--⊱⊱ 464 ⊰⊰--
SUNʼIY INTELLEKTDAN FOYDALANISH
Karimova Hamidaxon Arabboy
Andijon viloyati Marhamat tumani 4-
son DMTT Til oʻqituvchisi qizi
karimovahamidakhon@gmail.com
Annotatsiya
Mazkur maqolada, maktabgacha taʼlim muassasalarida innovatsiyalar, sunʼiy idrok texnologiyalaridan samarali foydalanish,uning oʻrganuvchilarga ijobiy taʼsiri va afzalliklari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Bundan tashqari, tadqiqotda raqamli taʼlim vositalarining bolalar rivojlanishiga taʼsiri, pedagogik jarayonda sunʼiy intellektning oʻrni va afzalliklari yoritilgan. Kalit soʻzlar: Sunʼiy intellect, interektiv metod, usul, pedagogik jarayon, texnologiyalar, Kahoot.
Annotation
In this article, innovations in preschool education institutions and the effective use of artificial intelligence technologies, their positive impact on learners, and their advantages are scientifically analyzed. In addition, the study highlights the influence of digital learning tools on childrenʼs development, as well as the role and benefits of artificial intelligence in the pedagogical process. Keywords: Artificial intelligence, interactive method, approach, pedagogical process, technologies, Kahoot
Аннотация
В данной статье научно проанализированы инновации в дошкольных образовательных учреждениях, эффективное использование технологий искусственного интеллекта, их положительное влияние на обучающихся и преимущества. Кроме того, в исследовании раскрыто влияние цифровых образовательных средств на развитие детей, а также роль и преимущества искусственного интеллекта в педагогическом процессе. Ключевые слова: Искусственный интеллект, интерактивный метод, методика, педагогический процесс, технологии, Kahoot
Kirish: Maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlimning dastlabki, yaʼni boshlangʻich poydevori hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi bolani jismoniy va aqlan sogʻlom holda, oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirib, tizimli oʻqitishga tayyorlab borishdan iborat. Maktabgacha taʼlim muassasalari – Oʻzbekiston Respublikasidagi talim muassalarining turi boʻlib, turli yoʻnalishdagi maktabgacha boʻlgan davrdagi umumtalim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha talim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sogʻlomlashtirishni taʼminlaydi20. Maktabgacha taʼlim – bu bolaning jismoniy, hissiy, ijtimoiy va kognitiv rivojlanishida muhim oʻrin tutadigan bosqichdir. Bu davrda bola jamiyat bilan oʻzaro 20 https://info.ziyonet.uz/2/3
--⊱⊱ 465 ⊰⊰-- aloqalarni oʻrganadi, oʻzini ifodalashni boshlaydi va oʻzining shaxs sifatida shakllanishi uchun poydevor yaratadi. Shu bois, maktabgacha taʼlimda innovatsiyalarni joriy etish bugungi taʼlim tizimining ajralmas qismiga aylanmoqda. Hozirgi kunda texnologiyalar barcha sohalarda oʻzgarishlarni keltirib chiqarmoqda, taʼlim tizimi ham bundan mustasno emas. Ayniqsa, sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalari maktabgacha taʼlimda innovatsion metodlarni joriy etish imkonini beradi. Sunʼiy intellektning taʼlimdagi roli nafaqat oʻqituvchilarga yordam berishda, balki bolalar uchun eng samarali taʼlim usullarini yaratishda ham katta oʻrin tutadi. Shuningdek, sunʼiy intellekt taʼlimni shaxsiylashtirish, bolalarning individual ehtiyojlarini hisobga olish, oʻqituvchilarga bolalar rivojlanishini yaxshiroq kuzatish va taʼlim jarayonini samarali boshqarish imkoniyatlarini yaratadi21. Hozirgi davrda SI oʻquv faoliyatini individuallashtirish, bolaning rivojlanish koʻrsatkichlarini analiz qilib borish, taʼlim samaradorligini oshirish kabi dolzarb masalalarda qoʻllanilmoqda[1].
Taʼlimda innovatsiya nima?
Taʼlim jarayonidagi innovatsiya — bu yangilik yaratish, joriy etish va amaliyotda qoʻllash jarayoni boʻlib, maktabgacha taʼlimda innovatsion yondashuvlar bola rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi22. Pedagogik innovatsiyalar mazkur yoʻnalishning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir [2]. Innovatsiya orqali oʻqitish jarayoni oʻqituvchi-pedagog va oʻquvchining oʻzaro munosabatlarini optimallashtiradi. Ushbu vaziyatda har ikki shaxs faol ishtirokchiga aylanishi nazarda tutiladi. Taʼlim jarayonining samaradorligi yuqoridagi oʻzaro munosabatlarning qanday boʻlishiga bogʻliq.
Interaktiv metodlar va raqamli texnologiyalarning bogʻliqligi
Xorijiy til misolida koʻradigan boʻlsak, turli innovatsion va interektiv metodlar bolalarni chet tillariga boʻlgan qiziqishini ortishiga, oson shaklda oʻrganishga yordam berishi mumkin. Zamonaviy taʼlim jarayonida mazkur metod va tyexnologiyalardan foydalanish oʻquvchilarni darsga jalb qilish, hamkorlikda fikrlash, raqobat muhitida bilimlarini mustaxkamlashga yordam beradi. Bu jarayonning samaradorligini oshirishda Kahoot, Linguacom kabi platformalarni misol qilib keltirish mumkin. Kahoot gamifikatsiyalashtirilgan taʼlim platformasi hisoblanadi. Uni nafaqat bogʻcha balki boshqa taʼlim sohalarida ham qoʻʼlash mumkin. U yorqin ranglari, animatsiyalari va qiziqarli elementlari bilan oʻrganuvchining diqqat eʼtiborini tortadi. Kahoot tezkor fikrlashni,alternative variantlarni solishtirishni oʻrgatadi. Murakkab boʻlgan til oʻrganish jarayonini turli mavzulashtirilgan oʻyinlar orqali soddalashtiradi va qiziqarli qiladi. Bundan tashqari guruh va sinfdagi atmosferani jonli qilish va guruhdagi kommunikatsiyani takomillashtirishga yordam beradi. Shu jumladan, bu kabi platforma yordamida interaktiv metodlarni qoʻllash tarbiyachi, oʻqituvchilar uchun ancha osonlashadi. Yaʼni oʻqituvchi bolalarning darajasini, kamchiliklarini oson tahlil qila oladi.
Sunʼiy intellektning afzalligi
Sunʼiy intellekt texnologiyalarining maktabgacha taʼlimda qoʻllanilishi nafaqat taʼlim samaradorligini oshiradi, balki oʻqish jarayonini individual darajada moslashtirish imkoniyatini yaratadi. Oʻqituvchilar sunʼiy intellekt yordamida bolalar uchun moslashuvchan oʻquv materiallari va mashqlarni yaratishlari mumkin. Bu, bolalarning oʻziga xos ehtiyojlarini hisobga olishga yordam beradi, shu bilan birga ularning oʻquv jarayonidagi muvaffaqiyatlarini oshiradi [3]. Bundan tashqari, sunʼiy intellekt texnologiyalari oʻquvchilarni doimiy ravishda baholash va ularning taʼlimdagi muvaffaqiyatlarini tahlil qilish imkonini beradi. Bu pedagoglarga bolalarning rivojlanish darajasini aniqlashga yordam beradi, shuningdek, har bir bolaning taʼlimni oʻzlashtirishdagi qiyinchiliklarini bartaraf etishda qoʻllaniladigan usullarni tanlashda yordam beradi [4]. 21 https://doi.org/10.5281/zenodo.15495194 22 Montessori M. The Montessori Method. New York, 1912.
--⊱⊱ 466 ⊰⊰--
Shaxsiylashtirilgan taʼlim – bu har bir bolaning oʻziga xos ehtiyojlari va qobiliyatlari asosida taʼlim jarayonini tashkil etish usulidir. Sunʼiy intellekt yordamida taʼlimni shaxsiylashtirish, bolalarning qiziqishlari, ehtiyojlari va salohiyatlariga mos keladigan mashqlar va oʻyinlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Misol uchun, bolalar koʻproq vizual yoki audio materiallarga murojaat qilishi mumkin, bu esa taʼlim jarayonining samaradorligini oshiradi [5].
Shuningdek, sunʼiy intellekt yordamida bolalar uchun maxsus treninglar va oʻyinlar ishlab chiqilishi mumkin, bu esa ularning kognitiv va ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantiradi23. Har bir bola oʻziga mos taʼlimni olish orqali oʻqish jarayonida koʻproq muvaffaqiyatga erishadi [6].
Xulosa: Maktabgacha taʼlimda sunʼiy intellekt va innovatsion texnologiyalarni qoʻllash taʼlim jarayonining sifatini oshiradi, bola rivojlanishini optimallashtiradi va samaradorlikni kuchaytiradi. Bolalarning kognitiv, ijtimoiy va hissiy koʻnikmalarini rivojlantirishda sunʼiy intellektning taʼlim jarayoniga qoʻshgan hissasi juda katta. Sunʼiy intellekt asosida yaratilgan interaktiv dasturlar, oʻyinlar va mashqlar orqali bolalar oʻz qiziqishlariga mos keladigan, samarali oʻquv jarayonini oʻzlashtirishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Ergasheva Dilnoza Abdulhakovna, Maktabgacha taʼlimda innovatsiyalar: sunʼiy intellekdan foydalanish afzalliklari, republican scientific and practical conference “problems and solutions of the competency-based approach in preschool education”, MAY 6-7, 202.
2. Montessori M. The Montessori Method. New York, 1912
3. Mavlonova R., Xodjayeva M. "Taʼlim jarayonida innovatsion texnologiyalar". – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.
4. McKinsey & Company, "How AI is Changing Education". – New York: McKinsey Global Institute, 2022.
5. Rasulov Q., "Maktabgacha taʼlim metodikasi". – Toshkent: Oʻzbekiston, 2021.
6. McKinsey & Company, "How AI is Changing Education". – New York: McKinsey Global 23 McKinsey & Company, "How AI is Changing Education". – New York: McKinsey Global Institute, 2022
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.