--⊱⊱ 351 ⊰⊰--
XUSUSIYATLARI
Togʻayeva Shaxnoza Shavkatovna
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 1-bosqich
magistranti, Toshkent shahar, Chilonzor
tumani, 585-DMTT direktori
Annotatsiya
Ushbu maqola maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlikning pedagogik-psixologik xususiyatlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda bolaning ijtimoiy, emotsional va kognitiv rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillar, ota-onalarning tarbiyadagi roli va maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan samarali hamkorlik mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, ilmiy manbalar va tarixiy tajribalar asosida ota-onalar va pedagoglar oʻrtasidagi munosabatlarning ochiqlik, ishonch va hamkorlik asosida shakllanishi, bolaning umumiy rivojlanishi va taʼlim sifatini oshirishda ahamiyati taʼkidlangan.
Kalit soʻzlar: maktabgacha taʼlim, tarbiyachi va ota-ona hamkorligi, pedagogik-psixologik xususiyatlar, bolaning rivojlanishi, ijtimoiy va emotsional barqarorlik.
Abstract
This article analyzes the pedagogical and psychological characteristics of cooperation between educators and parents in preschool institutions. The study highlights factors influencing a childʼs social, emotional, and cognitive development, the role of parents in upbringing, and effective collaboration mechanisms with preschool institutions. Drawing on scientific literature and historical experience, the article emphasizes that relationships between educators and parents should be based on openness, trust, and cooperation, which are crucial for the childʼs overall development and the quality of education.
Keywords: preschool education, educator-parent cooperation, pedagogical-psychological characteristics, child development, social and emotional stability.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi va ota-onalar oʻrtasida samarali hamkorlikni taʼminlash bolaning umumiy rivojlanishi va taʼlim sifatini oshirishda asosiy ahamiyatga ega. Pedagogik ilmiy adabiyotlarda hamkorlik tushunchasi bolaning ijtimoiy, emotsional va kognitiv rivojlanishi jarayonida ota-onalar va pedagoglar oʻrtasidagi uzluksiz kommunikatsiya va oʻzaro hamkorlikni anglatishi qayd etilgan [1, 2].
Ota-onalar bilan hamkorlikning pedagogik-psixologik xususiyatlari bir qator ilmiy prinsiplar asosida tahlil qilinadi. Avvalo, hamkorlik jarayonida psixologiya fanlari tomonidan taʼkidlanishicha, bolaning rivojlanish bosqichlari, individual xususiyatlari va oiladagi taʼlim muhiti hisobga olinishi zarur [3]. Shuningdek, tarbiyachi va ota-onalar oʻrtasidagi munosabatlar ochiqlik, ishonch va oʻzaro hurmat asosida shakllanishi kerak, chunki bu bolaning ijtimoiy va emotsional barqarorligiga taʼsir koʻrsatadi [4].
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalar bilan pedagogik hamkorlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: tarbiyaviy maqsadlarni aniqlash, bolaning individual ehtiyojlari va qobiliyatlarini baholash, taʼlim jarayonida ota-onalar ishtirokini ragʻbatlantirish va maʼlumotlarni muntazam almashish [5]. Shu bilan birga, ilmiy tahlillar shuni koʻrsatadiki, tarbiyachi va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlik bolaning ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirish, qiyin vaziyatlarda qaror qabul
--⊱⊱ 352 ⊰⊰-- qilish qobiliyatini oshirish va tarbiya jarayonida pedagogik natijalarga erishishda samarali boʻladi [6]. Mamlakatimizda maktabgacha taʼlimni shakllantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar tub zamirida yosh avlodni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chunki, maktabgacha bolalik davri – bu bolaning shakllanishidagi oʻziga xos davr boʻlib, unda bolalar oʻzining ishki ruhiy jarayoni va xatti-harakatlarining tartibga solinishini nazorat qiladi va bola oʻz faoliyati mohiyatini anglay boshlaydi. Maʼlumki, bola hayotida ota-onalar, buva va buvilar, aka va ukalar, ora va singillar ilk pedagoglardir. Ular farzand dunyoga kelishi bilan va undan ham avvalroq bola shaxsining jismoniy, maʼnaviyaxloqiy, aqliy va intellektual shakllanishiga asos soladilar. Maktabgacha taʼlim sohasida qoʻlga kiritilgan natijalarga muvofiq davlat tomonidan oilaviy taʼlim va tarbiyaning ustuvorligini tan olinishi oʻzaro munosabatlar va maktabgacha taʼlim tashkiloti bilan samarali oʻzaro hamkorlik, oʻzaro taʼsir va jamoaviy ishonch bildirishni talab qiladi.
Hamkorlik – bu teng asosda kommunikatsion muloqot, bunda hech kim koʻrsatish, nazorat qilish, baholash va diagnostikalash imtiyoziga ega yemas. Oʻzaro taʼsir, hamkorlikda – muloqot madaniyati orqali faoliyatni birgalikda amalga oshirish usulini ifodalaydi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti va oila bolada masʼuliyat hissini tarkib toptirish uchun yagona shaxsiy va jamoaviy makon yaratishga intilishi kerak.
Maktabgacha taʼlimni shakllantirishning zamonaviy tendensiyalari bir muhim va ahamiyatli boshqariluvchi mezon bilan birlashtirilgan – bu sifatdir, u pedagoglarning kasbiy kompetentligi darajasi va ota-onalarning pedagogik madaniyatiga bevosita bogʻliq. Tarbiyalanuvchilar taʼlim va tarbiyaning yuqori sifatiga, ota-onalar talablari va bolalar qiziqishlari va motivlarini toʻla qondirishga, bola uchun yagona taʼlim makonini yaratishga faqat maktabgacha taʼlim tashkiloti va oila hamkorligining yangi tizimini yoʻl xaritasiga binoan ishlab chiqish sharti bilan erishish mumkin.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti va oilaning oʻzaro taʼsiri muammosi oxirgi vaqtda yeng dolzarb muammolar qatoriga kirgan. Oʻzgargan zamonaviy oila, moliyaviy va ijtimoiy-madaniy tabaqalanish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning koʻrligi, taʼlim va tarbiya olishning keng imkoniyatlari oʻzaro taʼsirning yangi shakllarini izlab topish zaruriyatini vujudga keltiradi. Otaonalar maktabgacha taʼlim tashkiloti – bola taʼlim va tarbiyasida faqat yordamchi ekanligini, shuning uchun ular butun masʼuliyat hissini tarbiyachi-pedagoglar zimmasiga yuklatishlari va taʼlim-tarbiya jarayonidan chetlashishlari mumkin yemasligini aslo unutmasliklari kerak.
Sharq va Gʻarbda keng tanilib “Shayx ur-rais” nomiga sazovor boʻlgan Abu Ali Ibn Sinoning (980-1037) “Tib qonunlari” va “Tadbiri manzil” asarlarida oila, ota-ona hamda bola munosabatlariga oid pedagogik va psixologik qarashlari bayon yetilgan. Uning oilani shaxslar-aro munosabatlar manbai, oʻzaro taʼsir oʻtkazishning qulay ijtimoiy-madaniy muhiti, milliy anʼanalar taʼsirchanligi, taqlid, yuqish fenomenlari negizi ekanligi toʻgʻrisidagi mulohazalari to hozirgi davrgacha oʻz kishini yoʻqotgani yoʻq. U bola tarbiyasida ota-onalarning umuminsoniylik tamoyillariga amal qilishlarini taʼkidlaydi. Tarbiyachi, ota-onalarga uni qattiq tana jazosidan farqli oʻlaroq, shaxsiy ibrat orqali tarbiyalash maʼqulligini uqtirgan. Ibn Sino oila boshligʻi oldiga katta talablar qoʻyadi, farzandlarni bir-biriga nisbatan mehr-oqibat tuygʻusi orqali tarbiyalash, iliq ruhiy muhitni yaratishni uqtiradi. Oiladagi noxush tarbiya faqat shu oilagagina salbiy taʼsir qilib qolmasdan, balki boshqa oilalarga ham xuddi shunday taʼsir qilishini oqilona tarbiya oila baxtining muhim asosi ekanligini taʼkidlaydi. Ibn Sino bola yomon xarakter xislatning egallashini kutmasdan turib, uni ijobiy fazilatlar bilan tanishtirib, bolaga yaxshi odobni singdirish kerak, — deb yozadi. Uning taʼkidlashicha, sharoit (muhit) qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, farzand kamoloti ota-onalarning asosiy vazifasidir, ular davlat boshligʻimi
--⊱⊱ 353 ⊰⊰-- yoki jamiyatning oddiy bir aʼzosimi, bari bir tarbiya masalasida ular uchun bir xil talab qoʻyilishi kerak, chunki bu ijtimoiy-madaniy ehtiyojdir.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti va oila oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlari gʻoyasi bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda aks yetgan. Bugungi kunda bu muammo pedagoglar, ilmiy tadqiqotchilar, psixologlar, ota-onalar, sotsiologlar tomonidan muhokama qilinmoqda. Amaliyot va ilmiy tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ota-onalar bolalarni tarbiyalashda qiyinchiliklarga dush kelishadi, bu bir qancha sabablar bilan izohlanadi:
bolalar sogʻligʻining aqliy, jismoniy jihatdan yomonlashishi;
ijtimoiy-madaniy himoyalanmagan ota-onalar va bolalar foizining koʻpayishiga olib keladigan jamiyatning ijtimoiy-madaniy-iqtisodiy muammolari, ijtimoiy-madaniy-psixologik tashvish, charchoq, moddiy jihatdan kam taʼminlanganlik, oilani temir daftarda qayd yetilganlik, moddiy va iqtisodiy funksiyalarni oila ishida qayta taqsimlash, inqirozlar fonida oilaviy hayotni tashkil yetishdagi qiyinchiliklar; ota-onalarning shaxsiy muammolari: charchoq, kasallik, ruhiy va jismoniy stress, hayot xavfsizligining pasayishi tufayli tashvishlanish, boshqalarga qaramlik, yolgʻizlik tuygʻusining kuchayishi (ayniqsa, toʻliq boʻlmagan oilalarda), oʻzaro tushunishning yetishmasligi va boshqalar.
Shu bois, soʻnggi yillarda oila va maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning yangi falsafasi ishlab chiqila boshlandi. Bu ota-onalar farzand taʼlim olishi va taʼlim-tarbiyasi uchun javobgardir, qolgan barcha ijtimoiy-madaniy institutlar yesa ularning tarbiyaviy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga va toʻldirishga chaqiriladi degan fikrga asoslanadi. Shunga muvofiq, maktabgacha taʼlim tashkilotining oila bilan ishlashdagi pozitsiyasi oʻzgarib bormoqda. Har bir maktabgacha taʼlim tashkiloti nafaqat bolani tarbiyalaydi, balki ota-onalarga bolalarni tarbiyalash boʻyicha maslahat beradi. Pedagog nafaqat bolalar tarbiyachisi, balki ularni tarbiyalashda ota-onaning hamkori hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. Toshkent: Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik, 2004. – 335 b.
2. Ilkhomov B., Karimova N. Maktabgacha taʼlimda oila bilan hamkorlikning pedagogikpsixologik asoslari. – Toshkent: Fan, 2018. – 212 b.
3. Islomov S., Raxmonova M. Bolalar tarbiyasi va ota-ona ishtiroki: ilmiy tadqiqotlar. – Toshkent: Universitet nashriyoti, 2016. – 187 b.
4. Gʻanieva D., Yusupov R. Maktabgacha taʼlimda tarbiyachilar va ota-onalar oʻrtasidagi kommunikatsiya. – Toshkent: Pedagogika, 2019. – 143 b.
5. Abdurahmonov F. Pedagogik psixologiya: ilmiy qoʻllanma.Toshkent: Taʼlim, 2020 – 256 b.
6. UNESCO. Early Childhood Care and Education. – Paris: UNESCO, 2017. – 98 p.
7. Epstein J. L. School, Family, and Community Partnerships: Preparing Educators and Improving Schools. – Boulder, CO: Westview Press, 2011. – 320 p.
8. Bronfenbrenner U. The Ecology of Human Development. – Cambridge: Harvard University Press, 1979. – 330 p.
9. Abdullayeva N.Sh. Significance of health-saving technologies in a Preschool educational
organization// Abstracts of V International Scientific and Practical Conference,Osaka, Japan
29-31 January 2020, 14-16 bet
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.