ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

KAM SONLI BOLALARDAN IBORAT GURUHLARDA TARBIYACHILARNING TARBIYALANUVCHILARNING QIZIQISHINI SHAKLLANTIRISH VA FAOLLIGINI RAG‘BATLANTIRISH IMKONIYATLARI

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida kam sonli bolalardan iborat guruhlarlar bilan ishlashning nazariy-metodik asoslari, tarbiyachining pedagogik kompetensiyasi va bolalarda barqaror qiziqish hosil qilish mexanizmlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda kam sonli bolalardan iborat guruhlar faoliyati orqali tarbiyalanuvchilarning kognitiv, ijtimoiy-emotsional va kommunikativ rivojlanishini faollashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, o‘yin texnologiyalari, tadqiqot faoliyati, individual-motivatsion yondashuv va rag‘batlantirish metodlarining samaradorligi taqqoslanadi. Maqolada tarbiyachining boshqaruvchanlik qobiliyati, pedagogik muhitni to‘g‘ri tashkil etishi, guruh ichidagi o‘zaro hamkorlik dinamikasini boshqarishi va qiziqishni qo‘llab-quvvatlashda zamonaviy didaktik vositalarning o‘rni alohida ko‘rsatiladi. Olingan ilmiy xulosalar maktabgacha ta’lim tizimida kam sonli bolalardan iborat guruhlar metodikasini yanada takomillashtirishga amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

--⊱⊱ 153 ⊰⊰--

RAG‘BATLANTIRISH IMKONIYATLARI

Zakirov Alisher Akbarovich, Ashurova Mohigul Sodiq qizi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor

va mutaxassislarini qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirish instituti ps.f.n, dots

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor

va mutaxassislarini qayta tayyorlash va

ularning malakasini oshirish instituti tayanch doktaranti

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida kam sonli bolalardan iborat guruhlarlar bilan ishlashning nazariy-metodik asoslari, tarbiyachining pedagogik kompetensiyasi va bolalarda barqaror qiziqish hosil qilish mexanizmlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda kam sonli bolalardan iborat guruhlar faoliyati orqali tarbiyalanuvchilarning kognitiv, ijtimoiy-emotsional va kommunikativ rivojlanishini faollashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, o‘yin texnologiyalari, tadqiqot faoliyati, individual-motivatsion yondashuv va rag‘batlantirish metodlarining samaradorligi taqqoslanadi. Maqolada tarbiyachining boshqaruvchanlik qobiliyati, pedagogik muhitni to‘g‘ri tashkil etishi, guruh ichidagi o‘zaro hamkorlik dinamikasini boshqarishi va qiziqishni qo‘llab-quvvatlashda zamonaviy didaktik vositalarning o‘rni alohida ko‘rsatiladi. Olingan ilmiy xulosalar maktabgacha ta’lim tizimida kam sonli bolalardan iborat guruhlar metodikasini yanada takomillashtirishga amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlari: kam sonli bolalardan iborat guruhlar, maktabgacha ta’lim, pedagogik texnologiya, tarbiyachi kompetensiyasi, qiziqish motivatsiyasi, o‘yin faoliyati, bilish jarayonlari, hamkorlik, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, tadqiqot metodlari, emotsional rivojlanish, kommunikativ ko‘nikmalar, didaktik vositalar, ijtimoiy integratsiya, rivojlanish dinamikasi.

Аннотatsiя

В данной статье всесторонне анализируются теоретико-методические основы организatsiи работы в малых группах в системе дошкольного образования, а также педагогическая компетентность воспитателя и механизмы формирования устойчивого познавательного интереса у детей. Исследование раскрывает педагогические подходы, способствующие активизatsiи когнитивного, социально-эмоционального и коммуникативного развития воспитанников посредством группового взаимодействия. Особое внимание уделяется эффективности игровых технологий, исследовательских заданий, индивидуальномотивatsiонных подходов и методов поощрения. В статье рассматривается роль воспитателя в управлении групповыми процессами, создании благоприятной образовательной среды, поддержании детской инициативы и использовании современных дидактических средств. Полученные выводы могут служить практической базой для совершенствования методики работы в малых группах в дошкольных учреждениях.

Ключевые слова: небольшие группы детей, дошкольное образование, педагогические технологии, компетентность воспитателя, учебная мотивatsiя, игровая деятельность,

--⊱⊱ 154 ⊰⊰-- познавательные процессы, сотрудничество, личностно-ориентированный подход, исследовательские методы, эмоциональное развитие, коммуникативные навыки, дидактические средства, социальная интегрatsiя, динамика развития.

Abstract

This article provides an in-depth analysis of the theoretical and methodological foundations of small-group instruction in early childhood education, focusing on the educator’s professional competence and the mechanisms for fostering stable and intrinsic interest among young learners. The study highlights pedagogical approaches that enhance children's cognitive, socio-emotional, and communicative development through collaborative group activities. Particular attention is given to the effectiveness of play-based learning, inquiry-based tasks, individualized motivational strategies, and reinforcement techniques. The article also examines the educator’s role in managing group dynamics, creating a supportive learning environment, encouraging initiative, and integrating modern didactic tools into the teaching process. The findings offer practical implications for improving smallgroup methodologies within preschool education systems.

Keywords: small groups of children, early childhood education, pedagogical technology, teacher competence, learning motivation, play-based learning, cognitive development, collaboration, learner-centered approach, inquiry-based methods, emotional development, communication skills, didactic tools, social integration, developmental dynamics.

Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning muhim shartlaridan biri – bolalarda barqaror qiziqish va bilishga intilishni shakllantirishdir. Bugungi kunda pedagogik amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, aynan kam sonli bolalardan iborat guruhlarlar bilan ishlash usuli tarbiyalanuvchilarning individual va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan eng qulay metodlardan biri hisoblanadi. Kam sonli bolalardan iborat guruhlarlar bolalarga o‘z fikrini erkin bildirish, faol ishtirok etish, o‘rtoqlari bilan muloqot qilish, hamkorlikda muammolarni hal etish kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga imkon yaratadi. Bu esa nafaqat bilimlarni egallash, balki shaxsiy rivojlanish uchun ham muhim omildir.

Agar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti joylashgan yerda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalar soni yigirma nafardan kam boʻlsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.

Kam sonli bolalardan iborat guruhlarlarda ishlash zamonaviy maktabgacha ta’limning muhim pedagogik texnologiyasiga aylangan. Mazkur yondashuv bolalarda ijtimoiy moslashuv, ijodiy fikrlash, muloqot madaniyati va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Kam sonli bolalardan iborat guruhlardagi faoliyat tarbiyalanuvchilarning faolligini kuchaytirib, ularni mustaqil faoliyatga jalb etadi va shaxsiy qiziqishlarini yuzaga chiqaradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola qiziqishi o‘qitish natijasining asosiy drayverlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur maqolada kam sonli bolalardan iborat guruhlar metodikasining nazariy asoslari, tarbiyachining qiziqtira olish imkoniyatlari, bolalarning bilish jarayonini faollashtiruvchi pedagogik mexanizmlar va amaliy tavsiyalar keng yoritiladi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim muassasalarida kam sonli bolalardan iborat guruhlarlar bilan ishlashni takomillashtirishga metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kam sonli bolalardan iborat guruhlar bilan ishlashning pedagogik va psixologik asoslari

--⊱⊱ 155 ⊰⊰--

Bugungi globallashtirilgan ta’lim muhiti tarbiyachidan yangicha pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni, har bir bolaga individual yondashuvni kuchaytirishni, ta’lim-tarbiya jarayonida emotsional va kognitiv rivojlanishni uyg‘unlashtirishni talab qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, kam sonli bolalardan iborat guruhlarda ishlash jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, bolalarning qiziqishini shakllantirishning psixologik va didaktik omillarini o‘rganish, tarbiyachi faoliyatining samarali strategiyalarini aniqlash alohida dolzarblik kasb etadi.

Kam sonli bolalardan iborat guruhlardagi ta’lim Vygotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasiga asoslanadi. Bu nazariyaga ko‘ra, bola murakkab faoliyatni kattalar ko‘magida yoki tengdoshlari bilan hamkorlikda samaraliroq bajaradi. Shuningdek, kam sonli bolalardan iborat guruhlarlar quyidagi imkoniyatlarni beradi:

ijtimoiy faoliyatni shakllantirish;

o‘zaro muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish;

individual yondashuvni kengaytirish;

tajriba almashinuviga sharoit yaratish;

ta’lim jarayonini qiziqarli va faol ko‘rinishda tashkil etish.

Psixologik tadqiqotlar kam sonli bolalardan iborat guruhlarlarda ishlagan bolalarda tashabbuskorlik, liderlik, ijtimoiy-emotsional barqarorlik oshishini ko‘rsatgan.

Tarbiyalanuvchilar qiziqishining shakllanish omillari

Zamonaviy psixologiya va pedagogika ilmida kam sonli bolalardan iborat guruhlar faoliyati bola shaxsining ijtimoiylashuvi, emotsional barqarorlikni shakllantirish, tasavvurni boyitish, ijodkorlikni rag‘batlantirish kabi jarayonlarning tabiiy muhitidir deb e’tirof etiladi. Vygotskiy, Montessori, Ushinskiy kabi pedagogik meros vakillarning ilmiy qarashlari ham kam sonli bolalardan iborat guruhlardagi hamkorlik faoliyati bolaning yaqin rivojlanish zonasini kengaytirishini ta’kidlaydi.

1. Psixologik omillar

Maktabgacha yoshdagi bolalarda qiziqish quyidagi psixologik jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq:

yangilikka intilish;

faol harakat ehtiyoji;

o‘yin faoliyatining ustuvorligi;

emotsional qo‘llab-quvvatlash;

muvaffaqiyatga erishish istagi.

Aminovning ta’kidlashicha, qiziqish bolaning bilish faoliyatini faollashtiruvchi ichki energiyadir.

2. Didaktik omillar

Bolalarda qiziqishni shakllantirish uchun didaktik jarayon quyidagicha tashkil etilishi maqsadga muvofiq:

ko‘rgazmali vositalardan foydalanish;

muammoli vaziyatlar yaratish;

interfaol metodlar qo‘llash;

o‘yin va amaliy mashg‘ulotlarni uyg‘unlashtirish;

real hayot bilan bog‘liq topshiriqlar berish.

Bu jarayonda tarbiyachi asosiy boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi va motivatsiya beruvchi shaxs sifatida markaziy o‘rinni egallaydi. Chunki tarbiyachining metodik yondashuvi, kommunikativ

--⊱⊱ 156 ⊰⊰-- ko‘nikmalari va bolalarni qiziqtirish strategiyalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini belgilab beradi.

Tarbiyachining bolalarni qiziqtira olish strategiyalari

1. O‘yin texnologiyalaridan foydalanish

O‘yin – maktabgacha ta’limning asosiy shaklidir. O‘yin asosidagi kam sonli bolalardan iborat guruhlar mashg‘ulotlari bolalarda:

ijodkorlik;

ijtimoiy muloqot;

mustaqil fikrlash;

emotsional barqarorlik

singari fazilatlarni rivojlantiradi. Montessori metodikasida o‘yin bolani “erkin o‘rganishga” yo‘naltiruvchi vosita sifatida e’tirof etiladi.

Oʻyin ijtimoiy tajribalarni oʻzlashtirish va qayta yaratishga yoʻnalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning oʻz xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining bola shaxsini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ta’limni amalga oshirish faoliyatida bolalarning kognitiv (aqliy), kommunikativ (nutq), ijtimoiy-hissiy va jismoniymotor rivojlanishiga sharoit yaratish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi oʻrtasida ishonch munosabatlarini shakllantirish, ruhiy-emotsional hamda jismoniy zoʻriqishni bartaraf etish juda muhimdir.

2. Tadqiqotga asoslangan topshiriqlar

Tadqiqot faoliyati bolalarda kuzatish, tajriba o‘tkazish, solishtirish va xulosa chiqarish qobiliyatini rivojlantiradi. Masalan:

urug‘ unishi bo‘yicha tajriba;

suvning holatlari bo‘yicha kuzatish;

ranglarni aralashtirish tajribasi.

Bunday topshiriqlar bolani faollikka undaydi va qiziqishini barqarorlashtiradi.

3. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv

Tarbiyachi har bir bolaning:

individual psixologik xususiyatlari;

qobiliyatlari;

ehtiyojlari;

rivojlanish darajasi

asosida topshiriqlarni moslashtirishi zarur. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv bolaning ichki motivatsiyasini kuchaytiradi.

4. Rag‘batlantirish va ijobiy baholash

Muvaffaqiyatni tan olish bolaning qiziqishini kuchaytiruvchi eng kuchli omillardan biridir. Rag‘batning turlari:

maqtov;

kichik sovg‘alar;

“eng faol guruh” belgisi;

muvaffaqiyatlar jurnali.

Psixologlar ta’kidlashicha, ijobiy baholash bolada o‘ziga ishonchni oshiradi va yangi faoliyatga qiziqishni shakllantiradi.

Kam sonli bolalardan iborat guruhlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari

Kam sonli bolalardan iborat guruhlarda ishlashning samaradorligini aniqlash murakkab pedagogik jarayon bo‘lib, u bolalar rivojlanish dinamikasi, ta’lim mazmunining o‘zlashtirilishi,

--⊱⊱ 157 ⊰⊰-- ijtimoiy-psixologik moslashuv jarayonlari hamda tarbiyachining boshqaruv kompetensiyasini o‘z ichiga oladi. Quydagi mezonlar kam sonli bolalardan iborat guruhlar faoliyatining sifat ko‘rsatkichlarini baholashda ilmiy asosga ega bo‘lgan kompleks yondashuvni ifodalaydi:

1. Bolalarning faol ishtiroki. Kam sonli bolalardan iborat guruhlardagi jarayonlarda bolalarning faol ishtiroki ularning o‘quv motivatsiyasi, tashabbuskorlik darajasi, topshiriqni bajarishga bo‘lgan qiziqishi va o‘zini namoyon qilish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Faollik mezoni nafaqat son jihatdan (ishtiork etuvchi bolalar soni), balki sifat jihatdan (faoliyat mazmunidagi ishtirok, mustaqil fikr bildirish, muhokamalarda qatnashish) ham baholanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, faol ishtirok ta’limning barqaror o‘zlashtirilishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

2. Vazifalarni bajarishdagi mustaqillik darajasi. Mustaqillik – bolaning bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z faoliyatida qo‘llay olish qobiliyatidir. Bu mezon topshiriqni bajarishda tarbiyachi yordamisiz harakat qilish, muammoni mustaqil hal etish, qaror qabul qilish va o‘z harakatlarini rejalashtira olish ko‘nikmalariga asoslanadi. Vygotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasiga ko‘ra, mustaqillikning o‘sishi bola rivojlanishining yuqori bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi.

3. Hamkorlik va o‘zaro yordam. Kam sonli bolalardan iborat guruhlardagi o‘zaro hamkorlik bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi asosiy omildir. Bu mezon guruh a’zolarining bir-birini tinglashi, fikrini hurmat qilishi, vazifalarni taqsimlay olishi, birgalikda qaror qabul qilishi va o‘zaro yordam ko‘rsatishi bilan belgilanadi. Hamkorlikning yuqori darajasi guruh ichida sog‘lom psixologik muhit mavjudligini ko‘rsatadi.

4. Ijobiy emotsional muhit. Emotsional muhitning sifat darajasi bolalarning o‘zini xavfsiz his qilishi, faoliyatdan zavqlanishi, o‘z fikrini erkin ifoda etishi, tarbiyachi bilan samimiy muloqotda bo‘lishi va tengdoshlari bilan ijobiy munosabatda bo‘lishi asosida baholanadi. Psixologik tadqiqotlar bolalarning emotsional farovonligi o‘quv faoliyatining samaradorligi bilan bevosita bog‘liqligini ta’kidlaydi. Ijobiy emotsional muhit bolaning qiziqishini barqarorlashtiradi va tashabbuskorlikni kuchaytiradi.

5. O‘quv materiali va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi. Bu mezon bolaning mashg‘ulot davomida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini qay darajada amaliyotda qo‘llay olishini ko‘rsatadi. O‘zlashtirish darajasi nafaqat yakuniy natijalar bilan, balki jarayonning sifat ko‘rsatkichlari bilan – tushunish, qo‘llash, umumlashtirish va xulosa chiqarish kabi kognitiv faoliyatlari bilan ham o‘lchanadi. Bu ta’lim jarayonining real samaradorligini namoyon etadi.

6. Guruh a’zolari o‘rtasidagi muloqot sifati. Muloqot sifati bolalarning o‘zaro hurmat, tolerantlik, nutq madaniyati, eshitish va fikr bildirish ko‘nikmalari asosida baholanadi. Sifatli muloqot guruh dinamikasining muvozanatini ta’minlaydi va bolalarning ijtimoiy-intellektual rivojlanish ko‘rsatkichlarini oshiradi. Muloqotning samarali bo‘lishi kam sonli bolalardan iborat guruhlar faoliyatining muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

7. Rivojlanish dinamikasining monitoring natijalari. Monitoring – bolaning rivojlanish jarayonini muntazam kuzatish, natijalarni tahlil qilish va zaruriy pedagogik tuzatishlarni kiritish jarayonidir. Rivojlanish dinamikasi bolaning o‘z vaqtida psixologik, kognitiv, nutqiy va ijtimoiy o‘sishini ko‘rsatadi. Monitoring natijalari kam sonli bolalardan iborat guruhlardagi metodlarning samaradorligini baholashga, shuningdek tarbiyachi faoliyatini optimallashtirishga imkon beradi.

Kam sonli bolalardan iborat guruhlar bilan ishlash maktabgacha ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning eng muhim strategiyalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, kam sonli bolalardan iborat guruhlarlarda faoliyat olib borish nafaqat bolalarning bilish jarayonini faollashtiradi, balki ularning ijtimoiy-emotsional tajribasini boyitadi, hamkorlik, muloqot va o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Kam sonli bolalardan iborat guruhlar metodikasining

--⊱⊱ 158 ⊰⊰-- mohiyati – tarbiyalanuvchining shaxsiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, mustaqil fikrlash va ijodkorlikni rag‘batlantirish, shuningdek ta’lim jarayoniga qiziqishni kuchaytirishdan iborat.

Tarbiyachining bu jarayonda tutgan o‘rni beqiyosdir. Uning pedagogik mahorati, kommunikativ qobiliyatlari, metodik tayyorgarligi, bolalar bilan muloqot madaniyati va motivatsion yondashuvi kam sonli bolalardan iborat guruhlar faoliyatining samaradorligini belgilab beradi. To‘g‘ri tanlangan metodlar – o‘yin texnologiyalari, tadqiqot topshiriqlari, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, rag‘batlantirish vositalari – bolalarda mustahkam qiziqish uyg‘otadi, ta’lim jarayonini qiziqarli va ma’noli qiladi.

Yana bir muhim jihat shuki, kam sonli bolalardan iborat guruhlardagi o‘zaro hamkorlik jarayoni bolalarda ijtimoiylashuv, empatiya, mas’uliyat, o‘z fikrini bayon qilish va boshqalarning fikrini eshitish kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Bu esa kelajakdagi ta’lim bosqichlari uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta’limda qiziqishga asoslangan o‘qitish modeli bola shaxsining tabiiy rivojlanish ritmini hisobga olgan holda, uning individual qobiliyat va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Maqolada keltirilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kam sonli bolalardan iborat guruhlarlar bilan ishlash jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali ta’lim-tarbiya sifati sezilarli darajada oshirilishi mumkin. Shuning uchun tarbiyachilarning metodik kompetensiyasini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, guruh ichida ijobiy psixologik muhit yaratish va har bir bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olish maktabgacha ta’lim tizimida ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

Umuman olganda, kam sonli bolalardan iborat guruhlar metodikasi – nafaqat ta’lim samaradorligini oshiruvchi texnologiya, balki bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlovchi pedagogik platforma sifatida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu yondashuvni yanada takomillashtirish pedagogik jarayonning mazmunini boyitadi, tarbiyachilarning kasbiy faoliyatini optimallashtiradi va maktabgacha ta’lim sifatining yangi bosqichga ko‘tarilishiga zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar 1. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” Qonunining 34- moddasi (https://www.lex.uz/en/docs/-4646908) 2. M.G.Davletshin, O‘zbek maktabgacha ta’lim psixologiyasi asoslari. Toshkent: O‘qituvchi, 1996. 3. L.S.Vygotsky, Mind in Society. Harvard University Press, 1978. 4. Z.Jalolova va boshq. Maktabgacha ta’lim metodikasi. Toshkent: TDPU, 2020. 5. Abdullayeva N.Sh. Improving the preschool education system on the basis of cluster technologies// Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation, B. 36872-36886 2021 y 6. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical Conditions for the Development of Artistic Perception in Children of the Fifth Year of Life in the Process of Familiarization with Works of Fine Art// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643-9840, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323 7. Valiyeva F.R., Sharipova G.N. Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations//International Journal of Early Childhood Special Education

(INT-JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.