--⊱⊱ 341 ⊰⊰--
SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Mansurova Dilafruz Uktamjonovna
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani
358-DMTT direktori
Annotatsiya
Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik va tashkiliy xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda direktor va tibbiy xodimlar oʻrtasidagi hamkorlikning bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga taʼsiri, shuningdek, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya tajribalari asosida amaliy tavsiyalar keltirilgan. Maqolada sogʻlom ovqatlanish, gigiyena qoidalari, jismoniy faollik, psixologik barqarorlik va ota-onalar bilan hamkorlik orqali bolalarga sogʻlom odatlarni singdirishning metodik jihatlari yoritilgan. Shuningdek, direktor va tibbiy xodimning birgalikdagi faoliyati bolalarning sogʻligʻi va gigiyenik madaniyatini shakllantirishda strategik ahamiyat kasb etishi taʼkidlangan.
Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, sogʻlom turmush tarzi, bolalar salomatligi, pedagogik jarayon, direktor va tibbiy xodim hamkorligi, gigiyena madaniyati, jismoniy faollik.
Annotation
The article scientifically analyzes the pedagogical and organizational aspects of forming a healthy lifestyle in preschool educational institutions. The study highlights the cooperation between directors and medical staff in promoting childrenʼs physical, mental, and social development, with practical recommendations based on South Korea and the United Kingdom experiences. The article addresses methodological approaches to instilling healthy habits through proper nutrition, hygiene rules, physical activity, psychological stability, and collaboration with parents. Moreover, the joint activities of directors and medical staff are emphasized as strategically important for shaping childrenʼs health and hygiene culture.
Keywords: preschool education, healthy lifestyle, child health, pedagogical process, directormedical staff cooperation, hygiene culture, physical activity.
Bugungi kunda bolalarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirish masalasi maktabgacha taʼlim tizimining eng dolzarb yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Sogʻlom turmush tarzi nafaqat bolaning jismoniy rivojlanishi, balki uning ruhiy, ijtimoiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga ham bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli, maktabgacha taʼlim muassasalari bolalarning sogʻlom odatlarni erta yoshdan shakllantirishlari va ularni hayotga tatbiq etishlari zarur.
Pedagogik jarayonlarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish kompleks yondashuvni talab qiladi. Bu yondashuv bolalarning jismoniy mashqlar, toʻgʻri ovqatlanish, gigiyena qoidalariga rioya qilish, psixologik barqarorlik va ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik va pedagogik choralardan iborat boʻlishi lozim. Shu bilan birga, pedagoglar oʻz faoliyatlarida interaktiv va innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib, bolalarning motivatsiyasini oshirish va sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak.
Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim tizimida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish masalasi ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlib, bolalarni sogʻlom hayotga tayyorlash, ularning uzoq muddatli rivojlanishini taʼminlash va jamiyat sogʻligʻini mustahkamlash bilan chambarchas bogʻliq. Shu sababli, mazkur maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom turmush tarzini
--⊱⊱ 342 ⊰⊰-- shakllantirishning pedagogik xususiyatlari, uning metodik jihatlari va amaliyotga tadbiq etish yoʻllari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar salomatligini muhofaza qilish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish masalasi taʼlim tizimining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Sogʻlom bola — bu nafaqat taʼlim jarayonining samarali ishtirokchisi, balki jamiyatning sogʻlom kelajagini taʼminlovchi muhim omildir. Shu bois maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar salomatligini taʼminlashda direktor va tibbiy xodimlarning oʻzaro hamkorligi strategik ahamiyat kasb etadi.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sogʻlom avlodni tarbiyalash, bolalar oʻsishi va rivojlanishiga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunda, shuningdek PF–152-sonli farmonda maktabgacha taʼlim tizimida bolalarning jismoniy va ruhiy sogʻligʻini mustahkamlash, parvarish va ovqatlanish sifatini yaxshilash boʻyicha aniq vazifalar belgilangan. Ushbu hujjatlar rahbarlar va tibbiy xodimlar oʻrtasida uzviy hamkorlikni tashkil etish zarurligini taʼkidlaydi.
Janubiy Koreyada maktabgacha taʼlim tizimida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Koreya Respublikasi maktabgacha taʼlim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish quyidagi asosiy prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
1. Bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishini birlashtiruvchi kompleks dasturlar ishlab chiqilgan. Maktabgacha taʼlim muassasalarida har bir bolaga moslashtirilgan mashgʻulotlar, sport va sogʻlomlashtiruvchi faoliyatlar bilan birgalikda interaktiv oʻyinlar va maʼnaviy-axloqiy tarbiya beriladi.
2. Har kuni bolalarga sogʻlom ovqatlanish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish odatlari singdiriladi. Ota-onalar bilan hamkorlikda bolalarning uy sharoitidagi odatlari nazorat qilinadi va rivojlantiriladi.
3. Koreyada maktabgacha taʼlim pedagoglari sogʻlom turmush tarzini shakllantirish metodikasi boʻyicha maxsus tayyorlanadi. Pedagoglar uchun muntazam seminarlar, treninglar va malaka oshirish kurslari tashkil etilib, innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish koʻnikmalari beriladi.
Janubiy Koreya tajribasida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar sogʻligini saqlashda direktor, tibbiy xodim va psixolog oʻrtasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Gigiyena madaniyatini oshirish boʻyicha “Gigiyena daqiqasi” mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bolalar qoʻl yuvish, tish tozalash va shaxsiy gigiyena qoidalarini amalda oʻrganadilar. Tibbiy xodim amaliy koʻrsatmalar beradi, direktor esa jarayonni tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.
Psixologik salomatlik dasturlari doirasida stress yoki emotsional zoʻriqish alomatlari erta aniqlanadi. Direktor, psixolog va tibbiy xodim birgalikda muammoli holatlar bilan individual ishlaydi hamda ota-onalar bilan muntazam muloqotni yoʻlga qoʻyadi. Bundan tashqari, vaksinatsiya va tibbiy koʻriklar yiliga ikki marotaba reja asosida oʻtkaziladi.
Buyuk Britaniyada maktabgacha taʼlim tizimida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish masalasi davlat siyosati va milliy standartlar doirasida tartibga solinadi. Bu mamlakatda bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan strategiyalar quyidagi asosiy jihatlar bilan ajralib turadi:
1. Milliy standartlarga asoslangan yondashuv. Buyuk Britaniyada maktabgacha taʼlim muassasalari "Early Years Foundation Stage (EYFS)" milliy standartlariga muvofiq faoliyat olib boradi. Ushbu standartlar bolalarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, xavfsiz muhit yaratish, muntazam jismoniy faollik va toʻgʻri ovqatlanish odatlarini singdirishni nazarda tutadi.
--⊱⊱ 343 ⊰⊰--
2. Jismoniy faollik va sport mashgʻulotlari. Bolalar har kuni jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishga majbur qilinadi. Mashgʻulotlar interaktiv oʻyinlar, sport maydonchalari va tabiat qoʻllanmalarida amalga oshiriladi. Bu bolalarning sogʻlom rivojlanishi va koordinatsiyasini yaxshilashga xizmat qiladi.
3. Ovqatlanish va gigiyena boʻyicha pedagogik qoʻllab-quvvatlash. Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga sogʻlom ovqatlanish odatlari oʻrgatiladi. Shu bilan birga, gigiyena qoidalariga rioya qilish va shaxsiy tozalikka oid mashgʻulotlar muntazam tashkil etiladi. Pedagoglar va ota-onalar bilan hamkorlikda bu jarayon nazorat qilinadi.
4. Pedagoglar va ota-onalarning malakasi. Buyuk Britaniyada pedagoglar uchun sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha maxsus treninglar va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Ota-onalar bilan hamkorlik aloqalari orqali bolalarning uy sharoitida sogʻlom odatlarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Xulosa qilib aytganda, bolalar salomatligini taʼminlashda direktor va tibbiy xodimning oʻzaro hamkorligi taʼlim tizimining eng muhim boʻgʻinlaridan biridir. Mazkur hamkorlik bolalarning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida bevosita taʼsir koʻrsatadigan omil hisoblanadi. Direktor menejer rahbari sifatida sogʻlom muhitni tashkil etish, gigiyenik sharoitlarni yaratish, tibbiy xizmat faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shugʻullansa, tibbiy xodim bolalar salomatligini saqlash, profilaktika, emlash, tibbiy koʻrik va gigiyena boʻyicha amaliy ishlarni olib boradi. Direktor va tibbiy xodimning oʻzaro hamkorligi – bu faqatgina tibbiy yoki tashkiliy masala emas, balki sogʻlom, barkamol va ijtimoiy faol avlodni tarbiyalashga qaratilgan kompleks tizimdir. Ularning hamjihat faoliyati natijasida bolalarning sogʻligi, gigiyenik madaniyati shakllanadi. Bu esa oʻz navbatida sogʻlom jamiyat va barqaror kelajak poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdullayev, Sh.X. Maqsadli ovqatlanish va bolalar salomatligi / Sh.X. Abdullayev. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020. – 248 b.
2. Karimov, R.M. Mektepke cheyinki taʼlimda jismoniy tarbiya va sogʻlom turmush tarzi / R.M. Karimov. – Toshkent: “Oʻqituvchi”, 2019. – 196 b.
3. Ministry of Education of the Republic of Korea. Early Childhood Education Policy and Healthy Lifestyle Programs. Seoul, 2021. – 34 p.
4. Department for Education (UK). Early Years Foundation Stage (EYFS) Framework. London, 2020. – 48 p.
5. Kim, J.H., Lee, S.Y. Integrative Approaches to Child Health in Korean Preschools / J.H. Kim, S.Y. Lee // International Journal of Early Childhood Education. – 2021. – Vol. 27, №2. – P. 45– 59.
6. National Health Service (UK). Guidelines for Healthy Eating and Physical Activity in Early Years. London, 2019. – 62 p.
7. Valiyeva. F.R. Teoreticheskiye osnovы i evolyutsiya sistemы kpi v upravleniya chelovecheskimi resursami. “Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini rivojlantirish: amaliyot va xorijiy tajriba” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar toʻplami 1-qismi (2024- yil 23-24-may) – T.: Science and Innovation, 2024.
--⊱⊱ 344 ⊰⊰--
8. Valiyeva F.R., Sharipova G. N. Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations// International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) DOI:10.9756/intjecse/v14i5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022
9. Abdullayeva N.Sh. Significance of health-saving technologies in a Preschool educational organization// Abstracts of V International Scientific and Practical Conference,Osaka, Japan 29-31 January 2020, 14-16 bet
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.