bog`liqligi.
UrDU ekologiya va hayot faoliyati kafedrasi mudirasi, dotsent
Babajanova Sanabar Yuldashbayevna
UrDU ekologiya va hayot faoliyati kafedrasi o`qituvchisi
G`aniyeva Ozoda Saliy qizi
UrDU Bioinjeneriya fakulteti 3-bosqich talabasi
Saparbayeva Mahliyobonu Sultonboy qizi
ANNOTATSIYA
Xorazm vohasi o`tloqi allyvial tuproqlari sharoitlaritida kuzgi bug`doy navlaridan yuqori va sifatli hosil olishning ilmiy asoslari maqolada keltirib o`tilgan. Kuzgi bug`doy navlarining fotosintetik faoliyatini ma`danli o`g`itlar me`yorlariga bog`liqligi kuzatishlar natijasida aniqlanganligi to`g`risida ilmiy xulosalar keltirilgan.
Kalit so`zlar. Kuzgi bug`doy navlari, fotosintetik faoliyat, naychalash,boshoqlash, gullash,sut pishish davrlari.
Butun dunyoda eng katta muammolardan biri demografik holat bo`lib keying 50 yil davomida yer shari aholisi 2,5 mlrd.dan 8 mlrd.gacha ko`paydi.Soat sayin soni ortib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan ta`minlashdek hayotiy zarurat tobora kuchayayotganidan dalolat beradi.
Respublikamiz aholisining oziq-ovqatga bo`lgan talabi bo`yicha bug`doy o`simligi birinchi o`rinda turadi. Jahonda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash va aholining bug`doyga bo`lgan talabini to`laroq qondirishda uning don hosildorligini va sifatini oshirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Shulardan kelib chiqqan xolda biz tadqiqotlarimizda kuzgi bug`doy navlarining hosildorligi va sifatini oshirishga ta`sir qiluvchi elementlarini o`rganganmiz.Kuzgi bug`doy navlarining hosildorligi barg maydonini kengayishi fotosintetik faoliyatining oshishi bilan bog`liqligini tadqiqotlarimiz davomida kuzatdik.Kuzgi bug`doyning navlarini tajriba mintaqasi sharoitida mineral o`g`itlarning turli me`yorlari bilan oziqlantirilib, yetishtirilganda bir kunlik fotosintetik faoliyati bahorgi tuplash fazasida 235,2-281,3 ming m2/ga gacha, naychalash fazasida 512,8-690,4 ming m2/ga gacha, boshoqlash fazasida 530,1-703,2 ming m2/ga gacha, gullash fazasida 460,8-570,3 ming m2/ga gacha hamda sut pishish fazasida esa 361,3- 480,4 ming m2/ga gachani tashkil etgan.
Olib borgan tadqiqotlarimizda kuzgi bug`doyning “Polovchanka” navini parvarishlash davrida ma`dan o`g`itlar miqdorini N150P90K90 kg/ga me`yorlari qo`llanilganda fotosintetik faoliyati bahorgi tuplash fazasida 235,2 ming m2/ga, naychalash fazasida 512,8 ming m2/ga, boshoqlash fazasida 530,1 ming m2/ga, gullash fazasida 460,8 ming m2/ga hamda sut pishish fazasida esa 361,3 ming m2/ga teng bo`lgani aniqlandi (1-jadval).
1-jadval
bog`liqligi, ming m2/ga*kun.
№ Variantlar Rivojlanish fazalari
fotosintetik
faoliyat
naychalash boshoqlash gullash sut
pishish
Polovchanka
1 N150P90K90 235,2 512,8 530,1 460,8 361,3
2 N200P120K120 243,4 551,3 570,3 501,3 390,8
3 N250P140K140 251,3 596,3 610,5 540,8 421,3
Krasnodar-99
4 N150P90K90 265,4 580,8 610,3 480,8 426,6
5 N200P120K120 273,8 610,2 656,4 521,8 455,4
6 N250P140K140 281,3 690,4 703,2 570,3 480,4
Pamyat
7 N150P90K90 253,4 568,4 580,4 463,4 410,3
8 N200P120K120 261,8 603,8 623,4 512,8 430,3
9 N250P140K140 270,0 661,3 670,4 550,1 450,8
Tanya
10 N150P90K90 241,3 579,9 582,8 475,9 396,8
11 N200P120K120 251,3 602,3 620,4 510,3 412,1
12 N250P140K140 259,1 641,8 650,8 545,3 462,3
“Polovchanka” naviga ma`danli o`g`itlar miqdorini N200P120K120 kg/ga me`yorlari qo`llanilganda esa fotosintetik faoliyati bahorgi tuplash fazasida 243,4 ming m2/ga, naychalash fazasida 551,3 ming m2/ga, boshoqlash fazasida 570,3 ming m2/ga, gullash fazasida 501,3 ming m2/ga hamda sut pishish fazasida esa 390,8 ming m2/ga teng bo`lib, ma`dan o`g`itlar miqdorini N250P140K140 kg/ga me`yorlari qo`llanilganda esa fotosintetik faoliyati tegishlicha tuplashda 251,3, naychalashda 596,3, boshoqlashda 610,5, gullashda 540,8, sut pishish fazasida esa 421,3 ming m2/ga teng bo`lgan.
Kuzgi bug`doyning “Krasnodar-99” navini parvarishlash davrida ma`dan o`g`itlar miqdorini N150P90K90 kg/ga me`yorlari qo`llanilganda fotosintetik faoliyati bahorgi tuplash fazasida 265,4 ming m2/ga, naychalash fazasida 580,8 ming m2/ga, boshoqlash fazasida 610,3 ming m2/ga, gullash fazasida 480,8 ming m2/ga hamda sut pishish fazasida esa 426,6 ming m2/ga teng bo`lgani aniqlandi.“Krasnodar-99” navini oziqlantirishda ma`dan o`g`itlar miqdorini N200P120K120 kg/ga me`yorlari qo`llanilgan variantda fotosintetik faoliyati bahorgi tuplash fazasida 273,8 ming m2/ga, naychalash fazasida 610,2 ming m2/ga, boshoqlash fazasida 656,4 ming m2/ga, gullash fazasida 521,8 ming m2/ga hamda sut pishish fazasida esa 455,4 ming m2/ga teng bo`lganligi aniqlangan.Kuzgi bug`doyning “Krasnodar-99” navini parvarishlash davrida ma`dan o`g`itlar miqdorini N250P140K140 kg/ga me`yorlari qo`llanilganda esa fotosintetik faoliyati bahorgi tuplash fazasida 281,3 ming m2/ga, naychalash fazasida 690,4 ming m2/ga, boshoqlash fazasida 703,2 ming m2/ga, gullash fazasida 570,3 ming m2/ga hamda sut pishish fazasida 480,4 ming m2/ga teng bo`lgani aniqlandi.
Kuzgi bug`doyning “Pamyat” navini parvarishlash davrida ma`dan o`g`itlar miqdorini N150P90K90 kg/ga me`yorlari qo`llanilganda fotosintetik faoliyati bahorgi tuplash fazasida 253,4 ming m2/ga, naychalash fazasida 568,4 ming m2/ga, boshoqlash fazasida 580,4 ming m2/ga, gullash fazasida 463,4 ming m2/ga hamda sut pishish fazasida esa 410,3 ming m2/ga teng bo`lgani aniqlandi. “Pamyat”naviga ma`danli o`g`itlar miqdorini N200P120K120 kg/ga me`yorlari qo`llanilganda esa fotosintetik faoliyati bahorgi tuplash fazasida 261,8 ming m2/ga, naychalash fazasida 603,8 ming m2/ga, boshoqlash fazasida 623,4 ming m2/ga, gullash fazasida 512,8 ming m2/ga hamda sut pishish fazasida esa 430,3 ming m2/ga teng bo`lib, ma`dan o`g`itlar miqdorini N250P140K140 kg/ga me`yorlari qo`llanilganda esa fotosintetik faoliyati tegishlicha tuplashda 270,0, naychalashda 661,3, boshoqlashda 670,4, gullashda 550,1, sut pishish fazasida esa 450,8 ming m2/ga teng bo`lgan.
Kuzgi bug`doyning “Tanya” navini parvarishlash davrida ma`dan o`g`itlar miqdorini N150P90K90 kg/ga me`yorlari qo`llanilganda fotosintetik faoliyati bahorgi tuplash fazasida 241,3 ming m2/ga, naychalash fazasida 579,9 ming m2/ga, boshoqlash fazasida 582,8 ming m2/ga, gullash fazasida 475,9 ming m2/ga hamda sut pishish fazasida esa 396,8 ming m2/ga teng bo`lgani aniqlandi.
“Tanya”naviga ma`danli o`g`itlar miqdorini N200P120K120 kg/ga me`yorlari qo`llanilganda esa fotosintetik faoliyati bahorgi tuplash fazasida 251,3 ming m2/ga, naychalash fazasida 602,3 ming m2/ga, boshoqlash fazasida 620,4 ming m2/ga, gullash fazasida 510,3 ming m2/ga hamda sut pishish fazasida esa 412,1 ming m2/ga teng bo`lib, ma`dan o`g`itlar miqdorini N250P140K140 kg/ga me`yorlari qo`llanilganda esa fotosintetik potensiali tegishlicha tuplashda 259,1, naychalashda 641,8, boshoqlashda 650,8, gullashda 545,3, sut pishish fazasida esa 462,3 ming m2/ga teng bo`lgani aniqlangan.
Kuzgi bug`doy navlarining fotosintetik faoliyati boshqa fazalariga nisbatan gullash va sut pishish fazalarida pasayib borishi kuzatildi. Ushbu holat kuzgi bug`doy navlarining vegetativ va generativ organlarini asosiy qismi boshoqlash fazasida to`planishini ko`rsatdi.
Biz olib borgan ilmiy tadqiqotlarimiz davomida eng yuqori fotosintetik faoliyat parvarishlangan o`zaro navlar orasida “Krasnodar-99” navida kuzatildi.Demak, kuzgi bug`doyning “Krasnodar-99” navining fotosintetik faoliyatini yuqori bo`lishi uning boshoqlash fazasida kuzatilib, bug`doyning ushbu fazasida organik moddalar maksimal darajada to`planib, generativ organlarini jadal shakllana boshlaganligini ko`rsatadi.Bu ko`rsatkichlar hosildorlikning yuqori bo`lishini ta`minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar. 1.G`.M.Satipov “O`simlikshunoslik” 2020 yil. 2.R.O.Oripov,N.X.Xalilov “O`simlikshunoslik” 2007 yil. 3.Yu. Jumaniyozova va boshqalar “Xorazm viloyatida ekilayotgankuzgi bug`doy navlarininghosildorligiga fizioplogik omillarning ta`sirini o`rganish” 2018 yil. 4.N.P.Atayeva va boshqalar “Qishloq xo`jaligining bugungi kundagi istiqbollari”.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.