--⊱⊱ 209 ⊰⊰--
MILLIY ISLOHOTLAR VA XALQARO TAJRIBANING UYGʻUNLIGI
Isxakova Mavlyuda Raxmanovna
MTTDMQTMO instituti
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi
dotsenti, p.f.f.d. (PhD)
Annotatsiya. Mazkur tezisda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oila, mahalla, jamoatchilik tashkilotlari, davlat muassasalari hamda xususiy sektor bilan innovatsion hamkorligining yangi modellari yoritiladi. Hamkorlikning ko‘p darajali tizimi, ijtimoiy sheriklik mexanizmlari, resurs almashinuvi va integratsiyalashgan yondashuvlar orqali maktabgacha taʼlim sifatini oshirish masalalari ilmiy-amaliy asosda tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, innovatsion hamkorlik, oila-bog‘cha hamkorligi, mahalla bilan sheriklik, jamoatchilik tashkilotlari, davlat tashkilotlari, xususiy sektor, ijtimoiy sheriklik, integratsiyalashgan boshqaruv, raqamli hamkorlik, resurs almashinuvi, ta’lim sifati, ko‘p darajali hamkorlik modeli.
Аннотatsiя. В данной тезисной работе раскрываются новые модели инновatsiонного сотрудничества дошкольных образовательных организatsiй с семьёй, махаллёй, общественными объединениями, государственными учреждениями и частным сектором. Научно-практически анализируются вопросы повышения качества дошкольного образования за счёт многоуровневой системы партнёрства, механизмов общественного сотрудничества, обмена ресурсами и интегрированного подхода.
Ключевые слова: дошкольное образование, инновatsiонное сотрудничество, взаимодействие с семьёй, партнёрство с махаллей, общественные организatsiи, государственные учреждения, частный сектор, социальное партнёрство, интегрированное управление, цифровое взаимодействие, обмен ресурсами, качество образования, многоуровневая модель сотрудничества.
Annotation. This thesis presents new models of innovative collaboration between preschool educational institutions and families, community (mahalla) structures, public organizations, governmental institutions, and the private sector. It provides a scientific and practical analysis of improving the quality of preschool education through a multi-level partnership system, mechanisms of social cooperation, resource sharing, and integrated approaches.
Keywords: preschool education, innovative collaboration, family–preschool partnership, community (mahalla) cooperation, public organizations, government agencies, private sector, social partnership, integrated management, digital collaboration, resource sharing, education quality, multilevel partnership model.
XXI asrning raqamli iqtisodiyoti va globallashuv jarayonlari taʼlim tizimi oldiga tamomila yangi vazifalarni qoʻymoqda. Maktabgacha taʼlim bu jarayonning boshlang‘ich bo‘g‘ini sifatida bolalarning intellektual, ijtimoiy-emotsional, jismoniy va nutqiy rivojlanishida asosiy poydevor vazifasini bajaradi. Shu bois maktabgacha ta’limni yangicha boshqarish, samarali hamkorlik mexanizmlarini yaratish va tizimni xalqaro standartlar asosida transformatsiya qilish O‘zbekistonda olib borilayotgan milliy islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda.
--⊱⊱ 210 ⊰⊰--
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim qamrovining kengayishi, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonining ortishi, pedagoglarning kasbiy rivojlanishi uchun yangi modelning joriy etilishi, raqamli boshqaruv tizimlarining shakllanishi tizim sifatining yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qilmoqda. Biroq, transformatsiya jarayoni boshqaruvning innovatsion metodlarini yanada takomillashtirishni, samarali monitoring, malaka oshirish va hamkorlik mexanizmlarining ilmiy asoslangan modelini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Shu nuqtayi nazardan mazkur tezis maktabgacha ta’limni boshqarishning yangi modellari, xalqaro amaliyotdan o‘rinli foydalanish hamda milliy islohotlar bilan uyg‘unlashtirish masalalariga qaratilgan.
Transformatsiya davrida raqamli boshqaruv taʼlim jarayonining samaradorligi, shaffofligi va sifat ko‘rsatkichlarini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. So‘nggi yillarda joriy etilgan elektron navbat tizimlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yagona elektron platformasi, bolalar rivojlanish monitoringi bo‘yicha raqamli vositalar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishga xizmat qilmoqda.
Raqamli boshqaruv modeli quyidagi ustunliklarni yaratadi:
1. Maʼlumotlar asosidagi qaror qabul qilish – real vaqt rejimidagi statistik tahlillar.
2. Sifat monitoringi – pedagoglarning faoliyati, bolalar rivojlanish ko‘rsatkichlari va o‘quv dasturlarining bajarilishini muntazam nazorat qilish.
3. Ota-onalar bilan tezkor aloqadorlik – mobil ilovalar orqali bolalar rivoji haqida muntazam maʼlumot berish.
Zamonaviy boshqaruv jarayonida rahbarning endi faqat maʼmuriy ko‘nikmalar bilan cheklanib qolishi yetarli emas. Direktorlar va mutaxassislardan quyidagi professional kompetensiyalar talab etiladi:
• strategik rejalashtirish
• jamoani boshqarish va motivatsiya berish
• inklyuziv taʼlimni tashkil etish bo‘yicha bilimlar
• ta’lim jarayonini monitoring qilish
• mahalliy va xalqaro loyihalarda ishtirok etish.
Shu bois direktor va mutaxassislar malakasini oshirish institutida yangi modulli dasturlar joriy etilishi boshqaruv kadrlari salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Tizimda DXSH modeli jadal rivojlanib, qisqa vaqt ichida qamrov darajasining oshishiga katta hissa qo‘shdi. Bugungi kunda ushbu modelning quyidagi afzalliklarini qayd etish o‘rinli:
• zamonaviy infratuzilmaga ega maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tezkor yaratish;
• byudjet xarajatlarini optimallashtirish;
• raqobat muhiti tufayli taʼlim sifati oshishi;
• xususiy sektorning innovatsion yondashuvlarini olib kirishi.
Maktabgacha ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi muhim omil — oila, jamoatchilik va taʼlim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning uzluksizligi. Ushbu yangi model quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ota-onalar uchun pedagogik seminarlar; mahalla va NNTlar bilan ijtimoiy hamkorlik; ijtimoiy loyihalar orqali bolalarni qo‘llab-quvvatlash; oilaviy pedagogika markazlarini yo‘lga qo‘yish.
--⊱⊱ 211 ⊰⊰--
Maktabgacha taʼlimni transformatsiyalashda xalqaro tajriba bilan integratsiya jarayoni alohida ahamiyatga ega. UNESCO, UNICEF, JICA, KOICA va boshqa tashkilotlarning metodik yondashuvlari quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llanilmoqda:
• sifat standartlarini uyg‘unlashtirish,
• inkluziv taʼlimni rivojlantirish,
• pedagoglar malakasini oshirish dasturlarini moslashtirish.
Xalqaro tajribalarining O‘zbekiston milliy islohotlari uygʻunligini Finlandiya tajribasida ko‘rish mumkin. Maktabgacha ta’limning asosiy tamoyili — o‘yin orqali o‘qitish, bolaning mustaqil tajribasini shakllantirish va rivojlanish bosqichiga mos yondashuvdir. O‘zbekistonda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga o‘yin texnologiyalarini keng joriy etish ushbu modelning milliy variantini yaratish imkonini bermoqda.
Yaponiyaning “Kodomo en” modeli maktabgacha ta’limda tarbiya va ta’lim jarayonining uyg‘unligi, shuningdek, ota-onalar bilan yaqin hamkorlik tamoyili O‘zbekistonda joriy etilayotgan “oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari” modeliga o‘xshash yondashuvlarni asoslab beradi.
AQSh maktabgacha taʼlimida STEM yondashuvi, ko‘p sensorli o‘yinlar, tajriba asosidagi o‘qitish orqali bolalarda ijodkorlik va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratiladi. O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEM burchaklarining kengayishi xalqaro standartlarga mos keluvchi muhit yaratmoqda.
Konferensiya doirasida muhokama qilinishi kutilayotgan asosiy yo‘nalishlardan biri — rahbar kadrlar uchun modul asosidagi kasbiy rivojlanish ekotizimidir. Ushbu tizim quyidagi bloklardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq:
1. Raqamli savodxonlik va boshqaruv analitikasi
2. Liderlik va jamoani rivojlantirish kompetensiyalari
3. Muntazam o‘rganish (lifelong learning) modeli
4. Xalqaro amaliyot asosida boshqaruv loyihalarini ishlab chiqish
5. Monitoring va baholash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar
Mazkur model direktor va mutaxassislar malakasini oshirish institutining yangi avlod o‘quv dasturlarini shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
--⊱⊱ 212 ⊰⊰--
Maktabgacha taʼlim tizimini transformatsiyalash sharoitida boshqarish modeli, hamkorlikning yangi mexanizmlari, raqamli boshqaruv tizimlari va xalqaro tajribani milliy islohotlar bilan uyg‘unlashtirish o‘zaro chambarchas bog‘liq jarayondir.
Taklif etilgan innovatsion boshqaruv modeli quyidagi natijalarga erishishga xizmat qiladi:
- taʼlim sifatining oshishi
- pedagoglar malakasining tizimli ravishda rivojlanishi
- bolalar rivojlanish monitoringining aniq va shaffof yuritilishi
- oila–MTT–hamjamiyat integratsiyasining mustahkamlanishi
- maktabgacha taʼlimning xalqaro standartlarga moslashuvi.
Ushbu tezisda ilgari surilgan yondashuvlar direktor va mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari boshqaruvini modernizatsiya qilish hamda xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish orqali maktabgacha taʼlim tizimida sifat jihatidan yangi bosqichni shakllantirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2024 yildagi PQ-231-son qarori
2. “Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”di Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.04.2025 yildagi PQ-152-son qarori
3. Maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.12.2024 yildagi VMQ-848-son qarori
4. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish, ularga menejerlik sertifikatini berish va nomzodlarni lavozimga tayinlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024 yildagi 531-son qarori
5. O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat o`quv dasturi (takomillashtirilgan 2-nasr) Toshkent-2022y.
6. Mualliflar guruhi. “Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik” Metodik qo`llanma (birinchi nashr) Toshkent-2020 y.
7. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643- 9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI: 10.47191/ijmra/v3-i12- 09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323
8. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical possibilities of design activity in the process of increasing the qualification of preschool workers// European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8 Number 1 2020 Page 90-95 bet
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.