--⊱⊱ 460 ⊰⊰--
INTEGRATSIYASIDA STEAM TAʼLIM TEXNOLOGIYASINI QOʻLLASH
Gafurova Dilnoza Saloxiddinovna
Samarqand davlat pedagogika instituti
Boshlangʻich va Maktabgacha taʼlim
nazariyasi kafedrasi assistenti UDK:
373.3
dilnozagaffurova@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiiy va badiiy-estetik didni shakllantirishda STEAM taʼlim texnologiyasini amaliy qoʻllash usullari, STEAM taʼlim texnologiyasini qoʻllashning bolalarda muhim xususiyatlar va koʻnikmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati, oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchni shakllantirish, jamoada faol muloqotni shakllantirish usullari haqida yoritilgan.
Аннотация: В данной статье рассматривается практическое применение образовательной технологии STEAM в формировании природного и художественноэстетического вкуса у детей дошкольного возраста, значение образовательной технологии STEAM в развитии важных качеств и навыков у детей, формировании уверенности в себе, а также методы формирования активного общения в коллективе.
Abstract: This article discusses the practical application of STEAM educational technology in the formation of natural and artistic-aesthetic taste in preschool children, the importance of STEAM educational technology in the development of important qualities and skills in children, the formation of self-confidence, and methods for forming active communication in the team.
Kalit soʻzlar: maktabgacha yoshdagi bola, estetik rivojlanish, badiiy estetik tarbiya, tabiiy estetik tarbiya, goʻzallik, Estetik did, STEAM va badiiy-estetik tarbiya oʻrtasidagi integratsiya.
Ключевые слова: дошкольник, эстетическое развитие, художественно-эстетическое воспитание, естественно-эстетическое воспитание, красота, эстетический вкус, интеграция STEAM и художественно-эстетического воспитания.
Keywords: preschool child, aesthetic development, artistic aesthetic education, natural aesthetic education, beauty, Aesthetic taste, integration between STEAM and artistic-aesthetic education.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik joʻshqin hayoti bilan chambarchas bogʻliqdir. Bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baholay oladilar, baʼzi bir estetik vositalarni toʻgʻri anglaydilar, tasvir mohiyatini tushunadilar. Bolalarda goʻzallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, taʼsirli, faol tusda boʻladi. Ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy sanʼat asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Tevarak-atrofdagi goʻzallikka, sanʼatga, badiiy va oʻyin faoliyatining har xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllanadi.
Estetika koʻproq sanʼat, tabiat, dizayn, atrof muhitning goʻzalligi bilan bogʻliq. Estetika bir tomondan, estetik anglashning barcha jihatlarini (estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did) ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni — goʻzallikni oʻz ichiga oladi. Nafosat estetikaning predmeti sifatida qabul qilinadi. Estetik tarbiya - bolalarni tabiat goʻzalliklarini anglash, idrok etishga
--⊱⊱ 461 ⊰⊰-- oʻrgatish, ularning badiiy didini oʻstirish, ularda goʻzallikka muhabbat uygʻotish, ular tomonidan goʻzallikni yaratish qobiliyatlarini rivojlanlashga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayondir. Bolada goʻzallikni, sanʼatni, ranglarni, shakllarni va ularning uygʻunligini qadrlashni rivojlantirish jarayoni hisoblanadi. Estetik did murakkab va koʻp qirralidir. Estetik did insonning fikr-mulohazalari, xulqatvori, xatti-harakatlari, moddiy va maʼnaviy ijodkorligi orqali namoyon boʻladi. Estetik did voqeahodisalarning estetik sifatlarini inson tomonidan idrok etish va baholash jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuygʻusi orqali ifoda topadi. Estetik did zaminida goʻzallikni xunuklikdan ajrata bilish va undan begʻaraz shodlanish, lazzatlanish qobiliyati yotadi. Estetik did his-tuygʻular bilan ish koʻradi, yaʼni hayot goʻzalliklari va voqealarni his eta bilish, voqeali toʻqnashuvlarda farqlay olish qobiliyati orqali namoyon boʻladi. Estetik did insonlarning dunyoqarashi, ayniqsa, estetik qarashlari orqali yorqinroq koʻrinadi. Bolalarda estetik didni shakllantirib borish, uni turli bachkanalik va kamchiliklardan forigʻ etish “Estetik tarbiya” ning vazifasi hisoblanadi. Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, ijtimoiy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bogʻliqdir. Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa, sheʼriyat, tasviriy sanʼat va boshqalarga boʻlgan muhabbat shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Estetik tarbiyaning mohiyati shundan iboratki, u goʻzallikka boʻlgan munosabatni qaror toptiradi. Goʻzallikka boʻlgan tuygʻuni rivojlantirmay turib, yuqori mehnat madaniyatiga erishib boʻlmaydi. Goʻzallik bu, hayotning oʻzi, tabiat hamda inson mehnati natijalari, insoniy munosabatlarning mukammalligidir. Bolalar oʻz qobiliyatlarini turli xil badiiy-ijodiy faoliyatlarda namoyon etadilar. Kichik yoshda “barcha bolalar istisnosiz rasm soluvchilardir” (K.D.Ushinskiy), “har bir bola - shoir” (V.Suxomlinskiy).
Bolalarda tabiiy estetik tarbiya – bu bolani tabiat goʻzalligi, tabiatdagi oddiy narsalarning estetik jihatlari va tabiat bilan uygʻunlikni qadrlashga oʻrgatish jarayoni. Maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy-estetik tarbiya – bu, ularning tasavvuri, estetik didi, goʻzallikni koʻra olish va uni qadrlash hamda oʻz ijodiy gʻoyalarida goʻzallikni ifoday olish qobiliyatini shakllantirish jarayonidir. Badiiy soʻzi sanʼat va ijodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan tushunchalarni ifodalaydi. Bu soʻz koʻpincha sanʼat asarlarida goʻzallik va hissiyotlarni ifodalanishi haqida gapirganda ishlatiladi.
STEAM va badiiy-estetik tarbiya oʻrtasidagi integratsiya: S - Science (Ilm): ranglarning uygʻunligi, tabiatdagi shakllar, tovushlar va ularning qonuniyatlarini kuzatish orqali bolalarda ilmiyestetik qiziqish uygʻotiladi. T - Technology (Texnologiya): raqamli vositalardan (interaktiv doska, multimediali dasturlar) foydalanib, bolalarning musiqiy, tasviriy yoki teatr faoliyatini boyitish. E - Engineering (Muhandislik): qurilish-konstruktor oʻyinlari, qoʻl mehnati, turli shakllardan obrazlar yasash orqali estetik tafakkurni rivojlantirish. A - Art (Sanʼat): rasm, haykaltaroshlik (loy ishi) orqali ijodkorlikni ragʻbatlantirish. M - Mathematics (Matematika): shakllarni badiiy ijodda qoʻllash orqali estetik idrokni kengaytirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiiy va badiiy-estetik didni shakllantirishda STEAM taʼlim texnologiyasini amaliy qoʻllash usullari: Tasviriy sanʼat mashgʻulotlarida: Geometrik shakllardan foydalanib rasm chizish, ranglarni aralashtirib yangi ranglar yaratish. Konstruktor oʻyinlarida: Qogʻoz, lego yoki yogʻoch boʻlaklardan inshootlar qurib, ularni estetik bezash. Tabiatni oʻrganishda: Gullarning rang-barangligi, barglarning shakllari, qushlarning ovozlari orqali goʻzallikni his etish. Integrallashgan loyihalarda: Masalan, “Men sevgan shahar” mavzusida bolalar rasm chizishadi (Art), qurilish maketini yasashadi (Engineering), shakl va oʻlchamni hisoblashadi (Math), tabiat manzaralarini oʻrganishadi (Science), taqdimot qilishda multimedia vositalaridan foydalanishadi (Technology).
Faoliyatga STEAM yondashuvning afzallik tomoni: mavzular muvaffaqiyatli оʼzlashtirilishi uchun bir vaqtni оʼzida ham aqliy faoliyat birga ham amaliy faoliyatning uygʻunligidir. Maktabgacha
--⊱⊱ 462 ⊰⊰--
taʼlimda faoliyatning yetakchi turi оʼyin hisoblanadi, lekin STEAM
texnologiyasi tadqiqotchilarining fikriga kоʼra, bolalarning yetakchi
faoliyat turi bu tajriba hisoblanadi. STEAM faoliyatida bolalarda -
ixtirochilik, kashfiyotchilik, yaratuvchilik, analitik fikr yuritishni оʼyin
orqali yuzaga keltiradi. Pedagogik jarayonga STEAM yondashuv
kоʼpgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, Finlandiya, Yaponiya,
Korea, Germaniya, Singapur, Rossiya maktabgacha taʼlim muassasalarida
bolalarni ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida
samarali foydalanib kelinadi.
Bolalarni tabiiy va badiiy estetik tarbiyalashda rivojlantirishda Art faoliyatining ahamiyati shundaki, tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bolada his-tuygʻuni, goʻzallikka boʻlgan munosabatni shakllantiradi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish, bu estetik sezgining tarkibiy qismi hisoblanadi. Tasviriy faoliyatning asosiy vazifasi tevarak-atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Bu jarayonda koʻrish, sezish, qoʻl harakatlari ishtirok etadi. Biror predmetni chizish yoki yasash uchun albatta u bilan oldindan kuzatib, tanishib chiqqan boʻlishi, uning shakli, katta-kichikligini, qismlarning joylashishi, rangini bilishi kerak boʻladi. Bolalar predmet va hodisalarni kuzatish va koʻrib chiqish jarayonida predmetni katta-kichik guruhlarga boʻlib, uning shaklini oʻzgartirib, rangini turli-tumanligi bilan tasvirlaydilar. Tasviriy faoliyatda bolaning badiiy ijodiy oʻsishi amalga oshiriladi. Bu obrazli fikr yuritish, obraz yaratishda zarur boʻlgan malaka, koʻnikmalarni egallash hisoblanadi.
Tasviriy faoliyatni amalga oshirishda zarur boʻlgan ishlar: tabiatga sayr, fasllar almashishida sayohat uyushtirish. Tarbiyachi bolalarni predmet yoki tevarak-atrofni kuzatishda paydo boʻluvchi estetik his-tuygʻu orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga toʻgʻri baho berish, vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin. Bolaning integrativ fazilatlarini shakllantirishda rasm chizish katta ahamiyatga ega. Badiiy faoliyat bolaning badiiy estetik madaniyatini shakllantirishda ajoyib vositadir. Bundan tashqari, ish paytida bola oʻrganadi, xatti-harakatlarini boshqaradi va harakatlarini rejalashtiradi. Chizish va fikrlash oʻrtasidagi bogʻliqlik ayniqsa muhimdir. Rasm chizish bolalarning estetik didini shakllantirish bilan birgalikda aqliy qobiliyatlarini, xotirasini, diqqatini rivojlantiradi, bolalarni fikrlash va tahlil qilishga, oʻlchash va taqqoslashga, tuzish va tasavvur qilishga oʻrgatadi. Va bu bolaning qiziquvchan va faol boʻlishiga yordam beradi. Vizual faoliyat bolada lugʻat va izchil nutqning shakllanishiga taʼsir qiladi. Atrofdagi olam obyektlarining xilma-xil shakllari, har xil oʻlchamlar, rang-barang ranglar lugʻatning boyitilishiga hissa qoʻshadi. Anʼanaviy boʻlmagan chizish texnikasidan foydalanish ijodkorlikning kollektiv shaklini qoʻllash imkonini beradi. Bu bolalarni birlashtiradi, muloqot madaniyati koʻnikmalarini rivojlantiradi. Bolalar bilan amaliy tasviriy faoliyatda ertak tasvirlaridan foydalanish mumkin, chunki ertak bola ongi uchun eng qulay materialdir. U tasavvurni rivojlantirishga va asosiy axloqiy tushunchalarni (yaxshi, yomon) oʻzlashtirishga yordam beradi, shuningdek, tasviriy sanʼatga individual tushunchalarni kiritadi. Bola odamlar va hayvonlarning turli xil hissiy holatlari tasvirlangan sanʼat asarlariga hissiy munosabatda boʻlishni boshlaydi. Bu rivojlanishga hissa qoʻshadi hissiy sezgirlikni oshiradi. Bolalar gʻoya ustida oʻylashni, vizual vositalarni tanlashni ragʻbatlantirishni, rasmlarda mustaqil ravishda badiiy tasvirlarni yaratishni, maqsadlarni qoʻyishni va ularni amalga oshirishni oʻrganadilar.
Badiiy-estetik rivojlanish yoʻnalishidagi ishlar bolalarning har tomonlama aqliy rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, ularsiz atrofdagi hayotning goʻzalligini va uning turli xil tabiatda aks etishini bilib
--⊱⊱ 463 ⊰⊰-- boʻlmaydi. Badiiy va ijodiy faoliyatda estetik idrok, obrazli tasvirlar, tasavvur, fikrlash, diqqat, iroda shakllanadi. Estetik tarbiya insonning asosiy fazilatlarini shakllantirishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Maktabgacha taʼlim davlat oʻquv dasturi “Ilk qadam”. — Toshkent: MMTV, 2020.
2. E.Umarov, R.Karimov, M.Mirsaidova, G.Oyxoʻjayeva // Estetika asoslari // Kasb–hunar kollejlari uchun oʻquv qoʻllanma. Ikkinchi nashr. Choʻlpon nomidagi nashriyot–matbaa ijodiy uyi. – Toshkent.,2007. 207-b.
3. Gafurova Dilnoza Salokhiddinovna. Advantages of using steam technology in preschool educational organization. – 2023.
4. Gafurova D. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tadqiqotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda STEAM texnologiyasining ahamiyati. OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
XABARLARI, 2024, [1/5/1] ISSN 2181-7324 94-96 bet.
5. Karimova, R. Bolalarda badiiy-estetik tarbiyani rivojlantirish metodikasi. — Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021.
6. Комарова, Т. С. Эстетическое воспитание дошкольников. — Москва: ВЛАДОС, 2019.
7. Ксенофонтова, М. Н. Интеграция художественно-эстетического развития и инженерного мышления детей. — Москва, 2021.
8. Nishonova, S. Maktabgacha yoshdagi bolalarda estetik didni shakllantirishning nazariy asoslari. — “Maktabgacha taʼlim” jurnali, 2022.
9. Филиппова, Т. А. Художественно-творческая деятельность в ДОУ. — СанктПетербург: Детство-Пресс, 2018.
10. Yakman, G. STEAM Education Framework and Artistic Integration. — STEAM Education Journal, 2010.
Text was extracted automatically from the PDF and may contain inaccuracies.