ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

Kadrlar tayyorlashda zamonaviy va milliy yondashuvlar

Abstract

Bu maqolada ta’limdagi islohotlar haqida so’z boradi. Kelajak avlodga qanday usulda ta’lim va tarbiya berishning zamonaviy usullari muhokama qilinadi. Uzluksiz ta’lim tizimining rivojlangan davlatlardagi va O’zbekistondagi taqqoslashuvi va o’xshash jihatlari berib o’tilgan. Bu sohada olib borilayotgan islohotlarning samarali jihatlari va uni bolalarga to’g’ri tatbiq etish yo’llari ko’rsatilgan. Ta’limni rivojlantira olgan davlatning boshqa sohalari ham o’z-o’zidan yuksalib ketishi isbotlab berilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

Kadrlar tayyorlashda zamonaviy va milliy yondashuvlar

Sobirova Asilabonu Aziz qizi

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-bosqich talabasi

Annotatsiya: Bu maqolada ta’limdagi islohotlar haqida so’z boradi. Kelajak avlodga qanday usulda ta’lim va tarbiya berishning zamonaviy usullari muhokama qilinadi. Uzluksiz ta’lim tizimining rivojlangan davlatlardagi va O’zbekistondagi taqqoslashuvi va o’xshash jihatlari berib o’tilgan. Bu sohada olib borilayotgan islohotlarning samarali jihatlari va uni bolalarga to’g’ri tatbiq etish yo’llari ko’rsatilgan. Ta’limni rivojlantira olgan davlatning boshqa sohalari ham o’z-o’zidan yuksalib ketishi isbotlab berilgan.

Kalit so’zlar: xususiy, davlat, konsepsiya, oliy ta’lim, tizim, uzluksiz ta’lim.

Bitta bola, bitta о’qituvchi, bitta kitob

va bitta ruchka dunyoni о’zgartira oladi.

Malala Yousafzai

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga asoslangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, o’zbek milliy tajribasining tahlili va ta’lim tizimimizdagi jahon miqyosida erishilgan yutuqlar asosida tayyorlangan. Tabiiyki, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, har bir sohani tubdan isloh qilish, shuningdek, yosh kadrlarni yetishib chiqishi va mamlakat rivoji uchun hissa qo’shishiga katta ahamaiyat berildi. Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida quyidagi dolzarb masala alohida e’tirof etilgan: ,,2030-yilga borib O’zbekistonnning 10ta oliy ta’lim muassasasi mingtalik xalqaro tashkilotlar reytingidan joy olishi zarur’’. Bu vazifa yurtimizda yashayotgan nafaqat har bir pedagog yoki talanbani, balki har insonni fikr yuritishga, mulohaza qilishga chorlaydi. Kelajak avlod yetuk bo’lishi uchun, avvalo, o’sib borayotgan yosh avlodga e’tibor qaratish zarur. Shu sababli ham maktabgacha ta’lim dasturidan qayta ishlandi, oliy ta’limga kirish imtihonlari qayta isloh etildi, bakalavriat, magistratura, doktorantura, malaka oshirish, qayta tayyorlash tizimi yangidan ko‘rib chiqilib, umuman global va jahon miqyosi tan oladigan rejalar asosida tubdan isloh qilindi. Bir so’z bilan aytganda, uzluksiz ta’lim yurtimizning eng chekka nuqtalarigacha yetib bormoqda. Bunday islohotlar, ayniqsa yoshlarning maqsadli harakatlariga rag’bat berish barobarida о’z kuchiga ishonch hissini ham uyg’ota olishga qodir. Yosh kadrlarni tayyorlash haqida yangicha yondashuvlar juda muhimdir. Bugungi kunda, bizning dunyoda o'zgarishlar shiddat bilan sodir bo'lishi bilan birga, yangi kasblar va sohalarda ham tayyor kuchli mutaxassislarga ehtiyoj ortib bormoqda. Bu sababli ham, hozirgi va kelajakdagi talabalarning o'rganish uslublarini va usullarini yanada yaxshilashga harakat qilishimiz kerak. Zero, oliy o’quv yurtini tamomlayotgan talaba yoshlar bo’lajak kadrlar hisoblanadi. Birinchi navbatda, talabalarga amaliyotni oshirish uchun ko'proq imkoniyatlar taqdim etish kerak. Bu, masalan, mashg'ulotlarda ish bilan shug'ullanish, loyihalar ustida ishlash va sifatli mentorlik dasturlari orqali qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Ikkinchi navbatda, talabalarni yosh kadrlarga aylanib borish uchun foydali resurslardan foydalanish lozim. Masalan, bu o'quv kurslari yoki onlayn platformalar bo'ladi. Bu turdagi resurslar talabalarning zamonaviy texnologiyalarni o'rganishi va ularni kasbga yo'naltirishi uchun juda foydali bo'ladi va butun dunyo ta’lim tizimida olib borilayotgan rivojlanishlar, metodikalar, muvaffaqiyatlar sari yetaklaydi. Uchinchi navbatda, talabalar bilimini amalga oshirib borayotgan bir vaziyatda ish topishi kerak. O'quv jarayoni davomida, talabalar ish bilan mashg’ul bo’lishlari va kasbi bo'yicha tajribalarini rivojlantirishlari kerak. Bu ularni o'zlarini yangi vazifalarga qarshi tayyorlashiga yordam beradi. O'zgaruvchilik va yangiliklarga mos keladigan dunyoda, yosh kadrlarni tayyorlashga katta e'tibor berish, talabalarimizni sifatli o'quv dasturlari va amaliyotli kasblar ustida tayyorlash orqali, ularni dunyodagi yangi vazifalarga to'g'ridan-to'g'ri tayyorlay olamiz. Yuqoridagi yondashuvlar milliy an’analar asosida tahlil qilib yoritilgan bo’lsa, global tendensiyalar orqali turli rivojlangan davlatlarning ta’lom tizimiga e’tibor qaratamiz.

Buyuk Britaniya ta’lim tizimi misolida: mamlakatda ta’lim 5 yoshdan 16 yoshgacha bo’lganlar uchun majburiydir. Ta’lim sektorining 2 xil turi mavjud: davlat (bepul taʼlim) va xususiy (pullik taʼlim muassasalari, xususiy maktablar).

O’quvchilarning yoshi boʻyicha maktablarning tasnifi:

To’liq turdagi maktablar: 3 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan barcha bolalar uchun.

Maktabgacha ta’lim muassasalari: 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun turli o’yinlar orqali o’qish, yozish, hisoblashni o’rgatadigan bolalar bog’chasi. Bundan tashqari, oliy ta’lim tizimi 3 bosqichdan iborat:

1. Bakalavriat (3 yil);

2. Magistratura (1-2 yil);

3. Doktorantura (2-3 yil).

Dars mashg’ulotlari birmuncha O’zbekiston ta’lim tizimiga o’xshash, ya’ni klassik uslubda- ma’ruza va seminarlar, shuningdek mustaqil ishlar va tutorial(Ustoz boshchiligidagi kichik guruhlardagi mashg’ulot)lar orqali olib boriladi. Britaniya ta’lim tizimi o’zining xilma-xilligi, talabalar uchun qulayligi va jahon universiteti reytingi ichidan munosib o’rinlarni egallab turishi bilan ajralib turadi. Agar farqli jihatlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Britaniyada maktablarning xillari juda ham ko’p va bir-biridan farq qiladi, ko’pincha o’quvchilar internet maktablarni Afzal ko’rishadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, agar biror davlat yuksalmoqchi bo’lsa yoki sohalarini rivojlantirmoqchi bo’lsa, avvalo, o’zining ta’lim tizimini o’zgartirishi va yanada takomlillashtirishi zamon talabi hisoblanadi. Bizning ham Respublikamizda globallashuv sharoitida ta’limda yuz berayotgan o’zgarishlar muassasalarning faoliyat samaradorligini oshirishi bilan bir paytda, pedagog-o’qituvchilar va tarbiyachilarning kreativ potensialini rivojlantirishga, ilm jihatining kengayishiga ijobiy hissa qo’shib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https://lex.uz/docs/-48401

2. http://marifat.uz/marifat/ruknlar/olii-talim/3727.htm

3. https://genderi.org/mavzu-xxi-asr-jahon-talim-tizimidagi-globaltendensiyalar.html

4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Buyuk_Britaniyaning_ta%CA%BClim_tizi mi

5. https://telegra.ph/Buyuk-Britaniya-oliy-talim-tizimi-haqida-10-11

6. Zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov. (2020). Adabiyot o'qitish metodikasi (bet-6). Toshkent.

7. M.H.Hakimova. (2021). Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim tizimini modernizatsiyalashning afzalliklari va imkoniyatlari. Uzluksiz ta'lim, 3-5

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.