Kirish: yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida inson qadr-qimmatini yuksaltirish, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Biroq ushbu jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri korrupsiya hisoblanadi. Maqsad: korrupsiyaning tarixiy ildizlari, jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri hamda unga qarshi kurashish mexanizmlarini ilmiy asosda tahlil qilishdan iborat. Materiallar va metodlar: tadqiqot jarayonida tarixiylik, qiyosiy-tahliliy yondashuv, analiz va sintez metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar hamda ilmiy adabiyotlar o‘rganildi. Muhokama va natijalar: korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va islohotlar samaradorligining pasayishiga olib keladi. Tadqiqot natijalari korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy mexanizmlar bilan bir qatorda jamoatchilik nazorati va ma’naviy qadriyatlarning muhimligini ko‘rsatdi. Xulosa: korrupsiyaga qarshi kurash tizimli yondashuvni talab etadi. Bu jarayonda huquqiy, institutsional va ma’naviy omillar uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Introduction: in the process of building New Uzbekistan, ensuring justice and the rule of law is a priority. However, corruption remains a serious obstacle to development. Aim: to analyze the origins of corruption and mechanisms to combat it. Materials and Methods: comparative, historical and analytical methods were applied. Discussion and Results: corruption leads to inequality and reduces the effectiveness of reforms. Conclusion: combating corruption requires a comprehensive and systemic approach.