--⊱⊱ 286 ⊰⊰--
BOSHQARISH TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISH
Boltayev Ahmad Rustamjonovich
MTTDMQTMOI mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida byudjetdan tashqari moliyaviy resurslarni boshqarishning mavjud holati va uni takomillashtirish imkoniyatlari tadqiq etildi. Ilmiy-nazariy manbalar, xorijiy tajribalar va milliy amaliyot tahlili asosida byudjetdan tashqari mablagʻlar mohiyati, ularning tuzilmaviy turlari hamda shakllanish xususiyatlari yoritildi.
Kalit soʻzlar: pedagogik boshqaruv, moliyaviy avtonomiya, byudjetdan tashqari mablagʻlar, maktabgacha taʼlim, moliyaviy menejment, jamoat-shakildagi sheriklik.
Abstract
This article examines the current state of managing off-budget financial resources in preschool education institutions and explores opportunities for improving this management. Based on the analysis of scientific and theoretical sources, foreign experience, and national practices, the study highlights the essence of off-budget funds, their structural types, and the characteristics of their formation.
Keywords: pedagogical management, financial autonomy, off-budget funds, preschool education, financial management, public-private partnership.
Maktabgacha taʼlim sohasi jamiyatning barqaror va izchil rivojlanishi uchun asos boʻlib, har bir mamlakat oʻzining kelajak intellektual salohiyatini shakllantirishda aynan bolalarning ilk taʼlimtarbiyasiga katta eʼtibor qaratmoqda. Oʻzbekistonda ham 2019 yilda qabul qilingan «2030 yilgacha maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi»da maktabgacha taʼlim qamrovini oshirish, moliyalashtirishni amaldagidek darajada saqlash va yangi mablagʻlash tartiblarini joriy etish, moliyaviy nazoratni kuchaytirish kabi vazifalar belgilangan. Bu esa sohani mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb ekanligini koʻrsatadi. Davlat tomonidan sohaga katta eʼtibor qaratilib, umumiy davlat byudjeti xarajatlarining katta qismi taʼlim sohasiga yoʻnaltirilgan boʻlsa-da, maktabgacha taʼlimda bolalarni qamrab olish darajasi pastligicha qolmoqda va sohani kengaytirish uchun hukumat tomonidan byudjetidan tashqari qoʻshimcha resurslarni jalb etish zarurligi taʼkidlandi. Joriy islohotlar doirasida Prezidentning 2017-yil 9-sentyabrdagi PQ–3261-son qarori va 2017-yil 30-sentyabrdagi PF–5198-son farmoni bilan maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish choralari koʻrildi. Jumladan, davlat-xususiy sherikchiligi asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirishga sharoit yaratildi. Bunda maktabgacha taʼlim tizimida moliyaviy mustaqillik tamoyillarini joriy etishga zamin yaratilmoqda.
Maqolada meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va ilmiy manbalar tahlili usullari qoʻllanilib, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablagʻlarni boshqarishga oid mavjud holat tahlil qilindi. Xorijiy tajriba sifatida Rossiya maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi byudjetdan tashqari faoliyatni tashkil etish amaliyoti oʻrganildi. Masalan, Rossiyada bolalar bogʻchalari oʻz ustavlarida qaysi turdagi toʻlovli xizmatlarni koʻrsatishi mumkinligini aniq belgilab qoʻyishi, har bir mablagʻ
--⊱⊱ 287 ⊰⊰-- manbasi boʻyicha daromadlar-sarflar smetasini tayyorlashi hamda ichki nizom orqali byudjetdan tashqari daromadlarni taqsimlash tartibini belgilashi talab etiladi. Shuningdek, har bir byudjetdan tashqari faoliyat yoʻnalishi uchun masʼul kadrlarni belgilash, ularni tegishli meʼyoriy talablar boʻyicha oʻqitish va mablagʻlarni sarf etishning maqsadliligi ustidan muntazam ichki nazorat oʻrnatish zarurligi taʼkidlanadi. Byudjetdan tashqari daromadlarni soliqqa tortish va ular boʻyicha hisobot yuritish ishlari ham qonunchilikka muvofiq oʻz vaqtida amalga oshirilishi lozim.
Ushbu tadqiqot doirasida maktabgacha taʼlim tashkilotida byudjetdan tashqari mablagʻlarni boshqarish mexanizmini takomillashtirish uchun zarur boʻlgan asosiy elementlar va jarayonlar taʼkidlab oʻtildi. Ular quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1. Rejalashtirish va smeta tuzish. Maktabgacha taʼlim tashkiloti yil avvalida oʻzining byudjetdan tashqari daromad va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi. Unda har bir ehtimoliy mablagʻ manbasi (ota-ona toʻlovlari, qoʻshimcha xizmatlar, homiylik va h.k.) boʻyicha tushum prognozi va ularning sarflanish yoʻnalishlari aniq rejalashtiriladi. Smeta tegishli tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi .
2. Mablagʻlarni jalb etish (amaliy faoliyat). Tasdiqlangan rejaga muvofiq, muassasa qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, toʻgaraklar tashkil etish, zal va xonalarni ijaraga berish kabi faoliyatlar orqali daromad oladi. Bunda har bir faoliyat turi boʻyicha alohida hisob yuritiladi va shartnomalar tuzilib, mablagʻlarni qabul qilish jarayoni rasmiylashtiriladi.
3. Taqsimlash va sarflash. Byudjetdan tashqari daromadlar tushumi amalga oshgach, ularning taqsimoti belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Avvalo, ushbu daromadni olish uchun qilingan xarajatlar (masalan, toʻgarak ustozlariga haq toʻlash, resurslar xaridi) qoplanadi. Keyin, qolgan foyda mablagʻlari muassasaning rivojlanishi uchun qayta investitsiya qilinadi. Jumladan, moddiy-texnik bazani yaxshilash, xodimlarni ragʻbatlantirish yoki taʼlim jarayonini takomillashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda taqsimot muassasa kengashi yoki vasiylik kengashi bilan kelishiladi.
4. Hisobot va nazorat. Mablagʻlar harakati boʻyicha ichki buxgalteriya hisobi yuritiladi hamda har chorakda muassasa rahbariyati byudjetdan tashqari mablagʻlar daromadlari va sarflanishi toʻgʻrisida hisobot tayyorlab, taʼsischi va vasiylik organlariga taqdim etadi. Shuningdek, soliq toʻlovlari oʻz vaqtida va toʻliq ado etilishi taʼminlanadi. Byudjetdan tashqari mablagʻlardan foydalanish samaradorligi ichki auditorlar tomonidan tahlil qilinib, zarur hollarda tegishli tuzatish takliflari kiritiladi.
Yuqorida sanab oʻtilgan tarkibiy qismlar byudjetdan tashqari mablagʻlarni boshqarish mexanizmining asosiy boʻgʻinlari boʻlib, ularning uzviy amal qilinishi orqali moliyaviy resurslarni maqsadli va samarali yoʻnaltirish imkoniyati oshadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son qarori bilan tasdiqlangan “2030-yilgacha maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi PQ–3261-son qarori “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”.
4. Kuznetsova S.V., Ilchenko A.N. (2008). Problemы finansirovaniya doshkolnыx obrazovatelnыx uchrejdeniy. Sovremennыe naukoyemkiye texnologii, №4, str. 170–172.
--⊱⊱ 288 ⊰⊰--
5. Yanson M.M. (2021). Istochniki finansirovaniya modernizatsii materialno-texnicheskoy bazы gosudarstvennыx byudjetnыx obщeobrazovatelnыx i doshkolnыx obrazovatelnыx uchrejdeniy v g. Sankt-Peterburg. Molodoy uchenыy, №2 (344), str. 288–292.
6. Nazarov X.B. (2020). Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish samaradorligini baholash usullari. Science and Education ilmiy jurnali, 1(2).
7. Samsonova N.V. (2024). Formы i metodы privlecheniya vnebyudjetnыx sredstv (iz opыta rabotы). Obrazovatelnaya sotsialnaya set nsportal.ru, publikatsiya ot 12.02.2024.
8. UNICEF Uzbekistan (2021). Mobilizing additional resources for education sector financing. (Tahliliy hisobot, UNICEF Oʻzbekiston).
9. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior preschoolers// International Conference“Process Management and Scientific Developments” Birmingham, United Kingdom 2019 B 91-95
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.