CHASTOTASINI BAHOLASH
Sultonov Ravshan Komiljonovich,
Odiljonov Ozodbek Odiljonovich
Termiz iqtisodiyot va servis universititeti
Tibbiyot kafedrasi katta o‘qtuvchisi PhD
Tibbiyot fakulteti Davolash ishi
23-16 guruh talabasi
Muammoning dolzarbligi: Ko‘kyo‘tal kasalligi jahon sog‘liqni saqlash jamiyatining oldidagi jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra 2018 yilda dunyoda 16 million bolalarda ko‘kyo‘tal kasalligi kuzatilgan, ulardan 95% rivojlangan mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan va taxminan 195000 bolada bu kasallik o‘lim bilan yakunlangan.
Ko‘kyo‘tal butun dunyoda ko‘krak yoshidagi bolalar ichida monoinfeksiya sifatida 10,5% holatlarda letal oqibat sababi hisoblanadi.
Emlashni joriy qilinishi ko‘plab mamlakatlarda ko‘kyo‘tal bilan kasallanishni sezilarli darajada kamaytirdi. 1950-yillarda emlash joriy etilishidan oldin, Angliyada har yili 100 000 dan ortiq kasallik qayd etilgan. Taqqoslash uchun, 1980 yilda Angliyada atigi 1471 ta holat qayd etilgan.
Bugungi kunda bolalar o‘limi darajasi 1000 ta tirik tug‘ilgan bolalarda 15,6% to‘g‘ri kelishiga qaramasdan bolalar tug‘ilishi ko‘rsatkichi juda past, ya’ni 9,1% tashkil qilmoqda.
Ko‘kyo‘tal kasalligi jaxon miqyosida bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar orasida o‘lim holatlari ko‘p uchrashligi qayd qilinmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ko‘kyo‘tal bilan kasallangan bolalarda bronx-o‘pka asoratlari taxminan 6% hollarda uchrasa, ko‘krak yoshidagi va 6 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarda esa bu asorat darajasi 4 barobar ko‘p kuzatiladi. Surhondaryo viloyati va Angor tuman bo‘yicha DSENM ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi 5 yil orasida ko‘kyo‘tal kasalligi fonida bronx-o‘pka asoratlarini o‘chrash chastotasini baholash tadqiqot ishi olib borildi.
Tadqiqot maqsadi: Ko‘kyo‘tal kasalligi fonida bronx-o‘pka asoratlarini o‘chrash chastotasini baholashdan iborat.
Tekshiruv usullari va materiallari: O‘tkazilgan tadqiqot ishi Surhondaryo viloyati Angor tuman tibbiyot birlashmasi Yuqumli kasalliklar bo‘limi va Angor tuman DSENM ma’lumotlari retrospektiv tahlili asosida olib borildi. Yuqumli kasalliklar bo‘limida 2021-2024 yil II-chorak davomida ko‘kyo‘tal kasalligi fonida bronx-o‘pka asoratlari ko‘zatilgan 140 nafar yotib davolangan bemor bolalarning kasallik tarixlari o‘rganildi.
Tadqiqot natijalari: Bemor bolalar jinsiy tarkibi bo‘yicha o‘rganilganda o‘g‘il bolalar 74 nafarni (53%), qiz bolalar 66 nafarni (47%) tashkil etdi. Jinsiy tarkibi bo‘yicha guruhlarda statistik ahamiyatli farqlar kuzatilmadi.
Tadqiqot kuzatuvmizda bo‘lgan ko‘kyo‘tal fonida Bronx-o‘pka asoratlari o‘z navbatida onasining so‘zidan bemor shikoyatlari, kasallik klinik belgilari, obektiv va instrumental tekshiruv natijalari asosida quyidagicha o‘rganildi: Bronxopnevmoniya 53 nafar (38%) bemorlarda, o‘tkir bronxit 45 nafar (32%) bemorlarda, laringit 17 nafar (12%) va bronxit + laringit qushulib kelganda 25 nafar (18%) bemorlarda ko‘zatilgan.
Tadqiqotimizda ko‘kyo‘tal fonida bronx-o‘pka asoratlari orasida bronxopnevmoniya nisbatan yuqori 38% ko‘rsatkichda ekanligi aniqlandi.
1- Diagramma
Ko‘kyo‘talga qarshi emlanish darajasiga bog‘liq ravishda asoratlarning
kuzatilishi
Xulosa: Ko‘kyo‘tal kasalligi bilan kasallangan bir yoshgacha bolalarda Bronxo‘pka asoratlaridan, bronxopnevmoniya va o‘tkir bronxit ko‘p xollarda aniqlandi.
0 10 20 30 40 50
эмланмаган
АКДС-1
АКДС-2
АКДС-3
ларингит+бронхит
ларингит
бронхит
бронхопневмония (38%, 32% mos ravishda) tekshiruvdagi bemorlarning 44 % umuman emlanmagan shulardan 10% emlash yoshiga etmagan chaqaloqlar tashkil qildi.
Asosanbir yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘kyo‘talga qarshi emlash to‘liq tugalanmaganligi sababli ko‘kyo‘tal kasalligi og‘ir kechadi, ularga alohida terapevtik yondashish talab etiladi.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.