ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

KOSMETIK VOSITALAR VA GIGIYENA: GOʻZALLIK UCHUN XAVFSIZLIK MEZONLARI.

Abstract

Zamonaviy jamiyatda tashqi ko‘rinish va estetik go‘zallikka intilish kuchaymoqda. Ayniqsa, yoshlar va ayollar orasida kosmetik vositalardan foydalanish keng tarqalgan. Go‘zallik mahsulotlari tashqi ko‘rinishni yaxshilasada, ularning gigiyenik xavfsizligi, tarkibi va to‘g‘ri qo‘llanilishi salomatlik uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlar kosmetik vositalarning noto‘g‘ri yoki gigiyenik talablarga zid qo‘llanishi teri kasalliklari, allergik reaksiyalar va gormonal buzilishlarga olib kelishini ko‘rsatmoqda. Ko‘pchilik foydalanuvchilar mahsulot tarkibi va amal qilish muddatiga e’tibor bermasdan foydalanadi. Shu bois gigiyena qoidalariga amal qilish, tarkib xavfsizligini nazorat qilish va foydalanuvchilar xabardorligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalasidir.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

XAVFSIZLIK MEZONLARI.

Abdullayeva A.R

Urganch davlat tibbiyot instituti 2-kurs talabasi

Tajibayeva M.R

Urganch davlat tibbiyot instituti Jamoat salomatligi va Umumiy gigiyena

kafedrasi assistenti

Kirish:Zamonaviy jamiyatda tashqi ko‘rinish va estetik go‘zallikka intilish

kuchaymoqda. Ayniqsa, yoshlar va ayollar orasida kosmetik vositalardan

foydalanish keng tarqalgan. Go‘zallik mahsulotlari tashqi ko‘rinishni yaxshilasa-

da, ularning gigiyenik xavfsizligi, tarkibi va to‘g‘ri qo‘llanilishi salomatlik uchun

muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlar kosmetik vositalarning noto‘g‘ri yoki

gigiyenik talablarga zid qo‘llanishi teri kasalliklari, allergik reaksiyalar va

gormonal buzilishlarga olib kelishini ko‘rsatmoqda. Ko‘pchilik foydalanuvchilar

mahsulot tarkibi va amal qilish muddatiga e’tibor bermasdan foydalanadi. Shu bois

gigiyena qoidalariga amal qilish, tarkib xavfsizligini nazorat qilish va

foydalanuvchilar xabardorligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalasidir.

Tadqiqot maqsadi:Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — kosmetik vositalardan

foydalanishda gigiyenik me’yorlarning ahamiyatini yoritish, salomatlikka xavf

tug‘diruvchi omillarni aniqlash hamda foydalanuvchilar orasida bu boradagi

xabardorlik darajasini baholashdir. Tadqiqotda mahsulotlar tarkibi, mikrobiologik

xavfsizligi, nojo‘ya ta’sirlari va foydalanish odatlari tahlil qilinib, gigiyena va

go‘zallik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarurligi asoslab beriladi.

Shuningdek, keng tarqalgan xatolar va ularning oldini olish yo‘llariga ham e’tibor

qaratiladi.

Tadqiqot natijalari:Ilmiy tadqiqotlar kosmetik vositalardan noto‘g‘ri foydalanish va

gigiyena qoidalarining buzilishi teri kasalliklari va uzoq muddatli salbiy oqibatlarga

olib kelishini ko‘rsatmoqda. 2020-yilda PMC platformasida chop etilgan tadqiqotga

ko‘ra, foydalanuvchilarning 50,6% i kamida bir marta teri qizarishi, toshma va

qichishish kabi nojo‘ya ta’sirlarni boshdan kechirgan. 2023-yilda CEGH Online

jurnalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayollarning 33% i kosmetik vositalar

tufayli teri bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan.Kosmetik mahsulotlarning

56,25% ida mikroorganizmlar — Staphylococcus aureus va Candida albicans

aniqlangan, go‘zallik salonlarida esa ifloslanish darajasi yanada yuqori, bakterial

kontaminatsiya 100% ni tashkil qiladi. Ayniqsa, patogen bakteriyalar xavfni

oshiradi.Tarkibdagi formaldehid, paraben, ftalat va triklosan kabi moddalarning

uzoq muddatli salbiy ta’siri, jumladan, saraton, gormonal buzilishlar xavfi ilmiy

asoslangan. Foydalanuvchilarning 60% dan ortig‘i kosmetika tarkibini o‘rganmay,

reklama va tavsiyalarga tayanadi. Ko‘pchilik esa bir martalik vositalardan qayta

foydalanadi, bu esa mikroblar ko‘payishiga sabab bo‘ladi.Ortiqcha va noto‘g‘ri

foydalanish esa nafaqat teri muammolariga, balki psixologik salbiy holatlarga,

ayniqsa yoshlar orasida o‘zini past baholash va ijtimoiy chekinishga olib kelmoqda.

Xulosa:Tahlillar kosmetik vositalardan gigiyenik talabga rioya qilmaslik teri va tizimli kasalliklar xavfini oshirishini ko‘rsatdi. Foydalanuvchilarning aksariyati tarkib va muddatga e’tibor bermaydi, bu esa sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Formaldegid, triklosan, paraben va ftalatlar kabi moddalarning zararli ta’siri isbotlangan bo‘lib, noto‘g‘ri foydalanish jismoniy va psixo-emotsional muvozanatga putur yetkazadi.Shu bois kosmetik vositalarda gigiyena, tarkib xavfsizligi va sog‘liq-go‘zallik muvozanatini saqlash muhim ahamiyatga ega

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.