--⊱⊱ 647 ⊰⊰--
TASHKIL ETISH MAZMUNI
Qarshibaeva Dilfuza Xidirbaevna
Uchtepa tumani 450-sonli DMTT direktori
Annotatsiya: mazkur maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotida metodik ishlarni tashkil etish mazmuni va mohiyati yoritib berilgan.
Kalit soʻzlar: metodik ishlar, taʼlim-tarbiya jarayonini kuzatish, hamkorlik ishlari, ilgʻor tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish.
Аннотация: В данной статье описывается содержание и сущность организации методической работы в организации дошкольного образования.
Ключевые слова: методическая работа, мониторинг образовательного процесса, совместная работа, изучение и популяризация передового опыта.
Soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlimni zamonaviy yondashuv asosida boshqarish talab etilmoqda. Maktabgacha taʼlim tashkilotida direktor oʻrinbosari metodik ishlarni tashkil etadi va boshqaradi. U yangiliklarni anglashi, tashabbuskor boʻlish va maʼsuliyatni oʻz zimmasiga olishi, muammo yechimini topa olish kompetensiyasiga ega boʻlishi zarur. Metodik ishlar maktabgacha taʼlim tashkilotini boshqarishda muhim oʻrin egallaydi. Direktor oʻrinbosari pedagogtarbiyachilarning faolligini oshiradi, ularning ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuningdek, pedagogxodimlarning malakasini oshirishni taʼminlaydi. Pedagoglar bilan muntazam ishlash ularni uzluksiz ravishda pedagogik mahoratini takomillashtirishni kafolatlaydi. Bugungi kunda pedagogtarbiyachilarni kasbiy mahoratini oshirish davr talabi hisoblanadi. Mahoratli direktor oʻrinbosari pedagogik jamoaning vazifasini aniq belgilaydi, ularni amalga oshirishning samarali yoʻllarini aniqlaydi. U muayyan belgilangan oʻzgarmas mexanizm bilan emas, balki bevosita taʼlimiytarbiyaviy jarayonlarni tashkil etuvchi tarbiyachi-pedagoglar faoliyatiga asosan ish yuritadi. Chunki, maktabgacha taʼlim tashkilotini boshqarishda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan reja boʻlsada, pedagogik jarayon tarbiyalanuvchilar holatiga qarab oʻzgarishi mumkin.
Maktabgacha taʼlim metodikasining yirik namoyondalaridan biri L.M.Volobueva izlanishlarida metodik ishlar samarali boʻlishi uchun taʼlim-tarbiya jarayonlarini tashkil qilishning optimal yoʻllarini izlash; bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrganish va tahlil qilish; tarbiyachilar tomonidan pedagogik ishlarni qay darajada tashkil etilayotganligini nazorat qilish; pedagogik jamoadagi psixologik muhit va oʻzaro munosabatlarni kuzatish muhimligi asoslagan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, tashkilot faoliyati bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, pedagoglarning kasb mahorati va ijodkorligini rivojlantirish maqsadida metodik xizmat amalga oshiriladi.
M.M. Potashnik fikricha “metodik ishlar mazmunini ilm-fan yuutuqlariga asoslangan holda pedagoglar faoliyatida tahlil qilingan muammo va ularning yechimlari, ilgʻor tajribalar, ularni har tomonlama pedagogik mahoratini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar tashkil qiladi. Pedagogik jamoaning ijodiy potensialini rivojlantirish, taʼlimda optimal natijaga erishish, bolalarning tarbiyasi va rivojlanishini taʼminlash koʻzda tutiladi”. Maktabgacha taʼlim direktor oʻrinbosarii tajribalar oʻtkazishda ishtirok etadi va yangi oʻquv dasturlari ishlab chiqishda tashabbuskorlik qiladi, otaonalarga farzand tarbiyasida pedagogik maslahatlar uyushtiradi.
--⊱⊱ 648 ⊰⊰--
M.Fayzullayeva, M.Rustamovalar tomonidan direktor oʻrinbosarining oylik ish rejasi ishlab chiqilgan, bir oyga moʻljallangan vazifalarini kundalik faoliyatiga muqobillashtirish tamoyili asosida yuritadi.
• Pedagog-kadrlar bilan ishlash.
• Tashkiliy-pedagogik ishlar.
• Hamkorlik ishlari.
• Tadbirlarga tayyorgarlik.
• Taʼlim-tarbiya jarayonini kuzatish
Yuqorida olimlarning mulohazalari asosida maktabgacha taʼlim tashkilotida metodik xizmatning tarkibiy qismlarini quyidagi chizmada ifodalaymiz (qarang:2.1.1-rasm).
1-rasm. Maktabgacha taʼlim tashkilotida metodik xizmatning tarkibiy qismlari
Axborot bilan taʼminlash- maktabgacha taʼlim tizimdagi yangi huquqiy meʼyoriy hujjatlar bilan tanishish, tarbiyachilarga ish xujjatlarini yuritishda koʻmak berish va reja kanday yozilishi boʻyicha maslahatlar berish, yosh mutaxassislar uchun taʼlimiy-tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etish yuzasidan maslahatlar berishdan iborat.
Diagnostika va bashoratlash-tarbiyachi-pedagoglar faoliyatini baholash asosida tashxis qoʻyishga erishiladi. Maktabgacha taʼlimga oid yangiliklar va yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha istiqbol strategiyalarni belgilaydi. Oʻquv yili davomida rejani tahlil etadi va yakunida aniq yechimlar jamlanadi.
Innovatsiya va ijodiylik -direktor oʻrinbosari pedagogik jarayonga yangiliklarni joriy etish boʻyicha tarbiyachilarga maslahat beradi. Mualliflik metodlarini yaratishga yoʻnaltiradi va pedagoglarni ijodiy ishlarini takomillashtirishga koʻmak beradi.
Ilgʻor tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish- uslubchi pedagog-tarbiyachilarning tajribalarini oʻrganadi, ustoz-shogird tizimini yoʻlga qoʻyadi. Yosh mutaxassislarga metodik jihatdan koʻmak beradi. Tajribaga boy pedagoglar tomonidan “Mahorat darslari” tashkil etiladi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti va tuman miqyosida noyob tajribalarni ommalashtiradi.
Uzluksiz malaka oshirishni yoʻlga qoʻyish-pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishning samarali yoʻli uzluksiz malaka oshirish tizimini tashkil etishdan iborat. Tarbiyachilar oʻrtasida trening, seminar, tanlovlar oʻtkazish ularning kasbiy bilimini rivojlantirishni taʼminlaydi.
Axborot
bilan
ta’minlash
Diagnostika
va
bashoratlash
Innovatsiya
va ijodiylik
Ilg’or tajribalarni
o’rganish va
ommalashtirish
Uzluksiz malaka
oshirishni yo’lga
qo’yish
--⊱⊱ 649 ⊰⊰--
Yuqorida keltirilgan metodik xizmatni amalga oshirishda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor oʻrinbosarii pedagogik jarayonlarni tashkil qilishda turlicha yondashuvlarga tayanadi va istiqbolda tashkilotni rivojlantirish boʻyicha loyihalar ishlab chiqadi. Natijada metodik ishlarning ahamiyati va oʻrni tarbiyaviy jarayonlar sifati ortishiga erishiladi. Tarbiyachi-pedagoglarning mahoratini oshirish, ularning nazariy va amaliy bilimlarini yangilashda metodik ishlar turlicha shaklda amalga oshiriladi. Pedagogik tajribani eng muhim vositasi bu pedagogik kengash hisoblanadi, bunda jamoaviy pedagogik gʻoyalar jamlanadi, taʼlimiy-tarbiyaviy ishlar hamkorlikda boshqariladi.
K.Yu. Belaya pedagogik kengashni maktabgacha taʼlim tashkilotining eng oliy darajasi deb baholaydi. Chunki, barcha taʼlimiy-tarbiyaviy jarayonlar mazkur kengashda hal etiladi. Darhaqiqat tashkilotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda taʼlim-tarbiya jarayonini rivojlantirishda pedagogik jamoaning faoliyat yoʻnalishi belgilanadi, ilgʻor pedagogik tajribalarni amaliyotga joriy etishda pedagogik jamoa birlashadi, demokratiya, oshkoralik, oʻzini-oʻzi boshqarish tamoyillari asosida maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqaruvi amalga oshiriladi. Pedagogik kengash tomonidan tarbiyalanuvchilarni “Oʻzbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari” asosida egallashi zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishida tashkilot pedagoglar jamoasining faoliyati oʻrganiladi. Natijalar tahlil qilinadi, baholanadi va aniqlangan boʻshliqlarni toʻldirish hamda taʼlim-tarbiya samaradorligini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi. Shuningdek, taʼlim-tarbiya jarayoniga xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda ilgʻor taʼlim shakllari, zamonaviy texnologiyalar hamda axborot vositalarni tatbiq etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Xulosa qilib aytganda direktor oʻrinbosari faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi taʼlim sifatini taʼminlovchi asosiy omil hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.M. Mirziyoyev “BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi”.
2. Maslow A. H. Motivation and personality: motivation and personality: unlocking your inner drive and understanding human behavior by AH Maslow. – Prabhat Prakashan, 2023.
3. Ken Robinson. Management communication: Getting work done through people //The Routledge handbook of language and professional communication. – Routledge, 2014. – S. 165-192.
4. Robinson K., Robinson K. Imagina si...: El poder de crear un futuro para todos. – Grijalbo, 2022.
5. Sinek S. Start with why: How great leaders inspire everyone to take action. – Penguin, 2009.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.