishlarini jamoaning qiziqishlari va intilishlari bilan uyg‘unlashtirish; - pedagoglarning o‘quvchi-yoshlar bilan hamkorlikdagi faoliyatini ular duch keladigan individual qiyinchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirish; - ma’naviy-axloqiy rivojlanish ijtimoiy hayot muammolari bilan bog‘langandagina to‘laqonli ahamiyat kasb etadi va shaxsning axloqiy tanlovni amalga oshirishlariga xizmat qiladi. Yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirish sohasida ularni ijtimoiy munosabatlarga kirishishga tayyorlashda bir qator pedagogik holatlarga e’tibor qaratiladi: umummilliy madaniy ma’naviy qadriyatlar asosida o‘zini jamiyatning faol fuqarosi sifatida his qilishga tayyorlik; yoshlarda fidoyilik hamda o‘zaro madaniy hamkorlik hissining rivojlanganligi; ajdodlar va yosh avlod orasidagi ma’naviy-madaniy ijtimoiy birdamlikning shakllanishi. O‘qituvchining ta’lim oluvchilar ijtimoiy faolliklarini rivojlantirish sohasidagi kompetensiyalarining mavjud darajasini oshirish borasida quyidagi ilmiy-metodik tavsiyalarni berish mumkin. 1. O‘qituvchilarning ta’lim oluvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etish zarur: -har bir o‘qituvchi o‘z kasbiy kompetentligini oshirib borishi, bunda quyidagi mexanizmdan foydalanishi lozim: - o‘z-o‘zini rivojlantirish rejasini tuzish va unga amal qilish; - ta’lim muassasasi tomonidan o‘qituvchilarning xohish-istaklarini nazarda tutgan holda, o‘zaro tajriba almashish maqsadiga qaratilgan ijodiy guruhlar tashkil etish; - malaka oshirish tizimining qat’iy faoliyatini ta’minlash; - pedagogik kengash, seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etish; - ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, metodik maqolalar yozish va chop ettirish; - har bir ta’lim muassasasi o‘z imkoniyati doirasida o‘qituvchilar ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish. 2. Shuningdek, fan o‘qituvchilari, xususan, guruh rahbarlari muayyan ta’lim muassasasi va guruh jamoasining o‘ziga xos imkoniyatlariga tayangan holda quyidagilarni amalga oshirishlari zarur: - “ijtimoiy faollik”ning zaruratini o‘quvchilar ongiga chuqur singdirish uchun ota-onalar va mahalla bilan hamkorlikda ish olib borish; - o‘quv jarayonidan tashqari rejali tadbirlar tashkil etish; - xalqimizga xos bag‘rikenglik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, sabr-bardoshlilik kabi fazilatlarni tarkib toptirishga qaratilgan hadislar, rivoyatlar, hikmatli so‘zlarni har bir o‘rganiladigan mavzu mazmuniga me’yorida singdirishga e’tibor berish; - dinshunoslik, dunyo dinlari tarixi, adabiyot, ma’naviyat asoslari, milliy g‘oya kabi fanlarni o‘qitishda ko‘proq ijtimoiy faollikni tarkib toptirishga ahamiyat qaratish va shu asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirish; - o‘quvchi-yoshlarni respublikadagi Baynalmilal madaniyat markaziga tashriflarini uyushtirish va bu orqali turli millat vakillari bilan do‘stona muloqotni kengaytirish lozim; - o‘quvchi-yoshlar bilan “Ijtimoiy faollik nima uchun kerak?“, “Zamondoshlarimiz ibrati”, “Vatan taraqqiyotida mening hissam”, “Ona Vatanimning buyuk farzandlari”, “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”, “O‘smir va qonun”, “O‘quvchilar tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish”, “Vatan mehridan yuksalayotgan avlod”, “Vatanga xizmat qilish buyuk maqsadim”, “Yurtim tarixini o‘rganaman”, “Giyohvandlik – asr vabosi”, “Taqdirni qo‘l bilan yaratur inson”, “Korrupsiya – kelajakka tahdid ”, “Konstitutsiya va qonun talablariga qat’iy rioya qilish ma’naviy saviyamiz va madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart” kabi mavzularda insholar tanlovi, davra suhbatlari, ma’naviyat soatlari, targ‘ibot tadbirlari, seminar-treninglar o‘tkazish. O‘qituvchi kasbiy muloqot madaniyat uning barcha hatti-harakatida, ta’lim maqsadi va vazifalarin qo‘ya bilishi va unga erisha olishida o‘z ifodasini topadi. O‘qituvchi turli yoshdagi, har xil jinsga mansub ta’lim oluvchilar shaxsi bilan ishlar ekan, ularning psixologik xususiyatlari, ular voyaga yetayotgan oilaviy muhit sharoitlarini hisobga olgan holda, ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro munosabatini samimiyat negizida tashkil eta olmas, bu orqali o‘quvchi shaxsini tarbiyalash, ularga samarali ta’lim berish vazifasini muvaffaqiyatli hal eta olmas ekan, uning kasbiy muloqot madaniyatiga egaligi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Aynan shaxs taraqqiyoti holatlarini boshqara bilish, unda muayyan bilim va tushunchalarni tarkib toptira olish, ularda muayyan ijtimoiy orientatsiyani mustahkamlash, nazariy-ijodiy tafakkur va foydali mehnat malakalarini singdirish o‘qituvchining haqiqiy o‘qituvchiligini belgilab beradi. Ta’lim oluvchilar ijtimoiy faolliklarini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarga ta’sir etuvchi bir qator o‘ziga xos omillar mavjudligini o‘qituvchi, albatta nazarda tutishi kerak. Ular: ta’lim oluvchi faollashuviga ta’sir etuvchi sub’ektlar; shaxs ijtimoiy faolligining individualligi; turli jins vakillari ijtimoiy faolligiga xos xususiylik; shaxsni qamrab olgan ijtimoiy muhit; ta’lim oluvchilarning ijtimoiy faollashuvini rag‘batlantiruvchi pedagogik jarayonlar kabilar. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish, o‘quvchilarda ta’lim olishga kuchli motivatsiyani shakllantirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish ta’lim tizimining ustivor yo‘nalishlari sifatida belgilab qo‘yilgan[4]. O‘qituvchining ta’lim oluvchilar jamoasi bilan ijobiy munosabat o‘rnatishining birlamchi motivi uning kasbiy burchidir, zero, unga jamiyat tomonidan yosh avlodni tarbiyalash va ta’lim berish vazifasi yuklatilgan. Tabiiyki, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti doimiy ravishda uning xarakter xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlarini o‘rganishga yo‘naltirilsagina, u o‘z pedagogik faoliyatida o‘quvchilar bilan muloqot qilishning nozik qirralarini egallab olishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarini haqiqatan yaxshi bilib olsagina, beradigan bilimlari negizida ularning har biri bilan to‘g‘ri muloqot yo‘sinini o‘rnata oladi va qo‘ygan maqsadlariga erisha biladi. O‘qituvchi madaniyatining yana bir muhim ko‘rsatkichi o‘quvchilar jamoasini shakllantirishning turli yo‘nalishlaridan foydalana bilishda namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilar jamoasini yagona organizm sifatida qabul qila bilishi va u bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnata olishi, jamoaviy va individual ehtiyojlarni uyg‘unlashtira olishi kerak. O‘qituvchi sinf jamoasi bilan muloqotga kirishar ekan, o‘z o‘quvchilaridan birortasini nazardan qochirmasligi lozim. Ta’lim oluvchi shaxsi bilan tenghuquqlilik asosida, uning shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo‘la oladigan o‘qituvchigina yuksak muloqot madaniyatiga ega bo‘la oladi. Bunday o‘qituvchi o‘quvchilarni tushunishga, unga yordam berishga tayyor turadi va o‘z navbatida ulardan ko‘mak so‘rashdan, ular bilan samimiy muloqotda bo‘lishdan cho‘chimaydi. Tabiiyki, bunday muloqot madaniyati o‘qituvchining nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, balki sifat jihatidan o‘zgacha tusga ega bo‘ladi. O‘qituvchi turli xil xarakter va temperament egalari bilan doimiy muloqotda bo‘lgani sababli o‘qituvchi doimiy ravishda muloqot usullarini yangilab turishi, unga ijodiy yondashishiga to‘g‘ri keladi. Muloqot auditoriyasining kattaligi, ya’ni ta’lim oluvchilar jamoasi, pedagoglar, ota-onalar bilan doimiy ravishda munosabatda bo‘lish kerakligi sababli o‘qituvchi muntazam tarzda turli kishilar bilan munoosabatga moslasha bilishi, ya’ni adaptatsiyaga tayyor turishi kerak. Muloqot san’atini egallamagan o‘qituvchi bunday vaziyatda qiyin ahvolda qolishi tabiiy. U atrofdagilarni diqqat bilan tinglay bilishi, o‘zini ijobiy jihatdan ko‘rsata bilishi, topqirlik va zukkolik bilan tushuntira bilish xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur. Ta’lim-tarbiya jarayonining yaxlitligi haqida fikr yuritilar ekan, o‘qituvchining ushbu jarayonni samarali tashkil etishi nechog‘li ahamiyatga egaligini ham nazardan qochirmaslik kerak. Aksariyat o‘qituvchilar o‘z vazifalarini faqatgina o‘quvchilarga bilim berishdan iborat deb hisoblaydilar. Bunday yondashuv noto‘g‘ri bo‘lib, pedagogik faoliyatning to‘laqonli amalga oshirilmasligiga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida bayon etilgan quyidagi fikrlar ta’lim oluvchilar ijtimoiy faolliklarini oshirishda o‘qituvchining tutgan o‘rnini yuksaltirishda alohida ahamiyatga ega: “...Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi. Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak” [5]. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. /Rasmiy nashr/ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – Toshkent: “Adolat”, 2017. – B.37. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbir to‘g‘risida” PQ-3138-sonli qarori. 3. Tojiboyeva X.M. O‘quvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish jarayonining pedagogik-psixologik mohiyati // Xalq ta’limi. – Toshkent, 2017. - №4. – B.102-106. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” to‘g‘risidagi PF-5712-sonli Farmoni. https://lex.uz 5. 2020 yil 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi matni. http://uza.uz К ВОПРОСУ РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ ВОЕННОЙ РАЗВЕДКИ АМИРА ТЕМУРА (Исторический анализ) Анвар Xикматов Учител цикла специалной подготовки факултета военного образования, Бухарский государственный университет ВВЕДЕНИЕ в стате анализируются рол и значение разведки в обеспечении безопасности империи Амира Темура. Кроме этого, освещаются пути и методы, способы применения и исползование службы разведки, в основе которой находятся исторические и научные источники. Как известно, с появлением могущественного государства в Мовароуннахре в последней четверти XIV века в Централной Азии проявляется мощный военный, социално-политический, културный подъем, в основе которого лежит великий талант Амира Темура. Интереснейшие сведения обо всем этом нам представляют исторические источники, мемуары современников А.Темура и современных исследователей. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА Амир Темур, разведка, контрразведка, безопасност, военное искусство, война, военная мощ, торговцы, оружие, дипломаты. INTRODUCTION the article analyzes the role and significance of reconnaissance in ensuring the security of the empire of Amir Temur.And also, the ways and methods, the ways of using and using the intelligence service, are based on historical and scientific sources.As we know, with the emergence of a powerful state in Movarounnahr in the last quarter of the fourteenth century, a powerful military, socio-political, cultural upsurge is being observed in Central Asia, based on Amir Temur's great talent.The historical sources, the memoirs of Timur's contemporaries and contemporary researchers, provide us with interesting information about all this. KEY WORDS Amir Temur, intelligence, counterintelligence, security, military art, war, military power, traders, weapons, diplomats. Общеизвестно, что основой и верной опорой власти Амира Темура было его войско, считавшееся тогда лучшим во всем Средней Азии. Это стало возможным благодаря тому, что его военное дарование раскрывалос в двух направлениях - во-первых, как реорганизатора войска и уже, во-вторых, как обладателя талантом непобедимого полководца. Ярким свидетелством того, что Амир Темур обладал мудростю выдающегося государственного деятеля, стала созданная им великолепная система управления государством, изложенная в труде «Тюзик-и-Темур» («Уложение Темура»). Как отмечал первый Президент И.Каримов, «Известно, мы все вполне обоснованно гордимся тем, что наш предок Сахибкиран Амир Тимур родился в этом крае, освободил его от врага, создал великое государство. Эту великую личност нам подарил сам Господ. Наследие Амира Тимура будет служит всем нашим потомкам и далнейшей генерации»[1]. Государство Амира Тимура, самое великое своего времени, управлялос по принципам социалной справедливости, вед Сахибкиран обращал особое внимание на развитие страны, в котором особое место занимали науки. Сегодня заслуги славного сына узбекского народа высоко оценены во всем мире. Благодаря инициативе Первого Президента Ислама Каримова в годы независимости проделана широкомасштабная работа по глубокому изучению истории, дана объективная оценка жизнедеятелности Амира Темура. Отдавая дан уважения и почитания великому предку. Создав централизованное государство, Амир Темур заложил фундамент развития системы содержания войска, военного дело, и разведки. Толко за рубежом сегодня почти в 50 странах ученые-темуроведы раскрывают новые грани выдающейся личности и его потомков. Неоценимый вклад Амира Темура в развитие мировой цивилизации. Заложив основы узбекской государственности, он создал самое могущественное государство, военного искусство, военной разведки того времени. Выступая на совместном заседании палат Олий Мажлиса 14 декабря 2016 года, Президент нашей страны Шавкат Мирзиёев подчеркивает, что наполненные глубоким смыслом слова нашего великого предка Амира Темура «Пуст справедливост будет нашим спутником и руководством в каждом деле!» должны прочно войти в жизн каждого из нас. Что и происходит в настоящее время. Пример тому созданные народные приемные, задача которых еще более утвердит в нашей жизни этот критерий, о чем ратовал великий предок, к чему призывает сегодня глава нашего государства[2]. При жизни Амира Темура о государственном управлении и в обеспечении безопасности страны было написано специалное сочинение, известное под названием «Уложения Темура». Этот ценнейший исторический источник средневековя состоит из двух частей. В нем изложена автобиография Амира Темура и связанные с его жизню события, взгляды этого выдающегося государственного деятеля и полководца на военное искусство, устройство и управление страной. Амир Темур особо заботился об военной и экономической мощи и величии страны, свидетелствуют писменные источники тех времен. Историк Хафиз-и Абру в сочинении «География» в составе Самаркандской области перечисляет ряд благоустроенных районов: Согд, Шавдар, Иштихан, Яркат, Каранд, Яряйлак, Дизак, Шиераз, Анхор-и Жадид. Согд Самарканда своим благоустройством славился на всем мусулманском Востоке. Главной водной артерией области была река Кухак (современное название Зарафшан); было проведено множество новых каналов, вследствие чего в окрестных землях Самарканда было образовано более семидесяти сел, которые получали воду из каналов Базар, Маздахин, Аби-Рахмат, Каранд, Анхор-и Жадид. По утверждению историка, последний построен непосредственно по приказу Амира Темура. Этот канал существует и ныне. Именное эти территории имели очен важную стратегическую рол в жизни г.Самарканда. В писменных источниках эпохи Темуридов наиболее подробно освещена военная мощ, военная реформа и искусство ведения военной сражений. Велика его рол в строителстве городов, крепостей, караван-сараев, рынков, рабатов, мечетей, ханака, надгробниц, создании оросителных сетей, садов, посевных площадей, которые имели стратегический важный рол в ведении военной политики. Амир Темур зародил традицию, касающейся повышению военной способности своих войск. Кроме того, Амир Темур дал указания для комплексного развития города и его окрестностей, превратив в единый ансамбл. Клавихо об этом пишет так: «Вес город окружен садами и виноградниками, которые тянутся в иных местах на полторы лиги (более 8 км), а в других — на две (более 11 км). А город стоит среди них. Между этими садами пролегают улицы и площади, очен населенные, где живет много народа. Так что то, что находится за валом, более населено (чем сам город). В этих загородных садах много болших и знаменитых построек, и у самого сенора там ест дворцы». Во всех созидателных делах Амир Темур сам показывал личный пример и воодушевлял этим других. По словам Шараф ад-дина Али Язди в «Зафарнаме» Амир Темур всячески старался возвеличит славу Самарканда, строил пышные здания, и в резултате город превзошел все другие столицы. Рассказывая о Соборной мечети в Самарканде, он писал, что она построена по приказу Амира Темура, начало постройки — 4-го рамадана 801 года (10 мая 1399 года); на строителстве работали пятсот