ushbu maqolada maqom san’atining O‘zbekiston Respublikasining madaniy diplomatiyasidagi o‘rni va uning xalqaro miqyosdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda maqom san’atining tarixiy, estetik hamda diplomatik qirralari yoritilib, O‘zbekistonning xalqaro maqom festivallari orqali milliy merosni global darajada targ‘ib etishdagi tajribasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Eron, Ozarbayjon, Turkiya va Misr kabi davlatlarning musiqiy diplomatiya yo‘nalishidagi tajribalari solishtirma tahlil qilinib, O‘zbekiston modeli mintaqaviy “yumshoq kuch” siyosatining samarali shakli sifatida baholanadi. Maqom festivallari milliy brendni shakllantirish, madaniy aloqalarni rivojlantirish va xalqaro imijni mustahkamlashda muhim rol o‘ynayotgani ilmiy asoslar bilan isbotlanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, maqom san’ati O‘zbekistonning xalqaro madaniy siyosatida tinchlik, do‘stlik va madaniyatlararo muloqot timsoli sifatida alohida o‘rin tutadi.
в статье анализируется роль искусства макама в культурной дипломатии Республики Узбекистан и его значение на международной арене. Освещаются исторические, эстетические и дипломатические аспекты макамного искусства, а также опыт Узбекистана в продвижении национального музыкального наследия через международные макам-фестивали. Сопоставляются примеры музыкальной дипломатии Ирана, Азербайджана, Турции и Египта. Отмечается, что узбекская модель служит эффективной формой региональной политики «мягкой силы».