ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI ZAMONAVIY KASBLARGA QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH

Abstract

Maqolada Maktabgacha kata yoshdagi bolalarni zamonaviy kasblarga qiziqishlarini shakllantirishning dolzarbligi, maqsadi, yoʻllari, natijalari aks ettirilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

--⊱⊱ 561 ⊰⊰--

QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH

Abduqodirova Ozoda Aʼzam qizi

Toshkent viloyati pedagogik mahorat

markazi oʻqituvchisi

abduqodirovaozoda96@gmail.com

+998 99 874 96 04

Annotatsiya: Maqolada Maktabgacha kata yoshdagi bolalarni zamonaviy kasblarga qiziqishlarini shakllantirishning dolzarbligi, maqsadi, yoʻllari, natijalari aks ettirilgan.

Tayanch soʻzlar: Kasblar, texnologiya, ekskursiya, taʼlim, qobiliyat, qiziqish, ilm-fan

Аннотация: В статье отражены актуальность, цель, пути и результаты формирования интереса детей старшего дошкольного возраста к современным профессиям.

Ключевые слова: Профессии, технология, экскурсия, образование, способности, интерес, наука.

Annotation: The article highlights the relevance, purpose, methods, and outcomes of developing interest in modern professions among older preschool children.

Keywords: Professions, technology, excursion, education, ability, interest, science.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevninng 2022-yilgi parlamentga yoʻllagan murojaatnomasida: “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilmfan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim” [1] deb, bu borada “oʻgʻil-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasbhunarlarga oʻrgatish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, ish va uy-joy bilan taʼminlashga” ahamiyat qaratishimiz kerakligi alohida taʼkidlab oʻtildi. Shunga koʻra, maktabgacha yoshdagi bolalarni kasblar dunyosi bilan, ayniqsa, zamonaviy kasblar bilan tanishtirish muhuim ahamiyaga ega hisoblanadi. Bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularni kelajakda turli zamonaviy kasblarni tanlashga qiziqishlarini shakllantirish lozim.

Kasb – bu insonning mehnat faoliyati; doimiy mashgʻulot turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan, bilim, mahorat, tajribani talab etadi. [2] Kasb – inson zarur boʻlgan, boʻsh vaqtida shugʻullanadigan, vatani uchun xizmat qiladigan ishdir. Hayotda kasblar shunchalik koʻpli, olimlarning taʼkidlashicha dunyoda 40 mingdan ortiq kasblar mavjud. [3]

Inson hamma biror kasbni egallashi uchun oʻqishi va taʼlim olishi lozim. Kasbga qiziqishni biz eng avvalo yoshlikdan bolalarda ayniqsa, maktabgacha boʻlgan davrda shakllantirishimiz lozim. Buning uchun biz bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularni kelajakda turli zamonaviy kasblarni tanlashga qiziqishlarini shakllantirish lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni biz odatda quyidagi kasblar bilan doim tanishtirib kelganmiz: oʻt oʻchiruvchi, oshpaz, tikuvchi, oʻqituvchi, tarbiyachi, askar, shifokor, hamshira, uchuvchi, kosmonavt, quruvchi, haydovchi, sartarosh, sotuvchi, rassom, novvoy.

--⊱⊱ 562 ⊰⊰--

Ammo bugun ilm-fan, madaniyat, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari jadal rivojlanmoqda hamda shunga yarasha yangidan yangi kasblar vujudga kelmoqda. Shunga muvofiq, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni zamonaviy yangi kaslblar bilan tanishtirishni taʼlim-tarbiya jarayoniga kiritish lozim.

The Balance Careers jurnalining ish qidirish boʻyich amutaxassisi hamda CareerToolBelt.com asoschisi Alison Doyl bolalar eng koʻp orzu qiladigan 15 ta kasblarni sanab oʻtgan.[4] Yaʼni bular quyidagilar:

1. Raqqos

2. Aktyor

3. Musiqachi

4. Oʻqituvchi

5. Kashfiyotchi olim

6. Professionl atletchi

7. Qutqaruvchi

8. Detektiv

9. Yozuvchi

10. Politsiya ofitseri

11. Astronavt

12. Uchuvchi

13. Veterinar

14. Advokat

15. Shifokor

Bundan koʻrinib turibdiki, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni biz quyidagi zamonaviy kasblar bilan tanishtirishimiz maqsadga muvofiq: dasturchi, dizayner, arxitektor, tarjimon, jurnalist, reportyor, aloqa operatori, menejer, styuardessa, kompozitor, fotograf, kashfiyotchi olim, milliy gvardiya, arxeolog, volontyor, advokat, sport ustasi, tadbirkor, marketolog.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga zamonaviy kasblar bilan tanishtirishning asosiy maqsad, vazifalari:

- zamonaviy kasblar haqida aniq bilim va tushunchalar berish;

- zamonaviy kasblarga nisbatan qiziqish va xohishni uygʻotish;

- zamonaviy kasblarning jamiyat hayotida ahamiyatini bola ongiga singdirish;

- kattalar va oʻz mehnatini qadrlash va hurmat qilishni tarbiyalash

- bolalari zamonaviy kasblarga qizishni shakllanitirsh orqali kelajakda mamlakat rivojiga hissa qoʻshadigan yosh avlodni tarbiyalash.

MTT da bolalarni kasblar bilan tanishtirish har xil tashkiliy yoʻllar va metodlar orqali amalga oshiriladi.

Birinchi yoʻl - ekskursiya, mashgʻulot, maqsadli sayrlar orqali. Bunda kuzatish, kino va diafilm, diapazitiv, teleeshittirish, badiiy adabiyot, koʻrgan va eshitgani toʻgʻrisida suhbat, tarbiyachi va bolalarning hikoyalari, tarbiyachining hikoya va tushuntirishi, didaktik oʻyinlar kabi turli-tuman metodlardan foydalaniladi.

Ikkinchi yoʻl - mashgʻulot va mashgʻulotdan tashqari vaqtlarda.Bunda Gigiyenik va pedagogik jihatdan mumkin boʻlgan ishlarni (binoni tozalash, idish yuvish, yuvilgan kirlarni dazmollash va taxlash, bayram kiyimlarini tikish, bolalar bilan oʻyin, mashgʻulot uchun kerakli materiallarni tayyorlash va boshqalar) bolalar oldida bajarish, kuzatish, koʻrsatib tushuntirish, suhbat,

--⊱⊱ 563 ⊰⊰-- tarbiyachining soʻzlab berishi va shunga oʻxshash materiallardan foydalaniladi. Kuzatishdan keyin bolalar bilan shunga oʻxshash mehnat turlarini tashkil etish maqsadga muvofiq boʻlar edi: kutubxonaga borib kelgandan keyin yirtilgan kitoblarni yamash, modalar atelyesiga borib kelgandan keyin qoʻgʻirchoqqa kiyim tikish va hokazolar.

Uchinchi yoʻl - bolalarning kattalar bilan birgalikdag mehnatlari. Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlari har xil boʻlishi mumkin (xona oʻsimliklarini yuvish, polizda koʻchat yoki urugʻlarni ekish uchun joʻyaklar tayyorlash, binoning ichini tozalash va h.k.)

Xususan, bu borada T. A. Markova va V. G. Nechayevalar ekskursiyaga katta ahamiyat berganlar. Ular ekskursiyani maktabgacha yoshdagi bolalarning kasblar haqidagi gʻoyalarini shakllantirishning eng yaxshi usuli deb hisoblashgan. Kozlova esa bolalarning kasblar haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda vizual usullarning rolini taʼkidladi: illyustratsiyalarni koʻrish, filmlar koʻrsatish, namuna koʻrsatish. U maktabgacha yoshdagi bolalarning kasblar haqidagi gʻoyalarini kengaytirishda bosqichma-bosqichlik tamoyiliga amal qildi. [5]

Maktabgacha yoshdagi bolalarning kasblar dunyosi haqidagi gʻoyalarini shakllantirish boʻyicha ishlar umumiy didaktik tamoyillarga asoslanadi:

- qulaylik (bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda; materialni yoshga moslashtirish);

- tizimli va izchil (materialni oddiydan murakkabgacha doimiy yetkazib berish; oʻrganilgan qoidalar va meʼyorlarni tez-tez takrorlash);

- koʻrinish (fikrlashning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda);

- dinamizm (har xil turdagi faoliyatga integratsiyalashuv);

- farqlash (yosh va individual xususiyatlarni hisobga olgan holda).

–meʼyor va qoidalarni oʻzlashtirish uchun qulay sharoit yaratish.

Bolani kelajakdagi kasbini tanlashga jiddiy tayyorlash kerak. U ota-onasi yoki bobo-buvisi kimga ishlaganligini bilishi, uni turli kasblarning oʻziga xos jihatlari, ular insonga qoʻyadigan talablar bilan tanishtirishi, ulgʻayganida kim boʻlmoqchi ekanligi bilan qiziqishi kerak. Bola qanchalik koʻp maʼlumotni oʻzlashtirsa va qanchalik xilma-xil va boy boʻlsa, kelajakda uning hayotini belgilaydigan hal qiluvchi tanlovini amalga oshirish osonroq boʻladi.

Hozirgi kunda maktabgacha katta yoshdagi bolalarni zamonaviy kasblarga qiziqshni shakllantirishda eng samarali yoʻl bu ekskursiya hisoblanadi. Ekskursiya davomida bolalar oʻz koʻzlar bilan jonli obyektni , insonlar mehnatini, jarayonni kuzatadilar, bu borada kasb egalari bilan suhbatlashishlari, savollarga javob olishlari ham mumkin. Masalan, bolalarni aloqa kompaniyasiga ekskursiyaga olib borib, kompaniya binosi, uning ichki va tashqi koʻrinishi, u yerdagi ish jarayoni hamda aloqa operatorlrining mehnati bilan tanishishlari ham mumkin. Bundan tashqari, biz bolalarni atelyelarga, qurilish obyektlariga, televideniyaga, IT-maktablarga, fotostudiyalarga, ishlab chiqarish korxonalariga, muzeylarga, teatrlarga, sport klublariga turli kasblar bilan tanishtirish ucun ekskursiyalarga olib borishimiz mumkin.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mashgʻulotlar jarayoniga milliy gvardiya xodimlari, dasturchi, styuardessa, davokat, fotograf, arxitektor, tadbirkor, tarjimon, reportyor, dizayner, olimlar, journalist kabi kasb egalarini taklif qilishimiz va ular bilan suhbatlar tashkil etishimiz mumkin. Bunday mashgʻulotlarda bolalar kasb egalarining oʻzlari haqida hikoyalarini eshitadilar, ularga savol bilan murojaat qiladilar, birgalikda suhbat olib boradilar.

Shu oʻrinda maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirishda ota-onalarni ham ushbu taʼlim jarayoniga jalb qilish ham yaxshi samara beradi. Aksar xorij davlatlarida

--⊱⊱ 564 ⊰⊰-- maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarda kasbga nisbatan qiziqishni shakllantirishda mashgʻulotlar jarayoniga bevosita ularning ota-onalari jalb qilinadi.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kasbga qiziqishni shakllantirishda tarbiyachi har bir bolaning qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, ularni shu kasbga yoʻnaltirishlari lozim. Bolalarning kelajakda qanday inson boʻlishlari va qaysi kasbni egallashlari aynan maktabgacha yosh davrida yaqqol namoyon boʻladi. Bizning maqsadimiz ham yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshadigan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Shu sababdan, maktabgacha yosh davridan bolalarni kasb tanlashga qiziqishni shakllantirish muhim hisoblanadi.

Shunday qilib, bolalarni erta kasbga yoʻnaltirishning asosiy maqsadi bolaning kasbiy dunyosiga hissiy munosabatini rivojlantirish, turli faoliyat va kasblarda oʻzlarining kuchli va qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatini berishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevninng 2022-yilgi parlamentga yoʻllagan murojaatnomasidan. 2022 yil

2. www.qomus.info.uz

3. https://uz.wikipedia.org Ochiq ensiklopediya

4. https://www.thebalancecareers.com/top-kids-dream-jobs-2062280

5. F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpoʻlatova, N.M.Qayumova, M.N.Aʼzamova. “Maktabgacha pedagogika” Darslik. Toshkent. 2019 yil

6. Королева, М.В. Формирование у старших дошкольников представлений о мире современных профессий / М.В. Королева. Текст: непосредственный // Молодой ученый. 2015. № 7 (87)

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.