--⊱⊱ 250 ⊰⊰--
SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI
Zakirov Alisher Akabarovich, Farxodova Maxliyobonu Xusanjon qizi
MTTDMQTMO instituti
loyihalash bo‘lim boshlig’i
MTTDMQTMO instituti
tayanch doktoranti
Annotatsiya: Ushbu maqola maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv madaniyati va professional satndart me’yorlarini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirishga bag‘ishlangan. Finlandiya, Singapur va Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ilg‘or amaliyotlari tahlil qilinib, O‘zbekistonda rahbar kadrlarning professional standartlari va ularning boshqaruv madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq mexanizmlar va tavsiyalar ilgari suriladi.
Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, boshqaruv madaniyati, professional standartlar, rahbar kadrlarning malakasi, xalqaro standartlar, pedagogik liderlik.
Аннотatsiя: Данная статья посвящена совершенствованию управленческой культуры и профессиональных стандартов руководителей дошкольных образовательных учреждений на основе международного опыта. Анализируются передовые практики таких стран, как Финляндия, Сингапур и Великобритания, и предлагаются конкретные механизмы и рекомендatsiи по повышению профессиональных стандартов и управленческой культуры руководящего персонала в Узбекистане.
Ключевые слова: дошкольное образование, управленческая культура, профессиональные стандарты, компетентность руководящего персонала, международные стандарты, педагогическое лидерство.
Annotation: This article is devoted to improving the management culture and professional standards of leaders in early childhood education institutions based on international experiences. Advanced practices from countries such as Finland, Singapore, and the United Kingdom are analyzed, and specific mechanisms and recommendations are proposed for enhancing the professional standards and management culture of leadership personnel in Uzbekistan.
Keywords: Early childhood education, management culture, professional standards, leadership personnel competence, international standards, pedagogical leadership.
Maktabgacha ta’lim tizimi har bir mamlakatning kelajagini belgilaydigan fundamental poydevordir. Bu tizim samaradorligi ko‘p jihatdan ta’lim maskanini boshqarayotgan direktor yoki mudirning professionalizmi, boshqaruv madaniyati va shaxsiy etik me’yorlariga bog‘liq. Rahbarning adolatli, ochiq va professional faoliyati jamoada sog‘lom muhitni shakllantiradi, bu esa pirovardida ta’lim-tarbiya sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida rahbar kadrlar malakasini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 2024-yil 27-avgustdagi Hukumat qarori bilan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari uchun majburiy menejment kurslari va sertifikatlash tizimi joriy etilgani bu boradagi islohotlarning muhim qadamidir. Biroq, tizimni yanada takomillashtirish, uni xalqaro me'yor va standartlarga uyg'unlashtirish dolzarb vazifadir. Xususan, ota-onalar talabining ortishi, inklyuziv ta’limga o‘tish va raqamlashtirish sharoitida rahbarlarning boshqaruv madaniyati va professional
--⊱⊱ 251 ⊰⊰-- standartlar masalasi yanada dolzarblashmoqda. Xalqaro tajribalar esa bu borada muhim yo‘nalishlarni belgilashga yordam beradi.
Rivojlangan davlatlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari uchun qat’iy belgilangan professional etika madaniyatlari va boshqaruv standartlariga ega.
Finlandiya ta’lim tizimida ishonch va professional avtonomiya ustuvor hisoblanadi. Direktorlar yuqori darajadagi kasbiy erkinlikka ega bo‘lib, bu ulardan yuksak mas’uliyat va professional etika talab qiladi. Boshqaruv madaniyati hamkorlikka, pedagoglarning fikrini inobatga olishga asoslangan. Professional standartlar pedagog va rahbarning o‘zaro hurmati, shaffoflik va bolalar manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishni qamrab oladi.
Buyuk Britaniyada Maktab yetakchiligi uchun Milliy Professional Standartlar (NPQML(National Professional Qualification for Middle Leaders) /NPQH(National Professional Qualification for Headship)) mavjud bo‘lib, ular rahbarning shaxsiy fazilatlari, munosabatlari va qadriyatlarini belgilaydi. Boshqaruv madaniyati o‘lchovchanlik, jamoani rivojlantirishga qaratilganlik bilan ajralib turadi. Etika madaniyati barcha xodimlarga teng munosabatda bo‘lish, xolislik va qaror qabul qilishda shaffoflikni talab etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar kadrlarining boshqaruv madaniyati va professional etikasini xalqaro standartlar asosida shakllantirish O‘zbekiston ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Finlandiya, Singapur va Buyuk Britaniya tajribalari shuni ko‘rsatadiki, yuqori sifatli ta’limga erishish uchun rahbarlarning nafaqat kasbiy bilimlari, balki axloqiy me’yorlari va boshqaruv uslubi ham muhim ahamiyatga ega. Yuqorida taklif etilgan mexanizmlarni amaliyotga joriy etish orqali O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari boshqaruvi tizimini yangi, yanada professional va axloqiy jihatdan yetuk bosqichga olib chiqish mumkin.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Mo’sinova, S., & O‘rinova, N. (2025). Finlandiyada pedagogik ta’limni rivojlantirish
tendensiyalari. Modern Science and Research, 4(5), 802–806. 2. Jololov, T. O. (2024). Professional ta’limni boshqarishda xorijiy tajribalar va O‘zbekiston
sharoitida ularning qo‘llanilishi. Modern Science and Research, 2(10), 3. “Headteachers’ Standards 2020” (2020). Headteacher’s Standards for England. GOV.UK. 4. McCormick Center for Early Childhood Leadership. (n.d.). Strengthening Leadership in Early
Childhood: Using “Communication in the Workplace” for Job-Embedded Professional
Development in Communities of Practice. 5. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior
preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print):
2643-9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI:
10.47191/ijmra/v3-i12-09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323 6. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical possibilities of design activity in the process of increasing the
qualification of preschool workers// European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences. Volume 8 Number 1 2020 Page 90-95 bet 7. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication
system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7
Number 6, 2019. ISSN 2056-5852 8. Valiyeva. F.R., Kurbonov Sh. Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie //
East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.