ResearcherUz LogoResearcherUz
View Journal

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIMIY FAOLIYATNI O‘YINLAR ORQALI TASHKIL ETISH

Abstract

ushbu maqolada maktabgacha yoshidagi bolalarga ta’lim berishda ta’limiy o‘yinlarninig axamiyati yoritib berilgan. Shu bilan birga bir nechta ta’limiy o‘yinlardan namunalar keltirilgan.


Full PDF Document

Related Articles

Full text

--⊱⊱ 358 ⊰⊰--

MTTDMQTMOI P.f.f.d. (PhD)

Yakkasaroy tumani 103-DMTT tarbiyachisi

Annotatsiya: ushbu maqolada maktabgacha yoshidagi bolalarga ta’lim berishda ta’limiy o‘yinlarninig axamiyati yoritib berilgan. Shu bilan birga bir nechta ta’limiy o‘yinlardan namunalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim, ta’limiy o‘yin, o‘yin qoidalari, o‘yinning maqsadi.

Аннотatsiя: В данной статье освещается значение обучающих игр в процессе обучения детей дошкольного возраста. Наряду с этим приведены примеры нескольких обучающих игр.

Ключевые слова: дошкольное образование, обучающая игра, правила игры, цель игры.

Annotation: This article highlights the importance of educational games in teaching preschoolaged children. In addition, examples of several educational games are provided.

Keywords: preschool education, educational game, game rules, purpose of the game.

O‘yin shunday bir ulkan yorug‘ oynadirki u orqali bolaning ruhiy dunyosiga uni o‘rab olgan olam haqida hayotbaxsh tasavvur va tushunchalar ko‘rinib turadi. O‘yin sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o‘t oldiruvchi uchqundir (V.A.Suxomlinskiy).

Ma’lumki, bola shaxsining rivojlanishida maktabgacha yoshdagi davr muhim hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasininig ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari asosida bolalarni maktabga tayyorlaydi.

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining eng asosiy vazifalaridan biri otaonalarning istak va xohishlari, bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ta’limtarbiya jarayonini tashklil qilishdan iborat.

O‘yin bolaning sevimli faoliyati bo‘lib, bola har qanday ta’limiy faoliyatni o‘yin bilan uyg‘unlashtirishga harakat qiladi. Shuning uchun tarbiyachi ta’limiy faoliyat davomida o‘yindan unumli foydalanishi bilan ta’lim jarayoning samaradorligini oshirishga harakat qiladi. Zero A.S.Makarenko takidlaganidek: Faollik, ish, xizmat katta yoshdagi kishilar hayotida nechog‘li ahamiyatga molik bo‘lsa, bolalar uchun o‘yin ham shunday muhim ahamiyat kasb etadi. Bola o‘yinda o‘zini qay holda tutsa, o‘sib-ulg‘aygach, ishda ham aksari o‘zini shunday tutadi. Shu boisdan ham kelajak avlodning tarbiyasi, avvalo, uning o‘yinida yuz beradi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘llaniladigan ta’limiy o‘yinlar 3 xil tasnifga egadir. Ular mazmuniga ko‘ra tinch o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, aralash turdagi o‘yinlarga bo‘linadi. Amalga oshirish shakliga ko‘ra esa musobaqali va sahnali o‘yinlarga to‘g’ri keladi.

Ta’limiy o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Ta’limiy o‘yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O‘yinda o‘yin maqsadi, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. O‘yin maqsadi o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi. Ta’limiy o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi.

--⊱⊱ 359 ⊰⊰-- O‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi. Ta’limiy o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida ta’limiy o‘yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar ta’limiy faoliyat jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi

Ta’limiy o‘yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. O‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega

Ta’limiy o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud:

- buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan

- stol-bosma

- og‘zaki so‘z o‘yinlar

Buyum va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar bolaning ilk yoshidan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o‘ynaladigan o‘yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o‘yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, foydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi. O‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq o‘zining tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim. Shunday o‘yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi.

Stol-bosma o‘yinlar bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, sintez, umumlashtirish,) tavsiflash o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin usulidir. Bu o‘yin turiga a) loto; b) juft rasmlar; d) domino; e) labirint kabilar kiradi.

Ta’limiy o‘yinlarni xilma-xil tarzda tashkil qilish mumkin. Qo‘g‘irchoqlar, o‘yinchoqlar, rasmlar va tarqatmalar, mevalar, sabzavotlardan va turli geometrik shakllardan ham foydalanish mumkin. Talimiy o‘yinlar maqsadiga ko‘ra 4 omilni o‘z ichiga oladi

1. O‘yinnig vazifasi.

2. O‘yinning harakati.

3. O‘yinning qoidasi.

4. O‘yining yakuni

Har bir ta’limiy o‘yinni boshlashdan oldin bolalarga o‘yinning qoidasi, maqsadi, yakuni nimadan iborat ekanini tarbiyachi tomonidan tushuntiriladi. Bolalar uni tushunib, anglab shu asnoda harakat qiladilar.

Quyida shunday o‘yinlardan namunalar keltiramiz:

“Bir nom bilan ayt ta’limiy o‘yini”

Bunda berilgan predmetlarga qarab ularni bir nom bilan ataymiz. Stol ustiga rasmlar qo‘yiladi tarbiyachi rasmlarni birma-bir ko‘rsatadi: Olma, gilos, olcha, nok, o‘rik bularni qanday ataymiz bolajonlar?

Bolalar rasmlarni diqqat bilan kuzatar ekan: Mevalar deya javob berishadi

Tarbiyachi: Bodring, sabzi, baqlajon, karam, pomidor nima bor ekan bu rasmlarda bolajonlar?

Bolalar: Sabzavotlar

Tarbiyachi: Sigir, qo‘y, echki, it, mushuk bular nima ekan bolajonlar o‘ylab ko‘ringchi?

Bolajonlar: uy hayvonlari

Tarbiyachi: javon, stol, divan, yotoq bularni qanday ataymiz bolajonlar?

Bolajonlar: Mebellar

Shu tarzda o‘yinni davom ettirish mumkin

--⊱⊱ 360 ⊰⊰--

“Bir nom bilan ayt” ta’limiy o‘yini orqali: bolalarda diqqatni jamlashga, dunyoqarashni kengaytirishga, predmetlarni umumlashtirishga, lug‘at zahirasini boyitishga, xotirani rivojlantirish va mantiqiy fikrlashga o‘rgatish mumkin

“Qog‘irchoqni sayrga kiyintiramiz”

Maqsad: Kiyinish qoidalari, mavsumbop kiyim tanlash zarurligini tushuntirish.

Tarbiyachi tomonidan turli faslga mos kiyimchalar oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Bolalar 4 guruhga bo‘linib, ularga qog‘irchoqni 4 faslga moslab kiyintirish vazifasi beriladi. Har bir guruh o‘zi kiyintirgan qog‘irchjg‘ini nimaga bunday kiyim kiyganini tushuntirib beradi.

“O‘z o‘rningni top” o‘yini.

Maqsad: Bolalarni uy hayvonlari va o‘rmon hayvonlari bilan tanishtirish, jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatish, dunyoqarashni kengaytirish hamda topqirlik, ziyraklik va chaqqonlikka o‘rgatish.

O‘yin uchun kerakli jihozlar: Yumshoq o‘yinchoqlar, ikkita katta savat

O‘yinning borishi: Bolalarni 2 guruh bo‘lamiz.

1-jamoadagi 10 ishtirokchiga o‘rmon hayvonlarini

2-jamoadagi 10 ishtirokchilarga esa uy hayvonlarini beramiz. Bolalarga qo‘lidagi o‘yinchoq jonivorlarni kerakli savatlarga joylashtirish kerakligini tushuntiramiz. Masalan, sigirni o‘ng tomondagi uy hayvonlari savatiga, bo‘rini esa chap tarafdagi o‘rmon hayvonlari savatiga joylashtirish kerak bo‘ladi.

O‘yin yakunida shartni tog‘ri bajargan bolalarni rag‘batlantiramiz.

Maktabgacha tarbiya yoshida o‘yin bolaning jismoniy va ma’naviy kamolati uchun muhim ahamiyatga ega. O‘yin bolalar bog‘chasining ta’lim-tarbiyaviy ishida alohida o‘rin tutadi. Bu o‘yin paytida bolaning kattalarga bevosita bog‘liq bo‘lmasligi, ko‘proq mustaqillika ega bo‘lishi bilan belgilanadi, o‘yinga bolalar o‘z xohishlari bilan uyushadilar, mustaqil ish ko‘radilar, o‘z niyatlarini amalga oshiradilar.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi barcha guruhlarda ta’limiy faoliyatni o‘yinlar orqali to‘g’ri tashkil etib o‘tkazish bolajonlarni har tomonlama rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-jild. – T.: “О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”.

2. Qodirova F.U. Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning samarali

texnologiyalari. Ped. fan. falsafa doktori (DSc). ...diss. avtoref. — T.: 2020. – 71 b.

3. Qodirova F.U. Imkoniyati cheklangan bolalarni oʻqitish, tarbiyalash

va ijtimoiy hayotga tayyorlash. — T.: 2019. – 271 b.

4. Feldman M.A., Sparks B., Case L. Effectiveness of home-based early intervention on the language development of children of parents with mental retardation. Research in Developmental Disabilities, 1993. 14, 387-408.

5. Выгоцкий Л.C. Педагогичеcкая пcихология. — М.: Педагогика-преcc, 1996. — 534 c.

6. Лотова И.П. Подготовка ребенка-инвалида к cемейной жизни: cиcтемный подход. Медико-cоциалная eкcпертиза и реабилитatsiя. Том 18, № 4, 2015. – 50-52 c.

7. Cмирнова А.М. Коррекционно-воcпитательная работа учителя вcпомогателной школы. — М.: Проcвещение, 1982.-104 c.

Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.