RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Jumayev Xushboq Soatmumin o‘g‘li
Termiz davlat pedagogika instituti, Boshlang‘ich ta’limda matematika va ona tili
kafedrasi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) katta o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada inson idrok etgan barcha ma’lumotlarni xotirasida saqlashi bilish jarayonining samaradorligini belgilab berishi. Shu nuqtai nazardan xotira muammosi qadimdan turli falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar obyekti haqida so‘z borgan.
Kalit so‘z: Xotira, katta va kichik yosh, ixtiyoriy va ixtiyorsiz, eslab qolish, esda saqlash, idrok, tajriba.
THEORETICAL PRINCIPLES OF MEMORY DEVELOPMENT OF PRIMARY
SCHOOL STUDENTS
Jumayev Xushboq Soatmumin o‘g‘li
Termez State Pedagogical Institute, Department of Mathematics and Mother Tongue in Primary Education, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences, Senior Lecturer (PhD)
Abstract. In this article, the ability of a person to remember all the information he perceives determines the effectiveness of the cognitive process. From this point of view, the problem of memory has long been an object of various philosophical, psychological and pedagogical studies. Key words: Memory, young and old, voluntary and involuntary, remembering, remembering, perception, experience.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ПАМЯТИ УЧАЩИХСЯ
МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ
Жумайев Хушбоқ Соатмуминович
Термезский государственный педагогический институт, доктор философских
(PhD), старший преподаватель кафедры математики и родного языка
начального образования
Аннотация. В данной статье способность человека запоминать всю воспринимаемую им информацию определяет эффективность познавательного процесса. С этой точки зрения проблема памяти уже давно стала объектом различных философских, психолого-педагогических исследований. Ключевые слова: Память, молодая и старая, произвольная и непроизвольная, припоминание, припоминание, восприятие, опыт.
Kirish. Inson xotirasi uning tafakkuri shakllanishida, tafakkur yuritishida, faoliyatida va umuman hayotiy faoliyati davomida muhim bo‘lgan bilish jarayonning komponentlaridan biri hisoblanadi. Inson idrok etgan barcha ma’lumotlarni xotirasida saqlashi bilish jarayonining samaradorligini belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan xotira muammosi qadimdan turli falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar obyekti bo‘lib kelgan. So‘nggi paytlarda rus va xorij psixologiyasida xotira borasidagi tadqiqotchilarning e'tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang‘ich daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan tashqi taassurot izlarining mustahkamlanishigacha bo‘lgan jarayonlar, holatlar, mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish muddatlarini ham o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Masalan, biror material xotirada mustahkam joy olish uchun uni sub'ekt tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab chiqish uchun ma'lum darajada muddat talab etish tabiiydir.
Tahlil va natijalar. Ana shu muddat xotirada qayta tiklanilayotgan izlarni mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur jarayon inson tomonidan yaqindagina bo‘lib o‘tgan hodisalarning aks sadosi sifatida kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni paytda bevosita idrok qilinayotgan narsalarni goyo ko‘rishda, eshitishda davom etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto o‘zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish mexanizmlarining faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ularning roli shu qadar ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, malumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi[1].
So‘nggi paytlarda rus va xorij psixologiyasida xotira borasidagi tadqiqotchilarning e'tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang‘ich daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan tashqi taassurot izlarining mustahkamlanishigacha bo‘lgan jarayonlar, holatlar, mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish muddatlarini ham o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Masalan, biror material xotirada mustahkam joy olish uchun uni sub'ekt tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab chiqish uchun ma'lum darajada muddat talab etish tabiiydir. Ana shu muddat xotirada qayta tiklanilayotgan izlarni mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur jarayon inson tomonidan yaqindagina bo‘lib o‘tgan hodisalarning aks sadosi sifatida kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni paytda bevosita idrok qilinayotgan narsalarni goyo ko‘rishda, eshitishda davom etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto o‘zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish mexanizmlarining faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ularning roli shu qadar ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, malumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi. Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida qisqa muddatli xotira deb ataladi.
Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog‘liqdir. A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko tajribalari shuni ko‘rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali bo‘lishi mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma’noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo‘yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma’noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo‘lganligi aniqlangan. Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo‘llash orqali esda olib qolish sohasidagi yondashishdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega[3].
A.A.Smirnov o‘tkazgan tajribasida shuni ko‘rsatadiki, matnni maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib qolishdan ikki barobar samaraliroq ekan, psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni o‘zaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda ularni muallimning rahbarligida egallashadi. Aks holda o‘quv faoliyati ishtirokchilari materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish bos?ichida qotib qolishi mumkin, bu hol aqliy o‘sishga qarama-qarshidir.
Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘quv materiallarining ma’nosiga tushunib esda olib qolish yo‘li oqilona yo‘l bo‘lib qolmasdan, balki u mexanik esda olib qolish jarayonidan o‘zining samaradorligi bilan keskin darajada ajralib turadi.
Nemis psixologi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham katta yoshdagi odamlarda ham ma’nosiga tushunib o‘zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham to‘g‘ri, Meymon fikriga ko‘ra, inson ulg‘ayishi bilan ma’nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma’noga ega bo‘lgan bilimlarni esda olib qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga o‘xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham to‘plangan bo‘lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o‘z aksini topgan[5].
A.A.Smirnov ma’no anglatmaydigan bo‘g‘inlarda va ma’no kasb etuvchi so‘zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o‘tkazgan. Katta va kichik yoshdagi ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish har ikkala yosh davrida mazmunli va mazmunsiz materiallarni esda olib qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qo‘yilgan. Ma’no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolalarga nisbatan kattalarda ustunligi lekin, ma’nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma’nosiz bo‘g‘inlar nafaqat kichik yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi o‘zlashtiriladi.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma’nosiz bo‘g‘inlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi ta’kidlangan. Katta yoshdagilar ma’nosiz bo‘g‘inlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bog‘lay oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan kuchliroq ma’no kasb etadi. Shuningdek, ma’no anglatmaydigan materialni o‘zlashtirish jarayoni tez ko‘chadi, mahsuldorroq bo‘ladi. Ma’nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir. Esda olib qolishga hech qanday yo‘nalish berilmay, materialni yaxshi olib qolinishi kishining jadal faoliyati bilan bog‘liq. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi[7]. A.A.Smirnov ma’noli materialni esda olib qolishning bolalar uchun еngil ko‘chishi ularning yosh xususiyatlariga bog‘liq narsa emasligini ta’kidlab o‘tadi. Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni go‘yo ma’nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma’nosining noma’lumligi unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish mazmunini izlashga talabchanlikni uyg‘otadi.
Odatda ma’nosiz so‘zlarni laboratoriya sharoitiga qaraganda kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi. O‘zbek psixolog olimi E.G‘.G‘oziev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilad Shu o‘rinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, ko‘pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi. "Indvidning o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi". Lekin mazkur ta’riflarni tahlil qilgan professor E.G‘.G‘oziyev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. "Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va faol holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qayta esga tushirish, unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon.
Xulasa. Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan:
1) materialni esda olib qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy xususiyatlariga bog‘liqdir;
2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarining xususiyati emasdir;
3) so‘zlarni esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Jumayev, X. (2023, May). KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR
IJODIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI. In International Scientific and Practical Conference on Algorithms and Current Problems of Programming.
2. Khushbok JUMAYEV. (2023). REGULATIONS OF MEMORY
DEVELOPMENT IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. World Bulletin of Social Sciences, 27, 116-119. 3. Khushbok Jumayev. (2023). METHODS AND PRINCIPLES OF MEMORY
DEVELOPMENT OF STUDENTS OF JUNIOR SCHOOL AGE. Open Access
Repository, 9(10), 199–203. 4. Khushbok Jumayev. (2023). PREPARATION FOR MOTHER TONGUE
EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF MEMORY OF CHILDREN OF
PRIMARY SCHOOL AGE. E Conference Zone, 1–7. 5. Ruzikulovna, S. D. (2021). The Importance of Personal Value Approach Methodology in Primary School Literacy Classes. JournalNX, 7(11), 78-82. 6. Ruzikulovna, S. D. (2023). Analysis of the Level of Valuable Approach to Primary Class Students. Web of Semantic: Universal Journal on Innovative Education, 2(4), 227- 230. 7. Dilfuza Shabbazova. (2023). PSYCHOLOGICAL-PEDAGOGICAL FACTORS
OF IMPROVING THE LITERACY OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS
BASED ON A PERSONAL VALUE APPROACH. Academia Science Repository, 4(05), 12–19.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.