ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYATGA O‘RGATISHDA BOLALARNING KREATIV FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARBLIGI

Abstract

KIRISH: hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida jamiyat taraqqiyoti inson kapitali sifatiga, ayniqsa shaxsning yangicha va kreativ fikrlash kompetensiyalariga tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lib bormoqda. XXI asr mehnat bozori tayyor bilim egasidan ko‘ra, bilimni amaliy vaziyatda qo‘llay oladigan, nostandart fikrlaydigan, tez moslashadigan va innovatsion yondashuvga ega shaxslarni talab qilmoqda. Shu jihatdan kreativ fikrlash “XXI asr kompetensiyalari” tizimida ustuvor o‘rin egallaydi. Maktabgacha yosh davri tasavvur, obrazli tafakkur, assotsiativ fikrlash, emotsionalirodaviy jarayonlar faollashadigan senzitiv bosqich bo‘lgani sababli kreativ fikrlashni aynan shu davrda rivojlantirish strategik ahamiyat kasb etadi. Tasviriy faoliyat (rasm chizish, applikatsiya, loy/plastilin, badiiy konstruktorlik) bolalarning erkin ifodasi, obraz yaratishi va ijodiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlovchi samarali pedagogik vosita sifatida namoyon bo‘ladi. MAQSAD: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyatga o‘rgatish jarayonida bolalarning kreativ fikrlashini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, pedagogik va psixologik dolzarbligini asoslash hamda amaliyotda uchrayotgan muammolar va ilmiy-metodik ehtiyojlarni tizimlashtirish. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot doirasida ilmiy adabiyotlar va normativmetodik manbalar tahlili, maktabgacha ta’lim amaliyotini kuzatish, pedagogik tahlil va umumlashtirish, muammolarni guruhlash hamda metodik ehtiyojlarni konseptual yondashuv asosida izohlash usullaridan foydalanildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tahlillar natijasida tasviriy mashg‘ulotlarda reproduktiv yondashuv (namuna ko‘chirish)ning ustunligi, baholashning “natija”ga haddan ortiq yo‘naltirilgani, tarbiyachilarning kreativ metodik kompetensiyasi yetarli emasligi, erkin tanlov imkoniyatlarining cheklanishi, rivojlantiruvchi muhit va resurslar tanqisligi, o‘yin va integratsiya elementlarining sustligi, refleksiya bosqichining yetarli tashkil etilmasligi hamda kreativ fikrlashni baholash mezonlari (rubrika, diagnostika kartasi, indikatorlar)ning aniq tizimlashtirilmaganligi kabi muammolar aniqlandi. Shuningdek, tasviriy faoliyat asosida kreativ fikrlashni rivojlantirishning komponentlarga tayangan (originallik, moslashuvchanlik, g‘oyalar oqimi, detallashtirish, refleksiya) metodik mexanizmlarini algoritmlashtirish, ochiq ijodiy topshiriqlar va innovatsion metodlar bankini yaratish, hamda metodika samaradorligini tajriba-sinov va statistik tahlil orqali isbotlashga ehtiyoj mavjudligi belgilandi. XULOSA: maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyat orqali kreativ fikrlashni rivojlantirish zamonaviy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy talablari bilan uyg‘un bo‘lgan dolzarb ilmiy-amaliy vazifadir. Muammoning yechimi sifatida tasviriy faoliyatni reproduktiv ko‘rinishdan ijodiy-faol yondashuvga o‘tkazish, erkin tanlov va psixologik xavfsiz muhit yaratish, tarbiyachining fasilitatorlik rolini kuchaytirish, refleksiya va integratsiyani tizimli yo‘lga qo‘yish hamda kreativ fikrlashni indikatorlar asosida baholaydigan rubrikadiagnostika tizimini ishlab chiqish zarur


INTRODUCTION: in the context of globalization and digital transformation, societal development increasingly depends on the quality of human capital, particularly on an individual’s ability to think innovatively and creatively. The 21st-century labor market requires not merely holders of “ready-made knowledge,” but individuals capable of applying knowledge in practical situations, thinking unconventionally, adapting quickly, and demonstrating innovative approaches. In this regard, creative thinking occupies a priority position within the system of “21st-century competencies.” Preschool age is considered a sensitive period characterized by the activation of imagination, figurative and associative thinking, as well as emotional-volitional processes. Therefore, developing creative thinking at this stage is of strategic importance. Visual arts activities (drawing, appliqué, clay/plasticine modeling, artistic construction) serve as effective pedagogical tools that support children’s free expression, image creation, and creative initiative. AIM: to substantiate the socio-economic, pedagogical, and psychological relevance of developing children’s creative thinking in the process of teaching visual arts in preschool educational organizations, and to systematize practical problems and scientific-methodological needs. MATERIALS AND METHODS: the study employed analysis of scientific literature and normative-methodological sources, observation of preschool educational practice, pedagogical analysis and generalization, classification of identified problems, and interpretation of methodological needs based on a conceptual approach. DISCUSSION AND RESULTS: the analysis revealed several issues: the dominance of a reproductive approach (copying a model) in visual arts classes; excessive focus on the “final result” in assessment; insufficient creative methodological competence of educators; limited opportunities for free choice; lack of a developing environment and resources; weak integration of play-based and interdisciplinary elements; insufficient organization of reflection stages; and the absence of clearly systematized criteria for assessing creative thinking (rubrics, diagnostic cards, indicators). The study also identified the need to algorithmize methodological mechanisms for developing creative thinking based on its components (originality, flexibility, fluency of ideas, elaboration, reflection), to create a bank of open-ended creative tasks and innovative methods, and to verify the effectiveness of the methodology through experimental research and statistical analysis. CONCLUSION: the development of creative thinking through visual arts activities in preschool education represents a relevant scientific and practical task aligned with modern socio-economic demands. Key directions for addressing this issue include shifting from a reproductive to a creative-activity-based approach, ensuring free choice and a psychologically safe environment, strengthening the facilitator role of educators, systematically organizing reflection and integration processes, and developing a rubricbased diagnostic system for assessing creative thinking through specific indicators

Full PDF Document

Related Articles

Full text

DOLZARBLIGI

M.R. Rizoyeva, Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O‘zbekiston

Annotatsiya

KIRISH

hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida jamiyat taraqqiyoti inson kapitali sifatiga, ayniqsa shaxsning yangicha va kreativ fikrlash kompetensiyalariga tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lib bormoqda. XXI asr mehnat bozori tayyor bilim egasidan ko‘ra, bilimni amaliy vaziyatda qo‘llay oladigan, nostandart fikrlaydigan, tez moslashadigan va innovatsion yondashuvga ega shaxslarni talab qilmoqda. Shu jihatdan kreativ fikrlash “XXI asr kompetensiyalari” tizimida ustuvor o‘rin egallaydi. Maktabgacha yosh davri tasavvur, obrazli tafakkur, assotsiativ fikrlash, emotsionalirodaviy jarayonlar faollashadigan senzitiv bosqich bo‘lgani sababli kreativ fikrlashni aynan shu davrda rivojlantirish strategik ahamiyat kasb etadi. Tasviriy faoliyat (rasm chizish, applikatsiya, loy/plastilin, badiiy konstruktorlik) bolalarning erkin ifodasi, obraz yaratishi va ijodiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlovchi samarali pedagogik vosita sifatida namoyon bo‘ladi.

MAQSAD

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyatga o‘rgatish jarayonida bolalarning kreativ fikrlashini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, pedagogik va psixologik dolzarbligini asoslash hamda amaliyotda uchrayotgan muammolar va ilmiy-metodik ehtiyojlarni tizimlashtirish.

MATERIALLAR VA METODLAR

tadqiqot doirasida ilmiy adabiyotlar va normativmetodik manbalar tahlili, maktabgacha ta’lim amaliyotini kuzatish, pedagogik tahlil va umumlashtirish, muammolarni guruhlash hamda metodik ehtiyojlarni konseptual yondashuv asosida izohlash usullaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

tahlillar natijasida tasviriy mashg‘ulotlarda reproduktiv yondashuv (namuna ko‘chirish)ning ustunligi, baholashning “natija”ga haddan ortiq yo‘naltirilgani, tarbiyachilarning kreativ metodik kompetensiyasi yetarli emasligi, erkin tanlov imkoniyatlarining cheklanishi, rivojlantiruvchi muhit va resurslar tanqisligi, o‘yin va integratsiya elementlarining sustligi, refleksiya bosqichining yetarli tashkil etilmasligi hamda kreativ fikrlashni baholash mezonlari (rubrika, diagnostika kartasi, indikatorlar)ning aniq tizimlashtirilmaganligi kabi muammolar aniqlandi. Shuningdek, tasviriy faoliyat asosida kreativ fikrlashni rivojlantirishning komponentlarga tayangan (originallik, moslashuvchanlik, g‘oyalar oqimi, detallashtirish, refleksiya) metodik mexanizmlarini algoritmlashtirish, ochiq ijodiy topshiriqlar va innovatsion metodlar bankini yaratish, hamda metodika samaradorligini tajriba-sinov va statistik tahlil orqali isbotlashga ehtiyoj mavjudligi belgilandi.

XULOSA

maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyat orqali kreativ fikrlashni rivojlantirish zamonaviy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy talablari bilan uyg‘un bo‘lgan dolzarb ilmiy-amaliy vazifadir. Muammoning yechimi sifatida tasviriy faoliyatni reproduktiv ko‘rinishdan ijodiy-faol yondashuvga o‘tkazish, erkin tanlov va psixologik xavfsiz muhit yaratish, tarbiyachining fasilitatorlik rolini kuchaytirish, refleksiya va integratsiyani tizimli yo‘lga qo‘yish hamda kreativ fikrlashni indikatorlar asosida baholaydigan rubrikadiagnostika tizimini ishlab chiqish zarur.

Kalit so‘zlar: kreativ fikrlash, maktabgacha ta’lim, tasviriy faoliyat, senzitiv davr, ijodiy yondashuv, erkin tanlov, refleksiya, baholash mezonlari, rubrika, diagnostika.

АКТУАЛЬНОСТЬ РАЗВИТИЯ КРЕАТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ ДЕТЕЙ ПРИ

ОБУЧЕНИИ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ДОШКОЛЬНЫХ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

М.Р. Ризоева, Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

в условиях глобализации и цифровой трансформации развитие общества всё в большей степени зависит от качества человеческого капитала, особенно от способности личности мыслить по-новому и творчески. Рынок труда XXI века требует не столько носителей «готовых знаний», сколько людей, умеющих применять знания в практических ситуациях, нестандартно мыслить, быстро адаптироваться и демонстрировать инновационный подход. В этом контексте креативное мышление занимает приоритетное место в системе «компетенций XXI века». Дошкольный возраст рассматривается как сенситивный период, когда активизируются воображение, образное и ассоциативное мышление, эмоционально-волевые процессы, поэтому развитие креативного мышления именно на данном этапе имеет стратегическое значение. Изобразительная деятельность (рисование, аппликация, работа с глиной/пластилином, художественное конструирование) выступает эффективным педагогическим средством, поддерживающим свободное самовыражение, создание образов и творческую инициативу детей.

ЦЕЛЬ

обосновать социально-экономическую, педагогическую и психологическую актуальность развития креативного мышления у детей в процессе обучения изобразительной деятельности в дошкольных образовательных организациях, а также систематизировать проблемы практики и научнометодические потребности.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

в рамках исследования использованы анализ научной литературы и нормативно-методических источников, наблюдение дошкольной практики, педагогический анализ и обобщение, группировка выявленных проблем, а также интерпретация методических потребностей на основе концептуального подхода.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

по итогам анализа выявлены следующие проблемы: доминирование репродуктивного подхода (копирование образца) на занятиях по изобразительной деятельности; чрезмерная ориентация оценивания на «результат»; недостаточная сформированность у воспитателей креативной методической компетентности; ограниченность возможностей свободного выбора; дефицит развивающей среды и ресурсов; слабое использование игровых и интегративных элементов; недостаточная организация этапа рефлексии; отсутствие чётко систематизированных критериев оценки креативного мышления (рубрики, диагностические карты, индикаторы). Установлена также необходимость алгоритмизации методических механизмов развития креативного мышления на основе его компонентов (оригинальность, гибкость, беглость идей, детализация, рефлексия), создания банка открытых творческих заданий и инновационных методов, а также подтверждения эффективности методики посредством педагогического эксперимента и статистического анализа.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

развитие креативного мышления детей через изобразительную деятельность в дошкольном образовании является актуальной научно-практической задачей, соответствующей современным социальноэкономическим требованиям. В качестве ключевых направлений решения обозначены: переход от репродуктивного формата к творчески-деятельностному подходу, обеспечение свободного выбора и психологически безопасной среды, усиление роли воспитателя как фасилитатора, системная организация рефлексии и интеграции, а также разработка рубрикатора и диагностической системы оценки креативного мышления на основе индикаторов.

Ключевые слова: креативное мышление, дошкольное образование, изобразительная деятельность, сенситивный период, творческий подход, свободный выбор, рефлексия, критерии оценивания, рубрика, диагностика.

THE RELEVANCE OF DEVELOPING CHILDREN’S CREATIVE THINKING IN

TEACHING VISUAL ARTS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

M.R. Rizoyeva, Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION

in the context of globalization and digital transformation, societal development increasingly depends on the quality of human capital, particularly on an individual’s ability to think innovatively and creatively. The 21st-century labor market requires not merely holders of “ready-made knowledge,” but individuals capable of applying knowledge in practical situations, thinking unconventionally, adapting quickly, and demonstrating innovative approaches. In this regard, creative thinking occupies a priority position within the system of “21st-century competencies.” Preschool age is considered a sensitive period characterized by the activation of imagination, figurative and associative thinking, as well as emotional-volitional processes. Therefore, developing creative thinking at this stage is of strategic importance. Visual arts activities (drawing, appliqué, clay/plasticine modeling, artistic construction) serve as effective pedagogical tools that support children’s free expression, image creation, and creative initiative.

AIM

to substantiate the socio-economic, pedagogical, and psychological relevance of developing children’s creative thinking in the process of teaching visual arts in preschool educational organizations, and to systematize practical problems and scientific-methodological needs.

MATERIALS AND METHODS

the study employed analysis of scientific literature and normative-methodological sources, observation of preschool educational practice, pedagogical analysis and generalization, classification of identified problems, and interpretation of methodological needs based on a conceptual approach.

DISCUSSION AND RESULTS

the analysis revealed several issues: the dominance of a reproductive approach (copying a model) in visual arts classes; excessive focus on the “final result” in assessment; insufficient creative methodological competence of educators; limited opportunities for free choice; lack of a developing environment and resources; weak integration of play-based and interdisciplinary elements; insufficient organization of reflection stages; and the absence of clearly systematized criteria for assessing creative thinking (rubrics, diagnostic cards, indicators). The study also identified the need to algorithmize methodological mechanisms for developing creative thinking based on its components (originality, flexibility, fluency of ideas, elaboration, reflection), to create a bank of open-ended creative tasks and innovative methods, and to verify the effectiveness of the methodology through experimental research and statistical analysis.

CONCLUSION

the development of creative thinking through visual arts activities in preschool education represents a relevant scientific and practical task aligned with modern socio-economic demands. Key directions for addressing this issue include shifting from a reproductive to a creative-activity-based approach, ensuring free choice and a psychologically safe environment, strengthening the facilitator role of educators, systematically organizing reflection and integration processes, and developing a rubricbased diagnostic system for assessing creative thinking through specific indicators.

Keywords: creative thinking, preschool education, visual arts activities, sensitive period, creative approach, free choice, reflection, assessment criteria, rubric, diagnostics.

Hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida jamiyat taraqqiyoti nafaqat resurslarga, balki inson kapitalining sifatiga, ayniqsa, shaxsning yangicha fikrlash qobiliyati, innovatsion yondashuvi hamda muammolarga kreativ yechim topa olish kompetensiyalariga bevosita bog‘liq bo‘lib bormoqda. XXI asrda iqtisodiyotning rivojlanishi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining modernizatsiyalashuvi, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi natijasida mehnat bozorida faqat tayyor bilimga ega bo‘lgan emas, balki o‘z bilimini amaliy vaziyatlarda qo‘llay oladigan, nostandart fikrlaydigan, tez moslashadigan va ijodiy yondashuvga ega shaxslar talab qilinmoqda. Demak, jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun shaxsning kreativ fikrlashi zamonaviy davrning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlaridan biri sifatida shakllanmoqda. Kreativ fikrlash bugungi kunda “XXI asr kompetensiyalari” tizimida alohida ustuvor o‘rin egallaydi. Chunki kreativ fikrlash shaxsga turli vaziyatlarda muammoli masalalarni hal qilish, yangi g‘oya yaratish, imkoniyatlarni ko‘ra bilish, tanlov qilish va mustaqil qaror qabul qilish imkonini beradi. Bunday kompetensiyalar nafaqat ta’lim jarayonida, balki hayotiy tajriba, kasbiy faoliyat va ijtimoiy munosabatlarda ham yuqori natijadorlikni ta’minlaydi. Shu jihatdan, kreativ fikrlashni rivojlantirish masalasi ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari uchun dolzarb bo‘lib, uning eng boshlang‘ich va poydevor bosqichi hisoblangan maktabgacha ta’limda shakllantirilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha yosh davri shaxsning kognitiv rivojlanishi, tasavvur va obrazli tafakkuri faollashadigan, nutqi shakllanadigan hamda erkin ifoda, qiziquvchanlik, tajribaga intilish kabi kreativ salohiyatning tabiiy manbalari kuchli namoyon bo‘ladigan “senzitiv davr” sifatida qaraladi. Aynan shu davrda bola yangilikka ochiq bo‘ladi, atrofmuhitni faol o‘rganadi, predmet va hodisalarga boshqacha qarashga intiladi hamda o‘z fikrini ko‘proq obrazlar orqali ifodalaydi. Ushbu psixologik xususiyatlar maktabgacha yoshda kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun eng qulay sharoit mavjudligini ko‘rsatadi. Demak, kreativ fikrlashni aynan maktabgacha ta’lim bosqichida rivojlantirish kelgusida shaxsning intellektual va ijtimoiy faolligini oshiruvchi strategik omil bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan talablar ham tubdan o‘zgarmoqda. Bugungi jamiyatda shaxsdan faqat “tayyor bilimni bilish” emas, balki uni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish, yangi vaziyatlarga moslashish, o‘z fikrini erkin ifoda etish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish kabi ko‘nikmalar talab etiladi. Bu esa ta’lim jarayonida rivojlantiriladigan kompetensiyalarning mazmuni va metodikasini yangilashni taqozo etadi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni faqat reproduktiv faoliyat (namuna ko‘chirish, bir xil mashqlar) asosida emas, balki kreativ yondashuvga tayanib tashkil etish ehtiyoji ortib bormoqda.

Kreativ fikrlashni rivojlantirish masalasi ijtimoiy jihatdan ham dolzarbdir. Kreativ fikrlovchi shaxs ijtimoiy hayotda faol, muloqotga kirishuvchan, tashabbuskor va mustaqil bo‘lishi bilan ajralib turadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativ fikrlashni rivojlantirish orqali ularda o‘ziga ishonch, shaxsiy fikrni himoya qilish, hamkorlikda ishlash, fikrlar xilma-xilligini qabul qilish kabi muhim ijtimoiy ko‘nikmalar ham shakllanadi. Bu esa kelgusida jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasiga ega, tashabbuskor va zamon talablariga mos shaxsni tarbiyalash imkonini beradi. Kreativ fikrlashni rivojlantirishning iqtisodiy dolzarbligi shundan iboratki, innovatsion iqtisodiyot va raqobat muhitida yangi g‘oya va yangicha yondashuvlar asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylanmoqda. Har qanday taraqqiy etgan davlatning asosiy boyligi ijodkor va kreativ fikrlovchi inson resursi hisoblanadi. Shu ma’noda, bolalarda kreativ fikrlashni erta yoshdan rivojlantirish kelgusida mamlakatning intellektual salohiyati va raqobatbardoshligini oshiradigan muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, maktabgacha ta’lim bosqichidayoq kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikani ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish va tajriba-sinov asosida takomillashtirish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot nuqtayi nazaridan ham dolzarb hisoblanadi. Shu bilan birga, zamonaviy dunyoda “kreativ industriya” (dizayn, san’at, media, texnologik ijod)ning rivojlanishi kreativlik va estetik tafakkurga ega shaxsga bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytirmoqda. Mazkur tendensiya tasviriy faoliyatning maktabgacha ta’limdagi o‘rnini yanada oshiradi, chunki tasviriy faoliyat bolalarda badiiy did, estetik idrok, obrazli fikrlash hamda kreativ ifodani shakllantirishning samarali pedagogik vositasi hisoblanadi. Tasviriy faoliyat jarayonida bola nafaqat rasm chizadi yoki buyum yasaydi, balki fikrlaydi, tasavvur qiladi, tanlaydi, o‘z g‘oyasini ifodalaydi va uni rivojlantiradi. Bu esa kreativ fikrlashning poydevorini mustahkamlaydi.

Maktabgacha ta’lim tizimida bolaning shaxs sifatida shakllanishi, uning intellektual, emotsional-irodaviy, ijtimoiy va ijodiy rivojlanishi ta’lim-tarbiya jarayonining uzviyligi va tizimliligi orqali ta’minlanadi. Shu bois maktabgacha ta’lim amaliyotida pedagogik jarayonni faqat ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rgatish bilan cheklab bo‘lmaydi. Aksincha, tarbiya (shaxsiy sifatlarni shakllantirish), rivojlantirish (psixik jarayonlar va qobiliyatlarni o‘stirish) hamda ta’lim (o‘qitish va o‘rgatish) birligi asosida tashkil etilgan pedagogik jarayon bola shaxsining har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi. Mazkur yondashuv o‘z navbatida bolalarda kreativ fikrlashni rivojlantirish masalasining pedagogik dolzarbligini belgilab beradi. Pedagogika nuqtayi nazaridan kreativ fikrlash shaxsning muammoli vaziyatlarda mustaqil yechim topa olish, yangicha g‘oyalar ishlab chiqish, fikrlash moslashuvchanligini namoyon etish hamda o‘z fikrini erkin ifodalash kompetensiyalarini shakllantiruvchi muhim sifat hisoblanadi. Kreativ fikrlashni rivojlantirish esa maktabgacha yoshdagi bolalarda faqat intellektual faollikni oshirish bilan cheklanmay, balki ularda mustaqillik, tashabbuskorlik, o‘ziga ishonch, muloqot madaniyati, estetik did va ijtimoiy moslashuvchanlik kabi shaxsiy fazilatlarni ham tarkib toptiradi. Demak, kreativ fikrlashni rivojlantirish – tarbiya, rivojlantirish va ta’limning kompleks birligini ta’minlovchi pedagogik jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyat (rasm chizish, applikatsiya, loy/plastilin bilan ishlash, badiiy konstruktorlik) pedagogik jihatdan o‘ziga xos imkoniyatlarga ega bo‘lib, u bolani erkin fikrlashga, obraz yaratishga, tasavvurni boyitishga va o‘z g‘oyasini badiiy vositalar orqali ifodalashga yo‘naltiradi. Tasviriy faoliyat mazmunan bolaning sezgi-idroki, tasavvuri va tafakkuri bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi sababli u kreativ fikrlashning tabiiy rivojlanish maydoniga aylanadi. Bola tasviriy faoliyat jarayonida nafaqat biror predmetni chizadi, balki uning shakli, rangi, o‘lchami, joylashuvi, ifoda vositalari haqida o‘ylaydi, turli variantlarni sinab ko‘radi va o‘z g‘oyasini amaliy natijaga aylantiradi. Bu jarayon pedagogik nuqtayi nazardan bolaning kreativ fikrlash komponentlarini rivojlantiradi.

Shu bilan birga, tasviriy faoliyat bolalar tarbiyasida ham alohida o‘rin tutadi. Chunki u bolalarda badiiy-estetik qarashlarni, go‘zallikni his etish, ijodiy tashabbus, mehnatsevarlik, sabr-toqat, ishni oxiriga yetkazish kabi tarbiyaviy sifatlarni shakllantiradi. Pedagogik jarayonning tarbiyaviy jihati aynan tasviriy faoliyatda yaqqol namoyon bo‘ladi: bola o‘z ishini e’tibor bilan bajaradi, o‘ziga mas’uliyat oladi, kompozitsiyani yakunlashga intiladi va natijadan ruhiy qoniqish hosil qiladi. Demak, kreativ fikrlashni tasviriy faoliyat asosida rivojlantirish tarbiyaviy jarayonni ham kuchaytiradi. Pedagogik dolzarblikning yana bir muhim jihati shundaki, maktabgacha ta’lim jarayonida kreativ fikrlashni rivojlantirish faqat “maqsad” sifatida emas, balki ta’limning barcha tarkibiy qismlarini yangilovchi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Bugungi zamonaviy pedagogik yondashuvlar reproduktiv o‘qitishdan (namuna ko‘chirish, bir xil topshiriqlar) ko‘ra, ijodiyfaol yondashuv (tanlov, muammo, o‘yin, integratsiya, refleksiya)ni ustuvor deb hisoblaydi. Bunda bola o‘quv jarayonining passiv ishtirokchisi emas, balki faol subyekti sifatida qaraladi. Aynan shu nuqtayi nazardan, kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik ta’minot pedagogik jarayonning mazmun va shakllarini yangilashda muhim rol o‘ynaydi.

Maktabgacha ta’limda pedagogik dolzarblikni belgilovchi yana bir omil – tarbiyachining professional kompetensiyasiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarning oshib borishidir. Xususan, maktabgacha ta’lim amaliyotida tarbiyachi bolalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi, jarayonni rejalashtiruvchi va tashkil etuvchi fasilitator sifatida faoliyat yuritishi lozimligi ta’kidlanadi [2]. Bu holat tarbiyachidan kreativ fikrlashni shakllantiruvchi metodlarni bilish, ochiq va muammoli topshiriqlarni tuzish, ijodiy muhit yaratish, bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olish hamda refleksiv baholashni qo‘llash kabi pedagogik kompetensiyalarni talab qiladi. Shunday ekan, kreativ fikrlashni rivojlantirish metodikasini ilmiy asosda ishlab chiqish pedagogik jarayonning sifatini oshirish, tarbiyachi faoliyatini takomillashtirish va ta’lim natijadorligini ta’minlash uchun muhim zarurat hisoblanadi.

Bundan tashqari, pedagogik nuqtayi nazardan kreativ fikrlashni rivojlantirish muammosi ta’lim jarayonida “sifat” va “natija” masalasiga ham bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda ta’lim sifati faqat bolaga berilgan bilimlar miqdori bilan emas, balki uning mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarga moslashishi, yangi g‘oyalarni yaratishi va ijodiy faoliyatga kirisha olishi bilan baholanmoqda. Shu jihatdan, tasviriy faoliyatga o‘rgatish jarayonida bolalarning kreativ fikrlashini rivojlantirish pedagogik jarayonning natijadorlik mezonlarini kengaytiradi va ta’lim samaradorligini yuqori darajaga ko‘taradi. Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiya, rivojlantirish va ta’limning uzviy birligi bolalar shaxsini har tomonlama kamol toptirishning asosiy sharti bo‘lib, kreativ fikrlashni rivojlantirish ushbu birlikni ta’minlovchi muhim pedagogik yo‘nalish hisoblanadi. Tasviriy faoliyat esa bolalarning obrazli tafakkuri, tasavvuri, erkin ifodasi va ijodiy tashabbusiga mos bo‘lganligi sababli kreativ fikrlashni rivojlantirishning samarali pedagogik vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

Maktabgacha yosh davri bolalar psixik rivojlanishining eng faol va muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, ushbu davrda bolaning bilish jarayonlari (idrok, diqqat, xotira, tafakkur, nutq), emotsional-irodaviy sohalari hamda ijodiy qobiliyatlari jadal shakllanadi. Psixologiya fanida maktabgacha yosh davri shaxsiy rivojlanish uchun “poydevor bosqichi” sifatida e’tirof etilib, aynan shu davrda bola atrof-muhitni faol o‘rganishi, yangi tajribalar to‘plashi, tasavvur va obrazli tafakkur imkoniyatlarini kengaytirishi bilan tavsiflanadi. Shu sababli bolalarda kreativ fikrlashni rivojlantirish masalasi, xususan tasviriy faoliyatga o‘rgatish jarayonida kreativ fikrlashni shakllantirish muammosi psixologik jihatdan yuqori darajada dolzarb hisoblanadi. Kreativ fikrlashning shakllanishida maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari asosiy omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu yosh davrida bola ko‘proq obrazlar orqali fikrlaydi, uning tafakkuri abstrakt-mantiqiy ko‘rinishdan ko‘ra obrazli va predmetli xarakterda bo‘ladi. Obrazli tafakkur bolaning predmet va hodisalarni vizual tasvirlar, rang va shakllar, o‘yin syujetlari orqali anglashiga xizmat qiladi. Shu bois tasviriy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanishiga bevosita mos keladigan faoliyat turi bo‘lib, u kreativ fikrlash uchun tabiiy rivojlanish maydonini yaratadi. Bola rasm chizish jarayonida shunchaki predmetni tasvirlamaydi, balki u haqida fikrlaydi, uni qayta talqin qiladi, yangi obraz yaratadi va o‘z dunyoqarashini badiiy ifoda orqali namoyon etadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativ fikrlashning psixologik mexanizmlaridan biri – tasavvur (fantaziya)ning yuqori faolligidir. Tasavvur bolaga mavjud bo‘lmagan obrazlarni ongida yaratish, real predmetlarni yangicha ko‘rish, ularni qayta kombinatsiyalash va yangi syujetlar ishlab chiqish imkonini beradi. Aynan tasavvur bolaning kreativ fikrlash jarayonida g‘oya “manbai” bo‘lib xizmat qiladi. Tasviriy faoliyatda tasavvur shunday ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: bola oddiy shakldan turli obrazlar yaratadi, predmetni o‘zgacha rangda tasvirlaydi, ertakona syujetlarni chizadi, real hayotni fantaziya bilan uyg‘unlashtiradi. Demak, tasavvur bolaning kreativ fikrlashini faollashtiruvchi psixologik resurs sifatida ayniqsa maktabgacha yoshda yuqori ahamiyat kasb etadi. Kreativ fikrlashning rivojlanishida assotsiativ fikrlash ham muhim psixologik omil hisoblanadi. Assotsiatsiya bolaning ongida predmet va hodisalar o‘rtasida noodatiy bog‘lanishlar hosil qilishiga, o‘xshatish va analogiyalar yaratishiga imkon beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda assotsiatsiya juda tez va erkin yuzaga keladi: ular kreativ fikrlashning original g‘oya yaratish qobiliyatini kuchaytiradi. Tasviriy faoliyat jarayonida assotsiatsiya bolaga shakl va ranglardan yangi ma’no yaratish, kompozitsiyani boshqacha talqin qilish hamda ijodiy o‘ziga xoslikni namoyon etish imkonini beradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativ fikrlashning psixologik dolzarbligi emotsional-irodaviy soha bilan ham uzviy bog‘liq. Bu yosh davrida bola hissiyotlari juda boy va tez o‘zgaruvchan bo‘lib, uning ruhiy holati ijodiy jarayonga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bola ko‘pincha o‘z hissiyotlarini so‘z bilan to‘liq ifodalab bera olmasligi mumkin, biroq rasm chizish, rang tanlash, obraz yaratish orqali o‘z emotsiyalarini badiiy shaklda aks ettiradi. Masalan, bola quvonchini yorqin ranglarda, xotirjamlikni yumshoq ranglarda, hayajonni esa keskin chiziqlar orqali tasvirlashi mumkin. Bu holat tasviriy faoliyatning bolaning emotsional holatini boshqarish va ijobiy emotsiyalarni rivojlantirishdagi psixologik imkoniyatini ko‘rsatadi. Shuningdek, kreativ fikrlashning rivojlanishi bolada psixologik xavfsizlik va erkinlik hissi mavjudligiga ham bevosita bog‘liq. Agar bola “xato qilish”dan qo‘rqsa, tanqid ko‘p bo‘lsa yoki faqat namunani takrorlash talab qilinsa, u holda kreativ fikrlash jarayonlari sekinlashadi, bola o‘z fikrini erkin ifoda etmaydi, ijodiy tashabbus susayadi. Aksincha, bolaga erkin tanlov berilgan, uning g‘oyasi qadrlangan va rag‘batlantirilgan muhitda kreativ fikrlashning barcha komponentlari faol namoyon bo‘ladi. Shu bois maktabgacha ta’lim amaliyotida bolalarning kreativ fikrlashini rivojlantirish psixologik jihatdan qulay muhit yaratishni ham talab etadi. Maktabgacha yosh davri kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun “eng qulay” (senzitiv) bosqich hisoblanishining psixologik sababi shundaki, bu davrda bola o‘rganishga qiziqadi, tajriba qilishni yoqtiradi, savollar ko‘p beradi, oddiy narsalardan yangi ma’no chiqaradi va tasavvur faol bo‘ladi. Aynan shu xususiyatlar kreativ fikrlashni shakllantirish uchun tabiiy resurs bo‘lib xizmat qiladi. Agar shu davrda kreativ fikrlash metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlansa, bola kelgusida ham ijodiy faolligini saqlab qoladi. Aksincha, erkinlik cheklanib, shablonlarga asoslangan ta’lim ustun bo‘lsa, bolaning kreativ fikrlash salohiyati pasayishi mumkin.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativ fikrlashning psixologik dolzarbligi ushbu davrda tasavvur, obrazli tafakkur va assotsiativ fikrlashning yuqori faolligi, emotsionalirodaviy rivojlanishning jadal kechishi, shuningdek ijodiy erkinlikka bo‘lgan ehtiyojning kuchliligi bilan izohlanadi. Tasviriy faoliyat esa mazkur psixologik jarayonlarga bevosita mos keladigan faoliyat turi bo‘lib, u bolalarda kreativ fikrlashni rivojlantirishning tabiiy va samarali mexanizmini ta’minlaydi. Shu bois maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyatga o‘rgatish jarayonida bolalarning kreativ fikrlashini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish psixologik jihatdan ham muhim ilmiy-amaliy zarurat hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatish va ular orqali shaxsning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish bugungi kunda muhim pedagogik vazifa hisoblanadi. Biroq amaliy kuzatishlar va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tasviriy faoliyatning mavjud tashkil etilish holati ko‘plab muassasalarda bolalarning kreativ fikrlashini yetarli darajada rivojlantirishga xizmat qilmayapti. Natijada tasviriy mashg‘ulotlar bolalarda erkin g‘oya yaratish, muammoli vaziyatga noodatiy yondashish, variantlar ishlab chiqish va refleksiya qilish kabi kreativ fikrlash komponentlarini shakllantirish o‘rniga, ko‘pincha faqat chiroyli natijaga erishishga yoki tayyor namunani takrorlashga yo‘naltirilgan reproduktiv faoliyat tusini olayotgani kuzatilmoqda. Shu bois, maktabgacha ta’lim amaliyotida mavjud muammolarni aniqlash va ilmiy tahlil qilish mazkur tadqiqot mavzusining amaliy dolzarbligini yanada asoslaydi.

1) Tasviriy mashg‘ulotlarda reproduktiv yondashuvning ustunligi. Amaliyotda uchraydigan muammolarning eng asosiylaridan biri tasviriy mashg‘ulotlarni tashkil etishda reproduktiv yondashuvning (namuna ko‘chirish) ustun bo‘lib qolayotganidir. Ko‘plab holatlarda tarbiyachi bolaga “qanday chizish kerak”ni tayyor ko‘rsatib beradi va boladan aynan shu ko‘rinishni takrorlash talab etiladi. Bunda bola o‘z g‘oyasini yaratishdan ko‘ra, namunaning to‘g‘riligini bajarishga intiladi. Natijada kreativ fikrlashning originallik va moslashuvchanlik komponentlari sust rivojlanadi, bolada ijodiy mustaqillik cheklanadi. Shuningdek, bunday yondashuv bolada “xato qilishdan qo‘rqish” psixologiyasini shakllantirishi mumkin.

2) “Natija”ga haddan ortiq yo‘naltirilgan baholash va metodik bosim. Tasviriy faoliyat jarayonida kreativ fikrlashni rivojlantirishda jarayon (izlanish, g‘oya yaratish) ustuvor bo‘lishi lozim. Amaliyotda esa ko‘pincha baholash faqat natijaga qaratiladi: “chiroyli chizilganmi?”, “toza ishlanganmi?”, “ranglari mosmi?”. Bunda bolaning fikrlash jarayoni, original yondashuvi, g‘oyaviy yangilik, tasavvuriy boylik, tanlov va refleksiya kabi jihatlar e’tibordan chetda qoladi. Natijada bola chiroyli rasm chizishga harakat qilsa-da, kreativ fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladigan jarayoniy ko‘rsatkichlar baholanmaydi va rag‘batlantirilmaydi.

3) Tarbiyachilarning kreativ metodik kompetensiyasi yetarli emasligi. Amaliyotda yana bir muhim muammo – tarbiyachilar tomonidan kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlarning yetarli darajada egallanmaganidir. Ko‘plab tarbiyachilar tasviriy mashg‘ulotni “rasm chizdirish” bilan chegaralab qo‘yishi, innovatsion pedagogik metodlar (muammoli vaziyat, loyiha elementi, refleksiya, erkin tanlov)ni tizimli qo‘llamasligi kuzatiladi. Bu holat tasviriy faoliyatning rivojlantiruvchi imkoniyatlarini to‘liq ochib bermasdan, uni faqat texnik ko‘nikma beruvchi mashg‘ulot darajasida qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, tarbiyachi kreativ faoliyatni boshqarish va yo‘naltirishda fasilitatorlik pozitsiyasiga to‘liq o‘ta olmagan sharoitda bolalarning kreativ tashabbusi cheklanib qoladi.

4) Erkin tanlov imkoniyatining cheklanganligi. Kreativ fikrlashni rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri bolaga erkin tanlov berishdir. Amaliyotda esa ko‘pincha bolalarga: bitta mavzu; bitta material; bitta ranglar to‘plami; bitta usul taklif etiladi va tanlov imkoniyati cheklanadi. Bu esa bolaning mustaqil qaror qabul qilish, variantlar yaratish, moslashuvchanlikni namoyon etish imkoniyatini pasaytiradi. Holbuki, tasviriy faoliyatni kreativlashtirish uchun bolaga rang, shakl, texnika, material va kompozitsion yechimni mustaqil tanlash imkonini berish zarur.

5) Rivojlantiruvchi muhit va resurslarning yetarli emasligi. MTT amaliyotida kreativ fikrlashni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladigan omillardan yana biri – tasviriy faoliyat uchun zarur rivojlantiruvchi muhitning to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligidir. Ba’zi muassasalarda materiallar xilma-xilligi yetishmaydi, ijod markazlari yaxshi jihozlanmagan, tabiiy va noan’anaviy materiallar kam qo‘llanadi, bolalarning ishlarini ko‘rgazmaga chiqarish imkoniyati cheklangan. Natijada bolalarning tajriba qilish, material bilan erkin ishlash, yangi texnikalarni sinab ko‘rish imkoniyatlari kamayadi. Bu esa kreativ fikrlashning erkin rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

6) Integratsiya va o‘yin texnologiyalarining yetarli qo‘llanilmasligi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yin yetakchi faoliyat hisoblanadi. Tasviriy mashg‘ulotlarni o‘yin bilan integratsiya qilish kreativ fikrlashni rivojlantirishda juda samarali hisoblanadi. Biroq amaliyotda tasviriy mashg‘ulotlar ko‘pincha an’anaviy, “stol atrofida chizish” shaklida o‘tadi. O‘yin, fantaziya, syujetli topshiriqlar, dramatizatsiya elementlari yetarli qo‘llanilmaydi. Shuningdek, tasviriy faoliyatning nutq rivoji, tabiatshunoslik, matematika elementlari bilan integratsiyasi ham ko‘plab holatlarda tizimli yo‘lga qo‘yilmagan. Bu esa kreativ fikrlashning g‘oyaviy manbalarini toraytiradi, bolani bir yo‘nalishda fikrlashga “qamab” qo‘yadi.

7) Refleksiya va ijodiy taqdimotning sust yo‘lga qo‘yilgani. Kreativ fikrlash komponentlaridan biri refleksiya – bolaning o‘z ishini tushuntirishi, baholashi, fikr yuritishi hisoblanadi. Biroq amaliyotda ko‘p hollarda mashg‘ulot yakunida refleksiya bosqichi yetarli tashkil etilmaydi. Ya’ni bola nima chizganini izohlash, nega shunday qilganini aytish, boshqacha variantni taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Natijada bolalarda kreativ fikrlashning refleksiv komponenti rivojlanmaydi, u faqat “bajarish” bilan cheklanib qoladi.

8) Kreativ fikrlashni baholash mezonlarining aniq emasligi. Amaliyotdagi eng dolzarb muammolardan biri – kreativ fikrlashni baholashda aniq mezonlarning yetarli shakllanmaganligidir. Ko‘pincha baholash subyektiv bo‘lib, “yoqdi-yoqmadi”, “chiroyliyoqimsiz” kabi umumiy fikrlar bilan cheklanadi. Holbuki kreativ fikrlashni baholash uchun originallik, g‘oya ko‘pligi, moslashuvchanlik, detallashtirish, mustaqillik va refleksiya kabi indikatorlar asosida rubrika (baholash tizimi) va diagnostika kartasi zarur.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyatni tashkil etish amaliyotida reproduktiv yondashuvning ustunligi, natijaga haddan ortiq yo‘naltirilgan baholash, tarbiyachilarning kreativ metodik kompetensiyasi yetarli emasligi, erkin tanlov va rivojlantiruvchi muhitning cheklanganligi, o‘yin va integratsiya elementlarining sustligi, refleksiya bosqichining yetarli yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda kreativ fikrlashni baholash mezonlarining aniq emasligi kabi muammolar mavjudligi aniqlandi. Ushbu muammolar bolalarda kreativ fikrlashning to‘liq rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va tasviriy faoliyatning pedagogik imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi.

Yuqorida bayon etilgan tahlillardan ko‘rinadiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyatga o‘rgatish jarayonida bolalarning kreativ fikrlashini rivojlantirish masalasi bugungi kunning ijtimoiy-iqtisodiy, davlat siyosati, pedagogik hamda psixologik talablaridan kelib chiqib yuqori darajada dolzarb hisoblanadi. XXI asr sharoitida jamiyat va mehnat bozorida innovatsion fikrlashga ega, muammoli vaziyatlarda mustaqil yechim topa oladigan, erkin fikrlaydigan hamda yangicha g‘oyalar ishlab chiqa oladigan shaxsga ehtiyoj kuchayib bormoqda. Ushbu ehtiyoj kreativ fikrlashni shaxsning asosiy kompetensiyasi sifatida shakllantirishni taqozo etadi. Mazkur kompetensiyani erta yoshdan, xususan maktabgacha ta’lim bosqichida rivojlantirish kelgusida shaxsning intellektual salohiyati va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyatga o‘rgatish jarayonida bolalarning kreativ fikrlashini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish quyidagi jihatlar bo‘yicha dolzarb va zarur hisoblanadi:

- kreativ fikrlashni rivojlantirishning pedagogik va psixologik asoslarini metodik tizimga aylantirish;

- tasviriy faoliyatni kreativ fikrlash komponentlarini rivojlantirishga yo‘naltirish;

- ochiq ijodiy topshiriqlar va innovatsion metodlardan foydalanish;

- erkin tanlov va ijodiy muhitni ta’minlash;

- kreativ fikrlashni baholash mezonlari, darajalari hamda rubrika-diagnostika tizimini ishlab chiqish;

- tajriba-sinov asosida metodikaning samaradorligini aniqlash va ilmiy asoslash.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida” gi O‘RQ-

637-son Qonuni. https://lex.uz/docs/-5013007.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining

maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun «Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi

(takomillashtirilgan ikkinchi nashr). –T., 2022. – 96 b.

3. Алексеева Е. Л. Использование проблемной ситуации в обучении младших

школьников / Е. Л. Алексеева // Пачатковае навучанне. – 2010 - № 12 – С.

72–77.

4. Z.L. Umurov DUAL TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH UYG‘UNLIGI ZAMONAVIY

TA’LIM KONSEPSIYASI // Inter education & global study. 2025. №3. URL:

zamonaviy-ta-lim-konsepsiyasi (дата обращения: 25.02.2026).

5. Zarif Umurov. (2020). TECHNOLOGY FOR PREPARING EDUCATIONAL AND

COGNITIVE PROBLEMS FOR PRIMARY SCHOOL STUDENTS. International

Journal of Advanced Science and Technology, 29(05), 1465 - 1471. Retrieved

from http://sersc.org/journals/index.php/IJAST/article/view/10050

6. Roziqov O., Og‘ayev O., Mahmudov M., Adizov B. Ta’lim texnologiyasi -T.:

O‘qituvchi", 1999, –71 b.

7. Gʻoziyev E., Ikromov J. Mustaqil fikrlashning komillikka ta’siri //J. Xalq ta’limi.

2001. 4-son. –B. 31–37.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.