ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

LAZERLAR VA ULARDAN TIBBIYOTDA FOYDALANISH

Abstract

Ushbu maqola  Lazerlar haqida maʼlumot hamda ularning tibbiyotda qoʻllanishu haqida. Lazerlar – bu yo‘naltirilgan yorug‘lik nurlari bo‘lib, juda aniqlik bilan to‘qimalarga ta’sir ko‘rsatadi. Tibbiyotda ular jarrohlik amaliyotlarida qon ketishini kamaytirish, shikastlanishni minimallashtirish va tez sog‘ayishni ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Lazerlar dermatologiyada, oftalmologiyada va stomatologiyada keng ishlatiladi. Ularning aniq ishlash xususiyati tibbiy muolajalarni samaraliroq qiladi. Hozirda lazer texnologiyasi zamonaviy tibbiyotda muhim diagnostik va davolash vositasi sifatida katta ahamiyat kasb etadi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

LAZERLAR VA ULARDAN TIBBIYOTDA FOYDALANISH

Xaitov Farxod Nasriddin o‘g‘li.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Termiz filiali o‘qituvchisi

Nasrulloyeva Muborak Murodkulovna

Toshkent davlat tibbiyot universiteti

Termiz filiali Pediatriya fakulteti talabasi

Annotasiya

Ushbu maqola Lazerlar haqida maʼlumot hamda ularning tibbiyotda qoʻllanishu haqida. Lazerlar – bu yo‘naltirilgan yorug‘lik nurlari bo‘lib, juda aniqlik bilan to‘qimalarga ta’sir ko‘rsatadi. Tibbiyotda ular jarrohlik amaliyotlarida qon ketishini kamaytirish, shikastlanishni minimallashtirish va tez sog‘ayishni ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Lazerlar dermatologiyada, oftalmologiyada va stomatologiyada keng ishlatiladi. Ularning aniq ishlash xususiyati tibbiy muolajalarni samaraliroq qiladi. Hozirda lazer texnologiyasi zamonaviy tibbiyotda muhim diagnostik va davolash vositasi sifatida katta ahamiyat kasb etadi.

Kalit soʻzlar: Lazerlar, glaukoma, kvant elektronikasi , radio to'lqin, quvvat ,dermatologiya, oftalmologiya, stamatalogiya, terapivt, radiatsiya, Geliy-neon lazeri, biosimulatsiya,Golgols ko‘z kasalliki

Аннотация

Данная статья содержит информацию о лазерах и их применении в медицине. Лазеры — это направленные световые лучи, которые воздействуют на ткани с высокой точностью. В медицине они используются для уменьшения кровопотери во время хирургических операций, минимизации повреждений и ускорения заживления. Лазеры широко применяются в дерматологии, офтальмологии и стоматологии. Их высокая точность делает медицинские процедуры более эффективными. В настоящее время лазерные технологии играют важную роль как диагностическое, так и лечебное средство в современной медицине.

Ключевые слова: Лазеры, глаукома, квантовая электроника, радиоволны, мощность, дерматология, офтальмология, стоматология, терапевт, радиация, гелийнеоновый лазер, биостимуляция, заболевание глаз Голгола.

Optik to‘qimalari oralig‘ida majburiy nurlanishni chiqaradigan mazerlani - lazerlar deyiladi. 1964-yili kvant elektronika sohasiga tegishli fundamental tadqiqotlar uchun Rossiya olimlari N'.GJBasov va A.M.Proxorov hamda amerikalik olim Ch.X.Tauns Nobel mukofotiga sazovor bolishgan. T.G.Meyman tomonidan amalda birinchi marta lazer nuri olingan bo‘lsa, hozirgi vaqtda, ham quvvat jihatidan, ham spektming ishchi sohasi bo‘yicha monoxromatik lazerlar yaratildiki, ular mazkur fan sohasida bo‘layotgan ulkan rivojlanishdan dalolat beradi. Lazerlar to‘g‘risida gap borganda ulaming murakkab tabiatini, ularni qo‘llanilish sohasi keng va rang barangligini e’tiborga olish zarur.

Lazer nurining fokusida energiya to‘plangan bo‘lib, u biologic to‘qimalami qizdirib bug‘lantirish uchun yetarlidir. Jarroh lazer skalpelni sekin - asta yo‘naltirib, to‘qimani kesib boradi. Kesim chuqurligi va kesim tezligi to‘qimaning qon bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. 0‘rtacha kesim chuqurligi 2-3mm oralig'ida boladi. Ko‘pincha to‘qimalari kesish bir marotaba bajarilmay, balki skalpel bir necha marta yurgizilishi bilan kechadi amalda tarzida lazer bir qator afzalliklarga ega.Birinchidan, bu nur qon chiqarmay qirqadi, chunki u unchalik katta bolmagan qon tomirlami shu vaqtni o‘zidayoq yamab qo‘yadi. Bu xususiyati bilan u elektrpichoqqa o‘xshaydi. Ikkinchidan, lazer skalpeli kesish xususiyati hamma vaqt ishonchliva o‘zgarmasdir. Uchinchidan, shaffofligi, ya’ni soya hosil qilmasligi tufayli jarrohga operatsiya qilinayotgan qismini kuzatib borish imkonini beradi. Odatdagi skalpelning tig‘i esa hosil qilgan o‘z soyasi tufayli ish joyini jarrohdan to‘sadi. To'rtinchidan, lazer nuri to‘qimani ma’lum masofadan turib unga bosim bermay kesadi. Beshinchidan, lazer skalpeli mutlaq sterillikni (ya’ni tozalikni) ta’minlaydi. Haqiqatan, nurdan tashqari to‘qimaga biror narsa bilan tegmaydi. To‘qima bilan faqat nurlanish o‘zaro ta’sirlashadi. Tozalikning yana bir sababi kesish joyida yuqori harorat hosil bo‘ladi. Oltinchidan, lazer nuri lokal (muayyan joyga) ta’sir ko‘rsatadi. To‘qimani bug‘lanishi faqat fokus nuqtasidagina ro‘y beradi. Uning yonidagi to‘qimalar mexanik yoki elektr skalpeliga nisbatan kamroq jarohatlaydi.Yettinchidan, klinik tajribalaming ko‘rsatishicha, lazerskalpelidan hosil bo'lgan yara aslo og‘rimaydi va nisbatan tez tuzaladi. Lazer nuri yordamida qanday jarrohlik operatsiyalar 0‘tkazish mumkin? Lazer nuridan tibbiyotda foydalanish 1966- yilda A.V. Vishnevskiy nomidagi xirurgiya oliygohida boshlandi. Lazer ikalpeli qorin va ko‘krak bo‘shlig‘idagi ichki a’zolami operatsiyaqilishda qo’lanildi. Hozirgi paytda lazer nuri teri • plastic «Optralsiyalar, ovqat hazil qilish sistemasi oshqozon, ichak, buyrak, quloq ,burun, tomoq ichki a’zolami operatsiya qilishda. 1.“Skalpel-1 ” lazer qurilmasi yordamida yaralarni davolash. 2. Geliy - neon asosida ishlaydigan lazer scalpel yordamida quloq kasalligini davolash. 3. SO2 yoki neodim lazeri yordamida burun kasalliklarini davolash. 4.Past quvvatli (LG-76) lazer nurini nurtolalar orqali uzatib tomoq bo'shlig‘ini davolash 5.Lazer nuri yordamida o‘simtalarni davolash.

1) Lazerlar oftalmologiyada qanday qoilaniladi? Oftalmologiya - ko‘z kasalliklari bilan bog‘liq tibbiyot sohasida lazer nuri juda keng qoilaniladi. Hozirgi vaqtda tibbiyotda yangi yo‘nalish - lazer mikroxirurgiyasi jadal rivojlanmoqda. Bu yo‘na!ishdagi tadqiqotlar Toshkent shahridagi “Ko‘z kasalliklari mikroxirururgiyasi” da, Odessadagi V.L.Filatov nomidagi institutda, Moskvadagi L.F. Gelgols nomidagi ko‘z kasalliklari ilmiy tadqiqot institutida shuningdek, ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy tadqiqot institutlarda ko‘z ojizligiga olib keluvchi kasalliklaming asosiylari glaukoma, katarakta, to‘rsimon pardoning qatlamlanishini oldini olish borasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Lazer nuri dastlab ko‘z kasalliklari orasida to‘rsimon pardaning qatlamlanishini davolashda qo‘llanildi. Ko‘zi ojizlik hollarining eng keng tarqalgani glaukomadir. Mazkur xastalik mamlakatlaming 40 yoshdan oshgan aholisining taxminan 2+3 % glaukoma xastalligi bilan og‘rishi qayd qilingan. Glaukomani an’anaviy usullar bilan davolash juda murakkab jarayon bolib , ko‘z unda kuchli jarohatlanishi mumkin. Shuningdek, davolash natijasi tamoman ijobiy bolishiga ishonish qiyin. Shu o‘rinda lazer nuridan foydalanish ayni maqsadga muvofiqligi aniqlangan. Lazer nuri bilan ko‘zning rangdor pardasida teshik ochilib, shu yol bilan uning kapillar naylailni xususiyatini tiklab, ko‘z suyuqligining normal oqimiga imkon tug‘iladi

2) Stomatologik davolash va lazer nuri. O'zbekistonda juda kam kishini tish kasalligiga yo‘Iiqmagan deyish mumkin. Tishi kasallangan bemor “Bor”mashina (tishni davolaydigan stomatologik asbob) bilan uchrashishdan qo‘rqib, imkoni bolsa davolanishga bormaslikka harakat qiladi. Ammo lazer nuridan foydalanish mazkur muammoni ma’lum darajada osonlashtirdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, lazer nuri sog‘lom va kasallangan tishlarga turlicha ta’sir ko‘rsatar ekan. U qorayib qolgan (ya’ni kasal) tish qismi tomonidan yutilib sog‘lom oq tish tomonidan qaytariladi. Lazer nurlanishi kariyesga ta’sir etib kasallangan tish to‘qimani yemiradi, lekin unga qo‘shni bolgan sog‘ tish qismlarini yemirmaydi Kelgusida lazer nuridan nafaqat tishni davolashda, balki kariyesning oldini olishda foydalanish mumkin. Agar tish email infraqizil nur bilan yoritilsa, u kariyesga bardoshli bo‘lar ekan. Hozircha stomatologlar lazer nuridan og‘iz bo‘shlig‘idagi kasalliklami davolashda geliy-neon lazeridan foydalanishadi.

Xulosa

So‘nggi yillarda, lazer texnologiyasining jadal rivojlanishi va lazer qismlarining ko‘payishi bilan, yuqori quvvatli uzluksiz lazerdan femtosaniyali ultra qisqa pulsli lazergacha yoki chuqur ultrabinafsha lazerdan infraqizil lazergacha klinik lazer turlari tobora ko'payib bormoqda. jarrohlik, kasallik tashxisi, go'zallik parvarishi muhim amaliy salohiyatni ko'rsatadi. Shuning uchun, tibbiy lazerni tanlashda, tibbiy lazer uchun oqilona va amaliy tanlov qilish uchun, eng mos lazer parametrlari va ko'rsatkichlari turli klinik ehtiyojlarga va lazer qismlarining eng yangi rivojlanishiga qarab aniqlanadi. So'nggi yillarda, lazer texnologiyasiningjadal rivojlanishi va lazer qismlarining ko'payishi bilan, yuqori quvvatli uzluksiz lazerdan femtosaniyali ultra qisqa pulsli lazergacha yoki chuqur ultrabinafsha lazerdan infraqizil lazergacha klinik lazer turlari tobora ko'payib bormoqda. jarrohlik, kasallik tashxisi, go'zallik parvarishi muhim amaliy salohiyatni ko'rsatadi. Shuning uchun, tibbiy lazerni tanlashda, tibbiy lazer uchun oqilona va amaliy tanlov qilish uchun, eng mos lazer parametrlari va ko'rsatkichlari turli klinik ehtiyojlarga va lazer qismlarining eng yangi rivojlanishiga qarab aniqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1)Sh.sodiqova,Sh.Otajonov, M.Qurbanov "lazerlar va ularning amaliyotdagi o‘rni "qo'llanma Toshkent — «Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи», 2020.

2)A.N.Reminzov" Tibbiy va biologik fizika "darslik sifatida tavsiya etilgan Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent 2005.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.