ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI TAʼLIM-TARBIYA JARAYONIDA SHAXSGA YOʻNALTIRILGAN TAʼLIM AMALGA OSHIRISHDA “SEHRLI SOʻZLAR” METODIKASIDAN FOYDALANISH

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlari taʼlim-tarbiya jarayonida shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlimni amalga oshirishda “Sehrli soʻzlar” metodikasi orqali bolalarni milliy, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlar asosida bolalarga taʼlim-tarbiya berish mazmuni yoritib berilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

--⊱⊱ 498 ⊰⊰--

METODIKASIDAN FOYDALANISH

Uralova Nurxon Maxadovna

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va

mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti katta oʻqituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlari taʼlim-tarbiya jarayonida shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlimni amalga oshirishda “Sehrli soʻzlar” metodikasi orqali bolalarni milliy, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlar asosida bolalarga taʼlim-tarbiya berish mazmuni yoritib berilgan.

Аннотация: В данной статье освещается содержание воспитания детей на основе национальных, общечеловеческих и духовных ценностей с помощью методики “Волшебные слова” при осуществлении дошкольными образовательными организациями личностноориентированного обучения в учебно-воспитательном процессе.

Abstract: This article highlights the content of parenting based on national, universal and spiritual values using the “Magic words” methodology in the implementation of personality-oriented learning in the educational process by preschool educational organizations.

Kalit soʻzlar: Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv, shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim, kognitiv qobiliyati, mehribonlik, muloqotchanlik, rostgoʻylik, haqiqatparvarlik, maqsad sari intilish, tashabbuskorlik,, “Sehrli soʻzlar” metodikasi.

Ключевые слова: Личностно-ориентированный подход, личностно-ориентированное обучение, когнитивные способности, доброта, коммуникабельность, правдивость, правдивость, целеустремленность, инициативность,, методика “Волшебные слова”.

Key words: Personality-oriented approach, personality-oriented learning, cognitive abilities, kindness, sociability, truthfulness, truthfulness, purposefulness, initiative, "Magic Words" methodology.

MTTda maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishida shaxsga yоʼnaltirilgan taʼlimning maqsadi – bolalarning individual kognitiv qobiliyati (bilishi, tushunishi va fikrlashi), ehtiyoj va qiziqishlarini hisobga olgan holda, yoshiga binoan guruhda har bir bola bilan individual ishlash imkonini beradigan pedagogik sharoitlarni yaratish.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlimiy faoliyatlarda bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishini taʼminlash uchun ularda hozirjavoblik, mehribonlik, muloqotchanlik, rostgoʻylik, haqiqatparvarlik, maqsad sari intilish, tashabbuskorlik, dadillik, tashkilotchilik, mehnatsevarlik, javobgarlikni his qilish, ziyraklik, vazminlik, mardlik, mustaqillik, ishchanlik, kuzatuvchanlik, topqirlik kabi shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirish zarur.

Shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlimning oʻziga xos jihati taʼlim oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat.

Shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim texnologiyalarning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan oʻzlashtirish darajasiga erishish va uni tatbiq etishni hisobga olgan holda taʼlim-tarbiya jarayonini oldindan loyihalashtirishda namoyon boʻladi. Shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiyalarning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali taʼlim-tarbiya maqsadiga erishishni taʼminlashdan iborat. Fan-texnikaning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin koʻpayib borayotganligi va

--⊱⊱ 499 ⊰⊰-- ulardan oʻrgatish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari maktabgacha taʼlim tizimiga shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.

“Sehrli soʻzlar” metodi- bolalarni milliy, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlar asosida bolalarga taʼlim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali natijasini koʻrish imkonini beradi.

“Sehrli soʻzlar” metodi orqali bolalarni sehrli soʻzlarining «Assalomu alaykum», «Rahmat», «Xoʻp boʻladi», «Kechiring», «Labbay» soʻzlarining mazmunini anglash bilan ularni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalab, oʻzining millati va oʻz madaniyatining muhim elementlarini bilishga ertak, hikoya, vaziyat, oʻyin, sahnalashtirish orqali oʻrgatiladi.

“Sehrli soʻzlar” metodi amaliy joriy etilganda bolalar sehrli soʻzlarni qanchalik sehri borligini bilib oldilar. Bolalar oʻrtoqlari bilan oʻynayotganda mehribonlik, gʻamxoʻrlik bilan «Rahmat», «xoʻp boʻladi», «kechiring», «labbay» kabi soʻzlardan aytganlarida oʻrtoqlari ularga qanchalik mehribonlik, gʻamxoʻr ekanliklarini anglab yetdilar.

Oʻzbekona milliy salomlashishning oʻziga xosligi: tabassum, ochiq chehra, samimiy mehr bilan bir-biriga boqish, salom beruvchi va alik oluvchilarning tovushlari bir-birlariga eshitilarli boʻlishiga, har bir farzand, u xoh qiz bola boʻlsin, xoh oʻgʻil bola oʻzining yaxshi odobi, namunali xulqi, bilan ota-onasiga rahmat keltirishi, buvi-bobojonlarning duolarini olish, hurmat qilish, ularning xizmatida boʻlishga, ularga gʻamxoʻrlik qilishga bolalarning eʼtibori qaratiladi.

Bolalarni sehrli soʻzlarni ishlatmaslik, kattalarga, kichiklarga gʻamxoʻrlik qilmaslik, ahil, mehribon boʻlmaslikning oddiy sabab-oqibatlarini bilishga qiziqtiradi.

Kattalar bolalarga badiiy asarni oʻqib berar ekan bolalarning kattalarni hurmat qilish, ularga gʻamxoʻrlik qilish «Labbay», «Assalomu alaykum», «Rahmat», «Xoʻp boʻladi» va shu kabi iltifotli soʻzlar asosida bolalarga taʼlim-tarbiya berishning samarali natijasini koʻrish imkonini beradi.

Mavzu: «Sehrli soʻzlar»

Maqsad: Bolalarga «sehrli soʻzlar» soʻzlarining mazmunini tushuntirish. «Assalomu alaykum», «Rahmat», «Xoʻp boʻladi», «Kechiring», «Labbay» kabi soʻz va iboralari sehrli soʻzlar ekanligini bolalarga tushuntirish.

Bolalarda kattalarga va tengdoshlariga nisbatan samimiy munosabatda boʻlish tuygʻusini tarbiyalash. Kattalarga assalomu-alaykum degan soʻzni toʻgʻri va toʻliq aytib salomlashishga oʻrgatish. Bolalarga “Assalomu alaykum” - senga salomatlik tilayman, degan maʼnoni anglatsa “Vaalaykum assalom” — “sizga ham salomatlik tilayman” ekanligini tushuntirish. Oʻzbek milliy qadriyatoʻzbekona milliy salomlashishning oʻziga xosligi: tabassum, ochiq chehra samimiy mehr bilan birbiriga boqish, “Assalomu alaykum” deb salomlashganda ochiq chehralik va tabassum bilan salom beruvchi, alik oluvchilarning tovushlari bir-birlariga eshitarli boʻlishi kerakligini tushuntirish. Salomalikning mohiyatini chuqur tushunib yetishga, qadriga yeta olish, toʻgʻri salomlashishga oʻrgatish. “Assalomu alaykum” iborasi haqidagi hikoyasidan oʻqib berish.

Kutilayotgan natijalar:Bolalar «Assalomu alaykum» «Rahmat», «xoʻp boʻladi», «kechiring», «labbay» kabi soʻz iboralari sehrli soʻzlar ekanligini bilib oladilar.

Bolalarda kattalarga va tengdoshlariga nisbatan samimiy munosabatda boʻlish kompetensiyalari tarbiyalanadi.

Kerakli jihozlar: Mavzu boʻyicha mazmunli rasmlar, salom berishning oʻziga xos qoidalari ifodalangan rasmlar.

Taʼlimiy faoliyatning borishi:Tarbiyachi: Bolalar, soʻzlar sehrli boʻlishini eshitganmisiz? Bugun men sizga “Sehrli soʻzlar” haqida soʻzlab beraman. Ha, bolalar sehrli soʻzlar boʻladi. «Assalomu alaykum» - 1-sehrli soʻz, bu soʻzning maʼnosi senga

--⊱⊱ 500 ⊰⊰-- salomatlik tilayman, degan maʼnoni anglatsa 2 -sehrli soʻz «Vaalaykum assalom», bu soʻzning maʼnosi- “sizga ham salomatlik tilayman” ekanligini bildiradi. Bu soʻzlarni aytganda yaʼni «Assalomu alaykum» deb salomlashganda ochiq chehra va tabassum bilan qoʻlimizni koʻksimizga qoʻyib oldinga sal egilgan holda tavoze bilan salom berish kerak, alik oluvchilarning tovushlari bir-birlariga eshitarli boʻlishi kerak. Bu soʻzlar shunday aytilgandagina sehrli boʻladi.

Soʻngra tarbiyachi bolalarga salom berishning oʻziga xos qoidalarini rasmlar orqali izohlab beradi.

Tarbiyachi: Bolalar, biz ham erta tongdan uyqudan turib, yuz qoʻllarimizni sovunlab yuvib, sochiqqa artinib, kelib avval oilamizdagi kattalarga: buvi, buvijonlarga ota-onalarimizga, aka, opalarimizga qoʻlimizni koʻksimizga qoʻyib salom beramiz (surat koʻrsatilib, izohlab beriladi).

Amaliy mashq: “Salom berishni oʻrganamiz”

Mashqning maqsadi: bolalarga oʻzlaridan kattalarga salom berishda oʻzbekona milliy salomlashishning oʻziga xosligi- bu tabassum, ochiq chehra bilan samimiy mehr bilan bir-biriga boqib, qoʻlni koʻksiga qoʻyib, sal oldingi engashib, jilmaygan holda salom berishga oʻrgatish va bunga odatlantirish.

Mashqning borishi:

Tarbiyachi: hozir xonaga oʻrtogʻingiz Sunbulaning onasi Manzura opa kiradilar. Biz ular bilan salomlashamiz. Manzura opa guruhga kirib kelishlari bilan, sizlar, oʻrningizdan turib, koʻlingizni koʻksingizga qoʻyib “Assalomu-alaykum” deb salom berasizlar.

Bolalar Manzura opaga salom beradilar.

Tarbiyachi: Bolalar salomlashishning ham qoidalari bor: Xonaga kirgan kishi birinchi boʻlib oʻtirganlarga – Tarbiyachi: Bolalar “Assalomu alaykum! ” –deb salom beradi. Alik oluvchi “Vaalaykum assalom” deb javob qaytaradi. Katta kishilarga yoshlar birinchi boʻlib hurmat bilan salom beradilar (surat koʻrsatilib, izohlab beriladi).

Tarbiyachi:Odobning boshi — Assalomu alaykum. Kimda-kim birinchi boʻlib salom bersa, uning odobli inson ekanligi bilinadi. Salomlashganda xushmuomalalik bilan salomlashing. Odamlar bilan gaplashganda iliqlik bilan, mehribonlik, gʻamxoʻrlik bilan gaplashing.

Koʻcha-kuyda, qoʻni-qoʻshnilarni koʻrganingizda, uchragan notanish kishilarga albatta oʻng qoʻlni koʻksingizga qoʻyib, oldinga sal egilgan holda tavoze bilan salomlashing (surat koʻrsatilib, izohlab beriladi).

Tarbiyachi: Bolajonlar yana qanday sehrli soʻzlarni bilasizlar? (Bolalar javoblari)

Tarbiyachi: Siz oʻrtoqlaringiz bilan oʻynayotganda mehribonlik, gʻamxoʻrlik bilan «Rahmat», «xoʻp boʻladi», «kechiring», «labbay» kabi soʻzlardan aytsangiz oʻrtoqlaringiz sizga qanchalik mehribonlik, gʻamxoʻr ekanliklarini bilib olasiz.

Bolalar, men sizga koʻchada oʻrtoqlari bilan oʻynab qolib, uyga kech qaytgan Ahmadjon degan bola haqida hikoya oʻqib beraman. Diqqat bilan eshiting.

Kechiring, oyijon!

Hikoya

Ahmadjon koʻchada oʻrtoqlari bilan oʻynab qolib, uyga kech qaytdi. Onasi tashvishlanib oʻtirgan ekan. U onasining holatini koʻrib boʻldi va:

- Oyijon, meni kechiring, endi bunday qilmayman, – dedi. Onasining chehrasi biroz yozildi va:

-Ahmadjon, sen aqlli bolasan, men senga ishonaman, – dedi.

Qarang, bolalar, hikoyada Ahmadjon oyisiga “Oyijon, meni kechiring, endi bunday qilmayman” deb kechirim soʻradi. Oyisining “Ahmadjon, sen aqlli bolasan, men senga ishonaman” degan

--⊱⊱ 501 ⊰⊰-- gaplarini eshitgan Axmadjon onasining unga qanchalik mehribonlik, gʻamxoʻr ekanligini bildi. Va «kechiring» soʻzining sehrli soʻz ekanini tushunib yetdi.

Siz koʻchadan kech kelganingizda oyingizdan kechirim soʻraysizmi?

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

1.Bolajonlar, bugun biz nimalar haqida gaplashdik?

2.Qanday “Sehrli soʻzlar”bor ekan?

3.“Assalomu alaykum”-soʻzining maʼnosi nimani anglatadi?

4.“Vaalaykum assalom” — soʻzining maʼnosi nimani anglatadi?

5.Oʻzbekona milliy salomlashish qanday ekan? Biz kattalarga salom berganda qanday salomlashish odobiga rioya qilishimiz kerak ekan?

6.Siz sehrli soʻzlarni ishlatganmisiz?

Tarbiyachi suhbat davomida va yakunida bolalarni shirin soʻzlar bilan ragʻbatlantiradi.

“SALOM, MEN” taʼlimiy oʻyini

Maqsad: bolalarni oʻzini oʻzi hurmat qilishga oʻrgatish.

Oʻyinning borishi: Boshlovchi qoʻlida mushukcha yumshoq oʻyinchoqni (agar uni qoʻlga kiyiladigan boʻlsa, undan ham yaxshi) ushlab turadi. U bolalarga navbat bilan mushukcha bilan salomlashishlarini aytadi. Har bir bola u bilan oʻzini tanishtirib, qoʻl berib koʻrishadi. Masalan: "Salom mushukcha, men Malikaman".

Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlimiy faoliyatlarda bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishini taʼminlovchi mana shunday metodlar universal hisoblanib, mashgʻulotlarda taqdim qilingan muammoni yechishga imkon yaratadi, oʻquv materiallarini tezkor oʻzlashtirishga qaratiladi, rivojlantirishda (oʻz-oʻzini birmuncha samarali boshqarish asosida) faol fikrlashni shakllantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ 595-sonli Qonuni.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ — 4312-sonli Qarori.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 802- sonli Qarori.

4. Oʻzbekiston Respublikasining maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturi (2-nashr), 2022-yil.

5. Shin A.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Grosheva I.V., Mikailova U.T., Suleymanova Yu.T., Daukayeva A.G., Vlasova Ye.N., Galimova E.F.Shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuv asosida taʼlim jarayonini rejalashtirish. Metodik qoʻllanma. T.:2020.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.