ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

LAQABLARNING OʻZBEK ANTROPONIMIKASIDAGI OʻRNI

Abstract

Til tizimida onomastik birliklar, jumladan, antroponimlar son va sifat jihatdan muhim oʻrin egallaydi. Antroponimlar tarkibida kishi ismi, familiyasi, otaismi asosiy nomlar sifatida sanalsa, taxallus, nisba, unvon, kunya kabilar “ikinchi nom” tarzda ifodalanadi. Ana shunday ikkilamchi nomlar qatorida laqablar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu kichik tadqiqotimizda oʻzbek antroponimikasida muhim ahamiyat kasb etadigan laqablar, ularning lingvistik xususiyatlari, shakllanishi va hosil boʻlish yoʻllarni va omillari, boshqa ikkilamchi nomlar – taxallus, nisba, kunya va unvonlardan farqli va oʻxshash jihatlari, tarixiy va madaniy ildizlari, badiiy, soʻzlashuv uslubidagi oʻrni va farqli jihatlari, qoʻllanish usullari, tarixiy va zanonaviy laqablarning farqli xususiyatlari, zamonaviy nikneymlar haqida tahlillar berilgan. Shuningdek, laqablarning ijtimoiy-madaniy koʻrinishlari, ijobiy, neytral va salbiy laqablarning ma’naviy ta’siri hamda nebez tushunchasi borasida ham ayrim fikrlar oʻrin olgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

LAQABLARNING OʻZBEK ANTROPONIMIKASIDAGI OʻRNI

Xusanova Zarifa

Samarqand davlat universiteti, PhD Samarqand, Oʻzbekiston,

ANNOTATSIYA

Til tizimida onomastik birliklar, jumladan, antroponimlar son va sifat jihatdan muhim oʻrin egallaydi. Antroponimlar tarkibida kishi ismi, familiyasi, otaismi asosiy nomlar sifatida sanalsa, taxallus, nisba, unvon, kunya kabilar “ikinchi nom” tarzda ifodalanadi. Ana shunday ikkilamchi nomlar qatorida laqablar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu kichik tadqiqotimizda oʻzbek antroponimikasida muhim ahamiyat kasb etadigan laqablar, ularning lingvistik xususiyatlari, shakllanishi va hosil boʻlish yoʻllarni va omillari, boshqa ikkilamchi nomlar – taxallus, nisba, kunya va unvonlardan farqli va oʻxshash jihatlari, tarixiy va madaniy ildizlari, badiiy, soʻzlashuv uslubidagi oʻrni va farqli jihatlari, qoʻllanish usullari, tarixiy va zanonaviy laqablarning farqli xususiyatlari, zamonaviy nikneymlar haqida tahlillar berilgan. Shuningdek, laqablarning ijtimoiy-madaniy koʻrinishlari, ijobiy, neytral va salbiy laqablarning ma’naviy ta’siri hamda nebez tushunchasi borasida ham ayrim fikrlar oʻrin olgan.

Kalit soʻzlar: onomastika, antroponimika, laqab, taxallus, nisba, kunya, ikkilamchi nom, nebez, niknaym, ijobiy, neytral va salbiy mazmundagi laqablar.

THE ROLE OF NICKNAMES IN UZBEK ANTHROPONYMICS

ABSTRACT

Onomastic units, particularly anthroponyms, hold a significant position in terms of both quantity and quality. If a person’s name, surname and patronymic are considered as the main names in the context of anthroponomy, then nicknames, nisba, title, kunya are defined as “secondary names”. Nicknames hold a notable significance among such secondary names. In this small research work, nicknames that are of an important significance in Uzbek anthroponomy, their linguistic features, the methods and aspects of formation and creation, differential and similar features with other secondary names, such as pseudonym, nisba, kunya and titles, historical and cultural roots, role in artistic and spoken languages and their differences, methods of using, differences between historical and modern nicknames, studies of modern nicknames are discussed. Particularly, there are also some opinions about socio-cultural appearance of nicknames, spiritual impact of positive, neutral and negative nicknames and the concept of nebez.

Key words: onomastics, anthroponomy, nickname, pseudonym, nisba, kunya, secondary name, nickname, nicknames with positive, neutral and negative connotations.

РОЛЬ НИКНЕЙМОВ В УЗБЕКСКОЙ АНТРОПОНИМИКЕ

АННОТАЦИЯ

Ономастические единицы, в частности антропонимы, занимают значительное место как в количественном, так и в качественном отношении. Если в качестве основных имен в контексте антропонимики рассматриваются имя, фамилия и отчество человека, то прозвища, нисба, титул, куня определяются как «второстепенные имена». Прозвища имеют заметное значение среди таких второстепенных имен. В этой небольшой исследовательской работе рассмотрены прозвища, имеющие важное значение в узбекской антропонимики, их языковые особенности, способы и аспекты формирования и создания, дифференциальные и сходные признаки с другими второстепенными именами, такими как псевдоним, нисба, куня и титулы, исторические и культурные корни, роль в художественном и разговорном языков и их различия, способы употребления, различия между историческими и современными прозвищами, исследования современных прозвищ. В частности, существуют мнения о социокультурном облике прозвищ, духовном воздействии положительных, нейтральных и отрицательных прозвищ и понятии небез.

Ключевые слова: ономастика, антропонимия, прозвище, псевдоним, нисба, куня, вторичное имя, никнейм, прозвища с положительной, нейтральной и отрицательной коннотацией.

Istiqlol yillarida oʻzbek onomastikasida antroponimlarga oid yirik ilmiy va amaliy ishlar amalga oshirilgan boʻlsa-da, bu borada oʻz tadqiqini kutayotgan bir qator masalalar ham mavjud. Xususan, oʻzbek tili antroponimik tizimida ism, otaism, familiya, taxalluslar qatori katta oʻrin tutadigan, til, madaniyat, tarix va etnografiya, sotsiolingvistikaning yechimini kutayotgan dolzarb masalalari bilan bevosita aloqador laqab va niknom kabi onomastik birliklar maxsus toʻplanmagan, deyarli oʻrganilmagan yoki kam tahlil qilingan. Bunday onomastik birliklarni tadqiq etish oʻzbek nomshunosligi oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Zero, tegishli ismni (antroponim – ism, laqab, kunya, unvon, niknom..) oʻrganishning dolzarbligini inson zotining oʻziga boʻlgan doimiy qiziqishi, shuningdek, zamonaviy fanda antropotsentrik yondashuvlarning ustuvor ekanligi ham belgilab beradi. Zero, “Turkiy tillarning katta oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dard-u armonlari va gʻalabalari bilan chambarchas bogʻliqdir. Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar” [1]1.

Laqablarni ijtimoiy-siyosiy maqsadda oʻrganish laqab beruvchi shaxs yoki ijtimoiy guruhning siyosiy-ijtimoiy, madaniy va shaxsiy maqsadlarini bilish, laqab qoʻyish jarayonini lingvomadaniy va lisoniy sabablarini, uning mexanizmlarini oʻrganish, laqab egasi boʻlgan shaxs va ijtimoiy guruhning ijtimoiy mavqeyini aniqlash, laqab tanlanishining ijtimoiy, badiiy-estetik, psixologik, lingvosemantik asoslariga aniqlik kiritish, laqablarning ijtimoiy munosabatlarda hamda badiiy asar tili va mazmunida tutgan oʻrnini, kommunikatsion jarayondagi lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berish maqsadida amalga oshiriladi. Shu jihatlari bilan laqablarning lisoniy tadqiqi, nihoyatda, muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Jahon va turkiy tilshunoslikda antroponimlar tizimida muhim oʻrin turgan ikkilamchi nomlar, xususan, laqablarning tadqiq tamoyillari, ularning lingvistik tahliliga oid tadqiqotlar amalga oshirilgan boʻlib, rus tilshunosligida ham bu yoʻnalishda bir necha tadqiqotlar mavjud. Bulardan A.M.Selichev, V.K.Chichagov, G.V.Tropin, V.A.Gordlevskiy, N.A.Rodinalarning tadqiqotlari alohida ahamiyatga egadir. Laqablar alohida antroponimik tadqiqot obyekti boʻlgan ishlar ham mavjud. Qayd qilinganlardan tashqari, turli xalqlar tilidagi laqablar haqida bir qator kitoblar, koʻp sonli maqolalar ham mavjud. Jumladan, turkologiya doirasida ozarbayjon tilshunoslari A.Qurbonov, A.M.Pashayev va qoraqalpoq tilshunosi 1 Prezident Shavkat Mirziyoyevning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi // “Xalq soʻzi”, 2019-yil, 22-oktabr. Y.N.Xodjalepesova, S.Zakirovlarning kuzatishlari diqqatga molik. A.Pashayevning fikricha, laqab shaxs ismiga tirkaladigan qoʻshimcha nom sifatida kishining biror belgisi yoki kasb-koriga ishora qiladi. Olim laqablarni boshqa yondosh hodisalardan farqlashda V.A.Nikonovning “norasmiy”lik fikriga tayanib ish koʻradi.

Oʻzbek tilshunosligida laqablarni, jumladan, ikkilamchi nomlar sirasiga kiruvchi taxallus, kunya, unvon va nisba nomlarning oʻrganilish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Milliy, ijtimoiy-siyosiy, diniy va madaniy ahamiyat kasb etuvchi bunday nomlar oʻzbek xalqi tarixida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Jumladan, ilk yozma yodgorliklarimiz boʻlgan qadimgi toshbitiglardan ham, Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻati-t-turk” asarida ham bunday nomlarni uchratishimiz hamda ularning lingvistik tahlilini ham koʻrishimiz mumkin. Turk olimi Abulfayz Kuli Amanoʻgʻlining ma’lumot berishicha: “Devonu lugʻat-it turk”da (DLT) jami 110 ta kishi otlari uchragani, ularning 43 tasi laqab, taxallus hamda Qoraxoniy hukmdorlari va lashkarboshilarga berilgan unvon (laqab) ekani ma’lum [2; 5-13]2. Mahmud Koshgʻariy laqab va unvonlarga, ularning ma’nosi va shaxslarga berilish sabablari haqida alohida toʻxtaladi. Jumladan, “tegin, tigin”, “tutug, tarkan” laqab va unvonlarini u atroflicha izohlaydi hamda DLTdagi ma’lumotlardan qadimgi turkiy tilda laqablar keng tarqalgani va ular ma’lum ijtimoiy-informativ xususiyat kasb etganini bilamiz. Bundan tashqari, Alisher Navoiyning “Tarixi muluki ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo” kabi tarixiy asarlarida ham qadimgi Eron shohlari, qadimgi Sharq va Yunonistonning olim va anbiyolarining laqab va unvonlari xususida bahs yuritilgan oʻrinlar mavjud boʻlsa, “Nasoyim-ul muhabbat”, “Majolis-un nafois” tazkiralarida esa ayni tarixiy shaxslar – ayrim mashoyixlar, shoir va tarixchilarning kunyasi, taxallusi, nasabidan tashqari laqablari ham keltirib oʻtilgan oʻrinlar koʻzga tashlanadi [3]3.

Hozirda oʻzbek tili toponimlari, antroponimlari boʻyicha salmoqli fundamental tadqiqotlar yaratilganini, atoqli otlarning izohli, imloviy lugʻatlari tuzilganini, laqablar 2 Amanoğlu, Ebülfez Kulı. Divanu Luğat-it-Türk'deki Kişi Adları Üzerine. A.Ü. Türkiyat Araştırmaları Enstütüsü Dergisi. Sayı 15. Erzurum, 2000. - S.5-13. 3 А.Навоий. Тарихи мулуки ажам. - https://n.ziyouz.com/books/alisher_navoiy_asarlari/Alisher%20Navoiy. %20Tarixi%20muluki%20ajam.pdf (Fevral, 2022); А. Навоий. Тарихи анбиё ва ҳукамо (Ботирхон Валихўжаев ва Қобилжон Тоҳиров табдили). -Самарқанд: Зарафшон, 1994. -68 Б. A. Navoiy, Nasoyim ul-muhabbat, Toʻla asarlar toʻplami, 10 jildlik, 10-jild, Toshkent, Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2013, 648 bet. A. Navoiy, Majolis un-nafois, Toʻla asarlar toʻplami, 10 jildlik, 9-jild, Toshkent, Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2013, 768 bet. va taxalluslar xususida ham jiddiy tadqiqotlar vujudga kelganini qayd qilish mumkin. Jumladan, E. Begmatov, T.Qorayev, V.Vohidov, A.Nurmonov, N.Mahmudov, T.Nafasov, N.Husanov, N.Uluqov, Gʻ.Sattorov, I.Xudoynazarov, A.Ishayev, R.Sapayev, Y.I.Avlaqulov, M.Rashidova, D.Xudoyberganova, S.Kenjayeva, Sh.Nizomovalarning tadqiqotlarida atoqli otlarning oʻziga xos jihatlariga munosabat bildirib oʻtilgan. Bu ishlarda antroponimlarning tarkibiy qismi sifatida laqablarlarning leksik-semantik, grammatik xususiyatlari yoritilgan, atoqli otlar, jumladan, laqab va taxalluslarning yasalishi, etimologiyasi, nominatsion-motivatsion asoslari haqida muayyan xulosalar berilgan. A.Ishayev, R.Sapayev, Y.I.Avlakulov, M.Rashidova hamda X.Qodirovalar laqablarga oid alohida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirgan.

Jumladan, yirik onomast-olim E.Begmatov laqablarni atoqli ot deb baholaydi, faqat bunda ismni antroponimlarning asosiy kategoriyasi, laqab, taxallus va familiyalarni esa “qoʻshimcha nominativ kategoriyasi” [4]4 deb nomlagan. Chunki shaxsni nomlashning asosiy vositasi ismdir, boshqa usullar esa antroponimik nominatsiyada uni toʻldiruvchi qoʻshimcha vazifalarni oʻtaydi. E.Begmatovning “Oʻzbek tili antroponimikasi” nomli monografiyasida oʻzbek antroponimlarining tarixi, etnolingvistik, sotsiolingvistik jihatlari tadqiq qilingan; ismlardan tashqari oʻzbek laqablari, taxalluslar, familiya va otaismlari ham keng tahlilga tortilib, laqablar alohida bob sifatida oʻrganilgan. Olim laqablarni ma’no va motiviga koʻra 10 guruhga ajratib tasnif qilgan [5; 13-14]5. Laqab atamasiga “shaxsga uning atrofdagilari tomonidan beriladigan, kishining xarakterli belgi-xususiyatini ifoda qiluvchi, asosan, shaxs ismi bilan birga qoʻllanuvchi nom” [6;44]6 shaklida izoh beradi. Xususan, M.Rashidova oʻzbek tilidagi laqablarini toʻplash va tadqiq qilish bilan shugʻullangan. Ushbu izlanishlarning mahsuli sifatida “Oʻzbek tilidagi laqablarning leksik-semantik va uslubiy xususiyatlari” nomli risola ham nashr qildirgan. Ushbu risolada laqablarning tasnifi, tuzilishi, yasalishi, etimologiyasi va uslubiy xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan [7]7. Y.Avloqulov ham antroponimik birliklar ustida izlanishlar olib borgan 4 Бегматов Э. Антропонимика узбекского языка: Автореф. дис... канд. филол. наук. – Ташкент: Фан, 1965. 5 Бегматов Э. Антропонимика узбекского языка: Автореф. дис... канд. филол. наук. – Ташкент: Фан, 1965, 13-14- бетлар 6 Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. –Ташкент: Фан, 1965, 44-б 7 Рашидова М. Ўзбек тилидаги лақабларнинг лексик-семантик ва услубий хусусиятлари. – Тошкент: Иқтисодмолия, 2008. – 72 б. boʻlib, ism, laqab, taxalluslar antroponimik qatlamni tashkil qilishini [8;19]8 ta’kidlaydi. Mazkur muallifning ham laqab va taxalluslarning xususiyatlari haqida maqolasi mavjud.

Umuman, laqablarning lingvistik va tashqi omil ta’siri borasida bir necha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ammo, til antroponimik tizimida alohida oʻrin tutadigan laqablar, ularning tarixiy va ijtimoiy koʻrinishlar, ijtimoiy-ahloqiy xusisiyatlari, laqablarning berilish sabablari va boshqa sifatlari boʻyicha koʻplab tadqiqotlar oʻtkazilish lozimdek, nazarimizda. Quyida tadqiqot oʻtkazish lozim deb hisoblaydigan ayrim jihatlarni sanab oʻtishni lozim deb topdik. Jumladan, laqablarning onomastik birlik sifatidagi lisoniy maqomini, vazifalarini, kommunikatsiya jarayonida tutgan oʻrnini aniqlash; oʻzbek tilidagi laqablarining ijtimoiy, lisoniy-badiiy taraqqiyoti va takomili jarayonlarini ochib berish; laqablarning boshqa antroponimik birliklar – ism, otaism, familiya, unvon kunya bilan bogʻliqlik va farqli jihatlarini yoritish; laqablarlarning kasbiy xoslanishi, lugʻaviy, nominatsion-motivatsion asosiga koʻra tasnifi va tahlilini berish; laqablarni lingvomadaniy va tarixiy-etimologik jihatdan leksik-semantik tahlil qilish va modellarini yoritish; laqablarning virtual olamdagi shakli – nikneymlarning paydo boʻlishi va oʻziga xos xususiyatlarini tahlil qilish. Bundan tashqari ham amalga oshirilishi lozim boʻlgan jihatlar mavjud.

Laqablar insonga ismi, familiyasi yoki otaismi kabi doimo birga yashaydigan ikkilamchi nom sanaladi. Ilmiy manbalarda laqab soʻzi quyidagicha sharhlangan: “laqab” – arabcha soʻz boʻlib, “ikkinchi nom”, “taxallus”, “laqab” ma’nolarini anglatadi. Biror xususiyatiga koʻra kishiga hazil qilib yoki masxaralab beriladigan qoʻshimcha nom; shuningdek, ma’lum maqsadda oʻzgartirib olinadigan nom [9]9, deya izoh keltiriladi. Laqabning bir tushunchasi “ikkinchi nom” boʻlsa, demak, nom tushunchasi va uning laqab tushunchasidan farqi izoh talab qiladi. “Nom” – forscha soʻz boʻlib, “ot, ism”; “shon-shuhrat, obroʻ” ma’nolarini anglatadi [10]10. Bu soʻz keng ma’noga ega boʻlib, avvalo, shaxs yoki narsalarga qoʻyilgan ot, ismni anglatishi bilan “ism” leksemasiga sinonim hisoblanadi: Zarifa, Samarqand, Boychibor kabi. 8 Авлакулов Я.И. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик тадқиқи: Филол. фанлари номзоди дисс. … автореф. – Tошкент, 2012. – Б.19. 9 Ўзбек тилининг изоҳли луғати, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 3- жилд, 53-бет. Keyingi oʻrinlarda lugʻat nomi ЎТИЛ shaklida berib boriladi.. 10 ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 3-жилд, 53-бет. Ammo “ism” – arabcha soʻz boʻlib, “nom, kishi oti”, “shaxsiy nom”[11]11 degan ma’noni anglatishi bilan nom tushunchasiga nisbatan torroq ma’no kasb etadi va odatda, bu soʻz faqat shaxs uchun ishlatiladi. Qadimgi turkiy tilda, jumladan, Mahmud Koshgʻariyning “Devoni lugʻat-it turk” asarida keltirilgan “atagʻ” soʻzi laqab ma’nosida qoʻllangan: “Atagʻ” – nom; laqab. Qul ati anin boldi qulqa atagʻ// tapugʻ qilsa tūn-kūn ula bolsa tag. – Qul oti shuning uchun qulga laqab boʻldiki, u togʻ-u toshda tun-u kun ibodatda boʻlishi zarur. (QBN – 124a)[12]12... Demak, “atagʻ – laqab” soʻzlari oʻzaro sinonim boʻlib, bir tushunchani ifodalaydi.

“Ikkinchi nom” tushunchasini ifodalashiga koʻra laqab tushunchasi taxallus tushunchasi bilan bir xil funksiyaga egadek koʻrinadi. Yuqoridagi manbada keltirilgan izohga tayanadigan boʻlsak ham, laqabning yana bir ma’nosida “taxallus” tushunchasi ham mavjud. Xususan, “taxallus” – arabcha soʻz boʻlib, “oʻz-oʻzini qutqarish, ozod qilish, xalos boʻlish” ma’nolarini anglatadi. Biror ijodkor (shoir, yozuvchi, rassom, olim va shu kabilar) yoki siyosiy arbobning oʻzi uchun tanlab olgan boshqa, ikkinchi nomi [13]13. Masalan, Lutfiy, Navoiy. Ba’zida taxallus ham oʻzga shaxs tomonidan qoʻyilishi mumkin: Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli avval oʻzi tanlagan “Qalandar” taxallusi bilan ijod qilgan boʻlsa, keyinchalik ustozi Munavvar qori Abdurashidxonov unga “Choʻlpon” – “Tong yulduzi” deb taxallus tanlab beradi [14]14 va shoir shu nom bilan nafaqat mashhur boʻlgan, balki oʻzbek adabiyoti va tarixida ham munosib oʻrin egallagan. Ammo taxallus laqabdan farqli oʻlaroq ism kabi rasmiy maqomga ega boʻladi va ularda taxallus egasining botiniy olami bilan bogʻliq motiv aks ettiriladi. Oʻzbek tiliga Islom dini kirib kelishi onomastik birliklar, xususan, antroponimlar tizimiga ham sezilarli ta’sir koʻrsatdi. Buning natijasi oʻlaroq “kunya” lanish jarayonini aytish mumkin boʻladi. “Kunya” (kuniya) – arabcha soʻz boʻlib, “laqab, nom” degan ma’noni anglatadi va kishining avlod-ajdodini, nasl, nasabini bildiruvchi kishi ismiga hurmat yuzasidan qoʻshib ishlatiluvchi soʻz, nom. Xususan, arablarda “abu”, “bint”, “ibn”, “ummu” soʻzlari kunya hisoblanadi [15]15. “Unvon” – arabcha soʻz boʻlib, “adres”, “sarlavha, nom”, “belgi, ramz” kabi ma’nolarga ega. Bu soʻz koʻp ma’noli 11 ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 3-жилд, 232-бет. 12 Қадимги туркий тил луғати. Тузувчи: Қ.Каримов. Тошкент: Mumtoz soʻz, 2009, 112-бет. 13 ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 4-жилд, 15-бет 14 https://ziyouz.chulpon 15 ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 2-жилд, 432-бет. boʻlib, bu soʻz kishiga biror ish-faoliyat sohasida alohida xizmatni yoki mutaxassislik darajasini e’tirof etadigan, vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan va beriladigan nomni anglatadi va u ham antroponimik tizimda ikkinlamchi nom sanaladi. Bundan tashqari, Islom dunyosida nisba tushunchasi ham mavjud boʻlib, manbalarda u quyidagicha izohlanadi: “nisba (arabcha nsbẗ - “munosabatlar”, “bogʻlanish”) arabmusulmon nomining bir qismi boʻlib, shaxsning nasl-nasabi, etnik, diniy, siyosiy, ijtimoiy mansubligi, tugʻilgan joyi yoki yashash joyini va hokazolarni bildiradi. Odatda nisba morfologik koʻrsatkich - oxiridagi “va” (arabcha -iy) qoʻshimchasi sanaladi. Masalan, Buxoriy, Samarqandiy, Nasafiy kabi. An’anaviy tarzda oʻrnatilgan tartibga koʻra, nisba kunya, alam, nasab va laqabdan keyin ismning eng oxirida qoʻyiladi va ular ham ikkilamchi nomlarning bir koʻrinishi hisoblanadi.

Laqablar shakllanishining lingvistik va ekstrolingvistik omillari mavjud. juladan, boshqa tillar kabi oʻzbek tilida ham laqablar hosil boʻlishining lisoniy omili muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa, kishi ismlarining buzib, oʻzgartirib talaffuz etilishi natijasida fonetik va grammatik mexanizm eng faollaridan biridir. Xususan, endi tili chiqqan bola katta yoshdagi aka-opalarining ismini ayta olmay notogʻri, aniqrogʻi oʻz me’yorida talaffuz qilishi orqali kishida oilaviy yangi laqab paydo boʻladi. Masalan, “Toyir”ni “Toy”; “Karim”ni “Tayim” “Muborak”ni “Yubalak” deb talaffuz qilishi kattalarning ham bolaga taqlidan kishilarga bola tilida murojaat qilishiga sharoit yaratadi va oʻzoʻzidan yangi laqab paydo boʻladi. Shuningdek, Nilu (Nilufar), Mamush (Ma’mura), Shurik (Shuhrat) – ismlarning erkalatish, suyish maqsadida qisqartirib yoki oʻzgartirib talaffuz qilinishi orqali paydo boʻlgan murojaat laqablar; Dilap (Dilafruz), Toyir (Tohir) – ismlarning shevadan kelib chiqib (aslida bu holat ayrim tovushlar (f, h) ning asl turkiy xalqlarga xos emasligi tufayli talaffuzda toʻliq aytilmasligi bilan bogʻliq) orfoepik me’yor bilan talaffuz qilinishidan paydo boʻlgan murojaat laqablar ham fonetik-orfoepik mexanizm asosida hosil boʻlgan. Bunday laqab laqablanuvchiga bilvosita aloqador boʻladi, ularda, asosan, subyekt munosabati ifodalanadi. Laqablarning shakllanish mexanizmida til qurilishining qaysi qismlari ishtirok etishi mumkinligi ham alohida tadqiq talab etadi. Avvalo, laqablarni hosil qiluvchi birliklarning turkumi, ya’ni morfologik jihatiga toʻxtalaylik. Laqablar belgi-xususiyat va harakat-holatlarga asoslanishini inobatga olsak, asosan, ot (it, ilon, chayon, doʻppi, shapka, quloq, oyoq va atoqli otlar ham) va sifat (qopagʻon, chuchchi, sariq, zolim, qiyshi)q turkumiga oid leksik birliklar (qisman ravish, fe’l, taqlid soʻzlar, undov soʻzlar, modal soʻzlar) bilan ifodalanadi.

Shuningdek, aytish joizki, laqablar har doim ham bir soʻzdan iborat boʻlmasligi mumkin. Shunga koʻra laqablar tuzilishi ikki xil boʻladi: Sodda laqablar. Bir asosdan tashkil topgan laqablar: Umar zakunchi, Kobra (Shavkat Qudratovich) , Qora amma, Tuya amaki, giroy (Muzaffar), ma’lim (Samadov – Robiyaning dadasi), Rashid abzi (Oʻtkir Hoshimov, “Ikki eshik orasi” romani qahramonlari). Murakkab laqablar. Ikki va undan ortiq leksik birlikdan tashkil topadi va bir ma’no butunlikni tashkil etadi. Murakkab laqablarni bevosita quyidagicha tasniflash mumkin: qoʻshma soʻz bilan ifodalanuvchi: Oqpodsho, Orif oqsoqol, Xumkalla, Mirzaterak; juft soʻz bilan ifodalanuvchi: Shaldir-shuldir, Kirdi-chiqdi; takroriy soʻz bilan ifodalanuvchi: Xir-xir, Shu-shu domla; Ibora bilan ifodalanuvchi: “Bir qop yongʻoq”, “Yetti oʻlchab, bir kesar” (Sharifning xotini); Sintaktik birliklar bilan ifodalanuvchi: “Yotsa turmas” (Sharif), kuzurlarning kuzuri (Yaxshiboyev), sun’iy yoʻldoshlar (Yaxshiboyevga qoʻshni ikki hamxona bemor – Baxshulla Ostonov va uning sherigi).

Tildagi har qanday ismning oʻziga xos lingvistik va ekstralingvistik ma’no komponentlari mavjud boʻlib, ular qatoriga, birinchidan, maxsus nomlash motivlarining mavjudligi, tilda nom mavjudligining oʻziga xos tomonlari (ismlarda boshqa lingvistik belgilarga koʻra nominativ xususiyatining kuchliligi) kiradi. Ismning zamonaviy idrok qilinisihi, ismning tarixi, uning etimologik asoslari ham shular jumlasidandir. Boshqa bir tomoni esa jamiyatda ismning lingvistik belgi sifatida mavjud boʻlishi uchun maxsus shart-sharoitlarning borligidir, ya’ni ismning madaniy va tarixiy assotsiatsiyalari, oʻzi nomlovchi obyekt bilan oʻziga xos munosabati, obyektning nomi va uning bilinish darajasi kabi lingvistik va ekstralingvistik shartsharoitlar bilan bogʻliqdir.

Bundan tashqari, tildagi salbiy, ijobiy va neytral semantikali soʻzlarning laqabga koʻchishida maʼnoviy motivatsiya muhim rol oʻynaydi. Har qanday nom maʼlum motivga asoslanadi. Laqab bilan shaxsning ismi, familiyasi, uning mental va jismoniy xususiyatlari oʻrtasida bevosita yoki bilvosita ma’noviy aloqalar mavjud. Chunonchi, motivatsiya predmetlarga nom berilayotganda ularning belgisini bildiradi va ana shu predmetga nom berilayotganda turtki beradi. Motivatsiya nominatsiyadan oldin paydo boʻladi. Laqabdagi qoʻshimcha madh etish, maqtash, ulugʻlash, kamsitish, ayblash, salbiy boʻyoqda koʻrsatish, yashirin ma’no berish kabi xususiyatlarning mavjudligi uni inson yoki hayvonga “yopishtirishga” asos boʻladi. Boshqa onomastik birliklar qatori laqablar ham yasalish jihatidan oʻzining maxsus lisoniy bazasiga, yaʼni birlik, usul va vositalariga ega emas. Tildagi mavjud apellyativlar, soʻz yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, leksik-semantik usul va modellar laqablar uchun lisoniy baza boʻlib xizmat qiladi.

İsmlar kabi laqab kabi “ikkinchi nom”lar ham ijobiy mazmun kasb etishi lozim. Bu esa ularning shakllanish omillariga bogʻliq boʻlib, laqab qoʻyuvchi kishining ishtimoiy-ahloqiy ma’naviyatiga bogʻliq sanaladi. Laqab berish qadimiy unsur sanaladi va har doim ham faol qoʻllanib kelingan. Ularning salbiy ma’no kasb etish koʻpayib ketishi yuzasidan jamiyat ijtimoiy-diniy nazorat oʻrnatilib kelingan. Jumladan, Islom olamida qoʻllaniladigan “nebez” tushunchasi shunday ahloqiy nazorat tizimining bir koʻrinishi sanaladi. Laqab shaxsga asl ismidan alohida berilgan ikkinchi ism; faxriy unvon; xalifa va sultonlarning hukmronligini ifodalaydigan unvondir. Tilshunoslar laqabning tilda hukm surishini “nebez” holati bilan izohlaydilar. Nebez “birovga kamchiligini yashirgan holda ehtiyotkorona murojaat qilish” [16]16, degan ma’noni anglatadi. Biroq keyinchalik, “sifatlash, ta’riflash” ma’nosini anglatuvchi va umuman, “kishilarning mehr sifatida olinib, jamiyatda uni ulugʻlaydigan ism” ma’nosini bildiruvchi na’t laqab uchun ham qoʻllanila boshlagan. Shunday qilib, laqab “maqtov yoki tanqidni ifodalovchi ism yoki sifat” ma’nosini olgan. Bunga misol sifatida buyuk oʻzbek adibi Alisher Navoiyni misol keltirishimiz mumkin. Alisher Navoiyning yuqorida misollar keltirilgan asarlarida qoʻllanilgan laqablarni tom ma’nodagi badiiy matndagi laqablar deb boʻlmaydi. Buyuk adib ilk oʻrta asrlar va musulmon Sharqining buyuk siymolari, mashoyixlar, din arboblari va tarixiy shaxslariga doir biografik ma’lumotlarni keltirar ekan, ularga davr jamoatchiligi (xalq) yoki shaxslarning oʻzlari tomonidan qoʻyilgan laqablarni keltirgan, xolos. Aslida bu nomlarning aksariyatini toʻla ma’noda laqab deb emas, laqab-epitet deb atash mumkin. Oʻsha qadimgi davrlarda amalda boʻlgan antroponimik an’analar ta’sirida yuzaga kelgan. Ya’ni, bu laqablar shaxsga asl ismidan alohida berilgan ikkinchi ism; bu hol nebez – “birovga kamchiligi yashirgan holda ehtiyotkorona murojaat qilish”, degan ma’noni anglatadi. Bu hol “sifatlash, ta’riflash” ma’nosini anglatuvchi va umuman “odamlarning mehr sifatida olinib, jamiyatda uni ulugʻlaydigan ism” ma’nosini bildiruvchi na’t holatidir va u laqab 16 https://islamansiklopedisi.org.tr/lakap uchun ham qoʻllanila boshlagan. Shunday qilib, laqab oʻrta asrlarda “maqtov yoki tanqidni ifodalovchi ism yoki sifat” ma’nosini olgan. Qolaversa, yuqorida keltirilgan laqablar oʻsha shaxslarga muallif (Navoiy) tarafidan berilmagan, u badiiy tafakkur mahsuli ham emas. Ammo bu laqablar tarixiy shaxslar haqida yaratilgan badiiy asarlarning emotsional boʻyogʻi vazifasini bajaradi. Afsuski, bugungi kunda laqab va boshqa ikkilamchi nomlarning aksariat qismi salbiy ma’no kasb etadi va inson sh’ni, qiymati hamda obroʻyiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun ham laqablar va umuman, ikkilamchi nom haqida tadqiqotlar oʻtkazish hamda ijobiy mazmun kasb etadigan laqablarning xususiyatlarini toʻlaroq ochib berishga harakat qilish lozim. Muloqot jarayonida salbiy laqablar bilan murojaat qilish inson psixologiyasiga ham ta’sir qilmay qolmaydi.

Laqab tanlanishining muhim omillaridan biri motivatsiyadir. Har qanday nom maʼlum motivga asoslanadi. Bu jarayon motivatsiya deb yuritiladi. Yaʼni, motivatsiya soʻzlar oʻrtasidagi ularning motivlanganligini namoyon etuvchi aloqa, motivatsion aloqa (munosabat)ning oʻzidir. Laqab bilan shaxsning (hayvonning) ismi, familiyasi, uning mental va jismoniy xususiyatlari oʻrtasida bevosita va bilvosita ma’noviy aloqa mavjud. Chunonchi, motivatsiya predmetlarga nom berilayotganda ularning belgisini bildiradi va ana shu predmetga nom berilayotganda turtki beradi. Motivatsiya dalil keltirish, isbotlash, turtki berish maʼnosini anglatib, nominatsiyadan oldin paydo boʻladi. Demak, nomlashda maʼlum belgi-xususiyatlarga asoslanish jarayoni motivatsiyadir. Laqabdagi qoʻshimcha madh etish, maqtash, ulugʻlash, kamsitish, ayblash, salbiy boʻyoqda koʻrsatish, yashirin ma’no berish kabi xususiyatlarning mavjudligi uni inson yoki hayvonga “yopishtirishga” asos boʻladi. Boshqa onomastik birliklar qatori laqablar ham yasalish jihatidan oʻzining maxsus lisoniy bazasiga, yaʼni birlik, usul va vositalariga ega emas. Tildagi mavjud apellyativlar, soʻz yasovchi affikslar, usul va modellar laqablar uchun lisoniy baza boʻlib xizmat qiladi, deyish mumkin.

Ma’lumki, laqablar boshqalar tarafidan nomlaluvchi murojaat quroli sanadi. Ammo kishi oʻz-oʻziga ham laqab qoʻyish mumkin. Bugungi globallashgan axborot texnologiyalar zamonida bu hol ommalishib borayapti. Jumladan, virtual olamdagi laqablar – nikneymlar shular jumlasidandir. Hech qanday toʻsiqsiz ijtimoiy tarmoqlarda kishilar, ayniqsa, yosh avlod oʻzi yoqtirgan nomlar – nikneymlar tanlamoqda. Shunday ekan nikneymlarni laqablarning bir koʻrinishi sifati oʻrganish bugungi kunning dolzarb ahamiyatli tadqiqotlaridan biri hisoblanadi. Bizningcha, nikneymlarning asosiy xususiyati oʻz-oʻziga erkin laqab tanlash hisoblanadi. Bunda, nikneym egasining madaniy, ma’naviy va ilmiy saviyasi, laqablanuvchi kishining orzu va umidlari hamda dunyoqarashi muhim omildir.

Bizning kuzatishlarimizga koʻra, Internetdagi muloqotlarda qoʻllaniladigan nikneym-laqablar bir yoki ikki soʻzdan iborat boʻlishi mumkin. Tub soʻzdan yoki qoʻshma soʻz va soʻz birikmalaridan iborat taxalluslar, koʻpincha, atoqli otlar yoki “aniqlovchi+aniqlanmish” qolipidagi birikmalar boʻlib, laqab kichraytirish-erkalash (“sevimli”, “ofatijon”, “boʻzbola”, “sheryigit”, “muloyim”, “yoqimtoy yigitcha”, “oshiq”, “koʻpni koʻrgan”, “inson doʻsti” kabi) yoki norasmiy-erkin murojaat (“telba”, “shaharlik olifta”, “terminator”, “botir bola”, “qoʻrqmas”, “sheryurak”, “iskaptopar”) ma’no-mazmunlarini tashishi mumkin.

Turdosh otlar ham nikneym sifatida ishlatiladi. Virtual muloqot ishtirokchilari, koʻpincha, hayvonlar va qushlarning nomlariga murojaat qilishadi, bu holda “xoʻroz”, “sherlar qiroli”, “yoʻlbars”, “boʻzboʻri”, “tulkivoy”, “toshbaqa”, “lochin” kabi nikneymlar vujudga keladi. Ayrim yoshlar (oʻzbek boʻlsa-da) esa xuddi shunday mazmun tashuvchi ruscha, inglizcha yoki boshqa til variantlaridan ham foydalanishadi, “dikiy volk”, “seriy volk”, “krasavchik”, “chelovik pauk”, “bogatiy”, “prinsessa”, “life”, “zizi”, “miss...” va hokazo. Internetdagi muloqot yoki oʻyin ishtirokchilari, odatda, lotin alifbosidan foydalanadilar, hozir mamlakatimizdagi 30 yosh atrofidagi yosh avlod vakillari lotin yozuvini qoʻllasa (bu kontingent eng faol virtual muloqotda boʻladi), 40 yosh atrofidagilar va undan katta yoshdagilar kirill alifbosidan foydalanadilar.

Ijtimoiy hayotda tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tufayli turli maʼnaviy qadriyatlar yaratiladi, tarqatiladi va oʻzlashtiriladi. Bu oʻrinda kishilar orasida nutqning shakl va mazmunini belgilaydigan, uni ma’lum qoliplar doirasida ushlaydigan, jumladan, kishilarning axloqiy-ma’naviy xususiyatlari, oʻzligi, odobi va turmush tarzini belgilaydigan ijtimoiy axloq va uning shakllari muhim ahamiyatga ega. Kishilarga qoʻyiladigan laqablar ham ana shu nuqtayi nazardan fazilatlar va illatlarga qarab beriladi. Fazilatlar va illatlarning miqdori chegaralanmagani kabi tildagi laqablar koʻlami ham chegaralanmagan.

Laqablar keng nutqiy iste’molda boʻlgan til sohalari – jonli soʻzlashuv va shevalardir. Tadqiqot davomida Xorazm shevasida, shuningdek, Samarqand viloyati jonli soʻzlashuv tilidagi laqablar oʻrganilganda, Xorazmda kishining shaxsi, avvalo, u mansub boʻlgan urugʻ, toʻpning laqabi, keyin shaxsning personal ismi va laqabi bilan aniqlanishi qayd etildi va hozirga qadar bu tizim muomaladan chiqmaganini, aksincha, jonlanib, avj olganini koʻrsatadi. Samarqandda talabalar va maktab oʻquvchilari orasida oʻtkazilgan soʻrovnomalardan ma’lum boʻldiki, yoshlar orasida laqablarning sinxronlashuvi kuchlidir. Laqablarning klassik shakllari jonli til bilan bogʻliq boʻlsa, nikneymlar virtual dunyodagi kommunikativ aloqa bilan bogʻliq boʻlgan laqablarning bir koʻrinishidir. Nikneymlar soʻzlovchining oʻzi tanlashi bilan real hayotdagi laqablardan biroz farq qiladi, ammo uni laqab bilan birlashtiruvchi nuqtalari ikkilamchi nominativligi bilan bogʻliqligi, insonning shaxsiy jismoniy-fiziologik koʻrsatkichlariga aloqador ekanligi, sirlilik, maxfiylik elementlarini tashishidir.

FOYDALANİLGAN ADABİYOT VA MANBALAR

1. Prezident Shavkat Mirziyoyevning oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi // “Xalq soʻzi”, 2019-yil, 22-oktabr.

2. Amanoğlu, Ebülfez Kulı. Divanu Luğat-it-Türk'deki Kişi Adları Üzerine. A.Ü. Türkiyat Araştırmaları Enstütüsü Dergisi. Sayı 15. Erzurum, 2000. - S.5-13.

3. А.Навоий. Тарихи мулуки ажам. - https://n.ziyouz.com/books/alisher_ navoiy_asarlari/Alisher%20Navoiy. %20Tarixi%20muluki%20ajam.pdf (Fevral, 2022); А. Навоий. Тарихи анбиё ва ҳукамо (Ботирхон Валихўжаев ва Қобилжон Тоҳиров табдили). -Самарқанд: Зарафшон, 1994. -68 Б. A. Navoiy, Nasoyim ul-muhabbat, Toʻla asarlar toʻplami, 10 jildlik, 10-jild, Toshkent, Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2013, 648 bet. A. Navoiy, Majolis un-nafois, Toʻla asarlar toʻplami, 10 jildlik, 9-jild, Toshkent, Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2013, 768 bet.

4. Бегматов Э. Антропонимика узбекского языка: Автореф. дис... канд. филол. наук. – Ташкент: Фан, 1965.

5. Бегматов Э. Антропонимика узбекского языка: Автореф. дис... канд. филол. наук. – Ташкент: Фан, 1965, 13-14-бетлар

6. Бегматов Э. Ўзбек тили антропонимикаси. –Ташкент: Фан, 1965, 44-б

7. Рашидова М. Ўзбек тилидаги лақабларнинг лексик-семантик ва услубий хусусиятлари. – Тошкент: Иқтисодмолия, 2008. – 72 б.

8. Авлакулов Я.И. Ўзбек тили ономастик бирликларининг лингвистик тадқиқи: Филол. фанлари номзоди дисс. … автореф. – Tошкент, 2012. – Б.19.

9. Ўзбек тилининг изоҳли луғати, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 3-жилд, 53-бет.

10. ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 3-жилд, 53-бет.

11. ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 3-жилд, 232-бет.

12. Қадимги туркий тил луғати. Тузувчи: Қ.Каримов. Тошкент: Mumtoz soʻz, 2009, 112-бет.

13. ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 4-жилд, 15-бет

14. https://ziyouz.chulpon

15. ЎТИЛ, 5 жилдлик; Тошкент, 2006, “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашриёти, 2-жилд, 432-бет.

16. https://islamansiklopedisi.org.tr/lakap

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.