ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA FOTO-TERAPIYA TEXNOLOGIYASINI QO’LLASH VA UNING AVZALLIKLARI

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda fototerapiya texnologiyasidan foydalanishning mazmuni, amaliy ahamiyati va pedagogik-psixologik afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, fototerapiya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar beriladi.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

--⊱⊱ 295 ⊰⊰--

QO’LLASH VA UNING AVZALLIKLARI

Mamatova Husnora Eshquvatovna

MTTDMQTMOI “Maktabgacha va musiqiy ta’lim”

kafedrasi katta o’qtuvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda fototerapiya texnologiyasidan foydalanishning mazmuni, amaliy ahamiyati va pedagogik-psixologik afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, fototerapiya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar beriladi.

Kalit so’z: Art, erkinlik, raqs, texnalogiya, sa‘nat, ruhiy, bosim, material, yuksalish, innavatsion, kompetensiya, metod

Абстрактный: В арт-терапии рекомендуется танцевать до тех пор, пока человек не почувствует свободу. В этом случае занятия в танцевальной студии не целесообразны, поскольку там все движения определяет тренер.

Ключевое слово: Искусство, свобода, танец, технология, искусство, духовность, давление, материал, подъем, новаторство, компетентность, метод

Maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning estetik didini, emotsional barqarorligini va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda. Shular qatorida fototerapiya — suratlar, foto ob’ektlar va suratga olish jarayoni orqali tarbiyaviy va psixologik ta’sir ko‘rsatish usuli — eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Fototerapiya bolalarda kuzatuvchanlikni oshiradi, o‘zini anglashni kuchaytiradi va muloqot malakalarini rivojlantiradi. Fototerapiya — psixologik-pedagogik texnologiya bo‘lib, unda bola suratlar bilan ishlash, foto tushirish jarayonida ishtirok etish, fotosuratlarni tahlil qilish orqali o‘z his-tuyg‘ularini, qiziqishlarini va ichki kechinmalarini ifodalaydi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun fototerapiya quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:Emotsional suratlar bilan ishlash yani quvonch, hayrat, qo‘rquv aks etgan fotosuratlar orqali his-tuyg‘ularni aniqlash mumkin. Amaliy jarayonda bolajonlar quyidai mavzular ustida faoliyat olib borishadi:

“Men va mening oilam” foto-albom yaratish.

Tabiat, hayvonot va predmetlarni suratga olish.

Fotosuratdan hikoya tuzish.

Bolalarning o‘zini suratga olish jarayonida ishtiroki (self-portretlar).

Mini-fotoko‘rgazmalar tashkil qilish.

Fototerapiya texnologiyasining pedagogik ahamiyati shundaki fototerapiya nafaqat psixoterapevtik balki pedagogik maqsadlarda ham juda katta ahamiyatga ega: Kuzatuvchanlik va tafakkurni rivojlantirishda.Bola fotografiya jarayonida detallarni ko‘ra boshlaydi, rang, shakl, kompozitsiya haqida fikr yuritadi. Bu uning kognitiv rivojlanishiga yordam beradi. Nutq va muloqot ko‘nikmalarini oshirishda. Fotosurat asosida hikoya tuzish mashg‘ulotlari bolaning so‘z boyligini oshiradi, grammatik tuzilmalardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatadi. Shu bilan birga Estetik didni shakllantirishda.Sifatli

--⊱⊱ 296 ⊰⊰-- suratlarni ko‘rish, tabiatni foto ob’ekt sifatida his etish, o‘z suratlarini bezash — bular bolalarda go‘zallikni anglashni rivojlantiradi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida fototerapiyani qo‘llash usullari

Faoliyat ishlanmalari

“Quvonchni suratga olamiz”: har bir bola o‘zini quvontirgan narsani suratga oladi.

“Bir kunim fotosuratda”: bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi umumiy kuni foto shaklida tasvirlanadi.

“Hikoya-foto kollaj”: bir nechta suratlardan iborat voqea yaratish.

“Mening do‘stim”: guruh bolalari juft bo‘lib bir-birini suratga oladi.

Ta’lim faoliyatida ham qo’llash samarali natijalar beradi

-Atrof-muhit bilan tanishtirish ta’lim tarbiya faoliyat jarayonida.

-Nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida foto-hikoyalar yaratishda.

-San’at va ijodiy faoliyatda.

-Psixolog bilan individual ishlash jarayonida.

Bolalar uchun xavfsiz foto materiallar. Fototerapiya texnologiyasining afzalliklari

1. Har bir bola uchun qiziqarli va motivatsion jarayon — foto bilan ishlash bolalarda tabiiy

qiziqish uyg‘otadi.

2. Individual yondashuvni ta’minlaydi — har bir bola o‘z tajribasi, o‘z dunyosi bilan ishlaydi.

3. Ijodkorlikni kuchaytiradi — suratga olish jarayoni tasavvur, tafakkur va kreativ fikrni

rivojlantiradi.

4. Ko‘p yo‘nalishli rivojlantiruvchi metod — nutq, tafakkur, emotsiya, ijtimoiy ko‘nikmalar

bir vaqtning o‘zida rivojlanadi.

5. Oddiy va arzon texnologiya — ortiqcha moddiy xarajat talab qilmaydi.

6. Bolalarning o‘zini anglashi va o‘z-o‘zini qadrlashini oshiradi.

7. Psixoprofilaktik ta’sirga ega — asabiylik, qo‘rquv, tortinchoqlikni kamaytiradi.

8. Ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlaydi — “Mening oilam” fotoalbomi kabi loyihalar

orqali.

Fototerapiya maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda samarali, qiziqarli va ijodiy

texnologiya hisoblanadi. U bolalarning emotsional-intellektual rivojlanishini qo‘llab-

quvvatlaydi, mustaqillik, kuzatuvchanlik va ijodkorlikni kuchaytiradi. Maktabgacha ta’lim

tashkilotlarida ushbu texnologiyani to‘g‘ri va tizimli qo‘llash bola shaxsining har

tomonlama rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.

Adabiyotlar ro‘yxati

1. Axmedova N. Maktabgacha ta’lim psixologiyasi. — Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2019.

2. Valiyeva Feruza Rashidovna, Abdunazarova Nargiza Fatxullayevna, Zakirov Alisher

Akbarovich. The importance of ensuring the mental, physical, spiritual, spiritual development of

educators of pre-school educational organizations. PhD. Valieva Feruza Rashidovna //Bosma

//Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume 12, Issue 8. July. 2021:6919.

3. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication

system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7

Number 6, 2019. ISSN 2056-5852

4. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school

education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity

ResearcheISSN:2771-2141Pages:152-158

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.