--⊱⊱ 467 ⊰⊰--
INNOVATSION USULLARI
Karimova Munisa Shukrullayevna
Toshkent shahar Uchtepa tumani 396- DMTT
Oʻqituvchi logoped
Nazarova Durdona Kuchkarovna
Toshkent shahar Yashnobod tumani 370-
DMTT Oʻqituvchi logoped Annotatsiya
Maqolada maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni sogʻlomlashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar keltirib oʻtilgan boʻlib bu ilmiy nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek bolalarni sogʻlomlashtirishda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yuzaga kelayotgan muammolar jihozlash muammolarining mavjudligi boʻyicha amaliy takliflar ilgari surilgan.
Kalit soʻzlar: qobiliyat, tana aʼzolari, sogʻlom turmush tarzi, jismoniy tarbiya.
INNOVATIVE METHODS OF HEALTH CARE FOR PRESCHOOL CHILDREN
Annatation
In the article, proposals and recommendations for the health care of children of preschool age are given and analyzed from a scientific theoretical point of view. Also, practical proposals were put forward regarding the existence of equipment problems that arise in preschool educational organizations in the health care of children.
Key words: ability, body parts, healthy lifestyle, physical education.
Hozirgi kunda taʼlim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilishining boisi – iymoni, eʼtiqodli va axloqiy fazilatlari, milliy masʼuliyat tuygʻusi qalbida chuqur ildiz otgan, maʼnaviy barkamol fuqarolarga ega mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak maʼnaviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad koʻtaradi. Boshqacha aytganda maʼnaviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar.
Shuning uchun mustaqillikning ilk yillaridan boshlab yoshlarni har tomonlama barkamol avlod etib tarbiyalash davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilab olindi.
Aytish joiz, yozgi sogʻlomlashtirish dam olish maskanlari vazifasini oʻtasa ham, u yerda oʻtkaziladigan va olib boriladigan har bir ish bola dunyoqarashini boyitish, ijodiy qobiliyatini shakllantirish, uning har tomonlama maʼnaviy kamol topishiga yordam beruvchi asosiy tarbiya manbai boʻlib xizmat qilishi kerak. Buning uchun esa oromgohda faoliyat koʻrsatayotgan barcha tarbiyachi va yetakchilar yoz davomida oʻz mahoratlarini toʻla namoyon etib, bola shaxsiga yaqindan yondoshishlari, undagi insoniylik va ijobiy xislatlarni shakllantirishga turtki boʻluvchi qiziqarli ishlar majmuasini tashkil etishlari lozim.
--⊱⊱ 468 ⊰⊰--
Bolalar va oʻsmirlarning yozgi sogʻlomlashtirish davri muayyan aniq belgilangan muddat va sharoitda oʻtkazilib, taʼlim tizimining bir qismi boʻlmogʻi va maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya izchilligini taʼminlashi lozim.
Bu davrning oʻziga xosligi – barcha bolalarning erkin ravishda oʻz qobiliyatlarini toʻliq namoyon etishlari uchun katta imkoniyat yaratishi hamda oʻquv yili davomida oʻquv yuklamalarini oʻzlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan jismoniy, aqliy va ruhiy-emotsional zoʻriqishlarni bartaraf qilish, bolalarning yangi oʻquv yiliga lozim boʻlgan tayyorgarlik bilan kelishlarini taʼminlashi bilan xarakterlanadi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning sogʻlom oʻsishi va mavjud muammolarga qaramasdan jismonan, maʼnan, aqliy va axloqiy jihatdan komil inson boʻlib yetishini taʼminlash maqsadida bolalar sogʻligini asrash, avaylash, mustahkamlash asosida taʼlim tarbiya jarayoniga yangicha yondashish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Tana aʼzolari va organlari haqida 6-7 yoshli bolalarga tushuncha hosil qiladilar va shu qoidalarga rioya qiladi. Tana aʼzolari bola uchun tushuncha hosil boʻladi.
Mashgʻulotlar bolalarga sergak tushuncha boʻlishi uchun boʻlimlarga ajratilgan.
Uslubiy tavsiyani yozishdan maqsad: Bolalarda insonning tuzilishi haqidagi tasavvurlarini shakllantirish. Sogʻlom boʻlish istagini rivojlantiring. Vazifalar: Rivojlanayotgan: bolalarda oʻzlari, tanasi haqida gʻoyalarni rivojlantirish; dialogik nutqni faollashtirish; ijodiy fikrlashni, eʼtiborni, tasavvurni, fantaziyani, oʻzboshimchalik bilan xotirani rivojlantirish; soʻzlarni harakatlar bilan bogʻlash qobiliyatini rivojlantirish. Tarbiyaviy: sogʻlom turmush tarzini shakllantirish; bir-birini tinglash qobiliyati, kattalar. Talabalar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni rivojlantirishni davom eting; quvnoq kayfiyatni yaratish. Tarbiyaviy: tananing qismlarini aniqlash va toʻgʻri nomlashni oʻrganish; Tananing alohida qismlarining maqsadi haqida bilimlarni mustahkamlash. Material: odamning surati va tananing bir qismi, jirafa haqidagi qoʻshiqning audio yozuvi. Dastlabki ish: inson tanasi tasvirlangan rasmlarni koʻrish, his aʼzolarini oʻz ustida koʻrsatish, sogʻlom turmush tarzi haqida gapirish; didaktik oʻyin “Kichkina odamni toʻplang”.
Maktabgacha yoshdagi 6-7 yoshli bolalar uchun “Ilk Qadam” davlat oʻquv dasturi asosida mashgʻulot tashkil qilishdagi namunaviy jadval.
Yanvar oyi 3- haftasi
Mavzu: Men va mening tanam
Hafta kunlari Mavzular Markazlar
Dushanba 1. Men va mening kayfiyatim
2. Bosh miya
Seshanba 1. Yurak qanday ishlaydi
2. Men eshitayapman
Jismoniy tarbiya
mashgʻuloti
Chorshanba 1. Men rangin olamni
koʻryapman
2. Men sezayapman
Fan va tabiyat
Payshanba 1. Chiroyli qomat
2. Qoʻli gul bolalar
Sanʼat markazi
--⊱⊱ 469 ⊰⊰--
Juma 1. Oyoqlarni parvarishlash
2. Nafas olayapman,
yashayapman
3. Hazm qilish organlari
Fan va tbiyat
Men va mening kayfiyatim mavzusida quidagi yoʻnalishlar boʻyicha maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni kayfiyatini xarakterini koʻtarishni intensiv usullarini qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Yangi maʼlumot: Inson turli holat va faoliyatda boʻlishi mumkin.Masalan u uxlaydi, ishlaydi,yuradi, oʻqiydi. Uning kayfiyati ham har xil boʻlishi mumkin. Yaxshi kayfiyat insoning ham, uning chehrasini ham bezaydi. Sogʻlom, istak va hohishlarni qondirgan insoning kayfiyati yaxshi bnoʻladi.
Kayfiyat: Har xil quvnoq va gʻamgin, koʻtarinki yoki tushkun, tetik va soʻlgʻin boʻlishi mumkin.
1-topshiriq. Bolarning yuz tasviri aks ettirilgan rasmlar asosida har bir odamning kayfiyati izohlanadi.
Maqsad: bolalarni inson kayfiyatini ilgʻab olishga,sezishgfa oʻrgatish.
2. Savol-javob:-Tarbiyachi:-bolalar nima sababdan kayfiyatimiz buziladi?
B-J:(yomgʻir yogʻib,koʻchaga sayrga chiqa olmaslik, sevimli oʻyinchoqni yoʻqotib qoʻyish, doʻst bilan arazlashib qolish)
Tarbiyachi:-Qanday xodisalar kayfiyatimizni koʻtaradi?
B-J:(Sayirga chiqish, begʻubor osmon, yaxshi kun, uyga mehmon kelishi, uyda hamma choyga toʻplanib oʻtirishi,sovgʻa olish, multfilim koʻrish)
Tarbiyachi:-Doʻstigiz kayfiyati buzilsa,nima qilish kerak?
B-J:(Unga yaxshi sozlash kerak,u bilan doʻst bolish kerak, sheʼr yoki qoʻshiq aytib berish, qiziq gaplar, hikoya aytib berish).
3.Musiqa tinglash. Bolalarga oʻzbek mumtoz kuylardan birini tinglashni taklif etish. Bolalar kuyni tinglaydilar .
Tabiyachi:Bolalar, kuy qanday ekan?B-J: (Ohangraboli, dilkash, maʼyus, quvnoq, shoʻx);
Tabiyachi:-Kuyni eshitib, nima haqda oʻyladingiz?
B-J:(Onasiga injiqlik qilganini, ortogʻni xafa qilgani, bulutlar haqida, buvijonim haqida, kasal boʻlib qolgan akam haqida).
Tarbiyachi:-Mana, koʻrdingizmi musiqa ham insonga kayfiyat bagʻishlar ekan. U ham bizga ruhan hamohang boʻlishi mumkin ekan. Shuning uchun ham, musiqa har doim bayramlarimiz, tadbirlarimiz va koʻngil ochish damlarimizda bizga hamroh boʻladi.
4. Yaxshi koʻrgan mashgʻulotim.Tarbiyachi:- Bolalar, yaxshi kayfiyatimizga mos qilib, oʻzingiz sevgan faoliyatni tanlang. (qalam, plastin, qogʻoz beriladi.)
Yakun. Bolalar, kayfiyatimiz yaxshimi? Xursandman. Shunday kayfiyat bilan uyga boring, ota-onangizning ham kayfiyatini koʻtaring.
Xulosa qilib aytganda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning sogʻlom oʻsishi va mavjud muammolarga qaramasdan jismonan, maʼnan, aqliy va axloqiy jihatdan komil inson boʻlib yetishini taʼminlash maqsadida bolalar sogʻligini asrash, avaylash, mustahkamlash asosida taʼlim tarbiya jarayoniga yangicha yondashish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun quyida maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog xodimlari uchun sogʻlikka mustahkamlovchi taʼlim texnologiyalarini tavsiya etamiz.
--⊱⊱ 470 ⊰⊰--
Tarbiyalanuvchilarning sogʻligini yuqori darajaga olib chiqish, ularda inson sogʻligi va hayotini muhofaza qilishga doir tushunchalarni shakllantirish, ularga sogʻlom turmush madaniyati, mustaqil va samarali sogʻlom hayot tarzini, birinchi tibbiy yordam, oʻz-oʻziga yordam berish va boshqalarga yordamlashishni oʻrgatish.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarda yozgi sogʻlomlashtirish oylarida jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini toʻgʻri tashkil qilish va mashgʻulotlarni toʻgʻri oʻtkazish uni samarali hal etish nihoyatda muhim sanaladi. Mashgʻulotlarni toʻgʻri tashkil etilsa, qiziqarli, ibratli jihatlari oshirilsa, bolalarning oʻz vaqtida dam olishlariga eʼtibor qaratilsagina jismoniy tarbiya mashgʻulotlarning samaradorligi ortib boradi. Jismoniy tarbiya mashgʻulotlarida mashq va oʻyinlarning toʻgʻri taqsimlanishi oʻta muhimdir. Bunda mashgʻulotning asosiy vazifasini ajratish lozim, uning mazmuni koʻzda tutgan maqsadini hisobga olib, bola tanasining maʼlum qismlariga har tomonlama taʼsir oʻtkazish zarur. Shu jumladan mashgʻulotlarning unumdorligini oshirish maqsadida turli mashqlarni bir-biriga bogʻlab olib borish juda muhimdir. Jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini rejalashtirganda harakat tartibini va takroriyligini, vazifasini toʻgʻri taqsimlash va bolalarni guruhlarga uyushtirishning aniq va oqilona usullari koʻzda tutiladi.
Foydalangan adabiyotlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2019 yil 8 may PQ-4312 sonli qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Qarori
3. N.Urazova “Mening tana aʼzolarim” uslubiy tavsiya (6-7 – Yoshli bolalar uchun)
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.