MAQSAD: ushbu maqolada kompleks yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Maqola boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi va harakat faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tahlil qiladi. Tadqiqotda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, individual tayyorgarlik darajasi va pedagogik metodlar asosida mashg‘ulotlarni rejalashtirish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘yinlar, interfaol mashqlar, musobaqa elementlari va sog‘lomlashtiruvchi vositalardan foydalanish samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari kompleks metodika qo‘llanilganda o‘quvchilarning jismoniy faolligi, harakat ko‘nikmalari va darsga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada oshishini ko‘rsatdi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining harakat ko‘nikmalarini kompleks yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini ilmiy asosda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining harakat ko‘nikmalarini kompleks yondashuv asosida rivojlantirishning samaradorligini aniqlashga qaratilgan ilmiy-pedagogik metodlar qo‘llanildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kompleks metodika qo‘llanilganda o‘quvchilarning jismoniy faolligi ortdi, harakat ko‘nikmalari shakllandi va darsga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshdi. Interfaol mashqlar va o‘yin elementlari o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirdi, sog‘lomlashtiruvchi vositalar esa jismoniy rivojlanishni qo‘llab-quvvatladi. HULOSA: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining harakat ko‘nikmalarini rivojlantirishda kompleks yondashuv samarali natija beradi. Mazkur yondashuv nafaqat jismoniy sifatlar-tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch va egiluvchanlikni rivojlantirishga, balki o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi, faolligi va intizomiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
INTRODUCTION: this article discusses the methodology for developing movement skills of primary school students based on a comprehensive approach. The article analyzes modern pedagogical approaches aimed at improving the physical development and movement activity of students in primary education. The study considered methods for planning classes based on the age characteristics of students, their individual level of preparation, and pedagogical methods. The effectiveness of using games, interactive exercises, competition elements, and recreational tools in the formation of movement skills was also analyzed. The results of the study showed that when using a comprehensive methodology, students' physical activity, movement skills, and interest in the lesson significantly increase. AIM: to analyze the methodology for developing movement skills of primary school students based on a comprehensive approach on a scientific basis and develop practical recommendations. MATERIALS AND METHODS: this study used scientific and pedagogical methods aimed at determining the effectiveness of developing motor skills of primary school students based on an integrated approach. RESULTS AND DISCUSSION: the research results demonstrated that the application of the integrated methodology led to increased physical activity among students, the formation of motor skills, and a significant rise in interest toward the lessons. Interactive exercises and game elements strengthened student motivation, while health-promoting tools supported their physical development. CONCLUSION: the results of the study showed that an integrated approach to developing motor skills of primary school students gives effective results. This approach has a positive effect not only on the development of physical qualities - speed, agility, endurance, strength and flexibility, but also on the interest, activity and discipline of students in the lesson.