--⊱⊱ 276 ⊰⊰--
UNING NATIJALARI ASOSIDA BOSHQARUV STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Ataboyev Zafarjon Raxmatullayevich
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
yetakchi mutaxassisi,
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
1-bosqich magistranti
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida monitoring jarayonini ilmiy asosda tashkil etish hamda monitoring natijalariga tayangan holda boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishning nazariy-metodik asoslari, raqamli baholash, rivojlantiruvchi muhit, kadrlar salohiyati va jamoatchilik bilan hamkorlik kabi indikatorlar boʻyicha yondashuvlar koʻrib chiqilgan.
Kalit soʻzlar: monitoring, reyting tizimi, boshqaruv strategiyasi, raqamlashtirish, rivojlantiruvchi muhit, kadrlar salohiyati, xalqaro standartlar, shaffoflik, innovatsion boshqaruv, jamoatchilik bilan hamkorlik.
Аннотatsiя: В данной статье рассматриваются подходы к таким индикаторам, как научно обоснованная организatsiя процесса мониторинга в дошкольных образовательных организatsiях и теоретико-методические основы разработки стратегий управления на основе результатов мониторинга, цифровая оценка, развивающая среда, кадровый потенциал и сотрудничество с общественностью.
Ключевые слова: мониторинг, рейтинговая система, стратегия управления, цифровизatsiя, развивающая среда, кадровый потенциал, международные стандарты, прозрачность, инновatsiонное управление, сотрудничество с общественностью.
Abstract: This article examines approaches to such indicators as the scientific organization of the monitoring process in preschool educational organizations and the theoretical and methodological foundations for developing management strategies based on monitoring results, digital assessment, developmental environment, human resource potential, and public cooperation.
Keywords: monitoring, rating system, management strategy, digitalization, development environment, personnel potential, international standards, transparency, innovative management, public relations.
Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar mazkur tizimni xalqaro talablarga moslashtirish, raqobatbardosh avlodni shakllantirish va bolalarning erta rivojlanish koʻrsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan. Bu jarayonning zamirida, avvalo, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya sifatiga boʻlgan ehtiyoj, zamonaviy kompetensiyalarni shakllantirish, raqamlashtirish, taʼlim muhitini boyitish va boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etish kabi dolzarb vazifalar turadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-152-son Farmoni[1] hamda 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ-4312-son[2] va 2020-yil 6- noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4884-son[3] qarorlari bilan maktabgacha taʼlim tizimi bosqichma-bosqich takomillashtirildi. Bu hujjatlar maktabgacha taʼlimning qamrovini oshirish, sifat koʻrsatkichlarini
--⊱⊱ 277 ⊰⊰-- takomillashtirish, pedagoglar malakasini yuksaltirish hamda zamonaviy taʼlim-tarbiya muhitini yaratish uchun mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Shu jarayonning mantiqiy davomi sifatida, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 28-avgustdagi “2025-2026-oʻquv yilida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining reytingini shakllantirish toʻgʻrisida”gi 316-sonli buyrugʻi[4] bilan “Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti”ga qoʻyiladigan talablar va baholash mezonlari” tasdiqlandi. Mazkur baholash mezonlari maktabgacha taʼlim sifatini oshirishning zamonaviy, ilmiy asoslangan modeli boʻlib, unda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati 4 asosiy yoʻnalish boʻyicha baholanadi: taʼlim-tarbiya jarayoni, boshqaruv va kadrlar salohiyati, rivojlantiruvchi taʼlim muhiti, jamoatchilik bilan hamkorlik. Reyting tizimining joriy etilishi taʼlim sohasida yuzaga keladigan muammolarni aniqlashga, ularga tezkor va ilmiy asoslangan yechim topishga, tashkilotlar faoliyatining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. Bunda baholash jarayoni raqamlashtirilgan platforma orqali amalga oshiriladi, bu esa hujjatlar aylanishini soddalashtiradi, subyektivlikni kamaytiradi va natijalarni aniq, real va ishonchli qiladi.
Tizimning ilmiy-metodik asoslanganligi uning samaradorligini taʼminlovchi asosiy omil hisoblanadi. Xalqaro tadqiqotlar (OECD ECEC Quality Framework[5], UNESCO ECCE Monitoring Model[6], NAEYC Standards[7] baholash tizimi) shuni koʻrsatadiki, taʼlim sifatini oshirish uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sifatni muntazam baholash, natijalarni tahlil qilish va bu asosda boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish muhim hisoblanadi. “Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti”ga qoʻyiladigan talablar va baholash mezonlari”da belgilangan koʻrsatkichlar aynan mana shu global tendensiyalarga mos keladi.
Shuningdek, mazkur reyting tizimi Oʻzbekistonning taʼlim tizimini xalqaro maydonga integratsiya qilishda ham muhim rol oʻynaydi. U maktabgacha taʼlimda sifat kafolatini joriy etish, boshqaruvni zamonaviy “data-driven management” (maʼlumotga asoslangan boshqaruv), “outcomebased leadership” (natijaga yoʻnaltirilgan liderlik), “continuous quality improvement” (sifatning uzluksiz takomillashuvi) tamoyillari asosida olib borishga xizmat qiladi[8]. Bu esa maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshqaruvning anʼanaviy nazoratga asoslangan modelidan ilmiy tahlilga tayangan, strategik rivojlanishga yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimiga oʻtishga imkon yaratadi.
Kengroq maʼnoda olib qaralganda, “Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti”ga qoʻyiladigan talablar va baholash mezonlari maktabgacha taʼlim tizimini modernizatsiya qilishning muhim tarkibiy qismi boʻlib, u taʼlim sifatini oshirish, pedagoglar malakasini rivojlantirish, ota-onalar ishonchini mustahkamlash, taʼlim muassasalarining masʼuliyatini kuchaytirish va ularni uzluksiz yangilanib borishga undovchi mexanizmdir[4]. Tizimning joriy etilishi orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati bir maromdagi nazorat emas, balki ularning rivojlanish dinamikasini baholash, faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirishning barqaror tizimi shakllantirilmoqda.
Monitoring natijalari asosida boshqaruv strategiyasi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida monitoring tizimi – bu taʼlim jarayonining sifatini aniqlash, boshqaruv samaradorligini baholash va rivojlantirishni rejalashtirishda asosiy manba boʻlib xizmat qiladigan ilmiy-analitik jarayondir. Monitoring natijalari asosida ishlab chiqilgan boshqaruv strategiyasi tashkilotning bugungi holati, mavjud imkoniyatlar va ehtiyojlar asosida ilmiy asoslangan, obyektiv va istiqbolli qarorlar qabul qilishga imkon beradi.
Zamonaviy taʼlim boshqaruv nazariyalarida monitoring maʼlumotlari “boshqaruvning yuragi” (core of management) sifatida qaraladi. Chunki faktlar va dalillarga tayanmagan qaror – samarasiz, resurslarni isrof qiladigan, qisqa muddatli taʼsirga ega boʻladi. Shuning uchun maktabgacha taʼlim tizimida monitoring natijalari asosida ochiq, shaffof va tizimli boshqaruv strategiyasini yaratish
--⊱⊱ 278 ⊰⊰-- taʼlim sifati oshishining asosiy omilidir. Quyida monitoring natijalari asosida shakllantiriladigan strategik yoʻnalishlar batafsil yoritiladi.
1. Diagnostika asosida rivojlantirish rejalarini tuzish.
Monitoringning eng muhim vazifalaridan biri – mavjud holatni aniq aks ettirishidir. Natijalar tahlili asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻzining qisqa, oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish rejalarini ishlab chiqadi.
Diagnostika quyidagilarni aniqlaydi:
taʼlim-tarbiya jarayonidagi boʻshliqlar;
pedagogiklarning mahorat darajasidagi farqlar;
taʼlim muhitini sifatli tashkil etishdagi kamchiliklar;
hamkorlikdagi sustliklar;
boshqaruvdagi tashkilotchilik muammolari;
bolalarning rivojlanishda orqada qolishlar.
Monitoring natijasida aniqlangan har bir muammoning asosiy sabablari aniqlanadi.
Misol uchun: Bolalarning nutq rivojlanishida ortda qolishi.
Amaliy monitoring natijalari shuni koʻrsatdiki, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning nutq rivojlanishi boshqa rivojlanish sohalariga nisbatan pastroq koʻrsatkichni tashkil etmoqda. Tahlil jarayonida ushbu holatga olib kelayotgan bir qator tizimli va tashkiliy omillar aniqlandi.
Mazkur muammoni yuzaga keltirayotgan asosiy sabablar quyidagilardir:
tarbiyachining nutq rivojlantirish metodikasi boʻyicha malakasining pastligi;
defektolog tomonidan korreksion mashgʻulotlarning yoʻlga qoʻyilmaganligi;
guruh xonasidagi “Til va nutq rivojlantirish markazi”ning yetarlicha jihozlanmaganligi;
ota-onalarning nutqiy rivojlanish boʻyicha yetarli pedagogik xabardor emasligi.
Yuqoridagi sabablar natijasida bolalarda quyidagi muammolar kuzatilmoqda:
❖ soʻz boyligining kamligi;
❖ toʻliq gap tuzishda qiynalishi;
❖ talaffuzdagi nuqsonlar;
❖ muloqotga kirisha olmaslik;
❖ mustaqil fikrni ifodalashda cheklanganlik;
❖ maktabga tayyorgarlikning past darajasi.
2. Strategik rivojlantirish rejasi 4 yoʻnalish boʻyicha shakllanadi:
➢ pedagogika,
➢ boshqaruv,
➢ taʼlim muhiti,
➢ jamoatchilik bilan hamkorlik.
Singapur va Finlyandiyada har bir maktabgacha taʼlim tashkilotlari yillik ish rejalarini (School Improvement Plan (SIP)) aynan monitoring natijalariga tayanib ishlab chiqadi. [9]
Monitoringga asoslangan boshqaruv strategiyasi maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlantirishning asosiy omilidir. Reyting tizimi orqali ta’lim jarayoni, kadrlar salohiyati, ta’lim muhiti va hamkorlik kabi yo‘nalishlar standartlashtirilgan, raqamlashtirilgan indikatorlar asosida baholanadi. Bu yondashuv subyektivlikni kamaytirib, boshqaruvni ilmiy asosda tashkil etish, tahliliy qarorlar qabul qilish va ta’lim sifatini uzluksiz oshirish imkonini beradi.
Monitoring natijalari strategik rejalashtirish, pedagogik jarayonni takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda jamoatchilik ishonchini mustahkamlashda muhim axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Xalqaro tajriba – Singapur, Finlandiya, Yaponiya va Kanada amaliyotlari – monitoring
--⊱⊱ 279 ⊰⊰-- va ilmiy boshqaruvning sifatni oshirishdagi samaradorligini tasdiqlaydi[9]. “Zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti”ga qoʻyiladigan talablar va baholash mezonlari ushbu ilg‘or tajribalar bilan uyg‘unlashib, maktabgacha ta’limni xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga zamin yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-152-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ4312-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4884-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 28-avgustdagi “2025-2026-oʻquv yilida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining reytingini shakllantirish toʻgʻrisida”gi 316-sonli buyrugʻi.
5. OECD. “Starting Strong: Early Childhood Education and Care Monitoring Framework”. – Paris, 2020.
6. UNESCO. “Early Childhood Care and Education Quality Standards”. – Paris, 2019.
7. NAEYC. “Program Standards and Accreditation Criteria”. – Washington, 2021.
8. OECD (2024). Quality assurance and improvement in the early education and care sector. Parij: OECD Publishing.
9. A’zamova M.N., Sotimova B.M. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini xorijiy tajribalar asosida boshqarishga zamonaviy yondashuvlar. Republican scientific and practical conference “problems and solutions of the competency-based approach in preschool education”, may 6-7, 2025. 304-308 b.
10. Valiyeva Feruza Rashidovna, Abdunazarova Nargiza Fatxullayevna, Zakirov Alisher Akbarovich. The importance of ensuring the mental, physical, spiritual, spiritual development of educators of pre-school educational organizations. PhD. Valieva Feruza Rashidovna //Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume 12, Issue 8. July. 2021:6919.
11. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity Research eISSN:2771-2141Pages:152-158|Crossref DOI:https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume04Issue02-23 Published Date: 2024-02-29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548
12. Abdullayeva N.Sh. Мактабгача таълимда самарали бошқарув: таълим сифати ва кўрсаткичи омили сифатида// Maktabgacha talimда сифат ва самарадорлик: rivojlanиш истиқболлари: amaliyot va xorijiy tajriba" mavzusida МТТДМҚТМОИ xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plami 4-5 декабрь 2024 йил Б 39-40
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.