--⊱⊱ 269 ⊰⊰--
MAKTABGACHA TAʼLIMDA INNOVATSIYALARNI QO’LLASH AMALIYOTI
Artikova Nargiza Abdullajanovna
Toshkentdagi Bucheon universiteti
magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida innovatsiyalarning o‘rni va ularning ta’lim jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, raqamli texnologiyalar, STEAM ta’limi elementlari, interaktiv metodlar va inklyuziv ta’lim tamoyillarining joriy etilishi maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv, ijtimoiy va emotsional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash omillari sifatida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion muhit yaratish, pedagoglarning malakasini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) integratsiya qilish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsiyalarning izchil joriy etilishi bolalarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining zamonaviy jamiyat talablariga moslashuvchanligini kuchaytiradi.
KALIT SO‘ZLAR: maktabgacha ta’lim; innovatsiya; bolalar rivojlanishi; raqamli texnologiyalar; STEAM ta’limi; interaktiv metodlar; inklyuziv ta’lim; AKT integratsiyasi; innovatsion muhit.
АННОТATSIЯ
В данной статье проводится научно-теоретический и практический анализ роли инновatsiй в системе дошкольного образования и их влияния на образовательный процесс. Показано, что внедрение современных педагогических подходов, цифровых технологий, элементов STEAM-образования, интерактивных методов и принципов инклюзивного обучения выступает важным фактором поддержки когнитивного, социального и эмоционального развития детей дошкольного возраста. Кроме того, рассматриваются вопросы создания инновatsiонной среды в дошкольных образовательных организatsiях, повышения квалификatsiи педагогов, интегрatsiи информatsiонно-коммуникatsiонных технологий (ИКТ), а также новые подходы, направленные на повышение качества образования. Результаты исследования показывают, что последовательное внедрение инновatsiй повышает интерес детей к обучению, улучшает показатели развития и усиливает адаптивность дошкольных образовательных организatsiй к требованиям современного общества.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА
дошкольное образование; инновatsiя; развитие детей; цифровые технологии; STEAM-образование; интерактивные методы; инклюзивное образование; интегрatsiя ИКТ; инновatsiонная среда.
ANNOTATION
This article provides a theoretical and practical analysis of the role of innovations in the preschool education system and their impact on the educational process. It demonstrates that the introduction of modern pedagogical approaches, digital technologies, STEAM education elements, interactive methods, and principles of inclusive education serves as an essential factor in supporting the cognitive, social, and emotional development of preschool children. The study also examines the creation of an innovative environment in preschool education institutions, professional development of teachers, integration of information and communication technologies (ICT), and new approaches aimed at improving the quality of education. The research findings indicate that the consistent implementation of innovations increases children’s interest in learning,
--⊱⊱ 270 ⊰⊰-- enhances developmental indicators, and strengthens the adaptability of preschool institutions to the demands of contemporary society.
KEYWORDS
preschool education; innovation; child development; digital technologies; STEAM education; interactive methods; inclusive education; ICT integration; innovative environment.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PF-6198 son farmoni hamda “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047 son qarori mamlakatimizda taʼlim muassasalarining innovatsion faoliyatini joriy etish xususiyatlari, uning ahamiyati va zaruriyatidan kelib chiqqan holda vazifalar belgilangan[1].
Taʼlim muassasasining innovatsion faoliyatini joriy etishda innovatsiyalarni yaratish va amalga oshirish jarayonlari ham muayyan sikllardan iboratdir. Ushbu nuqtai nazardan olib qaralsa, innovatsion jarayon vaqt oʻlchamlarida izchil davom etuvchi, ahamiyati jihatidan bir xil boʻlgan turli xil bosqichlarda funksional jihatdan alohida mazmun kasb etib bir-biridan farqlanadigan faoliyat yigʻindisidir.
Innovatsiya uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi fundamental gʻoya va bilimlarning, ularni amalda qoʻllash quyidagi natijalarga olib keladi:
- istiqbolli boʻlmaydigan loyihalarni aniqlab olish va toʻgʻri qaror chiqarish;
- innovatsion gʻoyani amaliyotga tatbiq etish jarayonida yanada takomillashtirish;
- yangilikni texnologik xususiyatlariga, boshqaruv va tashkiliy faoliyat yuritish uchun masʼul boʻlgan tizimlarning xarakteriga moslashtirish imkoniyati boʻladi[2].
Innovatsion potensialning moliyaviy resurslardan foydalanish funksiyalari esa:
- innovatsiyalarni joriy etish uchun talab etiladigan moliyaviy resurslarning kelib tushishini taʼminlash;
- moliyaviy resurslarning innovatsion jarayonlarning mos holda taʼminlanish sharoitini yaratish;
-innovatsion jarayonlarning amalga oshirilishini takomillashtirish;
- innovatsiyalarning yaratilishi uchun shart-sharoit yaratib berish va ragʻbatlantirish;
- mavjud innovatsion tizimning funksional faoliyati va rivojlanishi bilan bogʻliq turli xil ehtiyojlarga mos keladigan innovatsion loyihalarning yaratilishiga koʻmaklashish;
innovatsion loyihalarni xarajatlarning optimal va samaradorligini taʼminlash[3].
Bugungi rivojlangan jamiyatimiz davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshiriladigan islohotlarning eng dolzarb boʻgʻini bu maktabgacha taʼlim tizimi hisoblanib islohotlarni eng quyi pogʻonasidan amalga oshirilib kelinmoqda. Bu kabi islohotlarni amalga oshirish jarayonlarini ijtimoiy jamiyatga tatbiq etishimizda biz maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi pedagoglarni faoliyatlarida koʻrishimiz mumkin. Taʼlim tarbiya jarayoni har bir jamiyatning ajralmas qismi va bolani katta hayotga jamiyatda oʻz oʻrnini topishga imkon beradi. Maktabgacha taʼlim tizimining bugungi kun va bugungi amaliy ahamiyatga erishishi oʻzining boy tajribasi va tarixi bilan bevosita bogʻliq[4].
Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tizimida oʻz-bilim tajribalari bilan faoliyat yuritadigan pedagog tarbiyachilar:
➢ bolalarga professional darajada taʼlim-tarbiya berishlari;
➢ pedagogik odob va etikaga rioya etishlari,
--⊱⊱ 271 ⊰⊰--
➢ bolaning faoliyat jarayonida shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishlari,
➢ bolalar turli zoʻravonlik holatlaridan himoya qilishlari,
➢ bolalarga vatanparvarlikning, mehnatning, qonun va huquq normalariga hurmat bilan va yashayotgan atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish kabi ilk tarbiya koʻrinishlari bilan ruhida tarbiyalashlari;
➢ tarbiyachi tomonidan maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturini meʼyoriy talablarini bajarishlari;
➢ tarbiyachi oʻz malakasini muntazam oshirib borishlari;
➢ tarbiyachi pedagoglar oʻz kasbiy koʻnikma malakalarini va pedagogik mahoratini takomillashtirib borishlari bugungi kun talab darajasidagi pedagog maqomiga ega boʻlishlari;
Yuqoridagi talablarni bajarish uchun pedagog tarbiyachilarga doimo izlanish va maktabgacha taʼlim tizimi rivojlanish bosqichi va tarixini oʻrganishlari lozim.
Y. Shumpeter innovatsion sohada faoliyat yurituvchi subyektlarning quyidagi funksional vazifalarini belgilab beradi:
-innovatsiyalarni oʻzlashtirishdan manfaatdor boʻladigan potensial isteʼmolchilarni aniqlash maqsadida tijorat tahlilini amalga oshirish;
- istiqbolli gʻoyalar mualliflarini, funksional faoliyat yuritish uchun imkoniyat beruvchi manbalarni izlab topish;
- yangiliklarni yaratish va ularni amaliyotga joriy etish jarayonlarini tashkillashtirish;
- yangiliklarning amaliyotga joriy etilishini qoʻllab-quvvatlash.
Guruhdagi oʻzaro shaxsiy munosabatlarni oʻqituvchi, jamoa shakllanishiga qadar boʻlgan bosqichda maqsadli tashkil etishi lozim. Buning uchun u yuqori darajada rivojlangan kommunikativ oʻquvga-munosabat va aloqalar oʻrnatishga moyillik va iqtidor, taʼlim oluvchilarni tushuna bilishga ega boʻlishi kerak. S.V. Kondratevaning maʼlumotlariga koʻra oʻqituvchining taʼlim oluvchilarni tushunish darajasi va uning ularga taʼsiri qandayligi oʻrtasida muayyan oʻzaro bogʻliqlik mavjud. Tushunish darajasi yuqori boʻlgan oʻqituvchida xarakterni shakllantiruvchi taʼsir birinchi oʻrinda turadi, tushunish darajasi past boʻlgan oʻqituvchida esa-intizomiy taʼsirdir. Agar oʻqituvchi taʼlim oluvchilar faoliyatini tashkil etishga yetarli eʼtibor bermasa, bunda intizomni saqlab turish uchun koʻp kuch va vaqt sarflashiga toʻgʻri keladi. Taʼlim oluvchilar shaxsiga ijobiy munosabat va ragʻbatlantirish tizimi pedagogik muloqot samarasining muhim qismi hisoblanadi[5]. Samarali ragʻbatlantirish mazmuni va mezonlari (P.Massan, J.Konjer va b. boʻyicha) quyidagicha: 1. Ragʻbatlantirish muntazam amalga oshiriladi. 2. Oʻqituvchi ayni nima ragʻbatlantirishga loyiqligini tushuntirib beradi. 3. Oʻqituvchi taʼlim oluvchilar muvaffaqiyatiga qiziqish bilan qaraydi. 4. Oʻqituvchi muayyan natijalarga erishganlikni ragʻbatlantiradi va taʼlim oluvchilarga buning mohiyatini tushuntiradi. 5. Yaxshi natijalarga erishish maqsadida oʻquvchilarni oʻz ishlarini tashkil eta bilishlikka oʻrgatadi. 6. Har bir taʼlim oluvchining ragʻbatlantirish u sarflagan kuch-gʻayratga muvofiq boʻlishi kerak. 7. Oʻqituvchi erishilgan natijani unga sarflangan kuch-gʻayrat bilan bogʻlaydi va bunday muvaffaqiyatga kelgusida ham erishish mumkinligini bildiradi. 8. Oldingi topshiriq bajarilgandan soʻng yangi ishga qiziqish uygʻonishiga harakat qiladi. 9. Taʼlim oluvchilarning eʼtiborini oʻzlashtirishning yuqori boʻlishligi mazkur taʼlim oluvchilar imkoniyatlaridan toʻla foydalanishga bogʻliq ekanligiga qaratadi.
Yuqoridagi tahlillar shuni koʻrsatadiki, maktabgacha taʼlim tizimiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish taʼlim sifatini oshirishning eng muhim omillaridan biridir. Innovatsiyalar bolalarning intellektual, ijtimoiy, emotsional va ijodiy rivojlanishiga kompleks tarzda taʼsir
--⊱⊱ 272 ⊰⊰-- koʻrsatadi, ularning tabiiy qiziqishi va izlanish faolligini kuchaytiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli vositalar, STEAM taʼlimi elementlari, interaktiv metodlar hamda inklyuziv taʼlim tamoyillarining qoʻllanilishi maktabgacha taʼlim jarayonini yanada samarali, qamrovli va bolaga yoʻnaltirilgan mazmunga ega boʻlishini taʼminlaydi.
Tadqiqot natijalari innovatsion muhit yaratish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini muntazam oshirish va AKTni oʻquv jarayoniga integratsiya qilish maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini koʻrsatdi. Shu bilan birga, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish jarayonida metodik taʼminot, moddiy-texnik baza, pedagoglarning malakasi va ota-onalar bilan hamkorlik darajasini mustahkamlash zarur.
Xulosa sifatida taʼkidlash mumkinki, maktabgacha taʼlimda innovatsiyalarni tizimli ravishda joriy etish nafaqat bolalarning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi, balki taʼlim tizimining barqaror modernizatsiyasi va xalqaro standartlarga moslashuvini ham taʼminlaydi. Bu esa yosh avlodni zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, ijodkor va raqobatbardosh shaxs sifatida shakllantirishga zamin yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdullaeva N. Innovatsion ta’lim texnologiyalari: nazariya va amaliyot. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti. 2020.
2. Jalilov A. Ta’limda innovatsion yondashuvlar va ularning samaradorligi. 2019.
3. Khamidov D. Pedagogik tadqiqotlar: nazariy asoslar va metodologiya Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti. 2022.
4. Qoraboyeva Z.T. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish. Toshkent. 2021.
5. Yo‘ldoshev N, Azlarova M, Xodjamuratova G. Menejment va marketing asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. TDIU, 2012 y.
6. Abdullayeva N.Sh. Maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining menejerlik koʻnikmasini shakllantirishga zamonaviy yondashuvlar// Mugʻallim hәm үzliksiz bilimlendirioʻ» № 1/1 Nөkis — 2025 B 360-368
7. Abdullayeva N.Sh. Maktabgacha ta’limda xalqaro hamkorlik ta’lim sifatini oshirish omili sifatida// ҚДПИ «Мактабгача таълимда халқаро тажрибалар ва замонавий ёндашувлар » mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plami 15 май 2024 йил Б 305-308
8. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 – 6470 2021/
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.