ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

KASBIY KOMPETENTLIK TUSHUNCHASINING ZAMONAVIY TALQINI: INGLIZ TILI OʻQITUVCHILARINI TAYYORLASHDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

Abstract

KIRISH: zamonaviy ta’lim tizimida ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni globallashuv, raqamlashtirish va ta’lim paradigmalarining o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liq holda rivojlanmoqda. Bugungi kunda pedagogdan nafaqat fan bilimlariga ega bo‘lish, balki raqamli muhitda samarali faoliyat yuritish, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish va doimiy o‘zini rivojlantirish talab etilmoqda. Shu nuqtai nazardan, kasbiy kompetentlik tushunchasi yangi mazmun bilan boyib, raqamli transformatsiya sharoitida qayta talqin etilmoqda. Ayniqsa, ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligida raqamli platformalar, onlayn resurslar va interaktiv texnologiyalarning o‘rni tobora ortib bormoqda. MAQSAD: mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi raqamli transformatsiya sharoitida kasbiy kompetentlik tushunchasining zamonaviy talqinini ochib berish hamda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida raqamli texnologiyalar asosida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslarini yoritishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida pedagogika va xorijiy tillarni o‘qitish metodikasiga oid ilmiy adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar, raqamli ta’lim platformalari faoliyati tahlil qilindi. Tadqiqotda nazariy tahlil, taqqoslash, umumlashtirish, tizimlashtirish, pedagogik kuzatuv hamda ilmiy manbalarni kontent-tahlil qilish metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid ilg‘or tajribalar o‘rganildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy talqinda kasbiy kompetentlik o‘qituvchining faqat metodik va lingvistik bilimlari bilan cheklanmaydi, balki raqamli savodxonlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, masofaviy ta’limni tashkil etish, raqamli pedagogik dizayn yaratish kabi ko‘nikmalarni ham o‘z ichiga oladi. Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda raqamli platformalardan foydalanish ularning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirib, kasbiy faoliyatga moslashuvchanligini oshiradi. Shu bilan birga, raqamli transformatsiya o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini uzluksiz jarayon sifatida tashkil etishni talab etadi. XULOSA: raqamli transformatsiya sharoitida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Kasbiy kompetentlikning zamonaviy talqini raqamli, kommunikativ, metodik va shaxsiy kompetensiyalarning integratsiyasiga asoslanadi. Shu sababli, o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida raqamli texnologiyalarni tizimli va maqsadli qo‘llash, ta’lim dasturlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish zarur.


INTRODUCTION: in the contemporary education system, the process of training English language teachers is directly linked to globalization, digitalization, and the transformation of educational paradigms. Today, a teacher is required not only to possess subject knowledge but also to effectively operate in a digital environment, integrate innovative technologies into the teaching process, and engage in continuous self-development. From this perspective, the concept of professional competence has acquired new content and is being reinterpreted in the context of digital transformation. Particularly significant is the increasing role of digital platforms, online resources, and interactive technologies in the professional preparation of English language teachers. AIM: the primary aim of this study is to elucidate the modern interpretation of the concept of professional competence under conditions of digital transformation and to present the scientific-methodological foundations for developing professional competence in the training of English language teachers through the systematic integration of digital technologies. MATERIALS AND METHODS: the study involved analysis of scientific literature on pedagogy and foreign language teaching methodology, normative-legal documents, and the functioning of digital education platforms. The research employed theoretical analysis, comparison, generalization, systematization, pedagogical observation, and content analysis of scientific sources. Furthermore, advanced practices in the formation of teachers’ professional competence in the context of digital transformation were examined. RESULTS AND DISCUSSION: the findings indicate that, in its modern interpretation, professional competence is no longer limited to methodological and linguistic knowledge alone; it encompasses digital literacy, effective use of information and communication technologies, organization of distance learning, creation of digital pedagogical designs, and other related skills. The integration of digital platforms in the training of English language teachers expands their opportunities for independent learning and increases adaptability to professional activity. At the same time, digital transformation necessitates the organization of teachers’ professional development as a continuous process. CONCLUSION: in conclusion, the development of professional competence among English language teachers in the context of digital transformation constitutes a key factor in enhancing the quality and effectiveness of education. The contemporary interpretation of professional competence is based on the integration of digital, communicative, methodological, and personal competencies. Therefore, it is essential to implement digital technologies in a systematic and purposeful manner within teacher training programs and to continuously modernize curricula in accordance with current requirements.

Full PDF Document

Related Articles

Full text

OʻQITUVCHILARINI TAYYORLASHDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

Kholmamatova Khusnora Sirojiddinovna, Navoiy innovatsiyalar universiteti, Surxondaryo kampusi, O‘zbekiston

Annotatsiya

KIRISH

zamonaviy ta’lim tizimida ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni globallashuv, raqamlashtirish va ta’lim paradigmalarining o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liq holda rivojlanmoqda. Bugungi kunda pedagogdan nafaqat fan bilimlariga ega bo‘lish, balki raqamli muhitda samarali faoliyat yuritish, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish va doimiy o‘zini rivojlantirish talab etilmoqda. Shu nuqtai nazardan, kasbiy kompetentlik tushunchasi yangi mazmun bilan boyib, raqamli transformatsiya sharoitida qayta talqin etilmoqda. Ayniqsa, ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligida raqamli platformalar, onlayn resurslar va interaktiv texnologiyalarning o‘rni tobora ortib bormoqda.

MAQSAD

mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi raqamli transformatsiya sharoitida kasbiy kompetentlik tushunchasining zamonaviy talqinini ochib berish hamda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida raqamli texnologiyalar asosida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslarini yoritishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR

tadqiqot jarayonida pedagogika va xorijiy tillarni o‘qitish metodikasiga oid ilmiy adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar, raqamli ta’lim platformalari faoliyati tahlil qilindi. Tadqiqotda nazariy tahlil, taqqoslash, umumlashtirish, tizimlashtirish, pedagogik kuzatuv hamda ilmiy manbalarni kontent-tahlil qilish metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid ilg‘or tajribalar o‘rganildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy talqinda kasbiy kompetentlik o‘qituvchining faqat metodik va lingvistik bilimlari bilan cheklanmaydi, balki raqamli savodxonlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, masofaviy ta’limni tashkil etish, raqamli pedagogik dizayn yaratish kabi ko‘nikmalarni ham o‘z ichiga oladi. Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda raqamli platformalardan foydalanish ularning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirib, kasbiy faoliyatga moslashuvchanligini oshiradi. Shu bilan birga, raqamli transformatsiya o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini uzluksiz jarayon sifatida tashkil etishni talab etadi.

XULOSA

raqamli transformatsiya sharoitida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish ta’lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Kasbiy kompetentlikning zamonaviy talqini raqamli, kommunikativ, metodik va shaxsiy kompetensiyalarning integratsiyasiga asoslanadi. Shu sababli, o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida raqamli texnologiyalarni tizimli va maqsadli qo‘llash, ta’lim dasturlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish zarur.

KALIT SO‘ZLAR: kasbiy kompetentlik, raqamli transformatsiya, ingliz tili o‘qituvchisi, raqamli ta’lim, pedagogik kompetensiya, raqamli platformalar, zamonaviy ta’lim.

СОВРЕМЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ПОНЯТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ

КОМПЕТЕНТНОСТИ: ЦИФРОВАЯ ТРАНСФОРМАЦИЯ В ПОДГОТОВКЕ

ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА

Xолмаматова Хуснора Сирожиддиновна, Сурхандарьинского кампуса Навоийского университета инноваций, Узбекистан.

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

в современной системе образования процесс подготовки преподавателей английского языка непосредственно связан с глобализацией, цифровизацией и трансформацией образовательных парадигм. Сегодня от педагога требуется не только владение предметными знаниями, но и эффективная деятельность в цифровой среде, интеграция инновационных технологий в учебный процесс и постоянное саморазвитие. В этом контексте понятие профессиональной компетентности обретает новое содержание и переосмысливается в условиях цифровой трансформации. Особое значение приобретает возрастающая роль цифровых платформ, онлайн-ресурсов и интерактивных технологий в профессиональной подготовке преподавателей английского языка.

ЦЕЛЬ

основная цель данного исследования заключается в раскрытии современной интерпретации понятия профессиональной компетентности в условиях цифровой трансформации, а также в освещении научно-методических основ развития профессиональной компетентности будущих преподавателей английского языка на базе цифровых технологий.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

в ходе исследования был проведён анализ научной литературы по педагогике и методике преподавания иностранных языков, нормативно-правовых документов, а также функционирования цифровых образовательных платформ. Применялись методы теоретического анализа, сравнения, обобщения, систематизации, педагогического наблюдения и контентанализа научных источников. Кроме того, изучались передовые практики формирования профессиональной компетентности педагогов в условиях цифровой трансформации.

РЕЗУЛЬТАТЫ И ОБСУЖДЕНИЕ

полученные результаты свидетельствуют о том, что в современной трактовке профессиональная компетентность не ограничивается методическими и лингвистическими знаниями, а включает цифровую грамотность, эффективное использование информационнокоммуникационных технологий, организацию дистанционного обучения, создание цифрового педагогического дизайна и другие компетенции. Применение цифровых платформ в подготовке преподавателей английского языка расширяет возможности их самостоятельного обучения и повышает адаптивность к профессиональной деятельности. Вместе с тем цифровая трансформация требует организации непрерывного профессионального развития педагога как целостного процесса.

ВЫВОД

подводя итог, можно утверждать, что развитие профессиональной компетентности преподавателей английского языка в условиях цифровой трансформации является важнейшим фактором повышения качества и эффективности образования. Современная интерпретация профессиональной компетентности опирается на интеграцию цифровых, коммуникативных, методических и личностных компетенций. В связи с этим необходимо системное и целенаправленное внедрение цифровых технологий в процесс подготовки педагогов, а также постоянное совершенствование учебных программ в соответствии с актуальными требованиями.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА

профессиональная компетентность, цифровая трансформация, преподаватель английского языка, цифровое образование, педагогическая компетентность, цифровые платформы, современное образование.

MODERN INTERPRETATION OF THE CONCEPT OF PROFESSIONAL

COMPETENCE: DIGITAL TRANSFORMATION IN TRAINING ENGLISH LANGUAGE

TEACHERS

Khusnora S. Kholmamatova, Surkhandarya Campus, Navoi University of Innovations, Uzbekistan.

Annotation

INTRODUCTION

in the contemporary education system, the process of training English language teachers is directly linked to globalization, digitalization, and the transformation of educational paradigms. Today, a teacher is required not only to possess subject knowledge but also to effectively operate in a digital environment, integrate innovative technologies into the teaching process, and engage in continuous self-development. From this perspective, the concept of professional competence has acquired new content and is being reinterpreted in the context of digital transformation. Particularly significant is the increasing role of digital platforms, online resources, and interactive technologies in the professional preparation of English language teachers.

AIM

the primary aim of this study is to elucidate the modern interpretation of the concept of professional competence under conditions of digital transformation and to present the scientific-methodological foundations for developing professional competence in the training of English language teachers through the systematic integration of digital technologies.

MATERIALS AND METHODS

the study involved analysis of scientific literature on pedagogy and foreign language teaching methodology, normative-legal documents, and the functioning of digital education platforms. The research employed theoretical analysis, comparison, generalization, systematization, pedagogical observation, and content analysis of scientific sources. Furthermore, advanced practices in the formation of teachers’ professional competence in the context of digital transformation were examined.

RESULTS AND DISCUSSION

the findings indicate that, in its modern interpretation, professional competence is no longer limited to methodological and linguistic knowledge alone; it encompasses digital literacy, effective use of information and communication technologies, organization of distance learning, creation of digital pedagogical designs, and other related skills. The integration of digital platforms in the training of English language teachers expands their opportunities for independent learning and increases adaptability to professional activity. At the same time, digital transformation necessitates the organization of teachers’ professional development as a continuous process.

CONCLUSION

in conclusion, the development of professional competence among English language teachers in the context of digital transformation constitutes a key factor in enhancing the quality and effectiveness of education. The contemporary interpretation of professional competence is based on the integration of digital, communicative, methodological, and personal competencies. Therefore, it is essential to implement digital technologies in a systematic and purposeful manner within teacher training programs and to continuously modernize curricula in accordance with current requirements.

KEYWORDS

professional competence, digital transformation, English language teacher, digital education, pedagogical competence, digital platforms, modern education.

Zamonaviy jamiyat taraqqiyoti globallashuv, raqamlashtirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivoji bilan xarakterlanadi. Ushbu jarayonlar barcha sohalar qatori ta’lim tizimiga ham chuqur ta’sir ko‘rsatib, uning mazmuni, shakllari va metodologiyasini tubdan yangilashni taqozo etmoqda. Ayniqsa, pedagog kadrlar tayyorlash jarayonida an’anaviy yondashuvlar o‘zining cheklangan imkoniyatlarini namoyon etib, zamonaviy talablarga mos keladigan yangi ilmiy-pedagogik konsepsiyalarni ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Bu jarayonda kasbiy kompetentlik tushunchasi markaziy o‘rin egallab, pedagog shaxsining zamonaviy ta’lim muhitidagi muvaffaqiyatli faoliyatini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Xususan, ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimi bugungi kunda alohida e’tibor talab qiladigan sohalardan biridir. Ingliz tili global muloqot, ilm-fan, texnologiya va xalqaro hamkorlikning yetakchi vositasi sifatida e’tirof etilayotgan bir sharoitda, ushbu fan o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida kasbiy kompetentlikni zamonaviy talablar asosida shakllantirish dolzarb ilmiypedagogik muammo sifatida maydonga chiqmoqda. Raqamli transformatsiya sharoitida kasbiy kompetentlik tushunchasi an’anaviy bilim va ko‘nikmalar doirasidan chiqib, keng qamrovli, dinamik va integrativ mazmun kasb etmoqda. Endilikda pedagogning kasbiy yetukligi faqat fan bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi bilan emas, balki raqamli ta’lim muhitida samarali faoliyat yurita olishi, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llay bilishi va ta’lim oluvchilarning mustaqil hamda ijodiy fikrlashini rivojlantira olish qobiliyati bilan belgilanmoqda. Bu holat kasbiy kompetentlik tushunchasini qayta talqin qilish va uni raqamli transformatsiya jarayonlari bilan uzviy bog‘lash zaruratini yuzaga keltiradi.

Raqamli transformatsiya ta’lim jarayonini tashkil etishning yangi modelini shakllantirib, pedagogik faoliyatning mazmuni va uslubiga sezilarli o‘zgarishlar kiritmoqda. Masofaviy va aralash ta’lim shakllarining keng joriy etilishi, raqamli platformalar va virtual o‘quv muhitlarining rivojlanishi ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy rolini tubdan o‘zgartirmoqda. Endilikda o‘qituvchi nafaqat bilim manbai, balki ta’lim jarayonini boshqaruvchi, raqamli resurslardan samarali foydalanuvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatini yo‘naltiruvchi mutaxassis sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bunday sharoitda kasbiy kompetentlik o‘qituvchining raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyati, pedagogik moslashuvchanligi va kasbiy refleksiyasi bilan chambarchas bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Kasbiy kompetentlik tushunchasining zamonaviy talqini ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida ta’lim mazmunining yangilanishini ham taqozo etadi. O‘quv dasturlari va pedagogik texnologiyalar raqamli ta’lim talablari asosida qayta ishlab chiqilishi, amaliy mashg‘ulotlar virtual va interaktiv shakllar bilan boyitilishi zarur. Bu esa bo‘lajak o‘qituvchilarda nafaqat lingvistik va metodik kompetensiyalarni, balki raqamli pedagogik kompetensiyani ham shakllantirish imkonini beradi. Shu tariqa, kasbiy kompetentlik kompleks tizim sifatida qaralib, uning tarkibida bilim, ko‘nikma, malaka, qadriyat va shaxsiy sifatlar bir butunlikda namoyon bo‘ladi.

Bugungi kunda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida raqamli transformatsiyaning ta’siri tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda, kasbiy kompetentlikni shakllantirish masalasi strategik ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jarayon ta’lim sifatini oshirish, bo‘lajak o‘qituvchilarning raqobatbardoshligini ta’minlash va ularni zamonaviy ta’lim muhitiga tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, kasbiy kompetentlik tushunchasining zamonaviy talqini pedagogik ta’lim tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-nazariy asoslarni ishlab chiqishni ham

Shu nuqtayi nazardan, mazkur tadqiqot mavzusi ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida kasbiy kompetentlik tushunchasini raqamli transformatsiya sharoitida ilmiy jihatdan asoslash, uning mazmun-mohiyatini ochib berish va zamonaviy pedagogik talablarga mos talqinini ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi. Bu esa ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Kasbiy kompetentlik tushunchasi va uning ta’lim jarayonidagi o‘rni pedagogika fanida uzoq yillar davomida tadqiq etib kelinayotgan muhim ilmiy masalalardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi mazkur tushunchaning mazmunan kengayishiga, uning tarkibiy tuzilmasi va funksional vazifalarining qayta talqin etilishiga olib keldi. Ayniqsa, ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida kasbiy kompetentlik masalasi raqamli texnologiyalar bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganilmoqda. Mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, kasbiy kompetentlik endilikda faqat fan bo‘yicha bilim va metodik tayyorgarlikni emas, balki raqamli pedagogik faoliyatni samarali amalga oshirish qobiliyatini ham o‘z ichiga oluvchi kompleks kategoriya sifatida qaralmoqda.

Pedagogik tadqiqotlarda kasbiy kompetentlik ko‘pincha shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan va kompetensiyaviy yondashuvlar doirasida izohlanadi. Ushbu yondashuvlar asosida olib borilgan ilmiy izlanishlar o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi ko‘p komponentli tizim ekanligini, uning tarkibida nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, kommunikativ qobiliyatlar, refleksiv tafakkur va kasbiy qadriyatlar mujassam ekanligini ko‘rsatadi. Raqamli transformatsiya sharoitida esa mazkur komponentlarga raqamli savodxonlik, texnologik moslashuvchanlik va innovatsion faoliyatga tayyorlik kabi jihatlar ham qo‘shilmoqda. Ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarda raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga integratsiyasi muhim omil sifatida e’tirof etiladi. Tadqiqotlarda raqamli platformalar, elektron ta’lim resurslari, masofaviy va aralash o‘qitish modellarining o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga ijobiy ta’siri asoslab berilgan. Bunday yondashuvlar ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy faoliyatini innovatsion yo‘nalishda tashkil etish, o‘quv jarayonini individuallashtirish va ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim olish kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini yaratadi.

Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiya pedagogning kasbiy rolini tubdan o‘zgartirmoqda. O‘qituvchi endilikda faqat bilim beruvchi emas, balki raqamli ta’lim muhitini loyihalovchi, ta’lim jarayonini boshqaruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi subyekt sifatida qaralmoqda. Shu sababli, kasbiy kompetentlik tushunchasi pedagogning raqamli ta’lim muhitida samarali faoliyat yurita olish qobiliyati bilan bevosita bog‘liq holda talqin qilinmoqda. Bu holat ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida raqamli pedagogik kompetensiyani shakllantirish masalasini dolzarb ilmiy muammo sifatida ilgari suradi.

Zamonaviy ilmiy manbalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish jarayoni uzluksiz va dinamik tizim sifatida qaraladi. Ushbu jarayon ta’limning barcha bosqichlarini qamrab olib, pedagogning kasbiy faoliyati davomida doimiy ravishda takomillashib borishini nazarda tutadi. Raqamli transformatsiya esa ushbu jarayonni tezlashtiruvchi va uning samaradorligini oshiruvchi omil sifatida talqin etiladi. Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashga oid adabiyotlarda raqamli texnologiyalar orqali o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari keng yoritilib, bu jarayon ta’lim sifatini oshirishning muhim sharti sifatida baholanadi. Ilmiy adabiyotlarda, shuningdek, kasbiy kompetentlik tushunchasining tarkibiy tuzilmasiga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy kompetentligi lingvistik, metodik, kommunikativ va raqamli komponentlarning o‘zaro uyg‘unligi asosida shakllanadi. Raqamli transformatsiya sharoitida ushbu komponentlar o‘zaro integratsiyalashib, o‘qituvchining kasbiy faoliyatida yangi sifat darajasini ta’minlaydi. Bu esa kasbiy kompetentlik tushunchasining zamonaviy talqinini ilmiy jihatdan asoslash zaruratini yuzaga keltiradi.

Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida raqamli transformatsiya masalasi hali ham chuqur va tizimli tadqiqotni talab etadi. Aksariyat ilmiy ishlarda raqamli texnologiyalarning alohida jihatlari yoritilgan bo‘lsada, kasbiy kompetentlik tushunchasining zamonaviy talqini va uning ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimidagi o‘rni kompleks tarzda yetarlicha yoritilmagan. Shu bois, mazkur mavzu bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va raqamli ta’lim muhitida samarali faoliyat yurita oladigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Rivojlangan ta’lim tizimi globallashuv, axborotlashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari ta’sirida tubdan yangilanib bormoqda. Ushbu jarayonlar ta’lim mazmuni, o‘qitish metodlari va pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, ingliz tilini o‘qitish sohasi xalqaro muloqot, akademik va kasbiy integratsiya jarayonlarida muhim o‘rin egallaganligi sababli, mazkur fan o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi masalasi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bugungi sharoitda ingliz tili o‘qituvchisining muvaffaqiyatli faoliyati nafaqat lingvistik bilim va metodik mahoratga, balki raqamli ta’lim muhitida samarali ishlash qobiliyatiga ham bevosita bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan, kasbiy kompetentlik tushunchasining zamonaviy talqini va uning raqamli transformatsiya jarayonlari bilan uzviy aloqasi ilmiy jihatdan chuqur tahlil etishni

Kasbiy kompetentlik zamonaviy pedagogik tafakkurda murakkab, ko‘p tarkibli va dinamik kategoriya sifatida talqin etiladi. U pedagogning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, kasbiy qadriyatlari, refleksiv faoliyati hamda shaxsiy sifatlarining uzviy birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Raqamli transformatsiya sharoitida mazkur tushuncha yangi mazmun bilan boyib, an’anaviy kompetensiyalar bilan bir qatorda raqamli, kommunikativ, innovatsion va moslashuvchan kompetensiyalarni ham o‘z ichiga ola boshladi. Ingliz tili o‘qituvchisi faoliyatida bu jarayon ayniqsa yaqqol namoyon bo‘lib, til o‘rgatishning mazmuni va shakllari raqamli vositalar orqali yangicha talqinda amalga oshirilmoqda. Raqamli transformatsiya ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonini tubdan o‘zgartirib, uni ko‘p o‘lchovli va uzluksiz rivojlanishga yo‘naltirilgan tizimga aylantirmoqda. Endilikda o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki raqamli ta’lim muhitini loyihalovchi, o‘quv jarayonini boshqaruvchi va ta’lim oluvchilarning mustaqil faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi subyekt sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu esa kasbiy kompetentlik tushunchasining mazmunan kengayishiga va uning tarkibiy elementlarining qayta shakllanishiga olib kelmoqda.

Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida raqamli transformatsiya ta’lim mazmunining yangilanishi bilan birga, o‘qitish metodlarining ham takomillashuvini ta’minlamoqda. Raqamli platformalar, virtual ta’lim muhitlari, masofaviy va aralash o‘qitish modellarining joriy etilishi kasbiy kompetentlikni shakllantirishda yangi pedagogik imkoniyatlar yaratmoqda. Ushbu imkoniyatlar o‘qituvchidan yuqori darajadagi metodik moslashuvchanlik, kreativ fikrlash va texnologik savodxonlikni talab etadi. Natijada kasbiy kompetentlik endi faqat tayyor bilim va ko‘nikmalar majmui emas, balki o‘zgaruvchan ta’lim sharoitlariga tez moslasha olish qobiliyati sifatida ham talqin qilinmoqda.

Raqamli ta’lim muhitida ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayoni shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan va refleksiv yondashuvlar bilan chambarchas bog‘liq holda amalga oshiriladi. Raqamli vositalar o‘qituvchiga o‘quv jarayonini individual ehtiyojlar asosida tashkil etish, ta’lim oluvchilarning faolligini oshirish va o‘qitish natijalarini doimiy monitoring qilish imkonini beradi. Bu holat kasbiy kompetentlikning sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Zamonaviy talqinda kasbiy kompetentlik ingliz tili o‘qituvchisining professional identifikatsiyasi bilan ham uzviy bog‘liqdir. Raqamli transformatsiya jarayonida o‘qituvchi o‘z kasbiy rolini qayta anglab, raqamli ta’lim muhitida o‘zini erkin va ishonchli namoyon eta olishi zarur. Bu jarayon o‘qituvchining o‘z ustida muntazam ishlashini, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishini va kasbiy faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borishini taqozo etadi. Shunday qilib, kasbiy kompetentlik uzluksiz rivojlanib boruvchi jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.

Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida raqamli transformatsiya kasbiy kompetentlikni shakllantirishning tashkiliy-pedagogik asoslarini ham qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Ta’lim dasturlari mazmunini raqamli ta’lim talablari asosida yangilash, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va baholash tizimini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish ushbu jarayonning muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bu holat ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini xalqaro standartlar darajasiga moslashtirish imkonini yaratadi. Kasbiy kompetentlik tushunchasining zamonaviy talqini ingliz tili o‘qituvchisining raqamli madaniyatini ham muhim omil sifatida e’tirof etadi. Raqamli madaniyat pedagogning axborot bilan ishlash, raqamli vositalardan maqsadga muvofiq foydalanish va ta’lim jarayonida axloqiy-me’yoriy talablarni hisobga olish qobiliyatlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu jihatlar ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy faoliyatida barqaror va mas’uliyatli yondashuvni ta’minlaydi.

Raqamli transformatsiya sharoitida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish ta’lim sifatini oshirish, ta’lim oluvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish va ularning mustaqil ta’lim olish qobiliyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon o‘qituvchining pedagogik faoliyatini innovatsion yo‘nalishda rivojlantirib, uni zamonaviy ta’lim tizimining faol ishtirokchisiga aylantiradi.

Xulosa qilib aytganda, kasbiy kompetentlik tushunchasining zamonaviy talqini ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida raqamli transformatsiyaning bevosita ta’siri ostida shakllanib, yangi mazmun va funksional xususiyatlar bilan boyimoqda. Ushbu jarayon ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy faoliyatini kompleks tarzda rivojlantirishga xizmat qilib, ta’lim tizimining barqaror va innovatsion rivojlanishini ta’minlash uchun mustahkam ilmiy-pedagogik asos yaratadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mirzaxalova Sohibaxon Davronbek qizi. (2024). BO’LAJAK INGLIZ TILI

O’QITUVCHILARINING KASBIY KOMPOTENTLIGINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI.

TADQIQOTLAR.UZ, 32(2), 203–207.

2. Каримова Г.Р. Педагогларнинг рақамли компетенциясини ривожлантириш масалалари // Педагогика ва психология журнали. – 2021. – №4. – Б. 78–83.

3. Балышев А.П. Цифровая педагогика и её роль в подготовке учителей иностранных языков // Мир науки. Педагогика и психология. – 2022. – №3. – С. 55– 60.

4. Nabixonova M.I. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining raqamli pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish strategiyalari // Pedagogik tadqiqotlar jurnali. – 2025. – №2. – Б. 5–7.

5. Saydazimova, D. (2023). THEORETICAL BASIS OF FORMING

PROFESSIONAL COMPETENCIES OF FUTURE FOREIGN LANGUAGE TEACHERS

USING DIGITAL TECHNOLOGIES. Educational Research in Universal Sciences, 2(12), 13–17.

6. Akinwamide, T. K., and Adedara, O. G. (2012). Facilitating autonomy and creativity in second language learning through cyber-tasks, hyperlinks and net-surfing. Engl. Lang. Teach. 5, 36–42.

7. Anderson, J., Chung, Y.C., and Macleroy, V. (2018). Creative and critical approaches to language learning and digital technology: findings from a multilingual digital storytelling project. Lang. Educ. 32, 195–211.

8. Yusupov, R. (2025). METHODOLOGY OF DEVELOPING THE

PROFESSIONAL COMPETENCE OF FOREIGN LANGUAGE TEACHERS. International

Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 977–979.

9. Akhmedova N.M. Improving the professional training of future teachers basedonanintegrative approach: diss... PhD T:.2020. - 65 p.

10.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.